Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda mahalla institutining roli: tajriba va rivojlanish istiqbollari



Download 24,17 Kb.
Sana26.06.2022
Hajmi24,17 Kb.
#705728
Bog'liq
JAMOATCHILIK NAZORATINI AMALGA OSHIRISHDA MAHALLA INSTITUTINING ROLI TAJRIBA VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI


JAMOATCHILIK NAZORATINI AMALGA OSHIRISHDA MAHALLA INSTITUTINING ROLI: TAJRIBA VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Sultanov Shoxjaxon Rahmon o’g’li Namangan muhandislik-texnologiya instituti Menejment yo’nalishi talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada jamoatchilik nazorati tushunchasi va mohiyati, jamoatchilik nazoratining maqsadi, o’zini o’zi boshqarish organi va uning vazifalari, fuqarolik jamiyati o’ziga xos fenomen ekanligi, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda mahalla institutining roli haqida fikr yurutilgan.
Kalit so’zlar: Jamoatchilik nazorati, mahalla, fuqarolik jamiyati.
Jamoatchilik nazorati uzoq tarixga hamda keng mazmunga ega bo’lgan tushuncha hisoblanadi. Bugungi kunda ushbu tushuncha to’g’risida ko’plab tadqiqotchi olimlarning turlicha qarashlari mavjud. G’arb olimlaridan biri T.Tardning fikriga ko’ra: “jinoyatchining xulq atvorini me’yoriy qoidalar doirasiga qaytarish uchun qo’llaniladigan usullar majmuidir”. Keyinchalik bu tushunchani mazmunini yanada kengaytirgan holda amerikalik sotsiologlar E.Ross va R.Parklar o'z fikrlarini bildirdilar. Ularning talqiniga ko’ra: “jamoatchilik nazorati individga uning xulq-atvorini ijtimoiy me’yorlarga mos keltirish maqsadida o’tkazildigan ta’sirni anglatadi”. Amerikalik sotsiolog T.Parsons tasnifida esa jamoatchilik nazorati sanksiyalar yordamida deviant xulq atvorga ta’sir o’tkazish orqali uni me’yoriy holatga keltiradi va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Jamoatchilik nazorati, birinchi navbatda, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari, moliya, bank, ta’lim, sog’liqni saqlash, kommunal xo’jalik, energetika va transport sohalarida joriy etilishi lozim. Jamoatchilik nazorati bu faqatgina davlat idoralari faoliyati ustidan nazorat emas, balki jamiyatning o’zini o’zi boshqarish usuli, boshqacha qilib aytganda, fuqarolik jamiyatini taraqqiy toptirishning muhim omillaridan biridir.
Mustaqillikning ilk yillaridanoq birinchi Prezidentimiz Islom Karimov Abdug’aniyevich tashabbusi bilan mahalla institutining huquqiy asoslarini yaratish, ularni zamon talablariga mos tarzda takomillashtirib borish, jamiyatimiz siyosiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotining ajralmas bir qismi sifatida ushbu noyob tuzilma maqomini mustahkamlashga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Avvalo, milliy davlatchiligimiz tarixida ilk bor shaharcha, qishoq, ovul va mahalla fuqarolar yig’inlari o’zini o’zi boshqarishning hududiy birliklari sifatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo’yildi, ularning maqomini belgilash vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan qator qonun hujjatlari qabul qilindi.
Mahalla institutlari insonlar jamoasini, uning manfaatlarini siyosiy hokimyat oldida, davlat apparati qarshisida muhofaza etuvchi o’ziga hos fenomen, tegishli mexanizm sifatida maydonga chiqadi.
Mahalla – bu jamiyatning negizi desak mubolag’a bo’lmaydi. Shuningdek, fuqorlar bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot o’rnatishning eng qulay imkoniyati hamdir. O’zini-o’zi boshqarish organi raislari o’z vazifa va imkoniyatlari doirasida mahallasida istiqomat qilayotgan har bir fuqaro bilan muloqot o’rnatib, ularning muammolarini tinglashi va birgalikda hal qilishlari, men o’ylaymanki, har qanday jinoyat, qoida buzarliklarni oldini olinishiga sabab bo’lgan bo’lardi. Bugungi kunda mahallalarda xulqi buzuq, tarbiyasi og’ir yoshlar bilan ishlash mexanizmi yo’lga qo’yilgan bo’lib, ular doimiy ichki ishlar organi hodimi hamda psixolog nazoratida bo’ladilar. Yoshlarning yomon yo’llarga kirishlari, turli xil yod g’oyalarga undovchi o’yinlar o’ynashlari yoki internet saytlaridan foydalanishlari, g’arazli niyatdagi odamlar tomonidan onglarini puch yong’oqqa to’ldirilishiga asosiy sabab deb, bekorchilikni aytishimiz mumkin. Shu sababli ham mahallalarda yigit va qizlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish hamda bandligini ta’minlash maqsadida turli xil fanlardan o’quv mashg’ulotlari, kompyuter savodxonligi, pazzandalik, hunarmandchilik, tikuvchilik, sport to’garaklari tashkil qilingan. Bu orqali nafaqat ularning vaqtlarini band qilinadi, balki ularga ma’naviy ozuqa ham beriladi. Mahallalarda temir daftar, ayollar daftari yoki ishsizlar ro’yxatida turadigan ishga layoqatli fuqarolarga bankdan kam foizli kreditlar olishlariga, issiqxona yoki kichik ishlab chiqarish bilan shug’ullanish niyatida bo’lgan bo’lajak tadbirkorlarga subsidiya asosida bo’sh yer maydonlari olishlarida amaliy yordam berib kelinmoqda. Shu kabi ma’naviy-ma’rifiy ishlar jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda anchagina ko’makdosh bo’ladi desak, xato qilmagan bo’lamiz. Negaki, daromadi yaxshi, oilasi tinch, asosiysi band bo’lgan kishini jinoyatchilik yoki qoidabuzarlikka vaqti ham, xoxishi ham bo’lmaydi, mening nazarimda.
Mahallalarda yarashtirish, ma’rifat va ma’naviyat, ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, xotin-qizlar bilan ishlash, voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari, tadbirkorlik faoliyati hamda oilaviy biznesni rivojlantirish, ekologiya, tabiatni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish, jamoatchilik nazorati hamda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo’yicha jamoatchilik komissiyalari tashkil etilishi fuqarolar yig’inlari tashkil etilishi fuqarolar yig’inlari faoliyatida yangi imkoniyatlar yaratmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, fuqorolik jamiyati institutlari bugungi va ertangi kunimizga har qachongidan ham ma’suliyat bilan qaraydigan, xalqimizning orzu-maqsadlarini ro’yobga chiqarishda amaliy ishlar bilan yordam berishga shay tashkilotlar majmuasi sifatida jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ishonchli hamkor bo’la oladi. Bu esa birinchi Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan konsepsiyada belgilab berilganidek, mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlari rivojining yangi bosqichini boshlab beradi, milliy davlatchiligimizda tarixiy burulish yasash bilan birga fuqarolarimizda yurt ravnaqi va farovonligiga daxldorlik hissini kuchaytiradi hamda ularning ijtimoiy faolligini oshiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: O’zbekiston 2010

  2. www.wikipedia.uz

  3. www.moqqv.uz

  4. www.moiti.uz

  5. www.lex.uz

Download 24,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish