Janubiy-sharqiy Osiyo davlatlariga umumiy tavsif - Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari. Janubi-sharqiy Osiyo subregioni tarkibiga Hindixitoy yarimoroli, Malay arxipelagi orollari, Yangi Gvineyaning g‘arbiy qismi kiradi. Uning maydoni 4,5 mln km.kv bo‘lib, umumiy quruqlik maydonining 3% ni egallaydi. Aholisi soni 630 mlnga yaqin. Ya’ni bu subregionda jahon aholisining 8,5% dan ko‘prog‘i istiqomat qiladi. Geografik joylashuvi jihatidan Vyetnam, Kambodja, Laos, Myanma, Tailand va Malayziya yarimorol, Bruney, Indoneziya, Singapur, Filippin va Sharqiy Timor esa orol davlatlar hisoblanadi. Bu yerda maydon kattaligi, aholi soni, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasiga ko‘ra bir-biridan farq qiluvchi 11 ta davlat joylashgan. Ular orasida faqat Laos quruqlik ichkarisida joylashgan davlat bo‘lganligi sababli to‘g‘ridan to‘g‘ri dengizga chiqa olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |