Harakat qadriy konfiguratsiyalar namunalarining o‘zgaruvchanligidir. Parsonsning harakat nazariyasi biologiyadan o‘zlashtirilgan tizimli tasavvurlar bilan boyitilgan bo‘lib, ijtimoiy harakatchanlik quyidagi funksional muammolar to‘plami bilan shakllantirilgan: Tizimning tashqi ob’ektlariga moslashish muammosi. Maqsadga erishish muammosi. Integratsiya muammosi. Tuzilmani qaytadan tiklash muammosi. Keskinlikni yumshatish muammosi. Parsons fikricha, organizm moslashuv vazifasini bajaruvchi tizim hisoblanadi. Bu moslashuv tizim muhiti bilan o‘zaro harakat qilishda jismoniy va energetik zaxira (resurC) kuch-quvvat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |