Janubiy kon boshqarmasi


Ishlab chiqarish korxonalarida isitish, ventilatsiya va havoni mo’tadillash, suv o‘tkazgich va kanalizatsiya va yoritish bo’yicha xavfsizlik qoidalari



Download 26,75 Kb.
bet6/7
Sana10.06.2022
Hajmi26,75 Kb.
#652536
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Раимов К

3.2.2. Ishlab chiqarish korxonalarida isitish, ventilatsiya va havoni mo’tadillash, suv o‘tkazgich va kanalizatsiya va yoritish bo’yicha xavfsizlik qoidalari
1. Isitish, ventilatsiya va havoni mo‘tadillash tizimlari mazkur Qoidalar va amaldagi standartlar talablariga, shuningdek QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va mo‘tadillash” talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
2. Ishlab chiqarish jarayonida havo yuborish-tortish ventilatsiyasi tizimlari va aspiratsiya vositalarining uzluksiz ishlashi ta’minlanishi kerak.
Ishlash jarayonida zaharli, portlash-yong‘in va yong‘in xavfi bo‘lgan moddalar ajralib chiqadigan texnologik uskunalardan ventilatsiya tizimi nosoz bo‘lganda foydalanish taqiqlanadi.
3. 1-chi xavflilik sinfiga mansub portlash xavfi bo‘lgan yoki zararli moddalarni ishlab chiqarish, ular bilan muomala qilish va saqlash bilan bog‘liq xonalarda havo muhitining holati avtomatik gazoanalizatorlar hamda portlash xavfi bo‘lgan moddalar (gazlar va TAS bug‘i) konsentratsiyasi alangalanish quyi konsentratsiya chegarasining ko‘pi bilan 20% ga etganda, zaharli gazlar, bug‘lar va aerozollar uchun esa ChRBKga yaqinlashganda ishga tushadigan yorug‘lik va tovush signalizatsiya qurilmasi yordamida nazorat qilinishi kerak.
4. Shamollatish tizimlari ishining samaradorligini instrumental tekshirish kamida bir yilda bir marta, shuningdek har gal bu tizimlar kapital ta’mirlangandan yoki rekonstruksiya qilingandan keyin o‘tkazilishi kerak. Tekshirish dalolatnomalari tashkilotning texnik rahbari tomonidan tasdiqlanishi lozim.
5. Barcha shamollatish tizimlariga tegishli foydalanish hujjatlari (pasportlar yoki formulyarlar) tuzilishi kerak.
6. Texnologik jarayon o‘zgarganda yoki ishlab chiqarish uchastkasi rekonstruksiya qilinganda ushbu uchastkada faoliyat ko‘rsatayotgan shamollatish tizimlari yangi ishlab chiqarish sharoitlariga muvofiqlashtirilishi kerak. Shamollatish tizimlarining ishlash sxemalarini o‘zgartirish bilan bog‘liq loyiha ishlari hisob-kitoblar bilan asoslangan va bosh loyiha tashkiloti bilan kelishilgan bo‘lishi kerak.
7. Shamollatish tizimlaridan foydalanmaydigan shaxslarga ventilatsiya xonalariga kirish, ventilyatorlarni ishga tushirish va o‘chirish, shamollatish tizimlari armaturasi (klapanlar, shiberlar)ni ochish yoki yopish taqiqlanadi.
8. Korxonaning suv ta’minoti va kanalizatsiya inshootlari hamda tashqi tarmoqlari QMQ 2.04.02-97 “Suv ta’minoti. Tashqi tarmoqlar va inshootlar”, QMQ 2.04.03-97 “Kanalizatsiya. Tashqi tarmoqlar va inshootlar” talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
9. Binoning suv o‘tkazish va kanalizatsiya tizimlari QMQ 2.04.01-98 “Binolarning ichki suv o‘tkazgich va kanalizatsiyalari”, QMQ 2.09.04-98 “Korxonalarning ma’muriy va maishiy binolari” talablariga javob berishi lozim.
10. Suv bilan qo‘shilganda portlashni yuzaga keltirib parchalanadigan yoki alangalanadigan, shuningdek portlash xavfi bo‘lgan yoki zaharli gazlar hosil qiladigan moddalar ishlab chiqariladigan, ishlatiladigan yoki saqlanadigan xonalardagi suv ta’minoti, kanalizatsiya va isitish tizimlarining tuzilishi ushbu xavfli moddalarga suv tushishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
11. Xo‘jalik-ichimlik suv o‘tkazgich tarmog‘ining texnik suv beriladigan suv o‘tkazgich tarmoqlari bilan ulanishi ruxsat etilmaydi.
12. Kiyim yonib ketishi eki kimyoviy kuyishlar sodir bo‘lish ehtimoli bo‘lgan ishlab chiqarish xonalarida favvorachalar, kranlar, rakovinalar yoki o‘z-o‘ziga yordam ko‘rsatish vannalari, avariya dushlari bo‘lishi kerak. Bu qurilmalar qulay joylarda o‘rnatilgan va xo‘jalik-ichimlik suv o‘tkazgichga ulangan bo‘lishi kerak.
Yuqorida ko‘rsatilgan barcha qurilmalarni suv bilan qo‘shilganda parchalanib portlaydigan yoki alangalanadigan, shuningdek portlash xavfi bo‘lgan yoki zaharli gazlar hosil qiladigan moddalar saqlanadigan yoki ular bilan muomalada bo‘linadigan xonalarda joylashtirish taqiqlanadi.
13. Texnik qurilmalar (idishlar, apparatlar)ning kanalizatsiyaga chiqarish qurilmalarida gidravlik zatvorlar va qurilma ta’mirlash uchun to‘xtatilganda tiqin o‘rnatish uchun flanetsli birikmalar bo‘lishi kerak. Shuningdek, kanalizatsiyaning iflos oqimlar chiqadigan joylaridagi stoyak oldida ham gidravlik zatvorlar o‘rnatilishi kerak.
14. Kanalizatsiya tarmoqlari va quduqlarni ko‘zdan kechirish va tozalash ishlari grafik bo‘yicha va gaz xavfi bo‘lgan ishlarni olib borish tartibiga muvofiq bajarilishi kerak.
15. Oqova suvlarni suv havzalariga tashlash sharoitlari suv yuzalarini ifloslanishdan muhofaza qilishga oid amaldagi sanitariya me’yorlari va qoidalari talablariga javob berishi kerak.
Korxona tozalash inshootlarining samarali ishlashini ta’minlashi va oqova suvlarning ifloslanish darajasini nazorat qilishi kerak.
16. Tashkilot hududidagi ishlab chiqarish va yordamchi binolar va xonalarda tabiiy va sun’iy yoritish, shu jumladan avariya yoritish, QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish” hamda boshqa tegishli amaldagi me’yoriy-texnik hujjatlar talablariga javob berishi kerak.
380. Portlash xavfi bo‘lgan xonalarda portlashdan bexatar qilib yasalgan yoritish tizimlari ko‘zda tutilishi kerak.
17. Ishlab chiqarish uchastkasi rekonstruksiya qilinganda uning yoritish tizimi yangi ishlab chiqarish sharoitlariga muvofiqlashtirilishi kerak.
18. Avariya yoritish tarmog‘ining sozligi muntazam tekshirib turilishi kerak.
19. Ish o‘rinlarini ko‘prikli kranlar bilan qorong‘ilashtirib qo‘yilishining oldini olish uchun kran fermalarida qo‘shimcha yoritqichlar ko‘zda tutilishi lozim.
20. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarda, tashkilot hududida umumiy yoritish rubilniklarini qo‘shish (uzish), shuningdek yoritish tarmoqlariga xizmat ko‘rsatish (yoritqichlarni ta’mirlash va tozalash, lampalarni, rozetkalarni almashtirish va boshqa ishlar) faqat elektr texnik xodimlar tomonidan kuchlanishni uzib qo‘yib bajarilishi kerak.
21. Ko‘chma yoritqichlar uchun kuchlanishi 42 V dan yuqori bo‘lmagan, portlash xavfi bo‘lgan xonalarda, xona tashqarisida, idishlar va texnologik inshootlar ichida ishlaganda esa kuchlanishi 12 V dan yuqori bo‘lmagan elektr tarmog‘i o‘tkazilishi kerak.
Ko‘chma yoritqichlar konstruksiyasi muhit xususiyati va ular ishlatiladigan joyga qarab tanlanishi kerak.
22. 2,2 m va undan ortiq balandlikda joylashgan yorug‘lik tushadigan tuynuklarning tavaqalari va framugalari, shuningdek ochiladigan fonar romlari uchun xonaning ishchi yoki xizmat ko‘rsatiladigan hududi chegarasida ularni uzoqdan turib yoki qo‘lda ochish qurilmalari ko‘zda tutilishi lozim.
23. Deraza oynalari va fonarlarni chang va iflosliklardan muntazam tozalash, shuningdek yoritqichlarga xizmat ko‘rsatish uchun ko‘rsatilgan ishlarni qulay va xavfsiz bajarishni ta’minlovchi qurilma va moslamalar ishlatilishi kerak.
24. Xonalarning yorug‘lik tushadigan tuynuklarini materiallar, buyumlar va boshqa begona predmetlar bilan to‘sib qo‘yish ruxsat etilmaydi.


Download 26,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish