O‘sishning notekisligi. Bu qonuniyat tanada organizmda to‘qima va
a’zolarning bir vaqtda shakllanmaganligi, ularning har xil tezlik va
davomiylikda o‘sish va rivojlanishiga bog‘liq. Barcha qishloq xo‘jalik
hayvonlari ontogenezining dastlabki paytida uzunligi, keyinchalik uning
o‘sishida har xillik ro‘y beradi (o‘q va atrof skelet), natijada hayvon tipi
aniqlanadi:
A) Tuyoqlilarda bo‘g‘ozlikning ikkinchi yarmida tayanch suyaklari (oyoq
suyaklari), tug‘ilgandan keyin esa o‘q suyaklari jadal o‘sadi. Bu jarayon
evolutsion taraqqiyot ta’siri bo‘lib, yangi tug‘ilgan hayvonlarning chopishini
ta’minlaydi, ya’ni onasiga yetib yurish va yirtqichlardan qutilish imkonini
beradi. Tug‘ilgandan keyin o‘lg‘ayish davrda esa tana mo‘tanosibligi tezlikda
o‘zgaradi. (1.3-rasm )
Do'stlaringiz bilan baham: |