T.Parsons fikricha, Ijtimoiy tizim darajasiga ko‘ra: 1. Moslashuv funksiyasini – iqtisodiy tizimcha ta’minlaydi. 2. Maqsadga erishish funksiyasini – siyosiy tizimcha ta’minlaydi. 3. Integratsiya funksiyasini – huquqiy institut va urf-odatlar ta’minlaydi. 4. Tuzilmani qayta tiklash funksiyasini – e’tiqodlar tizimi, ahloq va ijtimoiylashuv agentlari (oila, tarbiya, ta’lim institutlari) ta’minlash. T.Parsons fikricha, murakkab tizimlarda o‘zaro ayirboshlash bevosita emas, balki bilvosita formallashtirilgan ramziy vositalar (til, qoniqish, madaniyat, pul, hokimiyat, ta’sir o‘tkazish, qadriy tarafdorlik (urf-odatlar) yordamida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |