Janubiy sharqiy osiyo



Download 0,65 Mb.
bet2/4
Sana16.06.2022
Hajmi0,65 Mb.
#675889
1   2   3   4
Bog'liq
Kurs ishi janubiy sharqiy osiyo

3 . IQLIMI
Janubiy- SHarqiy Osiyo landshaftlarining biologik –iqlimiy komponentlaridan Hindistonga o’xshash tomonlari ko’p. Bu hol janubiy –sharqiy Osiyo landshaftlarini tariflashni osonlashtiradi. Bu yerda ham passat –musson sirkulyatsiyasi hukumron, namgarchil davr uzoqroq davom etadi. Indoneziya ustidekvatorial sirkulatsiya sharoitida namgarchilik davri yil bo’yi chuziladi. Territoriya ancha past baland bo’lganligidan shimoli-sharqiy passat (qishki musson) Hindistondagiga qaraganda ancha namgarchildir. SHu sababli janubiy –sharqiy Osiyoda janubiy-g’arbiy musson bu yerga ancha ko’p yog’in keltirishiga qaramasdan qish va yoz fasillarining namgarchiligidagi farqi unchalik katta emas. Janubiy- SHarqiy Osiyoning g’arbiy qismi sharqiy qismiga qarganda ko’proq nam oladi. Janubiy –Sharqiy Osiyoda yillik yalpi radiatsiya miqdori 120-180 kkalga teng


Janubiy-SHarqiy Osiyoning orografik xususiyatlari tufayli materik bilan Tinch okeaninng isishi va bosim sharoitdagi tafavut keskin bo’lib’ janubi-sharqiy osiyo uchun tipik bo’lgan musson sirkulatsiyasini hosil qiladi. Musson sirkulatsiyasi bu yerda yer sharining boshqa barcha rayonlariga qaraganda eng yaqol namayon bo’ladi. Janubiy- SHarqiy Osiyoning janubiy qismi ustidagi atmosfera sirkulatsiyasi ham amalda musson harakterga egadir,farqi shuki bu yerda musson sirkulatsiyasi materik bilan Hind okeanining o’zaro ta’sirida ro’y beradi.


Janubiy Sharqiy Osiyoning katta qismida qishda yog‘in yog‘maydi. Ichki rayonlarda bu hol atmosferaning antitsiklon holati va yer yuzasining kuchli sovib ketishi bilan bog‘liqdir. Materikning sharqiy chekkasida yog‘inlarning bo‘lmasligiga kontinental musson sababdir; bu musson okeanga tomon quruq sovuq havo olib keladi. Shu munosabat bilan Markaziy va Sharqiy Osiyo uchun keskin manfiy anomaliyali qishki past temperaturalar xarakterli; bu anomaliya temperatura 0°S gacha tushishi mumkin bo‘lgan tropikka qadar seziladi. Shimolda yanvarning o‘rtacha temperaturasi-20-25°S ga teng.Osiyoning qishda passat shamollari ta’sirida bo‘lgan janubiy yarim orollari va orollarida ham quruq ob-havo ustun turadi. Faqat ekvatorda joylashgan Zond arxipelagi orollaridagina konvektiv yomg‘irlar yog‘adi. Yanvar temperaturasi butun Janubiy Osiyoda yuqori: +16-20°S, Malayya arxipelagi orollarining ba’zi joylarida +25°S ga yetadi.
Materikning Tinch va Hind okeanlariga tutash sharqiy va janubiy chekka qismlari sharoiti boshqachadir. Yevrosiyoning juda katta quruqligi bilan bu okeanlar orasidagi temperatura va bosim tafovutlari yozda ayniqsa kattadir. Osiyoga Tinch okeandan barqaror nam havo kirib keladi va u kontinental havo massalari bilan qo‘shilgach, jala tarzidagi yog‘inlar hosil qiladi. Bu havo massasi Sharqiy Osiyoda janubi-sharqiy musson deb ataladi.
Tinch va Hind okeanlarida har yili iyun-oktabr oylari orasida tropik siklonlar, ya’ni tayfunlar hosil bo‘ladi; biroq tayfunlar kech kuzda ham paydo bo‘lib, Sharqiy va Janubiy Osiyo mamlakatlariga katta ofat keltiradi. Tayfunlar juda kuchli siklon po‘rtanasidan iborat bo‘lib, ularning tezligi okeanda juda kamdan-kam hollarda 350-400 km/s ga yetishi mumkin, odatda esa 200-300 km/s ra teng bo‘ladi.
Atmosfera sirkulyatsiyasining umumiy qonuniyatlari subekvatorial mintaqa doirasida ancha bir xilligi sababli u iqlim oblastlariga ajralmaydi. Biroq, ayrim rayonlar iqlim sharoitida ma’lum tafovutlar bor, albatta. Birinchidan, Hindixitoy bilan Hindiston yarim orollarining shimoliy qismidagi qish temperaturalari o‘rtasida tafovut mavjud. Hindixitoyning shimolida yanvarning o‘rtacha temperaturasi ( + 16°S) Hindistonning shimolidagiga ( + 20°S) qaraganda 4°S past, Bunga sabab shuki, mo‘tadil mintaqadan sovuq havo kirib kelib, Hindixitoy orografiyasining o‘ziga xos xususiyatlari tufayli 20° sh. k. gacha yetib boradi va shimoli-sharqda temperaturani +5°S gacha pasaytirib yuboradi. Yillik yog‘in miqdori va yog‘inlar rejimida ham katta tafovutlar bor. Malakka yarim orolining janubiy qismi, Zond orollari (Yava orolining janubi-sharqi va Kichik Zond orollari bundan mustasno) va Molukk orollari ekvatorial mintaqada joylashgan. Bu mintaqa ekvatorial bosim depressiyasiga to‘g‘ri keadi va bu yerda har ikkala yarim shardagi passatlar o‘zaro to‘qnashadi. Quruqlikning o‘ziga xos taqsimlanishi sababli ekvatorial bosim depressiyasi yilning barcha fasllarida ko‘proq shimoliy yarim sharga surilganligidan, ekvatorial mintaqa ham ekvatordan shimolga janubdagiga nisbatan ko‘proq kirib boradi. Yevrosiyoning ekvatorial mintaqasidagi iqlim xususiyatlari atmosferaning umumiy sirkulyatsiyasigagina bog‘liq bo‘lmay, bu mintaqaga orollar va ularni bir-biridan ajratib turuvchi suv havzalari kirishiga ham bog‘liqdir. Ekvatorial iqlim mintaqasi uchun yil bo‘yi ekvatorial havo massalarining ustun turishi (ular har ikkala yarim shar passatlari bilan birga keluvchi tropik havo massalaridan tarkib topadi), temperaturasining bir me’yorda va yuqoriligi, namlikning ko‘pligi hamda kuchsiz shamollari bilan xarakterlanadi. Ekvatorial mintaqada atmosfera sirkulyatsiyasining musson rejimiga o‘tishi, ya’ni yozgi yog‘inlarning kuchayishi hamda qisqa vaqt nisbatan qurg‘oqchil davrning qaror topishi kuzatiladi, qurg‘oqchil davr ekvator tomonga shimoliy yarim shar passatlarining kirib kslishi bilan bog‘liq. Bu qurg‘oqchil davr Kalimantan orolining shimoli-sharqida va Sumatra orolining shimolida ayniqsa yaxshi rivojlangan. Butun Yava va Kichik Zond orollari janubiy yarim sharning subekvatorial mintaqasida joylashgan.
Hindixitoy Hindiston yarim orolidan farq qilib, materikning boshqa qismlaridan kenglik bo‘ylab cho‘zilgan tog‘lar bilan ajralmagan. Uning barcha tog‘lari shimoldan janubga cho‘zilgan va yarim orol yerlariga shimoldan kontinental havo massalarining kirib kelishiga to‘siq bo‘la olmaydi. Qishda kontinental musson bilan kirib keladigan nisbatan sovuq havo haroratning pasayishiga sabab bo‘lib, temperaturaning 15° shimoliy kenglikkacha pasayishi seziladi. Shu sababli Hindixitoyning shimoliy qismida eng sovuq oyning o‘rtacha temperaturasi 1000 m dan kam balandlikda +16aS dan oshmaydi. Dekabr va yanvar oylarida temperatura ba’zan +4°S gacha pasayadi. Hamma tog‘li rayonlarda harorat +1, +2°S gacha tushadi. Lekin 15° shimoliy kenglikdan janubda kontinental havo massalarining ta’siri sezilmaydi va eng salqin oyning temperaturasi +21-23°S ga yetadi. Singapurda yanvarning o‘rtacha temperaturasi deyarli +26°S ga teng. Iyul oyining o‘rtacha temperaturasi yarim orolning shimoliy qismida +28°S, biroq yarim orolning hamma qismida eng issiq oy iyul bo‘lmay, ekvatorial musson boshlanishi oldidagi aprel oyidir. Rangunda aprelning o‘rtacha temperaturasi +29°S, tekisliklarning ichki qismlarida eng issiq oyning o‘rtacha temperaturasi +30° dan oshadi.
Hindixitoyning katta qismiga namning asosiy massasini janubi-g‘arbiy ekvatorial musson shamollari keltiradi. Mussonlar namni asosan g‘arbiy sohilda qoldiradi, bu sohillar yarim orolning eng sernam rayonlaridir. Yillik yog‘in miqdori 3000 mm ga yetadi va yog‘inning 80% i yoz oylarida yog‘adi. Ichki rayonlarda yog‘inning yozda eng ko‘p tushishi saqlanadi, lekin miqdori keskin kamayib, 1000 mm dan oshmaydi. Hindixitoyning shimolida musson shamollari yo‘nalishi o‘zgaradi, ya’ni janubi-sharqdan esadi va Janubiy Xitoy dengizi tomondan u ham yozda ko‘p miqdorda nam keltiradi. yog‘in qattiq jala ko‘rinishida yog‘adi; bunda go‘yo suvni chelaklab quygandek bo‘ladi. Jala quyishi bilan birga ko‘pincha katta zarar keltiruvchi tayfunlar (dovul) bo‘ladi. Janubiy Xitoy dengizi tomondan keladigan tropich tayfunlar Hindixitoy ustida iyuldan sentabrgacha aykiqsa tez-tez o‘tib turadi.
Sharqiy sohilda eng ko‘p yog‘in kuz bilan qish oylariga to‘g‘ri keladi. Yomg‘irlarni shimoliysharqdan esib, dengiz, ustida namga to‘yinadigan ishki musson (passat) shamollari keltiradi. Tog‘lar sharqiy sohilni yozgi musson shamollaridan to‘sib turadi va u yerda yozda quruq bo‘ladi. Shunga qaramay, Sharqiy sohilning katta qismida yiliga 1500 mm dan 3000 mm gacha yog‘in tushadi.



Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish