Xulosa
Biz, jamoada o‘quvchilarni o‘rtoqlik va do‘stlik hissida tarbiyalash shakl va usullari mavzusidagi bitiruv malakaviy ishini tayyorlash jarayonida mavzuga oid manbalar to‘pladik, ularni pedagogik-psixologik tahlil qildik va o‘zimiz uchun ma’lui bir xulosalarga keldik.
Jamoa va uni shakllantirish pedagogik faoliyatning asosiy maqsadi hisoblanadi. Jamoaning etakchi tarbiyaviy vazifasi shaxsni har tomonlama tarbiyalash, unda ijobiy sifatlarni hosil qilish, mustahkam hayotiy pozitsiyani qaror toptirishdan iboratdir.
Jamoaning ijobiy rivojlanishi uning a’zolarida faoliyat motivlari (rag‘batlari) ning paydo bo‘lishi, ijodiy hamkorlik va o‘zaro yordam munosabatlarining tez sur’atlar bilan rivojlanishiga olib keladi.
Jamoa va uni rivojlanish qonuniyatlarini bilish har bir pedagog uchun muhim bo‘lib,bola shaxsi rivojlanishida jamoaning roli benihoya kattadir. Zero, jamoa safida bo‘lish bolada o‘ziga ishonch, jamoa a’zolari o‘rtasida o‘z menligini topish, o‘z shaxsini qaror toptirish imkonini beradi. SHuningdek, ijtimoiy ongning shakllanishida va faoliyat turlarining o‘zlashtirilishida ham jamoaning o‘rni benihoya kattadir.
Biz ma’naviy qadriyatlarni tiklashni milliy o‘zlikni anglashning o‘sishidan, xalqning ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb xisoblaymiz. Biz tarixda katta njobiy fazilatlari bilan nom qozongan ulug‘ bobolarimizdan hamisha ibrat olib yashaymiz. Oilada, maktabda, ko‘cha-kuyda, mahallada, davralarda yoshlarimizni do‘st orttirishga chaqiramiz. YOshlikda bog‘langan do‘stlik iplari mustahkam bo‘ladi, uni g‘iybat, tuhmat shamollari uza olmaydi. Do‘sting bilan bir umrga bog‘lanib qolsang, kayfiyating yaxshi bo‘lsa uni baham ko‘rgani, diqqat bo‘lsang uni yozgani do‘stingnikiga borasan, mehmon bo‘lasan yoki do‘sting ham shunday holatlarda senikiga keladi, ko‘nglini yozadi. Do‘stlik, o‘rtoqlik rishtalarining bog‘lanishi va mstahkamlanishini ta’minlovchi birmuncha xislatlar -rostgo‘ylik, bir-birini o‘zaro hurmat qilish va sirdosh bo‘lish, o‘rtoqlarga doimo g‘amxo‘r bo‘lish kabilarni o‘z vaqtida amalga oshirib borsak, bizning o‘rtoqligimiz ortib, haqiqiy do‘stlik darajasiga ko‘tarila oladi, shuning uchun ham do‘stlik o‘rtoqlikning oliy shaklidir, deb yuritiladi. CHunki do‘stlik avvalo o‘rtoqlikdan boshlanadi. Kishi o‘z o‘rtoqlaridan birini boshqalardan ortiqroq sevadi. Uni boshqalardan ko‘proq hurmat qiladi, unga nisbatan o‘z moyilligini amalda ko‘rsatishga intiladi. Ikkinchi tomon ham bu hurmatga hurmat
bilan javob berishi ayni muddao bo‘ladi. Do‘stlar doimo bir-birlaridan maslahat oladilar, bir-birlarnga muntazam yordamlashib turadilar, moddiy va ma’naviy jihatdan bir-
Do'stlaringiz bilan baham: |