VIII.2.Go‘sht va go‘sht mahsulotlari texnologiyasi.
Go‘sht insonlar uchun eng qimmatbaho oziq-ovqatlar turiga kiradi. U inson
organizmning to‘qimalarini tiklanishida, modda almashinuvi va sintezlanishida
ishtirok etib, energiya manbai hisoblanadi. Inson organizmining xususiyatlari
(yoshi, og‘irligi), mehnat faoliyatiga qarab, turli miqdordagi kimyoviy, mexanik
va issiqlik energiyalarini yo‘qotadi. Inson organizmida kuniga o‘rtacha 12750
KDJ issiqlik energiyasi sarflanadi.
Tovarshunoslikda (molshunoslik), oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini,
ularning ma’lum xususiyatlari ifodalaydi. Insonlarni ozuqaga va uning ta’miga
bo‘lgan fiziologik talablarini qondirish va mahsulotlarni bir-biridan ajratish
imkoniyatiga ega ko‘rsatkichga mahsulot sifati deyiladi.
Olimlarning go‘sht mahsulotini turlicha talqin qilishiga qaramasdan,
go‘sht mahsulotining sifati to‘g‘risida yagona interpretasiya tushunchasi hozirga
qadar mavjud emas (yagona fikr-interpretasiya).
334
Go‘sht va go‘sht mahsulotlarining ozuqaviy qiymati uning kimyoviy
tarkibidagi; oqsil, yog‘, uglevod, ekstraktiv moddalar, vitaminlar, makro va
mikro elementlar saqlanishi bilan ifodalanadi. Shunday qilib, go‘shtning
ozuqaviy qiymati, uning tarkibidagi muhim biologik moddalar miqdori va
sifatiga qarab aniqlanadi hamda u inson organizmining fiziologik talablarini
qondirishi lozim.
Inson organizmida sintez qilinmaydigan va albatta ozuqalar bilan
organizmga tushadigan moddalar mavjud.
Go‘shtlarning biologik qiymati, uning tarkibidagi oqsillar, aminokislotalar
va ularning hazmlanish xususiyatlariga qarab baholanadi.
Go‘shtlarning energetik qiymati, iste’mol qilingan go‘shtlarning biologik
oksidlanishi natijasida hosil bo‘lgan energiya miqdoriga qarab aniqlanadi.
Go‘shtlarning energetik qiymati organizmda hazmlangan oqsil, yog‘ va uglevod
moddalarning miqdori (g) bilan ifodalanadi. Ma’lumki, organizmga qabul
qilingan oqsil va uglevod moddalarning 1g 17,2 KDJ, yog‘ning 1g esa 38,8 KDJ
energiya beradi deb qabul qilingan.
Go‘sht mahsulotlarining yuqori ozuqaviy va energetik qiymati nafaqat
ularning kimyoviy tarkibiga, balkim hazmlanishiga hamda tarkibining organizm
uchun zararsiz ekanligiga ham bog‘liq.
Go‘sht mahsulotlarining ozuqaviy qiymati organizmni modda va energiya
almashinuvini to‘liq ta’minlashi va moddalarga bo‘lgan talabini qondirish
xususiyati bilan ham ifodalanadi. Bu xususiyat go‘sht mahsulotlari tarkibidagi
moddalar miqdoriga bog‘liq bo‘lmasdan, balkim, organizmda bu moddalarni
hazmlanishishiga ham bog‘liq.
Ozuqa moddalarning hazmlanishi yoki hazm bo‘lish koeffitsienti,
mahsulotlarni yoki ularning ayrim bo‘laklarini organizmda qolishi bilan
xarakterlanadi.
Go‘sht mahsulotlarining ozuqaviy qiymatini organoleptik va kimyoviy
ko‘rsatkichlari ham ifodalaydi (rangi, ta’mi, hidi, konsistensiyasi, kimyoviy
tarkibi, tarkibida inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan mahsulotlarni saqlashi va
h.k.). Go‘sht mahsulotlarining ozuqaviy qiymatiga, organoleptik ko‘rsatkichlari
ham ta’sir qiladi. Bu ko‘rsatkichlar ovqat hazm qilish tizimining faoliyatini
tezlashtiradi yoki susaytiradi. Bunda, go‘shtlarning ta’mi va mazasi muhim
bo‘lib, go‘shtning ozuqaviy qiymatini belgilaydigan boshqa ko‘rsatkichlarini
kamaytiradi. Masalan, go‘sht tuzlash yo‘li bilan konservansiyalanganda uning
ta’mi va mazasi yaxshilanishi bilan tarkibidagi oqsil miqdori ancha kamayadi.
Shuning uchun go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarishda, shunday texnologik
me’yorlarni qo‘llash kerakki, uning tarkibidagi oqsil miqdoriga salbiy ta’sir
qilmasin, hamda oqsilning hazmlanish xususiyati yuqori bo‘lsin.
Go‘shtni qayta ishlash texnologiyasi jarayonlarining qat’iy meyorlarda olib
borilmasligi natijasida, ba’zan oqsil moddalarining molekulalaridagi tuzilish
buziladi. Bu holat go‘shtlarni uzoq muddatga saqlaganda ham kuzatiladi. Bu
jarayonlar go‘sht mahsulotlarining biologik qiymatini pasaytiradi. Shuning
335
uchun go‘sht mahsulotlarining biologik qiymatiga baho berilganda, go‘shtning
tarkibidagi oqsillarning, turli omillar ta’siriga chidamliligi muhim ahamiyatga
ega.
Oqsillarning biologik qiymati, kimyoviy va biologik usullarda aniqlanadi.
Kimyoviy usulda oqsilning tarkibidagi aminokislotalar aniqlanib, ularning
nisbatiga qarab baholanadi. FAO va VOZ tomonidan aminokislotalarni
hisoblash uchun maxsus shkala ishlab chiqilgan. Bu shkalada 1g oqsil va 1g azot
tarkibida necha mg aminokislota saqlanishi mumkinligi hisobga olingan. Go‘sht
tarkibidagi aminokislotalar soni, foiz hisobida shkala ko‘rsatkichlariga nisbatan
hisoblab aniqlanadi. Amaliyotda go‘shtlarning biologik qiymatini aniqlashda
quyidagi tanqis aminokislotalar: lizin, triptofan va tarkibida (S) oltingugurt
saqlovchi aminokislotalar aniqlanadi. Bundan tashqari, triptofanni oksiprolinga
nisbati bilan ham biologik qiymat aniqlanishi mumkin. Go‘shtlarni biologik
qiymatini baholashda, KEB (oqsillarni tejamkorlik koeffitsienti) va KIB
(oqsillarni ishlatilish koeffitsienti) ko‘rsatkichlari hisobga olinadi.
Oqsillarning biologik qiymatini aniqlashning eng ob’yektiv usuli, azot
balansini aniqlashdir. Bunda ozuqa bilan qabul qilingan va organizmdan chiqib
(siydik, axlat va ter) ketgan azotning miqdori aniqlanadi. Organizmda hazm
bo‘lgan azotni, qabul qilingan azotga nisbatining foizdagi ifodasiga oqsilning
biologik qiymat ko‘rsatkichi deyiladi.
Go‘shtni biologik, ozuqaviy qiymatini aniqlash va ularga ta’sir qiluvchi
omillarni bilish muhim bo‘lib, bunda nimtaning turli joylaridan qanday
maqsadda foydalanish aniqlanadi. Bunda oziq-ovqat va hayvonlar uchun ozuqa
sifatida, past qiymatli nimta bo‘laklarni alohida ajratishga imkoniyat tug‘iladi.
Mahsulotlarni sifatini oshirish; mehnat unumdorligiga, xo‘jalik qurilishini
jadallashuviga, tejamkorlikka va eng asosiysi ishchilarni hayot farovonligini
yaxshilanishiga ijobiy ta’sir qiladi.
Murakkab go‘sht mahsulotlarini sifatini aniqlashda, uning barcha
xususiyatlarini hisobga olish qiyin. Shuning uchun, bunda muhim kompleks
belgilar sifati aniqlanadi. Go‘sht sanoati ishlab chiqarayotgan mahsulotlar
sifatini nazorat qilishda, nafaqat puchak mahsulotlarni aniqlash, balkim sifatsiz
mahsulot ishlab chiqarishning oldi olinadi. Bunda ishlab chiqarilayotgan
mahsulotning sifatini aniqlash uchun qulay va oson usullarni tadbiq qilish kerak.
Ammo, bu usullar ishlab chiqarishda qo‘llanilmayapti. Hozirgi davrda go‘sht
mahsulotlarining sifatini nazorat qilishni takomillashtirish maqsadida, ayniqsa
ularni yangiligini aniqlashda, gistologik usullarni qo‘llashning muhimligi
ta’kidlanmoqda.
Go‘shtning sifatini aniqlashda «Ultra X» apparati qo‘llanilsa, boshqa
usullarga qaraganda 8-10 marta tez aniqlash mumkin. Bu apparatda bitta
namuna go‘shtda uning tarkibidagi suv, yog‘, oqsil va mineral moddalarni
aniqlash mumkin.
Go‘shtning sifatini kompleks belgilari ya’ni; orgonoleptik, sanitariya-
gigiyenik va texnologik, hamda ozuqaviy qiymatlari kabilar belgilaydi.
336
Go‘shtning sifatini xarakterlaydigan ko‘rsatkichlar 4 guruhga bo‘linadi:
1. Ozuqaviy qiymati (undagi oqsil, yog‘, uglevod, vitamin, mikro va makro
elementlar saqlanishi)
2. Organoleptik ko‘rsatkichlari (tashqi tuzilishi, rangi, marmarlik, ta’mi,
hidi, konsistensiyasi, yumshoqligi (sochnost)).
3. Sanitariya-gigiyena holati (kishilar salomatligiga salbiy ta’siri, kasallik
tarqatuvchi mikroblar, og‘ir metall tuzlari, nitritlar, pestisidlar saqlanishi).
4. Texnologik ko‘rsatkichlari (suv yutish qobiliyati, Rh konsentrasiyasi,
biriktiruvchi to‘qima miqdori, yog‘ miqdori va holati).
Do'stlaringiz bilan baham: |