lozim, degan ma’noni anglatadi.
Har ikkala yo‘nalish tashqaridan, rivojlangan jahon kapitalistik xo‘jaligi tomonidan
bo‘ladigan kuchli bir ta’sirga duchor bo‘lishi mumkin.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning ichki iqtisodiy va eksport tizimi xalqaro kapitalistik
xo‘jalikdagi evolutsiyaning tabiati, yo‘nalishlari, jahon kapitalizmi markazlari olib borayotgan
tashqi iqtisodiy strategiya bilan bevosita bog‘liq. Ana shu jahon xo‘jaligi markazlari o‘zgarib
turgan xalqaro mehnat taqsimotida qanday o‘rin egallash yo‘lidagi izlanishlarini o‘z navbatida
ishlab chiqarishni samaradorligini ta’minlash orqali, ya’ni ayrim oqsayotgan sanoat sohalariga
mablag‘ ajratib yordam ko‘rsatish, tadbirkorlarga soliqlarda imtiyozlar berish orqali tarmoklarni
ichki qayta qurish, asosiy kapitalni yangilash jarayoni bilan qo‘shib olib borishga intilmokda.
1970-yillarning o‘rtalaridan amalga oshira boshlangan bu chora-tadbirlar "yangicha homiylik"
degan nom olgan.
Qoloq raqobatga bardosh berolmaydigan sohalarni - to‘qimachilik, teri-poyafzal,
metallurgiya, avtomobilsozlik, kemasozlik sohalarini texnik jihatdan zamonaviylashtirish
"samaradorlashtirish"ning asosiy elementlaridan biri bo‘ldi. Bu sohalarni davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlashdan maqsad bandlilikni saqlab qolish manfaatlaridan iboratdir (garchi bu
manfaatlar milliy xo‘jalik samaradorligini oshirishda to‘g‘anoq bo‘lib turgan bo‘lsa ham).
Shunday sharoitda yirik xususiy kapital uchun qoloq sohalar faoliyatini to‘xtatib, ularni
rivojlanayotgan mamlakatlarga ko‘chirish foydaliroq edi. Rivojlanayotgan mamlakatlar bu
jarayonni o‘z navbatida jahon sanoat tizimini qayta qurishning boshlanishi deb baholadilar, uni
iloji boricha tezlashtirishni, bu sohalarning tizimini o‘zlarining milliy rivojlanish strategiyalariga
moslashtirishni asosiy maqsad, deb bildilar.
Lekin rivojlangan mamlakatlarning qoloq sanoat sohalarida amalga oshirilgan keyingi
zamonaviylashtirishlar ozodlikka erishgan davlatlar uchun yangi muammolarni keltirib chiqardi.
Zamonaviylashtirish jarayoni davlat tomonidan mablag‘ bilan ta’minlanishidan, soliqdagi
imtiyozlardan foydalangan, mahsulotlarning ichki narxlari sun’iy ravishda oshirilishidan
manfaatdor bo‘lgan holda bu sohalar yangi texnologik asoslar (robotlashtirish, avtomatlashtirish,
eng yangi buyumlarni ishlatish)ga o‘tkazila boshlandi. Rivojlangan davlatlar endi importni yana
ham qattiqroq cheklash yo‘liga o‘tib oldilar. Natijada AQSHdagi transmilliy korporatsiyalarning
chet elga chiqaradigan investitsiyalarining o‘sish darajasi pasayib ketdi. Masalan, bu holni qora
metallurgiyada ko‘rish mumkin, ayni paytda esa ichki kapital investitsiyalari qo‘paydi (birgina
2001 yilda 22 foizga oshdi). Bular avtomatlashtirishga, ko‘p energiya-mehnat talab qiluvchi
jarayonlarni kamaytirishga mo‘ljallandi.
AQSH, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida avtomobil sanoatini
zamonaviylashtirish ancha keng ko‘lamda olib borildi, bu narsa ko‘p mehnat talab qiluvchi
jarayonlarni kamaytirishga, yig‘uv ishlab chiqarishlarni chekka o‘lkalarga olib chiqish zaruratini
ozaytirishga imkon berdi.
Xalqaro kapitalistik xo‘jalik markazlariga qarashli mamlakatlarning ishlab chiqarish
tizimida, tashqi savdodagi ixtisoslashuvida amalga oshirilgan qayta qurish ikkala guruh
mamlakatlari uchun ma’lum oqibatlarga sabab bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: