KIRISH
CHORVACHILIKNING HOLATI VA RIVOJLANISHI.
Chorvachilik qishloq xo‘jaliklari ajralmas bir qismi bo‘lib, xalq xo‘jaligida
alohida ahamiyat kasb etadi.
Chorvachilikdan insonlar uchun zarur oziq-ovqat bo‘lgan sut, go‘sht va
tuxum mahsulotlari olinadi. Bu ko‘rsatkich orqali mamlakat aholisining
farovonligi haqida fikr yuritish mumkin.
Bundan tashqari chorvachilik sanoat uchun xom-ashyo manbai hisoblanadi.
Ularga jun, teri, barra teri, shox, tuyoq va boshqa mahsulotlar kiradi.
Chorva hayvonlari va parrandalar chiqindilari mahalliy o‘g‘it sifatida yer
unumdorligini oshirishda beqiyos o‘rin tutadi. Masalan: bir sigirdan bir yilda
olingan gung bilan 1ga yerni mahalliy o‘g‘itga bo‘lgan talabini qondirish
mumkin.
Shu boisdan chorvachilikning asosiy vazifasi chorvachilik mahsulotlarini
ko‘paytirish evaziga xalqning oziq-ovqat, sanoatni esa xom-ashyo bilan
ta’minlashdan iboratdir. Buning uchun tabiiy oziq-ovqat zonasining barcha
xalqalarini mustahkam bog‘lanishiga erishish kerak. Bu zanjir tuproq – o‘simlik
– o‘g‘it -hayvon – odamdan iborat bo‘lib, doimo fan va texnika yangiliklariga
muhtoj.
Qishloq xo‘jalik – dehqonchilik va chorvachilik sohalari bir-biri bilan
uzviy bog‘liq bo‘lib, bir-birini to‘ldiradi, ular bir-birisiz ijobiy natijalarga hech
qachon erisha olmaydilar.
Tabiiy manbaalar va ekilgan yerlardan olingan mahsulotlarning 75 % inson
to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’mol qila olmaydi, shuning uchun ularni albatta qishloq
xo‘jaligi hayvonlari va parrandalarining tanasi orqali o‘tkazilib sut, go‘sht,
tuxum kabi noyob mahsulotlar olinadi.
O‘z navbatida hayvonlar va parrandalar iste’mol qilgan oziqalari
tarkibidagi 40 % organik va 70 % mineral moddalarni tanasiga singdira olmay
tashqi muhitga chiqarib yuboradilar. Bu chiqindilar gung sifatida tuproqdagi
mikroorganizmlar uchun oziqa bo‘lib, uning unumdorligini oshirishda asosiy
omil bo‘lib qoladi.
Mustaqil O‘zbekiston xalq xo‘jaliklari ajralmas qismi, qishloq xo‘jaliklari
rivojlanishi, xalqimiz farovonligini ta’minlashda alohida o‘rin tutadi.
Bu borada mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov qishloq xo‘jaligida tub
islohotlarni o‘tkazishda sobitqadamlik bilan olib borayotgan siyosati, qishloq
xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirishda bosh omil bo‘lmoqda.
Prezidentimiz I.A.Karimovning bu boradagi farmonlari va Vazirlar
Mahkamasining qarorlari bu sohadagi islohotlarni bosqichma-bosqich olib
borishning imkoniyatlarini ochib berdi.
O‘zbekiston Oliy Majlisining I chaqiriq X sessiyasida mamlakat Prezidenti
I.A.Karimovning «Qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirish serobchilik
5
manbai» mavzusida qilgan ma’ruzasida qishloq xo‘jaliklari yosh mustaqil davlat
iqtisodi va siyosatidagi ahamiyatiga bafurja to‘xtab o‘tdilar.
O‘zbekistonda umumiy aholining 49 % qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liqligi
bu sohaning dolzarbligidan dalolat beradi. Bundan tashqari Prezidentimiz
qishloq xo‘jaligida yerga, hayvonlarga, asosiy ishlab chiqarish vositalariga
egalikni ta’minlash kerakligi to‘g‘risida gapirdilar.
O‘zbekiston Oliy Majlisining I chaqiriq XI sessiyasida yangi qonunlar –
«Yer to‘g‘risidagi qonun», «Qishloq shirkat xo‘jaliklari to‘g‘risidagi qonun»,
«Fermer xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonun», «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risidagi
qonun»lar qabul qilinishi qishloq xo‘jaligini, shu jumladan chorvachilikni
yanada rivojlantirish imkoniyatlarini ochib berdi.
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimiz Oliy Majlisining
I chaqiriq XIV sessiyasida «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» mavzusida
qilgan ma’ruzasida respublikamiz mustaqilligining 8 yillida qilingan ishlar
sarhisob qilinib, XXI asrda qilinishi zarur ishlar o‘z aksini topgan.
Ayniqsa, mamlakatdagi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlar chuqur
tahlil qilib borilgan.
Prezident farmonlari bilan bir qatorda Vazirlar Mahkamasining qarorlari
qishloq xo‘jaligida islohotlarni o‘tkazishda asosiy omillardan biri bo‘lib
hisoblanadi.
1991 yil 30 dekabrda 315-sonli qaror «Respublikada dehqon (fermer)
xo‘jaliklarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash choralari haqida»;
1993 yil 15 martdagi «Respublikada chorvachilikdagi iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirish chora-tadbirlari haqida»;
Mamlakatda yetishtirilayotgan go‘shtning 94 %, sutning 96 % xususiy
sektor hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 23 martdagi «Shaxsiy
yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollarini ko‘paytirishni
rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PK-308 qarori ikkinchi bandiga
asosan ma’qullangan «2006-2010 yillar davrida shaxsiy yordamchi, dehqon va
fermer xo‘jaliklarida chorva mollari, birinchi navbatda qoramollar sonini
ko‘paytirishni rag‘batlantirish dasturi»da esa shu maqsaddan kelib chiqib,
quyidagi vazifalar belgilangan:
- 2010 yilda qoramollar sonini 2005 yildagiga nisbatan shaxsiy yordamchi
va dehqon xo‘jaliklarida 40,2 % yoki 2422,5 ming boshga ko‘paytirib, 8450
ming boshga, fermer xo‘jaliklarida 98 % ko‘paytirib, 655 ming boshga
yetkazish;
- shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklariga zooveterinariya va
boshqa servis xizmatlari ko‘rsatuvchi infratuzilmalar tarmog‘ini rivojlantirish
maqsadida, besh yil davomida qo‘shimcha 575 ta zooveterinariya shahobchalari,
330 ta sun’iy urug‘lantirish punktlari tashkil qilib, zooveterinariya shahobchalari
sonini 2343 taga, sun’iy urug‘lantirish punktlari sonini 884 taga yetkazish;
6
- naslchilik xo‘jalik maqomi berilgan fermer xo‘jaliklarida hamda zoti
yaxshilangan qoramollarni ko‘paytirish bilan shug‘ullanayotgan fermer
xo‘jaliklarida besh yil davomida 100,8 mingta naslli va zoti yaxshilangan mol
yetishtirib, ularni auksionlar orqali shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer
xo‘jaliklariga sotish belgilangan.
1994 yil 21 yanvar 74-sonli «Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish,
xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni ko‘rsatish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Shaxsiy yordamchi, dehqon va
fermer xo‘jaliklarida chorva mollarini ko‘paytirishni rag‘batlantirish chora-
tadbirlari haqida»gi qarori chorva rivojiga katta ta’sir o‘tkazmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 3 sentabrda qabul qilingan
«Veterinariya to‘g‘risida»gi, 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan «Naslchilik
to‘g‘risida»gi qonunlari chorvachilikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega
bo‘ldi. Respublika Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 15 martdagi «Respublika
chorvachiligida
iqtisodiy
islohotlarni
chuqurlashtirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi, 1999 yil 23 fevraldagi «Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni
takomillashtirish hamda dehqon, fermer xo‘jaliklari va xususiylashtirilgan
fermalar manfaatlarini himoya qilish choralari to‘g‘risida»gi, 2006 yil 23
martdagi «Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollarini
ko‘paytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari esa sohani
taraqqiy ettirish jarayonida asosiy dastur bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida chorvachilikning rivojlanishi o‘ziga xos
hislatlarga ega. Ular mulkni davlat tasarrufidan chiqarilib xususiylashtirilishi,
turli mulk shaklidagi chorvachilik xo‘jaliklarining faoliyat ko‘rsatishi, chorva
mahsulotlariga davlat xarid narxlarini va rejalarini bekor qilinishi, barcha
chorvachilik xo‘jaliklari o‘rtasida odil, erkin raqobatni tashkil qilishdan
iboratdir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida chorvachilik fermalari davlat rejasi asosida
Yemas, mahsulot ishlab chiqarishni bozor talabidan kelib chiqib tashkil qiladi.
Bu esa bozorda chorvachilik mahsulotlarni talab va taklif nisbatida olib borishni
taqozo etadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida O‘zbekistonda shaxsiy yordamchi, dehqon va
fermer xo‘jaliklari faoliyat ko‘rsatishlari mumkin, Bozor iqtisodiyoti sharoitida
ishlab chiqarilgan mahsulot nisbatida xususiy mulkning ulushi ortib boraveradi.
Bu esa bozorda sifatli va arzon chorva mahsulotlari turlarini ta’minlaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha turdagi mulk shaklidagi xo‘jaliklarning
erkin raqobat qilishlari uchun huquqiy va iqtisodiy asoslar yaratib beriladi.
Barcha mulk shaklidagi xo‘jaliklarda ishlab chiqarishni to‘g‘ri tashkil
qilish natijasida chorvachilik mahsulotlarining tannarxini kamaytirish, bozor
imkoniyatlaridan kelib chiqib sotishni tashkil qilish, hamda asosiy chorva
mahsulotlarini xo‘jalikning o‘zida qayta ishlab tayyor mahsulot holida sotishni
7
taqazo etadi. Bu borada yangi mahsulotlar turlarini tayyorlash, ularning sifatini
jahon andozalari talablariga javob beradigan holatga keltirishni talab etadi.
O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlanishi uchun mustaqillik yillarida
barcha shart-sharoitlar yaratib berildi. Uning huquqiy va iqtisodiy asoslarini
hukumat tomonidan yaratilishi chorvadorlarni erkin faoliyat ko‘rsatishlari uchun
imkoniyatlar yaratib berdi.
Mamlakat chorvachiligida sifat o‘zgarishlar ro‘y bermoqda yoki mulk
davlat tasarrufidan chiqarib xususiylashtirilmoqda, bu esa o‘zining ijobiy
natijalarini bermoqda. Ko‘plab fermalar hissadorlik, xususiy mulkka aylandi,
yangidan minglab fermer va dehqon xo‘jaliklari barpo etilmoqda.
Mamlakatimizda chorvachilikning taqdirini, albatta xususiy mulkka
asoslangan chorvachilik xo‘jaliklari tashkil qilishi aniq. Hozirgi kunda
mamlakatimizda 214 000 dan ortiq fermer, shundan 13000 tasi chorvachilik va 3
mln.dan ko‘proq dehqon xo‘jaliklari mavjud bo‘lib, ular chorvachilik bilan
shug‘ullanmoqdalar. Shuning uchun yildan-yilga chorva bosh sonlari ko‘payib,
chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish ko‘payib bormoqda, bu asosan
xususiy mulkka asoslangan chorvachilik xo‘jaliklari evaziga ro‘y bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |