Kirish
Bugun biz inson huquqlari kafolatlangan dunyoda yashamoqdamiz lekin qaryib
70-80-yillar muqaddam Afrika xalqlari judaham og‘ir hayot kechirishmoqda edi. 1960-
yillar tarixga Afrika yili nomi bilan kirgani bejiz emas chunki o‘sha yili bir yo‘la 17 ta
Afrika davlatlari mustaqillikga erishishdi.Ushbu kurs ishi ham ana shu respublikalardan
biri bo‘lgan Janubiy Afrika Respublikasiga bag‘ishlanadi.
Mavzuning dolzarbligi.
Ushbu mavzu orqali biz tarix kitoblarida nihoyatda kam
uchraydigan JAI va JAR atamalari bilan tanilgan Afrika respublikalaridan birini tahlil
qilamiz.
Mavzuning tarixshunosligi.
Janubiy Afrika xalqlarining
mustamlaka davri
tarixi uzoq XVII-XVII asrlarga borib taqaladi.Ushbu qit’a tarixi haqida ko‘plab yevropa
va boshqa mamlakatlar tarixshunoslari asarlar yozishgan quyida anashu kitoblardan
manba sifatida foydalandik.
Ushbu manbalar Janubiy Afrika xalqlarining ozodlik yo‘lida boshidan kechirgan
kunlari mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi jarayonlari,tarixiy
geografik va geologik
obyektlari haqida to‘xtalib o‘tamiz,mintaqadagi foydali qazilmalar bo‘yicha ham JAR
alohida hidudda yetakchi iqtisodiy davlat hisoblanadi. Quyidagi fikrlarimiz Janubiy
Afrika respublikasi haqida borar ekan avvalambor uning geografik joylashuvi Afrika
qit'asining eng janubida joylashgan davlat Janubiy Afrika Respublikasi (Janubiy Afrika)
(Afrikaans Republick van Suid- Afrika; inglizcha Republic of South Africa) — Afrika
qitʼasining janubiy qismida joylashgan davlat.
Shimolda Namibiya, Botsvana va
Zimbabve, shimoli- sharqda Mozambik va Svazilend bilan chegaradosh. Janubiy Afrika
hududi ichida Lesoto davlat- anklavi joylashgan.Janubiy Afrika Afrikadagi etnik
jihatdan eng xilma- xil mamlakatlardan biri bo'lib, qit'ada oq,
hind va aralash aholining
eng katta ulushiga ega
1
. 1929-1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi davrida Afrika
xalqining ahvoli yanada og'irlashdi. Janubiy Afrikada qurg'oqchilik bo'lib, rezervat
aholisi ochlikdan, kasallikdan qirila boshladi. Ustiga ustak jahon bozorida olmos narxi
pasayishi natijasida ko'plab olmos konlari bekilib, minglab shaxtyorlar ishsiz qoldilar.
1948- yilda 1990- yillargacha davom etgan aparteid rejimi (Afrikaans aparteididan)
1
Политическая карта Африки.Ильина.Е.А. М. Просвещения .2009 г. Стр 150.
o'rnatilgandan so'ng u o'zining eng yuqori cho'qqisiga chiqdi. Kamsituvchi qonunlarni
joriy etish tashabbuskori Milliy partiya edi. Bu siyosat uzoq va qonli kurashga olib keldi,
unda Stiv Biko, Desmond Tutu va Nelson Mandela kabi qora tanli faollar yetakchi rol
o‘ynadi.
2
Bu mamlakat afrika materigining chekka janubida joylashganligi uchun
shunday nom bilan atalgan. Maydoni 1,222 ming km
2
. Iqtisodiy geografik o’rnining
qulayligi:
dengiz boyida joylashganligi, muhim dengiz yo’llari ustida joylashganligi.
Janubiy Afrika Respublikasi iqlimiy jihatdan asosan tropik va qisman subtropik
mintaqalarda joyldashgan. Mamlakat hududida Drakon, Kap tog’lari joylashgan. Asosiy
daryosi OranjevaY. Janubiy Afrika Respublikasi quruqlik orqali Namibiya, Botsvana,
Zimbabve, Mozambik, Svazilent davlatlari bilan chegaradosh.
Lesoto davlati orol
ko’rinishida to’liq Janubiy Afrika Respublikasini ichida joylashgan.
Janubiy Afrika Respublikasi foydali qazilmalarga boy. Asosiy qazilma
boyliklari: temir rudasi qazib olish boyicha dunyoda 9- o’rinda (yiliga 30 mln t. va ѕ
qismini Evropaga eksport qiladi.).
Marganes va xrom qazib olishda dunyoda 1- o’rinda;
Nikel qazib olishda 6- o’rinda;
Mis qazib olishda 10- o’rinda;
Fosforit qazib olishda 6- o’rinda;
Oltin qazib olishda 1- o’rinda (yiliga 630 t.)
Ko’mir qazib olishda 8- o’rinda (yiliga 180 mln t. qazib oladi, Yevropa va
Yaponiyaga eksport qiladi). Olmos, platina va uran qazib olishda 1- o’nlikka kiradi.
Aholisi soni 44 mln kishi (2003 yil), 47,3 mln kishi (2006 yil) bo’lib, u
demografik tanglikda. 2003 yil ma’lumoti boyicha Janubiy Afrika Respublikasida
tug’ilish koeffisienti -23‰, o’lim 14‰. Agar aholining tabiiy ko’payishi shu xolatda
ketsa, 2025 yil aholi soni 35 mln kishiga tushib qoladi. Chaqaloqlar o’limi 57‰. 1
ayolga 2,8 bola to’g’ri keladi. 15 yoshgacha bo’lganlar soni 34 %, 64 yoshdan o’tganlar
5% . o’rtacha umr 53-54. YAMD butun Afrika materigi boyicha o’rtacha 2120 $.
Janubiy Afrika Respublikasida eng yuqori 10910 $ tashkil etadi. 15 yoshdan 49
yoshgacha bo’lgan aholining 20 % i “VICH” bilan zararlangan. Bu ko’rsatkich Afrika
2
Shuhrat Ergashev Jahon Tarixi III qism. 471-bet O'zbekiston NMIU.2018 y
materigida 6,5 % ni, butun dunyoda esa 1,2 % ni tashkil etadi. Botsvanada eng yuqori
39 %.
Aholdisining 4/5 qismini tub joy xalqlari (zumus, bantu, bur, kasa), 12 % ini
oq tanlilar (ingliz, golland, fransuz), qolganini Osiyodan ko’chib kelganlar va mulatlar
tashkil etadi. Aholi zichligi 1 km
2
joyga 36 kishi. Urbanizasiya darajasi 45 % . Hayot
darajasi o’rtacha. Millioner shaharlari yo’q, lekin millioner aglomerasiyalari mavjud:
Yo’xannesburg,
Keyptaun, Durban, Pretoriya.
3
3
O‘zbekiston Milliy entsiklopеdiyasi. T., «Qomuslar», 2001-2003. 1-2-3-4-5-jildlar.