Janni Rodari bolalar adabiyoti bo‘yicha Nobel mukofotiga mengzash mumkin bo‘lgan Andersen mukofotini olib ham o‘qituvchiligicha qolishni afzal ko‘rgan ijodkor edi. Janni Rodari - butun dunyo bolalarining o‘qituvchisi bo‘lib qoldi. U bolalar bilan uchrashuvlarga ko‘p vaqt va kuchini sarflardi, ular bilan oddiy, tabiiy va do‘stona aloqalarni o‘rnata bilgan edi, bunday insoniy va ayni paytda mushkul vazifaning uddasidan chiqqandi. Men faqat ana shunday turli iste'dodlarni o‘zida mujassam eta olgan o‘qituvchi-yozuvchi o‘z pedagogik arxivini saqlab, tartibga sola olganmi-yo‘qmi, shuni bilmayman. Menimcha, Janni Rodarining pedagogik merosi tasodifiy kishilar qo‘liga tushib qolmasligi uchun ham bu ishni biror-bir yosh tadqiqotchi olim qilmog‘i darkordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |