Aholisi
Aholisining 3/4 qismi afrikalik bantu xalqlari (shu jumladan 38,5 % zulular, 27,5 % sotolar, 11,6 % kosalar, 6,6 % shangaantsonga va tsvanalar). Yevropaliklar 5,1 mln. (shundan golland, fransuz, nemis kelgindilarining avlodlari boʻlmish afrikanerburlartaxminan 57,5 %), hindilar 1 mln.ga yaqin, qora tanlilar 3,4 mln. Rasmiy tillari — afrikaans (bur), ingliz, isindebele, sesoto sa leboa, sesoto, savati, xitsonga, setsvana, tshivenda, isikosa va isizulu tillari. Dinlari: xristianlik (aholining 77 %), anʼ-anaviy dinlar (18 %), hindulik, musulmonlik, yahudiylik (3,2 %) va boshqa Axolining 60 % shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Yoxannesburg, Keyptaun (Kapstad), Durban, Pretoriya va boshqa
Tarixi
Janubiy Afrika Respublikasi aholisining qad. va oʻrta asrlarga oid tarixi kam oʻrganilgan. Janubiy Afrika Respublikasining qad. aholisi gottentot (koykoin)lar, bushmen (san)lar va keyinchalik bu yerga kelib oʻrnashgan bantu xalqlaridir. Arxeologik qazishlar (topilgan oltin va boshqa buyumlar)dan maʼlum boʻlishicha, Transvaal hududi (milodiy 1-ming yillik)da madaniyat yuqori boʻlgan, temir, mis va boshqa metallar eritilgan.
17-asr 50-yillarida Gollandiyaning Ost-Indiya kompaniyasi Janubiy Afrika Respublikasida Kap manzilgohini tuzdi. Manzilgoh hududi sekin-asta kengaya bordi. Golland va fransuz kelgindilari — burlar (keyinchalik oʻzlarini afrikanerlar deb atashgan) mahalliy aholini boʻsh yerlarga siqib chiqarib, quldorlik xoʻjaliklarini tuzdi. Bu xoʻjaliklarda mahalliy aholi va Gʻarbiy Afrika, Madagaskar, Osiyoning turli davlatlaridan keltirilgan qullar mehnat qildi. Janubiy Afrika Respublikasi mahalliy aholisining mustamlakachilik zulmiga qarshi kurashi 17-asrdayoq boshlanib, 1870—80 yillarda kuchaydi. 1838, 1879 va 1906-yillardagi zulu xalqining urushi va qoʻzgʻolonlari, basutolarning 1880-yilgacha davom etgan qurolli harakatlari Afrika xalqining mustamlakachilikka qarshi kurashida eng muhim tarixiy voqealardan hisoblanadi. 18-asr oxiri va 19-asr boshlarida Buyuk Britaniya Kap manzilgohini bosib oldi. Ingliz xukumatining zulmi burlarni Kap manzilgohidan shimolga — kosa, zulu, basuto, botsvan va boshqa bantu xalqlari yerlariga kirib borishga majbur qildi. 19-asr 50-yillarida bur respublikalari — Janubiy Afrika Respublikasi (Transvaal) va Ozod Oranj davlati tuzildi.
19-asr 60-yillari oxiri va 80-yillari oʻrtalarida Janubiy Afrikada olmos konlari topilgach, inglizlar bantu xalqlarining mustaqil qududlarini shafqatsizlik bilan tortib ola boshladi. 1899—1902-yillardagi inglizburlar urushidan keyin bur respublikalari Angliya qoʻl ostiga oʻtdi. 1910-yilda esa Britaniya imperiyasining dominioni boʻlgan Janubiy Afrika Ittifoqi (JAI) tuzildi.
Janubiy Afrikada olmos va oltin konlarining ochilishi bilan jamiyatning ijtimoiy tarkibi keskin oʻzgardi: ishchilar va sotsialistik harakatlar paydo boʻldi. 19-asrning 40—50-yillarida kasaba uyushmalarining birinchi tashkilotlari tuzildi. 80-yillarga kelib, ular yevropalik ishchilarning yirik kasaba uyushmalariga aylandi.
1912-yil hukumatning aparteid siyosatiga qarshi Afrika milliy kongressi (Sahroi Kabirdan janubda yashovchi afrikaliklarning eng yirik tashkiloti) tuzildi. 1-jaort-Shepeto HIND OKEANI hon urushida JAI Buyuk Britaniya tomonida ishtirok etdi. Urushdan soʻng Germaniya Janub-Gʻarbiy Afrika (Namibiya)ni boshqarish uchun Millatlar Ittifoqi mandatini oldi.
JAIda ishchi va milliy ozodlik harakati avj oldi. Oq tanli ishchilar va afrikaliklarning yirik ish tashlashlari boshlandi. 1920-yil boshlarida afrikalik konchilarning birinchi umumiy ish tashlashi (70 mingdan oshiq kishi), 1922-yil martda oq tanli konchilarning qurolli qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtdi.
Ikkinchi jahon urushida JAI gitlerchilarga qarshi koalitsiya tomonida qatnashdi, ammo afrikanerlarning ashaddiy millatchilari fashist Germaniyasi bilan hamkorlik qilishdi.
Urushdan soʻng Janubiy Afrika Respublikasining Yevropadagi davlatlar bilan aloqasi kuchaydi. Hokimiyat Millat partiyasi qoʻliga oʻtgach (1948), mamlakatda reaksiya kuchaydi. Bu partiya rahbarlaridan D. F. Malan (1948-54), I. G. Streydom (1954-58), X. F. Fervurd (1958—66), B. Forster (1966—79) va P. Bota (1980—89) davrida terror va irqiy kamsitish kuchaydi. Partiyaning aparteid siyosati tufayli afrikaliklar, metislar, indeyslar hayoti yanada ogʻirlashdi. 1961-yil 31-mayda JAI hukumati „oq tanli“lar oʻrtasida referendum oʻtkazib, mamlakatni Janubiy Afrika Respublikasi deb eʼlon qildi.
Aparteid siyosatiga qarshi kurash 1980-yillarda ayniqsa kuchaydi. Hukmron Millat partiyasi hukumati irqchilik qonunlarini bekor qilishga majbur boʻldi, siyosiy partiyalarning, shu jumladan Afrikaliklar Milliy Kongressi faoliyatiga ruxsat berildi. 1991-yilda parlament turar joylarda va yer egaligida irqiy ayrimachilikni bekor qildi. 1994-yilda muvaqqat konstitutsiya kuchga kirdi. Shu yil aprelda Milliy assambleyaga koʻp irqli saylov boʻldi. Afrikaliklar Milliy Konfessi raisi N. Mandela Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti etib saylandi. 1999-yildan prezident T. Mbeki. Janubiy Afrika Respublikasi — 1945-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 27-aprel — Ozodlik kuni (1994). Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 12-avgustda oʻrnatgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |