Jan Jozef Jakoto



Download 0,97 Mb.
Sana11.07.2022
Hajmi0,97 Mb.
#774063
Bog'liq
Nazirova Dinora B guruh


SHAXSGA QO'YILGAN IJTIMOIY TALABLAR.
Nazirova Dinora
REJA:
1.Shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar.
2.Ijtimoiy muhitning shaxsga ta’sirida ijtimoiy nazorat shakllarining o‘rni.
3.Ijtimoiy me’yorlar.
4.Ijtimoiy sanksiya va uning turlari.
Shaxs va jamiyatning shakllanishi hamda tarixiy takomilida ijtimoiy mehnat, nutq va tafakkur tarzining o‘zgarishi, oila- nikoh munosabatlari takomillashishining ham ahamiyati katta bo‘lgan.
Shaxsdagi tabiiylik va ijtimoiylik o‘rtasidagi aloqadorliklarda ijtimoiylik mayllarining yetakchi bo‘la borishi odamning insonga, ya’ni jamiyatlashgan mavjudodga aylanib borishini ta’minlaydi.
Shaxs avvalo o‘zining qadr-qimmati va kamchiliklari bilan jamiyat hayotida faol qatnashganligi hamda ta’lim-tarbiya nati­ jasida yuzaga kelgan o‘zining kuchli va kuchsiz tomonlari bilan paydo boigan konkret tirik odamdir.
Shaxsning faolligi uning o‘z hayoti uchun yo‘l tanlashida, bu yo‘lni egallashida, hatto o‘z mavqei va o‘rnini anglashida ifoda­ lanadi. Inson shaxsining eng xarakterli tomonlaridan biri uning individualligidir. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik protsesslarning o‘sib borishi xususiyatlari, hukmron hissi- yotlar yig‘indisi, faoliyat motivlari va tarkib topgan qobiliyatlar kiradi.
Shaxs tuzilishining o'zgarishi psixologlar tomonidan aniqlan­ gan bo‘lsa-da, bu o‘zgarishlar odamning yashash sharoiti va faoli- yatida yuzaga keladigan o‘zgarishlarning natijasi bo‘lib, avvalo ijtimoiy tarbiya bilan bog‘liqdir.
Ijtimoiy nazorat — bu shaxsning xulqiga, qadriyatlariga, tasav- vurlariga va ustanovkalariga nisbatan jamiyatdagi guruhlarning yoki jamoatchilikning ta’siridir. Ijtimoiy nazoratga ekspektatsi- ya, me’yor va sanksiyalar kiradi. Ekspektatsiya — aynan shaxsga nisbatan atrofdagilarning kutish shaklidagi talablaridir. Ijtimoiy me’ yor — ma’lum vaziyatlarda shaxsning nima deyishi, o‘ylashi, his qilishi, nima qilishini ko‘rsatuvchi namunalar yig‘indisidir.
Ijtimoiy sanksiyalar — ijtimoiy nazoratning muhim vositalaridan biri sifatida shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan ta’sir choralaridir.
Ijtimoiy nazoratning shakllari — bu shaxsning jamiyatdagi hayoti va turli xil guruhlardagi faoliyatini boshqarish usullaridir. Ijtimoiy nazoratning ko‘proq tarqalgan shakllari quyidagilardan iborat:
1. Qonun — davlat miqyosida shaxslarning rasmiy munosa­ batlarini nazorat qiluvchi va yuridik kuchga ega boigan me’yortiv aktlar yig‘indisi.
2. Tabu — shaxsning biror-bir fikri yoki harakatlariga nisbatan cheklovlar tizimini qamrab oladi.
3. Urf-odat — yoshlikdan o‘zlashtiriladigan vajamoaviy odatli- lik xarakteriga ega. Urf-odatning asosiy belgisi tarqalganlikdir.
Urf-odat jamiyatda ma’lum bir davrga xos boigan va vaqtincha davom etuvchi tavsifga ega.
4. An’ana — shunday urf-odatki, ma’lum bir xalq madaniyati bilan bogliq holda shakllangan, avloddan avlodga o‘tuvchi, xalq- ning mentaliteti bilan aniqlanadi.
5. Axloq — ma’lum bir davrda jamiyat kishilarining xulq-at- vorida, xatti-harakatlarida, o‘zaro muloqot jarayonida o‘z aksini topadigan ijtimoiy kategoriyadir.
6. Odat — shaxs hayotida ko‘p takrorlanaverganligidan av- tomatlashganlik darajasiga aylanib qolgan, anglanilmagan holda bajariladigan harakat shaklidir.
7. Etiket (etiket me’yorlari) — odamlarga nisbatan ijobiy va xayrixohlik bilan muloqotga kirishishda munosabatlarning tashqi ko‘rinishida namoyon bo‘ladigan o‘zini tutish qoidalari. Ammo bunday odoblilik orqasida ba’zan ichiqoralik va shaxsga nisba­ tan behurmatlik munosabatlari yashiringan bo‘lishi ham mum­ kin.
Ijtimoiy me’yor — bu ma’lum bir vaziyatda kishilar qanday gapirishi, qanday harakat qilishini ifodalab beruvchi namuna yoki qoliplardir. Ijtimoiy me’yorga olimlar tomonidan berilgan ta’riflarning umumlashmasi sifatida quyidagi ta’rifni qabul qi­ lish mumkin: Ijtimoiy me’yor — shaxs hayotida shunday kate- goriyaki, u jamiyatning o‘z a’zolari xulq-atvoriga nisbatan ish- lab chiqqan va ko‘pchilik tomonidan e’tibor etilgan harakatlar talablaridir. Me’yor so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, uning mazmuni «qoida», «namuna», «standart» degan ma’noni ang- latadi. Jamiyatdagi mavjud me’yorlar shaxsga, oilaga, guruhga, tashkilotga o‘zining aslini yo‘qotmay, o‘zligicha qola oladigan darajada ma’lum bir chegaralarni qo‘yadi.
Ijtimoiy me’yorlarning vazifasi shundan iboratki, u jamiyat a’zolariga ma’lum bir munosabatlarda yoki harakat qilish jaray- yonida nima «to‘ g‘ri», «majburiy», «tasdiqlanuvchi», «kutiluvchi», «inkor etiluvchi» ekanligini tushunishga yordam beradi. Ijtimoiy me’yorlarning o‘ziga xos jihatlaridan biri ularning hech qayerda yozilmaganligi va ularni buzgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortil- masligidadir. Ijtimoiy me’yorlarning o‘ziga xos belgilari sifatida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin:
1. Umumahamiyatga ega namunalar.
2. Guruh yoki jamiyat tomonidan sanksiyalarni qo‘IIash.
3. Subyektivlikning mavjudligi.
4. 0 ‘zaro bog‘liqlik.
5. Masshtablilik. Me’yorlar masshtabliligiga qarab ijtimoiy va guruhiy me’yorlarga boiinadi. Ijtimoiy me’yorlar — butun jamiyat miqyosida amal qiladi va o‘zida ijtimoiy nazoratning odat, an’ana, qonun, etiket va boshqa shakllarini namoyon eta­ di. Guruhiy me’yorlar — amal qilish doirasi jihatdan kichikroq bo‘lib, u ma’lum bir guruhdagina amal qilishi bilan cheklanadi va aynan shu guruhda o‘zini qanday tutish kerakliligi (axloq, odat, qiliqlar, guruhli yoki individual odatlar) bilan aniqlana- di. Talabalar guruhida guruh a’zosini «sotmaslik» kabi me’yor bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy sanksiya tushunchasi ostida jamiyat uchun aha- miyatga ega vaziyatda shaxsning xatti-harakatlariga nisbatan ijtimoiy guruh yoki jamoatchilikning munosabati tushuniladi.
Yana ham aniqroq qilib aytganda, ijtimoiy sanksiya — bu jami- yatdagi me’yorlarni jamiyat a’zolari tomonidan bajarilishi yoki bajarilmasligiga nisbatan boshqa bir kishilar tomonidan bildiri- ladigan jazolash yoki rag‘batlantirish yo‘llaridir. Sanksiyalarni bu ma’noda ijobiy yoki salbiy sanksiyalarga ajratish mumkin.
Masalan, ijtimoiy me’yorlar bajarilgan holatda ijobiy sanksi- yalar qo‘llanilsa, me’yorga amal qilinmaganda salbiy sanksi- yalar qo‘llaniladi.
Shaxs jamiyatdagi mavjud biror turdagi me’yorni buzganda o‘ta qattiq sanksiyalar — davlatdan quvg‘in qilish, o‘lim jazosi, qamoq jazosi kabilar qo‘llaniladi. Sanksiyalarning eng og‘iri tabu (axloqiy me’yorlarga qaraganda ancha jiddiy taqiq) va yuridik qo- nunlarni (masalan: odam o‘ldirish, davlat sirlarini sotish) buzish- ga nisbatan qollanilsa, eng yumshog‘i — guruhiy me’yorlarning, shu jumladan oilaviy me’yorlarning (ro‘mol o‘ramaslik) alohida ko‘rinishlarini buzish kiradi. Ammo shunday guruhiy odat yoki udumlar yoki me’yorlar mavjudki, ular juda qadrlanadi va ular­ ning buzilishiga yoki ularga amal qilmaslikka qarshi ham qattiq choralar, sanksiyalar qo‘llaniladi.
Olimlar tomonidan sanksiyaning verbal va noverbal tur­ lari ajratilgan. Bundan tashqari yana to‘rt turi ajratilgan bo‘lib, ular: pozitiv, negativ, formal, noformal. Ular yana to‘rt tipdagi uyg‘unlikni namoyon etadi.
Sanksiyalarning mavjudligi kishilarni ijtimoiy me’yorlarga amal qilishga chorlaydi. Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy me’yorlarga amal qilgan yoki qilmagan shaxs jamiyat a’zolari tomonidan turli xil sanksiyalarga duch kelishini bilgani va ang- lagani holda mavjud me’yorlarni qabul qilib, ularga amal qila­ di.

E'tiboringiz uchun rahmat


Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish