A) Gomogen juftlash (bir xil), bir zot yoki poda ichida bir-biriga o‘xshash
(yoshi, konstitutsiyasi, kelib chiqishi, mahsuldorligi va hokazo) erkak va
urg‘ochi hayvonlarni juftlashga aytiladi va ota-onasiga o‘xshash hayvonlar
olinadi.
Juftlangan hayvonlar biologik va xo‘jalik belgilari bilan qanchalik o‘xshash
bo‘lsa, shunchalik bir xil avlod olinadi. Bu juftlash bir xil hayvonlarni ko‘plab
olish natijasida bir tipga mansub hayvonlar sonini ko‘paytirish imkonini beradi
va avlod irsiy xususiyatlarini kuchaytiradi. Bir xil juftlashning eng oxirgi
pog‘onasi bo‘lib inbriding hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |