279
ketsa tuxumdan namlik ko‘tarilishi to‘xtaydi, natijada tuxum po‘chog‘ining
ustida mikroorganizmlar rivojlanib, tuxum ichiga kirib uning oqsilini buzadi.
Inkubatorda me’yordagi havo harakati inkubatsiyalashga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi havo almashinuvi natijasida inkubator ichida 20,8% kislorod va
0,3% karbonat angidrid gazi nisbati ta’minlanadi.
Tuxumning tarnovlar yordamida inkubator ichida ag‘darib turish ham
tuxum sarig‘i Yembrionini po‘choqqa siqib qo‘yishidan saqlaydi, aks holda
po‘choqqa yopishgan murtak ko‘rib rivojlanishdan to‘xtaydi.
Inkubatorlarda tuxum issiq havo bilan isitiladi, davriy ravishda o‘zgarib
turadi. Inkubatsiyalashning 1-10 kunlarida tuxum yuzasidagi harorat 38,5-
38,8ºS, 11-16 kunlari 37,5-38,6ºS, 17 nchi kundan 21 nchi kungacha 37-37,5 ºS
dagi harorat ushlab turiladi.
Inkubatsiyalash davomida havoning namligi dastlabki 5-6 kunda me’yorda
ekanligini tuxum vaznining 0,5-0,6 % kamayganligi bilan aniqlanadi.
Inkubatsiyalash jarayonida uning me’yorda kechayotganligini bilish uchun
biologik nazorat o‘rnatiladi. Unda Yembrionni rivojlanishi quyidagicha kechadi:
ovoskop yordamida inkubatsiya tuxumlarini yoritib murtakning rivojlanishi
baholanadi; tuxumlarning vaznini kamayishini tortib ko‘rishi; dastlabki jo‘ja
ochib chiqish bilan uning oxirigicha bo‘lgan vaqtni aniqlash; ochib chiqqan
jo‘jalarni soni va sifatini aniqlash, palagda tuxumlarning barchasini ochib ko‘rib
Yembrionni o‘lish sabablarini aniqlash.
Ovoskop yordami inkubatsiyalanayotgan tovuq tuxumlari 6 nchi, 11 nchi
va 19 kunlari; kurka va sesarka tuxumlari 7,13 va 25 kunlari, g‘oz tuxumlari
8,15, 28 kunlari tekshiriladi. Buning natijasida otalanmagan Yembrion nobud
bo‘lgan tuxumlar chiqarib tashlanadi.
Tuxumlarning vazni birnecha marta tortib ko‘riladi , unga qarab
Yembrionda modda almashinuvi natijasida rivojlanishi vaznining kamayishi
aniqlanadi. Tuxum vazni butun inkubatsiyalash jarayonida me’yorda 11-13%
ga kamayadi. Tortib ko‘rish tovuqlarda inkubatsiyalashning 6 nchi, 12 nchi va
18 nchi, boshqa parrandalarda esa 24inchi kunlari ham o‘tkaziladi.
Inkubatsiya davri tovuqlarda 21 kun, o‘rdak va kurkalarda 28 kun,
g‘ozlarda 30-31 kun, bedonalarda esa 17-18 kunni tashkil qiladi. Tovuqlarda
tuxumdan jo‘jalar chiqishi 1 kunda, boshqa qishloq xo‘jalik parrandalarida esa
2 kungacha davom etadi.
Tuxumlardan jo‘ja chiqish me’yorda tovuq tuxumlarida 85%, o‘rdak
tuxumlaridan 80% tashkil etib, o‘rdak, g‘ozlarda bu ko‘rsatkich pastroq bo‘ladi.
Jo‘jalarning sog‘lomligi harakatchanligi, ko‘zining tiniqligi, tumshuq va
oyoqlarining rangidan, parlarining yaltirikligiga qarab aniqlanadi.
Jo‘jalar tuxumdan chiqib bo‘lgandan keyin asl jo‘jalar o‘stirishga
o‘tkazilib, nuqsonli jo‘jalarda go‘sht-suyak uni tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: