to‘g‘risida, iqtisodiy siyosatni yagonalashtirish borasida ham kelishib olishlarini nazarda tutadi.
"Yagonalashgan", muvofiqlashtirilgan umumiy iqtisodiy siyosatni amalga oshirishni
taqozo etuvchi mazkur qoidalarni ro‘yobga chiqarish yo‘lida esa
ijroiya - muvofiqlashtirish
vazifalari yuklatilgan xalqaro davlat tashkilotlariga ehtiyoj tug‘ildi.
Shunday qilib, integratsiya jarayoni eng boshidayoq a’zo mamlakatlarning
muvofiqpashgan siyosatiga ro‘baro‘ keldi.
Yevropa iqtisodiy hamdo‘stligi qabul qilgan maqsadlarni ro‘yobga chiqarish jarayonida:
1) Sanoat integratsiyasining jadallashuvi ta’minlandi;
2) qishloq xo‘jalik jamg‘armasi faoliyati orqali birgalikda homiylik o‘rnatish, to‘lov
yig‘imlarini joriy etish shaklida agrar integratsiyani jadallashtirishga harakat qilindi;
3) Yevropa valuta tizimi yuzaga keldi.
Ana shu chora-tadbirlarning barchasi iqtisodiy integratsiyaning keng tomir yoyishiga,
Yevropa iqtisodiy hamdo‘stligi ta’sir doirasining kengayishiga olib keldi.
Osiyo, Afrika, Karib havzasi va Tinch Okeanida joylashgan 60 dan ziyod rivojlanayotgan
mamlakatlar bilan Yevropa iqtisodiy hamdo‘stligining "alohida munosabatlari" tizimi yuzaga
keddi.
Maastrixt bitimlari (1991 yil, dekabr) G‘arbiy Yevropa integratsiyasining rivojida sifat
jihatidan yangi bir bosqich hisoblanadi, zero, unda mamlakatlarni mikro darajada bir-biriga
yaqinlashtirish vazifasi qo‘yilgan edi.
Maastrixt bitimlari Yevropa Ittifotsiga quyidagi vazifalarni yuklagan:
- Yagona valuta yaratish va uni boshqarish;
- yagona iqtisodiy siyosatni, ayniqsa, uning budjet
ishlariga taalluqli qismini
muvofiqlashtirish, nazorat qilish, (o‘rinli topilganda) kuchaytirish;
- erkin raqobatga asoslangan yag‘ona bozorni tashkil etish va himoyalash;
- boy va qashshoq mintaqalar o‘rtasida tenglikka intilish hamda (imkon bo‘lgan joylarda)
mablag‘larni qayta taqsimlash;
- qonunchilik va tartib-qoidani qo‘llab-quvvatlash;
- ayrim fuqarolarning tub huquklarini e’tirof egish va rivojlantirish;
- tashqi ishlarning barcha sohalarini qamrab oluvchi yagona tashqi siyosatni boshqarish.
1994 yil 26 martda G‘arbiy Yevropa siyosiy-iqtisodiy integratsiya yo‘lida muhim qadam
qo‘ydi: Yevropadagi 7 davlat (Germaniya, Fransiya, Belgiya, Lyuksemburg, Niderlandiya,
Ispaniya, Portugaliya) Shengen bitimini imzoladilar. Bu bitimga ko‘ra,
ushbu mamlakatlarning
hududi "chegaralarsiz makon" deb atalib, quyidagilarni nazarda tutadi:
- Ushbu mamlakatlarning birortasida berilgan viza boshqalarida ham kuchini
yo‘qotmaydi;
- ushbu mamlakatlar shaharlari o‘rtasidagi avia va bo‘lak qatnovlar ichki qatnov
maqomini oladi va h.k.
G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining mafkuraviy qarashi erkinlashtirish va hamkorlikka
tayanuvchi xalqaro iqtisodiy tartibni ta’minlashga asoslangan. G‘arbiy Yevropa integratsiyasi o‘z
taraqqiyotida 4 bosqichni - erkin savdo zonasi, bojxona ittifoqi, yagona bozor va iqtisodiy ittifoq
bosqichlarini bosib o‘tdi. Hozirgi vaqtda Yevropa valuta tizimi "yevro" yaratilib, valuta ittifoqi
bosqichi boshlandi. Uning samarali ishlashi qator ichki va tashqi sabablarga bog‘liqdir. "Yevro"
voqelikka aylanishiga asoslar bor. Lekin bunda muhim bir vaziyatni qayd etib o‘tish kerak:
Yevropa Ittifoqi "yevro"ni yaratish va joriy etishni tezlashtirdi. Hatto yuzaki
taxdillar shuni
ko‘rsatadiki, Yevropa Ittifoqining barcha a’zo davlatlari ham "kirish chiptasi"ni ololmadilar.
Savol tug‘iladi: u yoki bu guruhga tegishli davlatlarning bir qismi Yevropa valuta
ittifoqining ancha yuqori darajasida tursa, qolganlari esa Yevropa Ittifoqining past darajasida
bo‘lsa, unga ko‘ra G‘arbiy Yevropa doirasida integratsiya bir tekis ketmoqda deyish mumkinmi?
G‘arbiy Yevropadagi bugungi ahvol shundan iboratki, u YEI davlatlarning konfederativ
hamjamiyati bo‘lib, yagona parlamentga, milliy fuqarolik bilan birga norasmiy ravishda
yagona
fuqarolikka ham egadir; u barcha ishtirokchilarning tashqi siyosiy faoliyagini muvofiqlashgirib
boruvchi yagona iqtisodiy-ijtimoiy siyosatga ega. Konfederatsiya (ittifoq, birlashma)
- davlat
tuzilishining bir shakli, unda konfederatsiyani tashkil etuvchi davlatlar o‘z mustaqilligini to‘la
saqlab qoladi, o‘z davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga ega bo‘ladi; muayyan maqsadlarda
(harbiy, tashqi siyosiy va h.k.) o‘z harakatlarini muvofiqlashtirib turish uchun maxsus birlashma
organlarini tashkil etadilar.
Federatsiya (ittifoq, birlashma) - davlat tuzilishining bir shakli, unda davlat tarkibiga
kiruvchilar - federal birliklar - federatsiya a’zolari (masalan, o‘lkalar, shtatlar va h.k.) o‘z
Konstitutsiyasiga, qonun chiqaruvchi, ijroiya, sud organlariga ega bo‘ladi. Ayni paytda davlat
hokimiyatining yagona ittifoqdosh - federal organlari tashkil etiladi, yagona fuqarolik, yagona
pul birligi va h.k. joriy etiladi (masalan, AQSH, Shveysariya, Hindiston, GFR va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: