Jamurad yangiboyevich, amirov


Sigirlar sut mahsuldorligiga  ta’sir  qiluvchi omillar



Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/438
Sana09.08.2021
Hajmi4,04 Mb.
#143177
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   438
Bog'liq
Чорвачилик асослари

Sigirlar sut mahsuldorligiga  ta’sir  qiluvchi omillar. 
 
Sigirlar sut mahsuldorligi  va uning xususiyatlari,  sutning tarkibi kabi  irsiy 
belgi hisoblanadi.  
Genotip tomonidan belgilangan yuqori  sut mahsuldorligi genetik imkoniy 
ko‘rsatkichdir.  Sigirlarning  irsiy  belgilari  yuqori  sut    mahsuldorligi  tashqi  
muhitning qulay sharoitlarda  ro‘yobga chiqadi.  
Barcha  qoramol  zotlarida  sigirlar  sut  mahsuldorligi  juda  o‘zgaruvchan 
bo‘ladi. Bir zotniig ichida sigirlar sut mahsuldorligi 4000-5000 kg dan 27000 kg 
gacha bo‘lganini guvohimiz. 
Sigirlar  sut  mahsuldorligi  ma’lum  darajada  uning  tirik  vazniga  bog‘liq, 
chunki u rivojlanish va sYemizlik mezoni hisoblanadi. Ko‘pincha  yirik sigirlar  
ko‘p  oziqa  iste’mol  qilib  ularni  hazmlash  qobiliyatiga  ega,  bu  esa  yuqori  sut 
mahsuldorligini ta’minlaydi. Ko‘pgina rekordchi sigirlar vazni andozadan ancha 
yuqori bo‘lishi bejiz Yemas. 
Sigirlar  sut  mahsuldorligi  urg‘ochi  tanalarni  qochirish  muddatiga  bog‘liq. 
Sut  yo‘nalishidagi  urg‘ochi  tanalarni  16-18  oyligida  qochirish  maqsadga 
muvofiqdir.  Lekin  bu  borada  ularning  vazni  muayyan  podadagi  voyaga  yetgan 
sigirlar vaznining 65-70% ini tashkil qilganda amalga oshirish kerak.  
Jadal  o‘stirilgan  va  meyorlarda  qochirilib  tug‘ishga  to‘g‘ri  tayyorlash 
natijasida birinchi tug‘ishdayoq 3000-4000 kg sut sog‘ib olish mumkin.  


 
140 
Birinchi tug‘im sigirlar sut mahsuldorligiga ularni iydirish (razdoy)  muhim 
ta’sir  ko‘rsatadi.  Agarda  birinchi  tug‘im  natijalariga  ko‘ra    sigirning  sut 
mahsuldorligi  podaning  o‘rtacha  ko‘rsatkichidan  30%  kam  bo‘lsa,  ular  sigirlar 
podasiga ko‘chirilmay puchak qilinadi. 
Sigirlar sut mahsuldorligi ularning yoshida o‘z aksini topadi. Aksariyat I-II 
ba’zan III tug‘im sigirlari voyaga yetgan sigirlar sut mahsuldorligi kam bo‘ladi. 
 Ko‘pincha  I  tug‘im  sigirlarning  sut  mahsuldorligi  voyaga  yetgan  sigirlar 
sutining 75%, II tug‘imda 85-87%, uchinchi tug‘imda 95-98% ini tashkil qiladi.  
Keyinchalik  2-Z  tug‘imda  sigirlar  sut  mahsuldorligi  yuqori  darajada 
saqlanadi,  so‘nggi  tug‘imlarda  bu  ko‘rsatkich  asta-sekin  kamayib  boradi. 
Sigirlardan  xo‘jalikda  8-10  yil  foydalanish  ko‘proq  samara  beradi,  ayrim 
hollarda yuqori mahsuldor, qiymatli sigirlar mutaxassislar tomonidan  uzoq vaqt 
podalarda saqlanib qoladi. 
Sigirlarning    sut  mahsuldorligini   oshirishning  asosiy  kaliti ularni   tanlash 
va  saralash  hisoblanadi.  Sigirlar  sut  mahsuldorligi  I  tug‘im  natijalariga  qarab 
baholanadi  va  tanlanadi.  Shuning    uchun  barcha  sutchilik  fermalarida  nazorat 
sigirxonalari  tashkil  qilinib,  har  bir  I  tug‘im  sigir  shu    joyda  tekshirilib  keyin 
asosiy sigirxonaga o‘tkaziladi. 
Mahsuldorligi past, mashinada sog‘ishga yaroqsiz sigirlar podadan chiqarib 
olinadi. 
Xo‘jalikda  sigirlardan  iloji boricha uzoq vaqt foydalanish, ayniqsa bozor 
iqtisodiyoti  sharoitida  alohida    kasb  etadi.  Chunki    sigirlarni  o‘stirish  uchun 
sarflangan harajatlar faqat  IV tug‘imdan keyin  qoplanadi. Agarda sigir II yoki 
III  tug‘imdayoq    podadan  chiqarib  yuborilsa,  ularni  o‘stirishga    ketgan 
harajatlarni qoplamaydi. 
 Ayniqsa naslchilik xo‘jaliklarida sigirlarni uzoq vaqt saqlash yuqori sifatli 
sigirlardan ko‘proq podani to‘ldiruvchi  yosh hayvonlar  olish imkonini  beradi. 
Eng  muhim  sutdorlik  omili  bo‘lib  sigirlarni  oziqlantirish    darajasi  va 
xususiyatlari  hisoblanadi,  chunki  bu  omilsiz  sigirning  irsiy  imkoniyatlari 
ro‘yobga chiqmaydi. 
Ayniqsa    yangi  tuqqan  va  sermahsul  sigirlar  oziqlantirish  darajasiga  juda 
talabchan bo‘ladi. Sigirlarni yuqori  va to‘la qiymatli oziqalar  bilan ta’minlab, 
yaxshi asramasa ulardan yuqori  sut mahsuldorligini  kutib bo‘lmaydi. 
Sigirlar sut mahsuldorligi  ular laktasiya  davrining  davomiyligiga bog‘liq 
bo‘lib, u servis va quruqlik davrlarining natijasi hisoblanadi. 
Sigirlar  bo‘g‘ozligining  ikkinchi  davrida  bez  hujayralarining  jadal 
tiklanishi kuzatiladi, unda eski alveolalar so‘rilib yangi  bez to‘qimalari  paydo 
bo‘lishni    boshlaydi.  Bu  jarayon  tug‘ishga  1,5-2  oy  qolganda  jadal  kechadi, 
shuning uchun bu davrda sigirni sutdan chiqarish talab qilinadi.  
Bu  tadbir  sigir  qornida  homilani  yaxshi  rivojlanishiga  ham  ijobiy  ta’sir 
qiladi.  
Sigirlar  sut  mahsuldorligi  ularning  tug‘im  fasllariga  ham  bog‘liq. 
O‘zbekiston sharoitida  qish oxiri va erta bahorda tuqqan sigirlar yozda tuqqan 


 
141 
sigirlar  nisbatan 300-500 kg ko‘p sut beradi.  
Sigirlarning  sut  mahsuldorligi  ularning  salomatligiga  bog‘liq  bo‘lib,  yelin 
kasalliklari salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
 

Download 4,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   438




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish