P.F.Lesgaft ishlab chiqqan jismoniy ta'lim nazariyasining asosiy yo'nalishlari
quyidagilardan iborat:
1. Aqliy ta'lim ham, jismoniy ta'lim ham odamni butun jamiyat baxt-saodati
uchun serunum mehnat qilishga tayyorlash imkonini berishi kerak. Har qanday
ta'limning asosiy maqsadi odamning shaxsiy manfaatini emas, balkr jamiyatga
foyda keltirishni birinchi o'ringa qo'yishiga erishishdan iborat bo'lmog'i lozim.
Odam deydi Lesgaft, butun umrida ijodkor bo'lishi, yodaki uslublardan
foydalanmasligi darkor. Shunday qilingan taqdirdagina odamning uzluksiz
shaxsiy kamolotiga va butun jamiyat madaniyatining taraqqiyotiga erishish
mumkin.
2.Inson aqliy faoliyatida ham, jismoniy faoliyatida ham ijodiy faollikka
qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun vositalar ongli ravishda tanlangan
taqdirdagina erishish mumkin. Shuning uchun Lesgaft mashq qilish natijasida
hosil bo'lgan narsalami bir-biridan farq qila olishga odatlanishni, ularni o'zaro
bir-biri bilan taqqoslay olish hamda ularga baho bera bilish, ya'ni tahlil qila
olishni jismoniy ta'limning eng muhim vazifalaridan biri deb hisobladi. Lesgaft
ana shu nuqtai nazardan mashqlarni ko'rsatib berishni emas, balki ularni
tushuntirib berishning o'zi bilan cheklanishni tavsiya qildi. Bu narsa o'quvchini
bajargan harakatini ko'r-ko'rona takror qilib berishga emas, balki uning haqida
ongli tasavvur hosil qilishga, undan keyin esa o'sha harakatni takror bajarishga
majbur etadi. Odam ongi deydi Lesgaft, uning har bir faoliyatini oldindan
bajarishi kerak.
3.«Hech qanday kamchiligi yo'q normal organizm»ga ega bo'lgan odamning har
taraflama kamol topishigina serunum va mahsuldorroq mehnat qilishga
qodirdir. Har taraflama kamol topishgina juda oz kuch sarflab, juda qisqa vaqt
ichida eng yaxshi natijalarga erishib ishlash imkonini beradi.
4.Lesgaft kishining har taraflama kamol topishi deganda, odamning aqliy va
jismoniy kuchlarini bir-biriga qo'shib, to'g'ri taraqqiy ettirishni, ong yetakchi rol
o'ynagan paytda kishi faoliyatida bu kuchlarning faol ishtirok etishiga imkon
beruvchi ulardagi uzviy bog'liqlikni nazarda tutdi.
5.Har bir odam jismoniy kamolotining yosh, jinsiy va individual xususiyatlarini
hisobga olib, kuch sarflashdagi asta-sekinlik va izchillik tamoyiliga rioya qilgan
taqdirdagina har tomonlama jismoniy kamolotga erishish mumkin.
6.Jismoniy ta'limning ilmiy jihatdan asoslab berilgan tizimi yordamida ish
tutgan taqdirdagina to'g'ri jismoniy o'sishiga erishish mumkin. Jismoniy
ta'limning tajriba tizimi ko'pchilik avlod tajribasida sinab ko'rilganidan
keyingina to'g'ri tajriba deb tan olinishi mumkin.
7. Jismoniy ta'lim tizimining o'zi esa har xil sharoitda va har xil shaklda
qo'llanuvchi, ta'lim-tarbiyaviy vazifalaiga qarab asta-sekin o'zgaruvchi uncha
ko'p bo'lmagan harakatlar tizimidan tarkib topadi. Lesgaft yurish, yugurish,
sakrash, uloqtirish yoki irg'itish, kurash, oddiy gimnastik mashqlar, o'yinlar va
ekskursiyalarni ana shunday mashqlar deb hisobladi.
P.F.Lesgaft jismoniy ta'lim jarayonini quyidagicha tasavvur etar edi:
A.Bola oddiy harakatlar qilib, ularni bir-biri bilan o'zaro taqqoslaydi, ular
o'rtasidagi farqni anglaydi, ya'ni ularni tahlil qiladi va tushuna boshlaydi.
Harakatlarning bolalar tomonidan ongli ravishda bajarilishiga erishish uchun
ular ko'rsatilishiga qarab emas, balki tushuntirish asosida bajariladi.
Mashqlarning bu oddiy guruhi asosan maktabning boshlang'ich sinflarida
bajariladi.
B.Keyinchalik bola ortib boradigan qiyinchiliklarni hamda ancha murakkabroq
to'siqlarni asta-sekin yenga olishga o'rganadi. Buning uchun ko'tariladigan yoki
irg'itiladigan buyumlar vazni asta-sekin orttirib boriladi, yurish va yugurishda
bosib o'tilishi lozim bo'lgan masofaga ajratilgan vaqt qisqartiriladi, yurish
yugurish, sakrash, uloqtirish yoki irg'itish paytida bosib o'tilishi lozim bo'lgan
masofa ko'paytiriladi, sakrab o'tish uchun qo'yiladigan to'siqlar ko'tariladi,
qarshilik ko'rsatuvchi kuchlar (masalan, sherik qarshiligi) orttiriladi,
harakatlarning o'zi esa murakkablashtiriladi. Bola har xil sharoitda umumiy
harakatda o'zi uchun tanish harakatlarni bajarib, nisbatan juda qisqa vaqt ichida
iloji boricha kamroq kuch sarflab asta-sekin va ko'proq va og'irroq to'siqlarni
yengadi, borgan sari ko'proq kuch sarflashni talab etadigan bu mashqlar
ko'pgina maktablarning o'rta sinflarida qo'llaniladi.
D. Undan keyin o'smir tevarak-atrofdagi buyumlarni hisobga olgan va
natijalarni oldindan ko'z oldiga keltirgan holda o'z harakatlarini vaqt va
makonga moslashga o'rganadi. U bu xildagi mashqlar yordamida o'z mushak
hislarini o'stiradi va har qanday sharoitda ham durustroq harakat qilishga
o'rganadi. Makon munosabatlarini o'rganish va ishni vaqtga qarab taqsimlash
bilan bog'liq bo'lgan, bu mashqlar maktabning yuqori sinflarida qo'llaniladi.
E. Ayni vaqtda bola yoki o'smir o'yin o'ynash, ekskursiya va og'ir harakatlar
qilish paytida murakkab harakatlardan foydalanib, o'zi hosil qilgan
ko'nikmalarini tekshirib ko'radi va ularni mustahkamlab oladi. Murakkab
harakatlar ko'rinishidagi bu mashq tizimlari maktabning barcha sinflarida
mashqlaming datlabki uchta guruhi bilan parallel ravishda qo'llaniladi.
P.F.Lesgaft o'zining jismoniy ta'lim tizimini yaratib, G'arbiy Yevropa
mamlakatlari jismoniy tarbiya tizimini qattiq tanqid qildi. U bu gimnastika
tizimi mashqlari bola organizmining anatomik tuzilishiga mos emasligini
isbotlab berdi. Olim nemis va shved gimnastikasini tanqid qilishda me'yordan
oshmadi va umuman, o'zidan keyingi olimlar, jumladan, F.Lagranj (Fransiya)
singari gimnastikaning ahamiyatini kamsitmadi. Aksincha, gimnastika
mashqlarini keng qo'llagan holda jismoniy ta'limning ilmiy jihatdan asoslab
berilgan tizimini yaratish ustida ishladi. U olimlar va pedagoglarni ijodiy faol
bo'lishga, gimnastika va sportning odat tusiga kirgan chet el tizimi rus yoshlari
jismoniy ta'limiga kirib kelishiga tanqidiy ko'z bilan qaramaslikka qarshi
kurashishga da'vat etdi.
P.F.Lesgaft tizimining asosiy kamchiligi shundaki, u jismoniy tarbiyaning sinfiy
xarakterini tushunmadi, uni faqat biologik nuqtai nazardan tushuntirib berdi.
Bundan tashqari, u boshqa xatolarga ham yo'l qo'ydi. Masalan, u sport
musobaqalari va bolalar uchun gimnastika snaryadlarida bajariladigan
mashqlaming foydali ekanligini inkor etdi, jismoniy mashqlarga o'rgatishda
ko'rsatishning ahamiyatini kamsitdi. U o'zining jismoniy tarbiya tarixiga doir
asarlarida rus xalqi badan tarbiyasini tekshirishga yetarlicha e'tibor bermadi.
Shunday bo'lishiga qaramasdan, Lesgaft asarlari hozirgi kunga qadar o'zining
ilmiy qiymatini saqlab keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |