287
qishda harorat 14-18 ºS, yozda esa 25ºS dan oshmasligi kerak. Nisbiy namlik
qishda 65-75%, yozda 55-65% tashkil etadi.
Yorug‘lik darajasi oziqa oxiri tomonda 25-35 lyuks. Eng yuqori
mahsuldorlik paytida yoritish sutkasiga 14-15 soatdan 16-17 soatgacha
yetkazladi. Tuxum berish jadalligiga qarab bir bosh tovuqqa 130-160 gr omixta
yYem beriladi.
Kurka go‘shti ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar ota-ona galasiga
kurka jo‘jalari 120 kunligida sog‘ligi va rivojlanganligiga qarab tanlab olinadi.
Ularning erkak va urg‘ochilari alohida saqlanib tabiiy urug‘lantirishda 1:10
nisbat sun’iy urug‘lantirishda 1:50 nisbat qo‘llaniladi.
Kurka go‘shti ishlab chiqaruvchi korxonalar ota-ona galasi 12x96, 18x72 m
o‘lchamdagi kurkaxonalar bo‘lib, ularda barcha mikroiqlim sharoitlari yaratib
beriladi. Kurkalar ushbu binolar ichida 200-250 boshdan qalin tushamalardan
guruhlab saqlanadi. 1 m² maydonga 1,5 bosh kurka to‘g‘ri kelib, xonada 16ºS
harorat va 60-70% nisbiy namlik tashkil etiladi. Kurkalarni sim kataklarda
saqlash ularning kurk bo‘lish instinktini kuchaytirishi mumkin. Ota-ona galasi
kurkalari alohida omixta bilan oziqlantiriladi.
O‘rdak go‘shti ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarning ota-ona
galasi yaxshi rivojlangan, sog‘lom 150-160 kunlik yosh o‘rdaklardan
shakllantiriladi. Jinsiy nisbat 1:4 bo‘lib, erkak va urg‘ochi o‘rdaklar birga
saqlanadi. Inkubatsiya tuxumi kurkalardan 6 oylikdan boshlab olinadi. Ota-ona
galasi yiliga 6 marta to‘ldirib turiladi.
Jo‘jalar qalin tushamalarda 1 m² maydonda 8 boshdan saqlanadi. Havo
harorati 8-12 ºS, havoning nisbiy namligi 75-80%, yoritish davomiyligi 14-16
soatni tashkil etadi. Maxsus omixta yYem bilan oziqlantiriladi.
G‘oz go‘shti ishlab chiqarish korxonalarining ota-ona galasida g‘ozlar 5 yil
davomida foydalaniladi, lekin oxirgi yillari g‘ozlar tuxumdorligining pasayishi
ko‘zatiladi.
Shuning uchun galada 35%bir, 30% ikki, 25% uch, 10% to‘rtinchi yilgi
g‘ozlar bo‘lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shunday qilganda yil davomida
bir tekisda inkubatsiya tuxumlari olishni ta’minlash mumkin.
Ota-ona galasi 180 kunlik g‘ozlar bilan tashkil etiladi. Og‘ir vaznli zotga
mansub g‘ozlar uchun jinsiy nisbat 1:3, yengillari uchun 1:4 qilib belgilanadi.
Birinchi yili faqat tabiiy yorug‘lik bilan kifoyalansa, ikkinchi yili dekabr oyidan
yoritish har hafta cho‘zib sun’iy yoritiщ evaziga 14-15 soatga yetkaziladi.
G‘ozlar derazasi, qalin tushamalardan 100-150 boshdan saqlanib, 2-3
g‘ozga 1 ta tug‘ish uyasi qo‘yiladi. Tushama sifatida qirindi, somon yoki
maydalangan poxoldan foydalanish mumkin.
Havo harorati qish paytlarda 7-14ºS namligi 70-80% bo‘lishi talab etiladi.
1m² bino yuzasiga 1-2 boshdan g‘oz to‘g‘ri keladi. Maxsus quruq omixta
yYemdan har boshiga 300-350 gramm beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: