5. Demokratik inqilob, ijtimoiy jamiyatni siyosiy tizimdan ajratib oladi. 6. “Zamonaviy” tizimga o‘tish ma’muriy byurokratiyadan bozor iqtisodi va demokratik saylov tizimining shakllanishi bilan yuz beradi. 7. Ma’rifiy inqilob, ijtimoiy tizimni qo‘llab-quvvatlaydi. Sotsiologiyada jamiyatning quyidagi yo‘nalishlari mavjud. Mexanik yo‘nalish (maktabi) – (XIX asrda paydo bo‘ldi, sotsial harakatni biologik harakat shaklida tushunadi, olamni mexanik talqin qiladi). Organik yo‘nalish (maktabi): (XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yuzaga kelgan, jamiyatni organizmga tenglashtirgan va ijtimoiy hayotni biologik qonuniyatlar bilan tushuntirishga urinadi, jamiyat organizm bilan bir, deydi).
Do'stlaringiz bilan baham: |