JAMOAT SALOMATLIGI NAZRATINI TO’G’RI TASHKIL QILISH Mirzaliyeva Nilufar Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti, O’zbekiston Dolzarbligi: Sog'liqni saqlash sohasida vakolatli siyosatni amalga oshirish uchun turli organlar va bo'limlarning muvofiqlashtirilgan harakatlari zarur. Rivojlangan davlatlarning aholi salomatligini nazorat qilish bo’yicha tajribalarini o’ganib, yurtimizga joriy qilinmoqa.
Tadqiqot maqsadi: Aholi salomatligini ta’minlashga qaratilgan chora tadbirlarni o’rganib chiqish.
Materiallar va uslublar: XX asrdagi sog’liqni saqlash siyosati natijasida qisman, chaqaloqlar va bolalar o’limining pasayishi kuzatildi va dunyodagi ko’plab odamlar hayot davomiyligi barqaror o’sdi. Misol uchun, amerikaliklarning o’rtacha umr ko’rish darajasi 1900 yildan boshlab 30 yilgacha, butun dunyoda olti yilga ortganligi qayd etildi. Angliyada olib borilgan islohotlar natijasida kasalxonaga kelgan bemordan ortiqcha hujjatlar talb qilinmaydi. O’zbakistonda ham to’liq aholi salomatligini nazorat qilish maqsadida barcha shahar va qishloqlarda salomatlik markazlari tashkil qilingan. Bu o’z navbatida turli omillarni oldini olishda muhim o’rin tutadi. Salomatlikka ta’sir ko’rsatuvchi omillar sifatida daromad va ijtimoiy mavqe, mehnat sharoitlari, ijtimoiy muhit, jismoniy muhit, sog’liqni saqlash bo’yicha shaxsiy tajriba va qobiliyatlar, bolaning sog’lom rivojlanishi, biologiya va genetika rivojlanganlik darajasi, tibbiy xizmatlar va madaniyat tegishlidir. O’zbekistonda aholini sog’lig’ini mustahkamlash davlat tomonidan tashkil qilinib, o’z navbatida faqatgina ijtimoiy-iqtisodiy omillarni o’rganibgina qolmay, balki demografik jarayonlarni o’rganishni ham talab etmoqda. Islohotlarning barchasi sogʻliqni saqlashning birlamchi boʻgʻini muassasalarini boshqarish va moliyalashtirishning yangi usullarini ishlab chiqish, tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash va umumiy amaliy tibbiy xodimlar tayyorlash imkonini berdi. Shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish tizimining yangi shakli joriy etildi. Natijada mamlakatning hamma hududlarida shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishga, uyga vrach chaqirish bilan malakali tibbiy yordam koʻrsatish oʻrtasidagi vaqtni ancha qisqartirishga muvaffaq boʻlindi. gʻoz. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, Nukus sh. va barcha viloyat markazlarida uning filiallari hamda markaziy tuman va shahar kasalxonalari boʻlimlari faoliyat koʻrsatmoqda. Ularda kadrlar tayyorlash va ular malakasini oshirish, favqulodda vaziyatlarda tibbiy yordam koʻrsatish ishlari amalga oshiriladi. Ekstragenital kasalliklarni aniklash va bunday bemorlarni soglomlashtirish uchun fertil yoshdagi ayollarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish ishi yanada jonlantirildi, ularni kontratseptiv vositalar bilan taʼminlash hajmi koʻpaytirildi, aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida barvakt va yaqin qarindoshlar bilan turmush qurishning salbiy oqibatlari, ekstragenital kasalliklari bor ayollarda homilador boʻlish va tugʻishning oldini olish buyicha tushuntirish ishlari ancha faollashtirildi. Tugʻma nuqsonli va irsiy kasalligi bor bolalarning tugʻilishi oldini olish maqsadida onalar va bolalarda skrining oʻtkazish tizimi tashkil etildi, genetika Davlat registrini yaratish ishlari olib borilmoqda.
Tadqiqot natijalari: Sogʻliqni saqlash tizimidagi oʻzgarishlar "Sihatsalomatlik" jurnali, "Oʻzbekiston tibbiyot jurnali" va tibbiyot sohalariga oid jurnallarda yoritib boriladi. Prezidentning yaqinda qabul qilingan "Davlat tibbiyot muassasalari va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori sohadagi yana bir ijobiy yangilik bo‘ldi. Unga muvofiq, tibbiyot xodimlarining oylik maoshi 1 dekabrdan 20 foizga, 2021-yil 1-apreldan yana 15 foizga oshiriladi.
Xulosa: Sog’liqni saqlash tizimini intensiv rivojlantirish va mavjud resurslardan samarali foydalanish maqsadida yangi iqtisodiy mexanizmlarni ishlab chiqish zarur. Bu esa o’z navbatida tibbiy xizmat ko’rsatishni qaysa isloh qilish va tibbiy xizmat ko’rsatishning yangi usullarini keng tadbiq etishni talab qiladi.