Jamoatchilik topshirig'i. Jamoa bo'lib ishlash, amaliy fao-liyat ko'rsatish sinf jamoasini jipslashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu faoliyat sinf jamoasi hayotini mazmundor va qiziqarli qiladi. Sinfdagi barcha o'quvchilarga, hatto qoloq, inti-zomi bo'sh o'quvchilarga ham jamoat topshirig'i berish kerak.Bu bolalami mehnatsevarlik, tejamkorlik va tartib-intizomga o'igatadi.
Sinfdagi faollami aniqlash. Sinf rahbari dastlabki kunlarda-noq o'quvchilami jamoat topshiriqlari orqali kuzatib boradi. Ular ichidan faol bolalami tanlab oladi. Shunday ongli, tashabbuskor, tashkilotchi, a’lochi o'quvchilardan sinf faollarini saylaydi.
O'quvchilami istiqbolga chorlash. Istiqbol - bu yorqin, qiziqarli va quvonchli voqealar manzilidir. Sinfda yorqin va jozibador istiqbollaming bo'lmasligi, bu jamoada bir xillik va zerikarli holat- lami keltirib chiqaradi.
Jamoaning vujudga kelish uchun to’rt bosqich zarur. Jamoaning shakllanish bosqichlarida dastlab o’qituvchi butun guruhga talab qo’yadi hamda mazkur jarayonda jamoa faollarining shakllanishiga alohida e’tibor qaratadi. Navbatdagi bosqichda muayyan darajada shakllangan jamoa faollari (aktivi) jamoa a’zolari oldiga ma’lum talablarni qo’yadi. Uchinchi bosqichda esa jamoa umumiy holda jamoaning har a’zosidan muayyan tarzdagi faoliyatni olib borishni talab qiladi. So’nggi (to’rtinchi) bosqichda esa jamoaning har bir a’zosi o’z oldiga mustaqil ravishda jamoa manfaatlarini ifoda etuvchi talabni qo’yish layoqatiga ega bo’ladi. Ushbu jarayon mohiyatini qo’yidagicha bayon etish mumkin:
Jamoaning shakllanish bosqichlarini belgilash shartli hisoblanadi, zero, jamoaning shakllanishi muayyan chegara yoki oraliqqa ega emas. Shunga qaramay o’qituvchiik nuqtai nazardan jamoaning shakllanishini muayyan bosqichlarga ajratish juda muhimdir. Bolalar jamoasini ma’lum rivojlanish bosqichlarga ajratish alohida ahamiyat kasb etadi. Bolalar jamoasi rivojlanishining har bir bosqichi jamoa a’zolariga nisbatan samarali o’qituvchiik ta’sir ko’rsatishning maqbul shakl va metodlarini tanlash imkonini beradi.Jamoa rivojlanishining birinchi bosqichi. Mazkur bosqichda talab faqat o’qituvchilar tomonidan qo’yiladi. Bu jamoa rivojlanishining boshlang’ich nuqtasidir. Ushbu davrdagi jammoa hali tarbiyalovchi jamoa bo’lmay, balki «tashkil etuvchi birlik» (sinf yoki guruh) hisoblanadi. Ushbu bosqichda o’quvchilar o’qituvchi tomonidan talablarning qo’yilishiga e’tiborsiz qaraydilar. Jamoa a’zolarining uzluksiz ijodiy faoliyatini tashkil qilish va ularni muayyan (yagona) maqsad atrofida birlashtirishga erishish orqaligina jamoa qaror topadi.