Erkak nasldor hayvonlar avlodlarining sifati bo‘yicha baholashning
ikki usuli mavjud:
A) Avlodlarning ko‘rsatkichlari onalarni ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanadi
(tirik vazn, sut mahsuldorligi, sutining yog‘liligi va hokazolar).
B) Erkak nasldor hayvonlar avlodlarining ko‘rsatkichlarini bir yoki bir
necha erkak nasldor hayvonlar avlodlarining ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash.
Erkak nasldor hayvonning irsiy qiymati quyidagi formula yordamida: O =
2P-M. O- irsiy qiymat, P – avlod mahsuldorligi, M – ona mahsuldorligi. Bu
formula yordamida nasldor erkak hayvonlar avlodlari onalariga taqqoslab
chiqariladi.
Nasldor erkak hayvonlar avlodlarining sifatini boshqa erkak nasldor
hayvonlar avlodlariga taqqoslab baholashda quyidagi formuladan foydalaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |