- immigrantlarning oilaga va qarindosh-urug‘lariga yordam tariqasida o‘z vatanlariga
yuboradigan pul jo‘natmalari;
- immigrantlarning shaxsiy investitsiyalari (vataniga ishlab chiqarish vositalari va uzoq
muddatli foydalaniladigan buyumlarni olib kelishi, yer-suv, ko‘chmas mulk sotib olish,
qimmatbaho qog‘ozlarni harid qilish);
- ishchi kuchini import qiluvchi mamlakatlardan keladigan kapitallar.
Bular ko‘pincha mehnat resurslarini qayta tiklashga, ijtimoiy sohaga sarflanadi.
Masalan, Misr Arab Respublikasi uchun Suvaysh kanalidan foydalanish 80-yillar
oxirlarida
yiliga 970 mln dollar, turizm - 600 mln, muhojirlarni yuborish esa 3 mlrd dollardan ortiq foyda
keltirdi.
Yamanda muhojirlarni yuborish ayrim yillarda eksportdan keladigan tushumlardan 30
barobar ko‘p foyda keltirdi.
90-yillarning boshlarida dunyoning 40 ga yaqin mamlakatida chet eldan tushgan
kirimning salkam 100 mln dollarini muhojirlardan olishgan, 10 ta mamlakat esa 1 mlrd dan
ko‘proq opgan.
Xalqaro valuta jamg‘armasining ma’lumotlariga ko‘ra, to‘lov balanslarining daromad
qismiga kiritiladigan xususiy pul o‘tkazishlarning 90%ini muhojirlardan tushgan kirimlar tashkil
etadi.
Ishchi kuchining eksport qilinishi ortiqcha mehnat resurslarining tazyiqini,
tegishli
ravishda mamlakatdagi ijtimoiy tanglikni pasaytiradi. Eksportchi mamlakat uchun ishchi
kuchlari yangi kasblarga bepul o‘rgatiladi, mehnatni tashkil qilishning ilg‘or usullari bilan
tanishtiriladi. Zamonaviy G‘arb sivilizatsiyasi bilan tanishish an’anaviy turmush tarziga katta
ta’sir ko‘rsatadi.
Eksportchi mamlakat uchun ishchi kuchini eksport qilishning salbiy jihatlariga
quyidagilarni kiritish mumkin:
- Aqlli, idrokli odamlarning chetga ketishi;
- malakali, tashabbuskor kadrlarning kamayishi. Muhojirlar o‘z vatanlariga
qaytganlaridan keyin ham ularning ijtimoiy-iqtisodiy rolida sezilarli o‘zgarishlar yuz beradi.
Ishchilarning ko‘pi chet elga ketishidan oldin o‘z mamlakatlari uchun an’anaviy bo‘lgan
qishloq xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanishgan va ularning ozgina qismi sanoatda yordamchi
ishlarni bajargan. Muhojirlarning ko‘pchiligi o‘z vatanlariga qaytib kelganlaridan
keyin noishlab
chiqarish sohasida ishlashga yoki o‘z ishini ochishga harakat qilishadi. Gap shundaki, bilim
saviyasining pastligi, o‘zi kelgan mamlakat tilini bilmasligi, qaytib kelgandan keyin uning ish
xarakteri maqomini belgilab beradi.
Muhojirlar ko‘pincha qishloq xo‘jalik sohasiga qaytishga majbur bo‘lishadi. Natijada
ishdan ko‘ngli sovib, yana chet elga ketishga harakat qiladi. Ulardan ayrimlari kichik biznes
bilan shug‘ullanishga muvaffaq bo‘ladi. Uyga qaytib kelgandan keyin noishlab chiqarish
sohasida ish topishga urinish oxir-oqibatda
shunga olib keladiki, chet elda ishlab topgan pulning
juda oz qismi ishlab chiqarish asbob-uskunalari va boshqa vositalarni sotib olishga sarflanadi,
ya’ni undan samarasiz foydalaniladi.
Janubiy Yevropa mamlakatlariga muhojir bo‘lib ketganlarga oid ma’lumotlardan
ko‘rinadiki, ular daromadlarining faqat 10%igina samarali foydalaniladi. Bundan tashqari,
ularning uylariga yuborgan pul jo‘natmalari tovar massasi bilan mustahkamlanmagan to‘lov
qobiliyatiga ega bo‘lgan talabni oshirib, pulning qadrsizlanishiga, muhojirlikka aloqador
bo‘lmagan oilalar turmush darajasining yomonlashuviga olib keladi.
Lekin chet elda bo‘lish mehnatkashlarning o‘zlariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Aksariyat
rivojlanayotgan mamlakatlarda muhojirlar chet eldan qaytib kelganidan keyin o‘z vatanida biror
jiddiy o‘zgarish qilishga muvaffaq bo‘la olmasalarda,
talab-ehtiyojlari ortadi, ularning hayotga,
mehnatga bo‘lgan munosabatlari, qarashlari, odatlari o‘zgaradi.
Ushbudan kelib chiqqan holda quyidagicha xulosa yasash mumkin:
Odamlariing bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga muhojir bo‘lib borishlariga turtki
bo‘lgan sabablar va muhojirlikning ijtimoiy tarkibi juda ko‘p iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va
boshqa omillarga bog‘liq. Zero, ularning birga qo‘shilib kelishi, ustuvorligi, turli mamlakatlar
hamda mintaqalarda vaqtiga qarab bir-biridan farq qiladi.
Fan-texnika taraqqiyoti hozirgi zamon mehnat migratsiyasi omillari orasida yetakchi rol
o‘ynaydi, uning rivoji birinchi navbatda rivojlangan davlatlarda chet
ellik ishchi kuchlariga
bo‘lgan talabni ko‘p jihatdan belgilab beradi. Jumladan, yuksak malakali kadrlarga, xususan,
intellektual mexnat kishilariga bo‘lgan talab keskin ortdi.
Vaqt o‘tishi bilan xalqaro mehnat migratsiyalarining sabablari va ijtimoiy tarkibigina
emas, uning geografiyasi ham o‘zgarib boradi. Agar urushdan keyingi yillarda G‘arbiy Yevropa
migratsiyaning asosiy markazi bo‘lgan bo‘lsa, keyingi uch o‘n yilliklar davomida ishchi kuchini
AQSH ko‘proq jalb qila boshladi.
Agar 1960-yillarda bu mamlakat uchun yangi ishchi kuchining manbai Kanada va
G‘arbiy Yevropa hisoblangan bo‘lsa, 1970-yillardan boshlab Lotin Amerikasi va Osiyo bo‘ldi.
Ishchi kuchining oshkora qonuniy ravishda migratsiyasi ko‘lami ancha ortishi bilan bir
vaqtda uning yashirincha kelishi ham ancha o‘sdi. Zero, ular mehnatidan foydalanish
tadbirkorlar uchun ancha foydalidir.
Chet
el ishchi kuchi umuman olganda, qabul qilayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga ancha
samarali ta’sir ko‘rsatadi: ishlab chiqarilayotgan tovarlarning raqobat qilish qobiliyati ortadi,
ishlab chiqarishning o‘sishi, odamlarning qo‘shimcha ish bilan ta’minlanishi rag‘batlantiriladi,
ta’lim, malakaviy tayyorgarlikka qilinadigan sarf-xarajatlar tejaladi, ayrim rivojlangan
mamlakatlarda demografik ahvol yaxshilanadi.
Ishchi kuchini emigratsiya qilish rivojlanayotgan donor mamlakatlarga ham samarali
ta’siri bor. Bu chet el valutasining mamlakatga kirib kelishining asosiy manbalaridan biridir.
Bundan tashqari, bu ortiqcha mehnat rvsurslari tazyiqini, binobarin,
mamlakatdagi ijtimoiy
tanglikni pasaytirishga yordam beradi.
Bundan tashqari, milliy kadrlar chet elga borib, yangi kasblarni o‘rganadi, mehnatni
tashkil qilishning yangi uslublari, an’anaviy sivilizatsiyadan farq qiluvchi hozirgi zamon
sivilizatsiyasining yaxshi-yomon tomonlari bilan tanishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: