Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarni o‘rtoqlik va do‘stlik hissida tarbiyalashga doir tajriba- sinov ishlari va natijalar tahlili.
Ta’lim –tarbiya jarayoni har bir o‘qituvchi va pedagogdan katta aql – zakovat, sabr – matonat, o‘quvchilarga va o‘z kasbiga yuksak mehr – muhabbatli bo‘lishni talab etadi. O‘qituvchining doimo izlanuvchan, bilim va tajribasini orttirib
boruvchan bo‘lishi, o‘quvchilarni chuqur tushunish, ularning ichki dunyosini payqay olishi, o‘sish va rivojlanish darajalarini nazorat qilib borishi va zarur paytda so‘z, ish yoxud amaliy harakat bilan yordam bera olish qobiliyati ta’lim va tarbiya jarayonining muvaffaqiyatini ta’minlovchi omillardir.
O‘qituvchi shaxsi o‘z kasbiga ixlos qo‘yishi va uning ijtimoiy ahamiyatini tushunib etishi, bolalarga ta’sir o‘tkazishi va ular bilan hamdardligida namoyon bo‘luvchi shunday fazilatlar majmuasidirki, ular o‘qituvchi faoliyati va muloqoti bilan uyg‘unlashganda o‘qituvchi mehnatining bir butunligiga erishiladi.
Biz bitiruv malakaviy ishimizni yozish jarayonida shahrimizda faoliyat ko‘rsatayotgan Termiz shahar 16-maktabda tajriba – sinov ishlarini olib bordik. Tajriba sinov natijasida maktablarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida do‘stlik va o‘rtoqlik fazilatlarini shakllantirishda xalq pedagogikasi janrlaridan foydalinish ahvoli yetarlicha emas degan xulosaga keldik. Buning bir qator sabablari mavjud bo‘lib, ular hozirgi kunda yaratilayotgan adabiyotlarning deyarli hammasida bolalar deyarli tanish bo‘lgan xalq og‘zaki ijodi janrlarining o‘rin olishidir.
Yuqorida keltirilgan bir qator sabablarning kelib chiqish holatlarini aniqlash maqsadida maktablarning pedagogik jamoalari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ota-onalari o‘rtasida anketa so‘rovnomalarini o‘tkazdik va aniqlashtiruvchi tajribalarimizda natijalarini keltirdik.
Berilgan savollarga javoblarni tahlil qilib chiqqanimizdan so‘ng aniqlovchi va shakllantiruvchi tajribalar asosida maktablarda dars berib kelayotgan o‘qituvchilar bilan o‘zimiz tanlagan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida do‘stlik va o‘rtoqlik sifatlarini shakllantirish usullari” mavzusida tajriba sinov ishlarini olib bordik. Tajriba boshida o‘quvchilarni ikki guruhga ajratib oldik.
Birinchi guruh – nazorat guruhi. Ikkinchi guruh – tajriba guruhi.
Ikkala sinf o‘qituvchilariga ham bir xil matndagi savolnomalar tarqatildi. Tajriba –sinov ishlarini olib borish jarayonida tajriba guruhidagi o‘qituvchilar bilan biz alohida ishlab, tushuntirish, suhbat, seminarlar, konferentsiyalar tashkil qildik. SHuningdek ertak, rivoyatlarni o‘rganish bo‘yicha biz tomonimizdan tashkil
etilgan interfaol darslar o‘z samarasini berdi. Tajriba –sinov yakunida nazorat va tajriba guruhi o‘qituvchilarining berilgan savollarga javoblarini tahlil qilib chiqdik.
Aniqlovchi tajribalar natijasi
-
|
Sinflar
|
YUqori daraja
|
O‘rta daraja
|
Quyi daraja
|
Tajr iba sinfi
|
Naz orat sinfi
|
Tajr iba sinfi
|
Naz orat sinfi
|
Tajr iba sinfi
|
Naz orat sinfi
|
|
2-sinf
o‘quvchilari
|
9
|
8
|
10
|
10
|
2
|
3
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |