Shunisi ham borki, ana shu hollarning barchasida: muxolifat obyektiv baho berolmaydi.
Davlat mulkini chetga, boyib ketayotgan kam sonli millat vakillariga sotishni istamaslik ham
shular jumlasidandir.
2. Xususiy sektorning zaifligi, demakki, sotib olishga qurbi yetadigan shaxslar
doirasining torligi.
3. Xususiylashtirish borasidagi texnik qiyinchiliklar
va katta miqdordagi moddiy
xarajatlar.
Tajriba ko‘rsatadiki, xususiylashtirish to‘g‘risidagi qarorlar ko‘p hollarda obyekt
qiymatini yaxshi o‘rganib chiqmasdan, aniq sa’y-harakatlarning mufassal dasturini ishlab
chiqmasdan, o‘zbilarmonlik bilan qabul qilingan.
4. Iqtisodiy yuksalish davrida va raqobat anchagina rivojlangan sohalarda daromadli
korxonalarni xususiylashtirish jarayoni birmuncha silliq kechishi mumkin. Xuddi ana shu holda
bozor omillarining ta’siri resurslardan yanada samaraliroq foydalanishga jadal da’vat etadi va
korxonaning daromadini oshiradi.
Amalda esa, rivojlanayotgan mamlakatlarning hukumatlari inqirozga
yuz tutgan iqtisodiy
holat sharoitida byud-jetdagi kamomaddan cho‘chib, bnrinchi navbatda zararli, kam daromadli
korxonalarni xususiylashtirishga, bu bilan kor-xonalarning ish samaradorligini oshirib, budjetga
qo‘shimcha daromad keltirishga harakat qiladilar. Qo‘shimcha daromad olish xavasi
xususiylashtirishga turtkp bergan asosiy ichki omillardan biri hamdir.
Xususiylashtirish sohasida erishilgan kamtarin yutuqlar davlat
mulkini xususiylashtirish
anchagina samarador va afzalliklarga ega ekanligi haqidagi tasavvurlarnn qayta ko‘rib chiqish
zaruratini yuzaga keltirdi.
Siyosiy iqtisodiyot asoschisi, shotlandiyalik A.Smit (1723—1790) "Millatlar boyligining
tabiati va sabablari haqida tadqiqot" (1776) asarida "bozor kuchlarinnng erkin jilvasi uykun
tuzilmani (tuzumni) yuzaga keltiradi", deb aytgan edi.
Unga ko‘ra, shaxsning o‘z manfaatlariga erishish yo‘lidagi intilishi xo‘jalik
rivojlanishining yetakchi, harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Buning natijasida shaxsning o‘zi
ham, jamiyat xam ko‘prok, farovonlikka erishadi. Bundan, mumtoz liberal iqtisodiyot
nazariyasida, davlatga ikkilamchi o‘rin berilishining sababi ma’lum bo‘ladi.
Uningcha, davlatning "tungi qorovul" sifatidagi vazifalari quyidagilardan iborat:
- Tartib-intizomni (xususan, oldi-sotdini kafolatlaydigan)
va milliy mudofaani
ta’minlash;
- qator ijtimoiy foydali inshootlarni tartibda saqlash;
- nizolarni adolat yuzasidan hal etish va h.k.
Bu yerda shaxsning o‘zi yo mustaqil ravishda bajara olmaydigan, yoxud iqtisodiy
jihatdan samarali hal eta bilmaydigan vazifalar haqida gap ketyapti. A.Smit fikricha, eng muhimi
xo‘jalik faoliyatining hamma subyektlari uchun quyidagi asosiy iqtisodiy erkinliklar
kafolatlanishi lozim:
- u yoki bu xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanish;
- raqobat;
- savdo.
Biroq, shaxsni harakatga chorlovchi manfaatdorlik iqtisodiy qurilmaning bir qismi, xolos.
Iqtisodiy subyektni haddan tashqari ko‘p foyda olish hirsidan saqlab
turishga undovchi ikkinchi
bir qismi raqobat bo‘lib, u xo‘jalikda harakat etuvchi subyektlarning manfaatlarini ma’lum
darajada o‘zaro moslikka keltirib turadi yoki bozor muvozanatini saqlab boradi.
A.Smit erkin bozorni jamiyatning kundalik hayotini ta’minlovchi va o‘zini-o‘zi
boshqaruvchi bir tizim sifatidagi xo‘jalik qurilmasi ekanligini ta’riflab berdi.
Uning iqtisodiy tizimida:
- davlat bir zarurat emas, hatto u iqtisodiyotga aralashmagani ma’qul, aks holda bozor
qurilmalarining harakati parokanda bo‘ladi (bozor mexanizmi buziladi);
- taklif va talab o‘rtasidagi muvozanat bozorlarda o‘z-o‘zini mustaqil tartibga solib, bir
maromda saqlab turadi,' deb taxmin qilinadi.
Biroq, A.Smitning iqtisodiy mutanosiblik o‘z-o‘zini mustaqil bir maromda saqlab turishi
haqidagi fikriga tez orada shubha bilan qaraladigan bo‘ldi.
Xususan, Robert Maltus (1766—1834) aholining o‘sishi davlat tomonmdan maxsus
chora-tadbirlar vositasida
nazorat qilib turilmasa, aholi ortiqligiga, qashshoqligiga, butun boshli
iqtisodiy tizimning halokatiga olib keladi, deb uqtiradi.
Tajribada esa, nazariy qolil bilan amaliy bozor o‘rtasida muhim tafovutlar mavjud.
Chunki ishlab chiqarish vositalariga ega bo‘lgan xususiy mulkchilik omillari haddan ziyod
kapital jamg‘arish va ishlab chiqarishni bir qo‘lda to‘plash imkoniyatlariga egadir.
Bu narsa, o‘z navbatida, aksiyadorlik jamiyatlarining paydo bo‘lishi
natijasida
korxonalarning moliyaviy imkoniyatlari haddan tashqari kengayib ketishiga olib keladi.
Bozor qismlarga bo‘linganligi va unda harakat qiluvchi subyektlarning iqtisodiy kuch-qudrati
taqsimlanishida nisbiy tenglik borligi haqidagi taxmin, A.Smit nazariyasining asosiy
qoidalaridan biri hisoblanib, hayotdagi voqelikka zid keladi.
Bugun G‘arb tajribasida "bozor iqtisodi"ning bir-biridan anchagina farq qiladigan
ko‘rinishlari yuzaga keldi. Masalan, AQSH "Laissez faire
"
degan tamoyilga boshqalarga
nisbatan yaqinroq turadi. Bu tamoyilning mohiyatini - davlatning iqtisodga bo‘lgan ta’sirining
nihoyatda mo‘tadilligi belgilaydi.
Buning aksi o‘laroq, Fransiyada anchagina kuchli davlat sanoatini ko‘rish
mumkin va bu
yerda "rejalashtirish" keng tarqalgan shiorlardan biri bo‘lgan. Germaniyada, Avstriyada ham
"ijtimoiy bozor xo‘jaligi" shakli rivojlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: