Jаmiyatning ijtimоiy hаyoti



Download 180,69 Kb.
bet1/4
Sana30.04.2022
Hajmi180,69 Kb.
#599879
  1   2   3   4
Bog'liq
DULABAYEVA GULSHAN


Jаmiyatning ijtimоiy hаyoti.
1. Jаmiyatning ijtimоiy hаyoti tushunchаsi. Ijtimоiy birliklаr. Ijtimоiy munоsаbаtlаr. Jаmiyatning ijtimоiy tаrkibi.
2. Jаmiyatning etnik tаrkibi. Urug’. Qаbilа. Elаt. Millаt.
3. Milliy vа millаtlаrаrо munоsаbаtlаr. Milliy хаmjihаtlik vа millаtlаrаrо hаmkоrlik – bаrqаrоrlik vа tаrаqqiyot оmili.
4. Jаmiyatning sinfiy tаrkibi. Sinflаr, ijtimоiy tаbаqаlаr, qаtlаmlаr. Strаtаlаr. O’rtа mulkdоrlаr sinfi.
5. Jаmiyatning dеmоgrаfik tаrkibi. Ijtimоiy himоya siyosаti vа uning jаmiyatimiz hаyotidаgi o’rni.
Jаmiyatning siyosiy hаyoti
1. Jаmiyatning siyosiy hаyoti tushunchаsi. Siyosаt. Siyosiy tizim. Siyosiy оng. Siyosiy munоsаbаtlаr. Siyosiy muаssаsа vа tаshkilоtlаr.
2. Jаmiyatning siyosiy tizimi. Dаvlаt. Siyosiy pаrtiyalаr. Ijtimоiy hаrаkаtlаr. Jаmоаt tаshkilоtlаri.
3. Dаvlаtning kеlib chiqishi vа mоhiyati. Dаvlаtning vаzifаlаri. Dаvlаtning shаkl vа ko’rinishlаri.
4. Dеmоkrаtik huquqiy dаvlаt. O’zbеkistоndа bаrpо etilаyotgаn huquqiy dеmоkrаtik dаvlаt.
Jаmiyatning mа’nаviy hаyoti.
1. Jаmiyatning mа’nаviy hаyoti. Mа’nаviy ehtiyoj. Mа’nаviy fаоliyat. Mа’nаviy munоsаbаt. Mа’nаviy o’zlаshtirish.
2. Mа’nаviyat, uning jаmiyatdаgi o’rni Prеzidеnt I.Kаrimоvning «YUksаk mа’nаviyat – еngilmаs kuch» аsаridа mа’nаviyat muаmmоsi.
3. Ijtimоiy оng jаmiyat mа’nаviy hаyotining аsоsi. Ijtimоiy оng strukturаsi. Ijtimоiy оng shаkllаri.
4. Mа’nаviyat vа milliy o’zlikni аnglаsh. Milliy g’оya-milliy o’zlikni аnglаsh ifоdаsi. Milliy g’оyaning jаmiyatdаgi o’rni.

JAMIYATNING IJTIMOIY HAYOTI


Reja:
1. Ijtimoiy xayot tushunchasi va tarkibi


2. Jamiyatning etnik va demografik tarkibi
3. Jamiyatning sinfiy va ijtimoiy tarkibi
4. O‘zbekiston ijtimoiy tarkibidagi o‘zgarishlar
Ijtimoiy xayot tushunchasi va tarkibi. Har qanday jamiyat murakkab ichki tuzilishga ega. Buning sababi turli odat, an’ana, e’tiqod, qiziqish, manfaatlariga ko‘ra yashaydigan va faoliyat yuritadigan kishilarning jamiyatda turli guruhlar tashkil qilishidadir. Bundan tashqari kishilarning o‘ziga xos pozitsiyalari va statuslari (maqomlari) turli ijtimoiy strukturalarda yanada kichikroq guruhlarga bo‘linish xususiyatiga ega. Masalan, ana shunday guruhlarga bo‘linish milliy belgiga, mulkiy belgiga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin. Demak, jamiyat tarkibiy jihatdan bir xil bo‘lmagan hodisadan iborat. Jamiyatning har bir a’zosi birdaniga bir necha guruhlarga kirishi va bir-biriga bog‘langan bir necha ijtimoiy makonda bo‘lishi mumkin.

Jamiyatning yirik ijtimoiy guruhlarga quyidagilar kiradi:


— ijtimoiy sinflar (ishchilar, dehqonlar, ziyolilar);
— ijtimoiy qatlamlar (tadbirkorlar, fermerlar, xizmatchilar, ziyolilar);
— kasbiy guruhlar (mashinasozlar, quruvchilar, pedagoglar, muhandislar);
— etnik birliklar (xalq, millat, qabila);
— yosh bo‘yicha guruhlar (yoshlar, o‘rta yoshdagilar, nafaqaxo‘rlar).
Ijtimoiy struktura o‘z tabiatiga ko‘ra ob’ektiv xususiyatga ega bo‘lib, u qonun chiqaruvchining qarorlari bo‘yicha ta’sis etilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas. Jamiyatning ijtimoiy strukturasi undagi guruhlarning o‘zaro aloqadorligi va o‘zaro ta’sirini ham o‘z ichiga oladi. Jamiyat strukturasining quyidagi turlarini ajratish mumkin: demokrafik, etnik, ijtimoiy-sinfiy, joylashishiga ko‘ra hududiy, kasbiy-ma’rifiy, konfessional tuzilish va boshqalar; Har bir individ yoshligi yoki keksaligi, shaharli yoki qishloqdan ekanligi, qaysi etnos, konfessiya vakili, sinf, kasbi va boshqa xususiyatlari bo‘yicha turli xil tuzilmaga kiradi. Jamiyatning demografik strukturasida aholining tarkibini jinsi, yoshi, mehnatga yaroqliligi, aholining zichligi va umumiy soni, o‘sish darajasi, migratsiyaning xarakteri, sog‘lig‘ining holati aks etadi. Ko‘plab mutafakkirlar asrlar davomida jamiyatning demografik holatiga o‘z e’tiborlarini qaratganlar. Ularning mashhurlaridan biri T.Maltus nazariyasi bo‘lib, u XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida “aholi o‘sishining abadiy qonuni”ni asoslab berishga harakat qildi. Bu qonunning mohiyati shundan iboratki, “hamma yirik jonzot kabi aholi (xalq)ning o‘z tasarrufidagi oziq-ovqatga nisbatan tezroq ko‘payishga intiladi”. Maltus aholining yashash uchun kerak bo‘lgan vositalari arifmetik (1, 2, 3, 4, 5...), aholining o‘zi esa geometrik (1, 2, 3, 4, 8, 16...) progressiya bo‘yicha ko‘payishini hisoblab chiqdi. Er aholisining umumiy soni va zichligi nisbatan uncha yuqori bo‘lmagan davrlarda Maltus nazariyasiga etarlicha ahamiyat berilmadi. Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida demografik inqiroz aholining ko‘payib ketishi bilan bog‘liqligi Maltus nazariyasiga e’tibor qaratish kerakligini taqozo qildi. Polietnik (ko‘pmillatli) va polikonfessiyaviy jamiyat uchun etnik va konfessiyaviy struktura dolzarbdir. Birinchi holatda ijtimoiy birlik, ya’ni qabila, millat, xalq (umuman -etnos) to‘g‘risida gap ketsa, ikkinchisida esa konfessiyaviy (diniy) birlashmalar ustida gap boradi. Agar jamiyatning etnik tuzilmasida etnik birliklarning rivojlangan shakli - millatlar mavjud bo‘lsa, u ko‘pmillatli bo‘ladi. Yevropa, Amerika va Osiyodagi ko‘plab mamlakatlar shular jumlasiga kiradi. Agar etnik strukturasida qabilalar bo‘lsa, unday jamiyat polietnik bo‘ladi. Afrika, Okeaniya va Osiyoning qator mamlakatlaridagi jamiyatlar shular jumlasidandir.
Ijtimoiy rivojlanish tarixi jamiyatning turli belgilari bo‘yicha o‘zaro farqlanuvchi odamlar yig‘indisidan iboratligini ko‘rsatdi. Ularni turli sotsiologik yo‘nalishdagi fan vakillari tadqiq etishadi. Kishilarni yoshiga ko‘ra, mutaxasisligiga ko‘ra, yashash makonining shahar yoki qishloqdaligiga ko‘ra, jinsiga ko‘ra va boshqa belgilariga ko‘ra o‘rganish mumkin. Bu insonning juda murakkab xilqat ekanligidan va uni tadqiq etish imkoniyatlari kengligidan dalolat beradi.
Jamiyatning etnik va demografik tarkibi. Etnik birliklar ijtimoiy hayot xo‘jalik, hudud, til, odatlar, an’analar, rasm-rusumlar, e’tiqodlarning birligi belgisiga ko‘ra tarkib topadigan va etnik birliklarning har xil turlarini tashkil etadigan kishilarning ayrim muayyan-tarixiy jamoalari doirasida kechadi. Urug‘ mazkur birliklarning ilk shakli. U qon-qarindoshlik belgisiga ko‘ra uyushgan odamlar birlashmasi bo‘lib, ibtidoiy jamoaning asosiy, ishlab chiqaruvchi va etnik bo‘g‘ini hisoblangan. Qabila ikki yoki undan ortiq urug‘ning bir necha yuzdan bir necha minggacha bo‘lgan odamlardan iborat birlashmasidir. Qabila umumiy mulk, umumiy boshqaruv, turish-turmushning umumiy jihatlari va ayrim umumiy xo‘jalik faoliyatiga ega bo‘lgan.
Bir hududda yashaydigan, umumiy xo‘jalik faoliyati, til, ruhiyat tarzining xususiyatlari, turish-turmush, madaniyat va hayot tarzining odatlar va an’analarda mustahkamlangan ba’zi bir jihatlari elat va millatni tavsiflaydi. Ammo ularning o‘rtasida jiddiy farqlar ham mavjud. Qabilalarning uyushmalari, aholi migratsiyasi, tilning yaqinligi elat vujudga kelishining omillari hisoblanadi. Ular qon-qarindoshlik, urug‘doshlik aloqalarini buzuvchi omillardir. Ammo elatni birlashtiruvchi aloqalar ham ancha shartlidir. Elatni tashkil etadigan qabilalar yashaydigan hudud muhim birlashtiruvchi asos hisoblanadi.
Quldorlik jamiyati davrida qabiladan yuksakroq bo‘lgan etnik birlik – elat vujudga kelgan. U kishilarning til, hudud va madaniy umumiyligi jihatidan tarkib topgan birligidir.
Tarixiy taraqqiyot keyinchalik millatlarni vujudga keltirdi. Millat deb til, ma’naviyat, milliy o‘zlikni anglash ruhiyati, urf-odatlar, an’analar, qadriyatlar asosida muayyan hududda yashovchi kishilarning etnik birligiga aytiladi. Millatni tushunishda turli-tuman qarashlar mavjud. Masalan, ingliz olimi Ernest Gellnarning fikricha "millatni inson yaratgan, u inson ishi va ongining mahsulidir", rus olimi V.A.Tishkov esa "Millat ilmiy tushuncha emas, bu siyosiy shior va safarbarlik vositasidir", degan fikrni bildirgan. Bir paytlar sovet jamiyatshunosligida millatga ta’rif berishda uning belgilovchi tomoni sinfiy nuqtai nazardan tavsiflanar edi.
Millatning talqin qilishda ikkita yondoshish mavjud. Birinchisiga asosan millat ma’lum davlat fuqarolarining siyosiy birligi (siyosiy millat). Ikkinchisiga binoan millat bu ma’lum davlat fuqarolarining yagona til va o‘z–o‘zini anglash asosida tashkil topgan etnik birligi (etno–millat) nazarda tutiladi. Bitta millatga tegishli odamlar umumiy xudud, til va madaniyatga ega bo‘lishadi. Millatning kelib chiqishi to‘g‘risida ham turli yondashuvlar mavjud. Ular ichida eng zamonaviy va jahon faniga katta ta’sir ko‘rsatgan konsepsiyalar mualliflari bu K. Doych, E. Gellner, B. Anderson va E. Smitlardir. K.Doych millatning shakllanishi ijtimoiy mobilizatsiya (safarbarlik) jarayonida bir nechta etnik elementlarning xalqqa aylanishi jarayoni bilan bog‘liq deb hisoblagan. E.Gellnerning fikricha (“Millat va millatchilik”, 1983) millat bu industrial taraqqiyot sababli hozirgi jamiyatning madaniy umumiylikka bo‘lgan ehtiyoji deb tushunish mumkin.
Millatning shakllanishi bevosita umumiy ta’lim va ommaviy axborot vositalari tarqalishi bilan bog‘liqdir. Gellnerning fikricha, millat bu aniq bir maqsadda tashkil qilingan jamoadir. Millatning shakllanishida millatchi elita (ziyolilar) katta rol o‘ynaydi. E.Gellner g‘oyasiga B. Andersonning konsepsiyasi yaqin (“Faraz qilinadigan jamiyatlar”, 1991). Unga asosan hozir millatlar sun’iy tashkil qilingan “tasavvur qilinadigan siyosiy jamiyatlardir”. Ularning shakllanishida kitoblarning nashr qilinishini kashf etilishi, milliy tilning paydo bo‘lishi kabi sabablar ahamiyatli rol o‘ynagan.
E.Smitning fikricha, millat umumiy hudud, umumiy afsona (mif) va tarixiy xotira, umumiy madaniyat, iqtisod va hamma uchun umumiy huquq va vazifalarga ega bo‘lgan insoniy jamiyat. Uning taxminiga ko‘ra, hozirgi millatlarning kelib chiqishi o‘tmishdagi etnik jamoalar bilan bog‘liq bo‘lgan. Etnos nazariyasi (YU.Bromley, K.SHoniyozov va b.) tarafdorlarining fikricha, millat uzoq davom etgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va etno–madaniy jarayonda, aniq hududiy doirada, til va o‘zlikni anglash birligi asosida shakllangan xalq etnik tarixining eng yuksak cho‘qqisi, o‘ziga xos madaniyat, ong va mentalitet asosida tarkib topgan ijtimoiy birlik shaklidir.
Millat kishilarning jips tarixiy birligi, umum iqtisodiy turmush, til, hudud birligi, madaniyat, ong, ruhiyat uyg‘unligi va mushtarakligi demakdir. Ungacha ijtimoiy taraqqiyotning etnos (xalq) shakli ham mavjud bo‘lib, “xalq” atamasi juda keng va tor ma’noda ishlatiladi. Etnik birlikning elatdan keyingi shakli millat bo‘lib, uning shakllanishi elatning shakllanish jarayoni kabi uzoq davom etadigan ijtimoiy voqelik, millat etnik birlik tarixining, elatning eng yuqori cho‘qqisi, kamolot bosqichiki, bu bosqichga ko‘tarilgan xalqning tarixan tarkib topgan davlati, birinchidan millat nomi bilan yuritiladi; ikkinchidan uning aniq hududiy chegarasida muomalada bulgan umummillat tili davlat tili maqomi darajasiga ko‘tariladi; uchinchidan davlat hududining butunligi va chegarasining daxlsizligi tan olinadi; to‘rtinchidan millat va unga xos mentalitet shakllangan bo‘lib, fuqarolarning o‘zligini anglash darajasi ularning hayot mazmuniga, kundalik turmush tarziga aylanadi va nihoyat beshinchidan davlat jamiyat tomonidan boshqariladi.
Millatni til, hudud va etno–madaniy jihatdan birlashtiruvchi omillardan biri iqtisodiy negizdir. Millatning asosiy o‘ziga xos xususiyati – muayyan yaxlit tuzilmaga birlashgan va assimilyasiyalashgan elatlarning faol iqtisodiy aloqalari negizida shakllanadigan moddiy va ma’naviy madaniyatning o‘ziga xosligi. Millatga uni tashkil etadigan elatlar uchun umumiy sanalgan til; ruhiyat tarzining umumiyligi; madaniyatning o‘ziga xos jihatlari; shakllangan barqaror hayot tarzi; an’analar; tarixiy taqdirning birligi va rivojlangan etnik o‘zlikni anglash tuyg‘usi meros bo‘lib o‘tadi. Madaniy rivojlanish, til, umuman milliy o‘ziga xoslik muammolariga millatning ta’sirchanligi ayni shu omillar bilan belgilanadi.
Demak, millatni tushunish uchun uning mazmunini tashkil etgan tomonlarga e’tibor berish lozim. Millat insoniyat taraqqiyotining mahsulidir. Uning shakllanishida moddiy omillar, xususan, davlat va iqtisodiyot muhim rol o‘ynagan, ammo ular millatning mohiyatini to‘liq ochib bera olmaydi. Ular kishilarni jipslashtirishda katta rol o‘ynaydi, ammo millatni birlashtiruvchi narsa ma’naviy omillar ekanligini esdan chiqarmaslik kerak. Jumladan, ruhiyat, til, ma’naviyat, urf-odat, an’ana, qadriyatlar bu jarayonda belgilovchilik mavqelaridan birini egallaydi. SHu ma’noda millatning shakllanishida moddiy omillar qanday rol o‘ynasa, uning salohiyati va barqarorligini ta’minlashda ma’naviy-ruhiy omillar ham ana shunday rol o‘ynaydi.
Olimlarning fikricha hozir er yuzida 3 mingga yaqin millat mavjud. Ular yashab turgan odamlarning 96 foizini birlashtiradilar. 4 foiz kishilar esa elat va qabilalar ko‘rinishida faoliyat yuritmoqdalar. Har bir millatning soni bir necha 10 mingdan bir necha yuz minggacha boradi. Millatlarni soni bo‘yicha 5 guruhga ajratish mavjud:
Buyuk millatlar: xitoylar, hindlar, amerikaliklar, ruslar, yaponlar - har biri 100 mln. dan ortiq;
Katta millatlar: inglizlar, fransuzlar, ispanlar, nemislar, turklar va boshqalar – 50 mln. dan 100 mln. gacha;
Yirik millatlar: o‘zbeklar, portugallar, polyaklar, efiopiyaliklar va boshqalar - har biri 10 mln. dan 50 mln. gacha;
O‘rta sonli millatlar: har biri 1 mln. dan 10 mln. gacha;
Kichik millatlar: har biri bir necha o‘n mingdan 1 mln. gacha1.
Hozirgi paytda eng yirik 27 millat Er yuzi aholisining qariyb 75 foizini tashkil etadi.
Etnik birliklarning tarixiy hududdan boshqa joyga turli sabablar bilan borib qolib, o‘sha erda muqim yashab qolgan jamoalari ko‘pincha milliy guruhlarga birlashgan bo‘ladilar. Ular muayyan mamlakat uchun yoki ma’lum davlatning ayrim mintaqasi uchun mahalliy bo‘lmagan millat va elatning kichik bir bo‘lagidir. Milliy guruhlar siyosiy sabablar tufayli ham shakllanishi mumkin. Davlatlar o‘rtasidagi chegaralarning o‘zgarishi natijasida u yoki bu xalqning ma’lum bir bo‘lagi o‘z o‘zagidan ajralib qolishi mumkin. Masalan, Rossiya bilan Xitoy o‘rtasidagi chegaralar o‘rnatilishi natijasida qozoqlar va qirg‘izlarning bir qismi Xitoy hududida qoib ketgan. Rossiya va Afg‘oniston o‘rtasida o‘rnatilgan chegara ham o‘zbek, tojik, turkmanlarning ma’lum qismini Afg‘onistonda qoldirgan. O‘zbekistonda ham mahalliy millatga mansub bo‘lmagan milliy guruhlar mavjud.
Millat hayotida milliy ruhiyat asosiy o‘ringa ega. Milliy ruhiyatni shakllantirishda "milliy g‘urur", "milliy iftixor", "milliy his", "milliy xarakter" kabi tushunchalar muhim o‘rin tutadi.
"Milliy g‘urur" - har bir millatning o‘z-o‘zini anglashi natijasida sodir bo‘ladigan ichki ruhiy kayfiyat. "SHaxs g‘ururi" – bu faxrlanishdir. Har bir shaxs yutuqlardan mamnuniyat hissini tuyadi, masalan, ota-ona - qobil fardandlardan, ustoz - iste’dodli shogirdidan, bog‘bon – so‘lim bog‘idan faxrlanadi.
"Milliy iftixor" – millat ma’naviy kamolotining barcha jihatlarini, merosi va bugungi qadriyatlarini o‘z ichiga oladi. Bu millatga tegishli muayyan kishilarning, boshqalarda uchramaydigan xislatlarning o‘rni, mavjudligi, xizmati va shu kabilarning boshqalarga ta’kidlay olishdan hosil bo‘luvchi tuyg‘u. Erishilgan va erishilajak yutuqlar ko‘paygan sari O‘zbekiston bilan faxrlanish tuyg‘usi shunchalik osha boradi.
"Milliy his" – bu millat manfaati bilan yashash, o‘zining kimligini tanish. Milliy tuyg‘usi, hissiyoti bo‘lmagan insonda milliy iftixor bo‘lmaydi. "Milliy tuyg‘u – degan edi Prezidentimiz I.Karimov, - inson uchun tabiiydir, chunki u ota-onalaridan meros qilib olingan va balo o‘z ota-onasiga, butun dunyoga aytgan birinchi so‘zida ifodalangan. O‘z xalqiga, uning an’analariga, tili va madaniyatiga muhabbat va hurmatni tarbiyalamasdan turib, o‘z xalqini millatlarning butunjahon hamjamiyatida tenglardan biri sifatida idrok qiluvchi haqiqiy insonni, o‘z Vatanining jonkuyarini tarbiyalash mumkin emas."
"Milliy xarakter" - har bir xalqning, millatning asrlar davomida shakllangan va asta-sekin ularning qon-qoniga singib ketgan o‘ziga xos xislatlar, xususiyatlar jamlanmasidir.
Asrlar davomida tarix shundan dalolat beradiki, davlat tuzilishi, uning faoliyatida jamiyatda bo‘ladigan munosabatlarning tabiiy rivojlanish qonunlariga asoslangan holda o‘z faoliyat yo‘nalishlarini belgilab olishi zarur. Ayniqsa, millatlararo munosabatlarning barqaror rivojlanishi uchun har bir millatning siyosiy manfaatlarini hisobga olish davlat siyosatida ustuvor bo‘lishi amaliy ahamiyatga molikdir. SHuning bilan birga millatlararo munosabatlarga siyosiy tus berish xatarli ekanligini ham esdan chiqarmaslik kerak. YA’ni millatlarning o‘zaro munosabatlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan u yoki bu salbiy holatlar davlat hokimiyatini qo‘lga kiritish uchun kurash darajasiga ko‘tarilmasligi kerak. CHunki bunday jarayon davlatni halokatga, millatlar manfaatlarini esa paymol bo‘lishga olib keladi. Siyosiy jarayonlarning rivojlanishi millatlararo munosabatlarning barqaror taraqqiyotiga xizmat qilishi lozim. Bu esa o‘z navbatida butun jamiyatning barqaror taraqqiy etishiga xizmat qiladi.
Ko‘pchilik tadqiqotchilar XX asrning so‘nggi o‘n yilligida sodir bo‘lgan nizolarni tahlil qilish asosida dunyoda yuz berayotgan beqarorliklarning asosiy sababi bir jamiyatda yonma-yon istiqomat qiladigan turli etnik va madaniy guruhlarning bir-birlari bilan chiqisha olmasligidir. Bunday nizolar Ruanda, Kipr, SHri Lanka, Hindiston, Kipr, Bosniya, Kosovo va qo‘shni Qirg‘iziston kabi ko‘plab mamlakatlarda ro‘y berdi hamda kishilar boshiga ko‘plab kulfatlar olib keldi. Hozirgi paytda ham dunyoda ana shunday nizolar davom etayotgan mamlakatlar anchagina. Tarixiy tajriba shundan dalolat beradiki, millatlararo ziddiyatlar nafaqat milliy manfaatlarning to‘qnashuvi natijasida, balki gegemonlikka intilayotgan ba’zi qudratli davlatlarning geosiyosiy “o‘yin”lari sifatida sun’iy avj oldirilishi ham mumkin. SHuni aytish o‘rinliki, hozirda dunyoning turli mintaqalarida sodir bo‘layotgan etnik nizolarda ba’zi bir davlatlarning ta’siri kuchli bo‘lmoqda.
Jamiyat ijtimoiy hayotida etnik qarama-qarshilikning asosiy sababi sifatida millatchilik ham e’tirof etiladi. Millatchilik - milliy mahdudlik va maqtanchoqlikni targ‘ib va tashviq qilishga asoslangan, o‘z millati kuch-qudrati va salohiyatiga chuqur ishonch va o‘zga millatlarga ishonchsizlik ruhi bilan yo‘g‘rilgan nazariya va amaliyot.
Millatchilik ijtimoiy voqelik va unda kechayotgan jarayonlar millat tarixiy taraqqiyotning bosh sub’ekti, milliy munosabatlar esa ijtimoiy munosabatlarning asosiy turi degan nuqtai nazardan kelib chiqib baholana boshlagan joyda va vaqtda shakllanadi.
Millatchilik tushunchasiga yuqoridagi kabi mazmun berish keng tarqalgan bo‘lsa-da, uning qamrov doirasini turlicha talqin qilish hollari mavjud. Masalan, sobiq ittifoq davrida ushbu tushunchaning mazmun doirasi ataylab kengaytirib yuborilgan, har qanday milliylikning ko‘rinishi millatchilik sifatida baholangan edi. Hozirgi davrda esa ayrim tadqiqotlarda “millatparastlik”, “millatparvarlik” va “millatchilik” tushunchalarining mazmunini farqlash to‘g‘risidagi fikrlar bildirilmoqda. Xususan, millatparastlik “millatlarning tengligini inkor etish, o‘z millatini boshqa millatlardan ustun qo‘yish, unga imtiyozlar yaratishga intilish, o‘z millatiga sajda qilish, unga xolisona baho berolmaslik, kamchiliklari va nuqsonlarini sezmaslik”, millatparvarlik esa “millatlarning tengligini tan olish, barchasiga barobar hurmatda bo‘lish, o‘z millatiga, uning tili, madaniyatiga befarq bo‘lmaslik” sifatida talqin qilinadi. Bunday yondashuvda millatchilik “kapitalizm davrida mustamlakalar va metropoliyalar, qoloq o‘lkalar va ilg‘or davlatlar, ozod xalqlar va mustabidlik iskanjasidagi xalqlarga bo‘linib ketish sharoitida yuzaga kelgan ziddiyatlarni boshqa millatlar manfaatlaridan o‘z millatining manfaatlarini yuqori qo‘yib hal etishga intiluvchi siyosiy oqim” deya ta’riflanadi.
U yoki bu tushunchaga ta’rif berayotganda uning kundalik hayotda va muomalada qanday ma’noda qo‘llanishiga e’tibor berish va hisobga olish maqsadga muvofiq. SHu nuqtai nazardan qaraganda, millatchilik tushunchasi o‘zbek tilida ko‘proq salbiy mazmun kasb etishini, jonli tilda, ilmiy muomalada ham “millatparastlik” tushunchasi deyarli ishlatilmasligini e’tiborga olish lozim.
Ammo masalani boshqa jihati ham bor. G‘arb ijtimoiy fikrida “millatchilik” tushunchasiga pozitiv mazmun berish keng tarqalgan. Xususan, millatchilikni milliy davlatlarning shakllanishi, paydo bo‘lishi, imperiyalarning barbod bo‘lishi jarayonida shakllangan siyosiy prinsip sifatida talqin qilish bunga misol bo‘la oladi. Bugungi kunda ayrim etnoslarning iqtisodiy, siyosiy va boshqa ko‘rinishlardagi salbiy tashqi ta’sirlarga javobi sifatida chiqadigan harakatlarni ham, shu jumladan, ko‘pgina xalqlarning chuqurlashib borayotgan integratsiya va globallashuv jarayoniga qarshilik ko‘rsatish yo‘lidagi urinishlari ham aksariyat hollarda millatchilik deb baholanadi.
Bunday talqin bizning falsafiy adabiyotlarimizda ham o‘z ifodasini topmoqda. Bu jarayonni sho‘ro davrida haddan tashqari keng va salbiy talqin qilingan “millatchilik” tushunchasini “oqlash”ga urinish deb baholash mumkin. Ammo jiddiy tahlil qilinsa, bunday yondashuvdaozodlikka intilayotgan, o‘zligini saqlab qolish uchun kurashayotgan millatlarning harakati millatchilik sifatida baholanayotganini ko‘ramiz. Aslida esa, bunday harakatlar, kurash jarayonida ro‘y beradigan ayrim og‘ishlarni inobatga olmaganda, mohiyatan istibdodni tugatishga, o‘z millatining ozodligini, o‘ziga xosligini saqlab qolish va rivojlantirishga qaratilgandir. Demak, G‘arb ilmiy adabiyotlarida “millatchilik” pozitiv mazmunda talqin qilingan o‘rinlarda o‘zbek tilidagi “millatparvarlik” tushunchasining mazmuniga monand keladi. Demak, shakllangan an’anadan kelib chiqqan holda, “millatchilik”ni salbiy mazmunga ega bo‘lgan tushuncha sifatida talqin qilaverish o‘rinlidir.
Millatchilik xilma-xil mazmun va shaklda chiqishi mumkin. Xususan, katta yoki kichik millatlarning, boshqa millatlarni assimilyasiya qilishga qaratilgan yoki milliy mahdudlikka yo‘naltirilgan millatchilikni farqlash lozim. Milliy kelishmovchiliklar va nizolar kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi tajovuzkor millatchilik bilan bir qatorda undan ham xavfliroq bo‘lgan yashirin, noziklashgan millatchilik ham mavjud.
Oriy bo‘lmagan xalqlarni jismonan yo‘q qilib tashlashdek maqsadni ko‘zlagan natsional-sotsializm (fashizm)da o‘zining eng mudhish qiyofasini namoyon etgan holda millatchilik irqchilik bilan qo‘shilib ketganini ko‘ramiz. Tashqi jihatdan ilmiylik niqobiga o‘ralgan, o‘zining millatini boshqalardan farq qiladigan o‘ziga xos xususiyatlar, boy madaniyat va ma’naviyatga egaligi, o‘zga millatlar xarakteri, madaniyatining ibtidoiyligi haqidagi qarashlarda esa nozik shakldagi millatchilik namoyon bo‘ladi. Bunday ko‘rinishda millatchilik milliy manfaatlarning ifodachisi, milliy o‘z-o‘zini anglashning namoyon bo‘lish shakli sifatida taqdim etiladi.
Millatchilikning turli ijtimoiy qatlamlar tortilishi mumkin bo‘lgan va nisbatan keng tarqalgan ko‘rinishi maishiy millatchilikdir. Etnoijtimoiy birlik bo‘lgan millat va ular o‘rtasidagi munosabatlar mavjud bo‘lar ekan, maishiy millatchilik u yoki bu darajada saqlanib qolaveradi, deyish mumkin. Tarixiy tajriba hal etilmagan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning ko‘payib ketishi, ijtimoiy adolatsizlikning ildiz otishi sharoitida uning jiddiy o‘sishidan dalolat beradi.
Qanday shaklda chiqmasin millatchilik ortida mohiyat e’tibori bilan o‘zga xalqlar va madaniyatlarni kamsitish, ularga mensimaslik bilan munosabatda bo‘lish yotadi. Bunday qarashlar aksariyat hollarda millatning tarixiy rivojlanishi davomida ro‘y bergan (ba’zan ro‘y bermagan) adolatsizliklarda ham muayyan xalqlarni aybdor qilishga urinishlar bilan omuxta holda chiqadi.
Umuman olganda, millatchilik boshqa millatlar bilan turli sohalardagi ayirboshlash jarayonidan mahrum qilib, millatning ma’naviy qashshoqlashuviga hamda o‘zaro dushmanlik, kelishmovchiliklar uchun zamin yaratadi. Millatchilik tuyg‘ulari butun millatni qamrab olgan va davlat tuzilmalari tomonidan bunday kayfiyatlar qo‘llab quvvatlangan paytda esa u millatlararo munosabatlarning jiddiylashuviga, o‘zaro ishonchsizlik tuyg‘ularining ildiz otishiga, mavjud muammolarni hal etishning cho‘zilib ketishiga va doimiy beqarorlik holatining saqlanib qolishiga sabab bo‘ladi.
Tarixiy taraqqiyot xususiyatlari yoki boshqa sabablar tufayli ko‘pgina mamlakatlar hududida bitta emas, bir nechta millat yoki etnik guruhga oid kishilarning istiqomat qilayotgani davrimizning haqiqatlaridan biridir. Uni inkor etib yoki unga qarshi chiqib bo‘lmaydi. SHunday ekan turli millat va etnik guruhlar istiqomat qiladigan mamlakatlar nisbatan kam sonli ana shunday guruhlarning madaniy, lingvistik va ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha huquqlarini himoya qilish, ularning barchasi har tomonlama taraqqiy etishlari, hamjihat yashashlarini ta’minlash mexanizmlari ishlab chiqishlari muhim ahamiyatga ega. Etnik tarkibi turlicha bo‘lgan mamlakatlar, shu jumladan, O‘zbekistonning bu boradagi tajribasi ana shu yo‘nalishda muayyan namuna bo‘lishi mumkin. Birinchidan, turli millat va elat vakillaridan tashkil topgan etnik murakkab mamlakatda har bir etnik guruhning o‘z milliy madaniyati, qadriyatlari, urf-odatlarini rivojlantirishi uchun keng imkoniyatlar, huquqlar yaratilishi kerak. Mamlakatimizda bu yo‘nalishda konstitutsiyaviy va boshqa qonuniy normalar ishlab chiqildi va hayotga joriy etildi. Ulardan eng ko‘zga ko‘rinarlisi turli millat va etnik guruhlarning madaniy-ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, milliy madaniyatlar rivojini ta’minlash, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan 135 ta milliy madaniy markazlarning tashkil topgani bo‘ldi.
Ikkinchidan, etnik jihatdan bunday ko‘p tarkibli mamlakatlarda o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik tamoyillari ta’lim tizimi, ularning o‘z ona tillarini o‘qitish va ommaviy axborot vositalari orqali keng targ‘ib etilishi va fuqarolar ongiga singdirilishi lozim. Mamlakatimizda bu yo‘nalishda ko‘plab ilmiy-amaliy anjumanlar, doimiy harakatdagi seminarlar, davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etilmoqda, mahalliy va markaziy matbuot, radio va televidenie orqali targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. O‘rta Osiyo mamlakatlarida kelib chiqishi bir ildizga borib taqaladigan, dini, tili, madaniyati bir-biriga yaqin bo‘lgan xalqlar aralashib yashashadi. Masalan, Tojikiston jami aholisining 24,4 foizini, Qirg‘iziston aholisining 13,8 foizini, Turkmaniston aholisining 9 foizini, Qozog‘iston aholisining 2,5 foizini o‘zbeklar tashkil etsa, O‘zbekistondagi jami aholining 4,7 foizini tojiklar, 4 foizini qozoqlar, 0,9 foizini qirg‘izlar, 0,7 foizini turkmanlar tashkil qiladi.
Jamiyat ijtimoiy hayotida etnik struktura va undagi munosabatlar bilan birga ijtimoiy demografik (yoshga ko‘ra: yoshlar, o‘rta yoshlar, keksalar; jinsga ko‘ra: ayollar, erkaklar) struktura ham muhim ahamiyatga ega.
Jamiyatning bunday strukturasida ham muayyan umumiy manfaatlar hamda ijtimoiy tengsizlik munosabatlari amal qiladi. Demografik struktura jamiyatning eng birinchi tashkil etgan struktura hisoblanadi, boshqacha aytganda hali etnik, sinfiy va professional strukturalar bo‘lmagan vaqtda jamiyatda demografik struktura mavjud bo‘lgan. Insoniyat paydo bo‘libdiki, ayol va erkak jinsi mavjud. Biologik qonuniyat jamiyatni yoshga ko‘ra bir-biridan muayyan darajada farq qiluvchi qatlamlarni yuzaga keltirgan. Ilk ijtimoiy tengsizlik ham aynan jinslar va turli yoshlar o‘rtasida sodir bo‘lgan. Bir qarashda bu tabiiy qonuniyat mahsuli, ammo buning ijtimoiy ahamiyati katta. Jamiyatda jinslar va yoshlar nisbati ijtimoiy taraqqiyotga muayyan darajada ta’sir ko‘rsatadi. Jamiyat evolyusiyasida uning etnik, sinfiy va professional tarkibi ham doimo o‘zgarib borgan, ammo demografik tarkib o‘zgarmagan. Jamiyatdagi o‘zgarishlar jinslar va yoshlar nisbatidagi o‘zgarishlarni keltirib chiqargan, ammo ular doimo mavjudligini saqlab qolgan, ya’ni u yoki bu davrda jamiyatda ayollar va erkaklar, turli yoshga mansub aholi miqdori turlicha bo‘lgan holda yangi bir strata yuzaga kelmagan. Bu demografik strukturaning noyob hususiyatidir.
Uzoq vaqt davomida jamiyat strukturasi borasidagi tadqiqotlarda sinflar, etnik guruhlar va professional tarkiblarga keng o‘rin berilib, jinslar va yoshlar tasnifi e’tibordan chetda qolib keldi. Jinsiy struktura borasidagi tadqiqotlar faqat XX asrning 60 yillariga kelib, gender atamasi yuzaga kelishi bilan dunyo yuzini ko‘ra boshladi.
Bu vaqtgacha jamiyat to‘g‘risida qanday g‘oyalar va nazariyalar ilgari surilgan bo‘lmasin, avvalo ularda erkak jinsi asosiy sub’ekt sifatida gavdalanar edi. Hususan, gender masalasiga doir adabiyotlardan birida asosli tarzda shunday deyiladi: “O‘tmishga faqat turli qabila, etnos, irq, ijtimoiy va sinfiy guruhlar, rang-barang madaniyat vatsivilizatsiyalarning o‘zaro munosabatlari tarixi sifatida emas, balki erkaklarva xotin-qizlarning o‘zaro munosabatlari tarixi sifatida ham qarash kerak”2.
Aholining jinsiy tarkibiga kelganda shuni aytish kerakki, umuman er shari bo‘yicha yangi tug‘ilgan chaqaloqlar orasida o‘g‘il bolalarning soni qiz bolalarga nisbatan bir oz ko‘proq bo‘ladi (taxminan 100 ta qiz bola, 105 ta o‘g‘il bola tug‘iladi).
Tibbiyot fanlari nomzodi Mirazim Hakimov jurnallardan biriga bergan intervyusida "Erkaklarni asrang" deya bong urdi. Uning fikricha, tug‘ilayotgan har 100 qiz bolaga 105 nafar o‘g‘il to‘g‘ri keladi. Lekin, bolalar o‘limi hodisasi o‘g‘il bolalarda ko‘proq uchraydi. Bu tashqi muhitga moslashuvchanlikning ularda ancha qiyin kechishidadir.
30 yoshga etganda erkaklar bilan ayollar soni tenglashadi. 40-49 yosh orasida esa erkaklar sonining yana kamayib borishini kuzatish mumkin. Bu davrda har 100 ayolga 85 erkak to‘g‘ri keladi. SHu tariqa raqamlar orasidagi tafovut yosh nisbatiga ko‘ra kattalashib boradi. 60-69 yoshda erkaklar soni ayollarga nisbatan ikki baravar kamayib ketadi. Buning sababi, bir tomondan o‘g‘il bola organizmining tashqi ta’sirlarga beriluvchanligi bilan izohlansa, ikkinchi tomondan, inson hayotiga tahdid qiluvchi xatarli vazifalarning ko‘proq erkaklar zimmasida ekanligidir. O‘rtacha umr nisbati erkaklarda ayollarga qaraganda o‘n yil qisqa3.
Hozirgi paytda butun dunyo aholisining jinsiy tarkibi deyarli teng (erkaklar-50,3 %). Ammo dunyoning kismlarida, ayrim mamlakatlarda, har-xil sabablarga ko‘ra, aholining jinsiy tarkibi bir-biridan ancha farqlanadi. Butun dunyo bo‘yicha erkaklar sonining xotin-qizlarga nisbatan birmuncha ortiqchaligi asosan Osiyo ayollariga nisbatan erkaklar 50 million kishi ortiq. Avstraliya va Okeniyada ayollarga nisbatan erkaklar 300 ming kishi ko‘p.
Dunyoning boshqa barcha qismlarida jinslar nisbati aksincha, xotin-qizlar erkaklarga nisbatan ko‘prok. Dunyoningbarcha iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda xotin-qizlar erkaklarga nisbatan ko‘prok. Bu bir necha sabablar bilan bog‘liq. Jumladan, aholining barcha yosh guruhlarida erkaklar orasida o‘lim xotin-qizlarga nisbatan yuqoriroq.
YUqorida qayd etib o‘tilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar orasida o‘g‘il bolalarning qiz bolalarga nisbatan bir oz ko‘proqligi 15-20 yoshlargacha saqlanadi. Undan keyin jinslar nisbati bir oz tenglashadi. Buning sababi shundaki, ana shu yoshgacha bo‘lgan aholi o‘rtasida xam o‘g‘il bolalar o‘limi qiz bolalarga nisbatan ko‘proq bo‘ladi. CHunki, har-xil baxtsiz hodisalar, shamollash bilan bog‘liq hodisalar o‘g‘il bolalarda qiz bolalardagiga nisbatan birmuncha ko‘p uchraydi. 15-20 yoshdan keyin xotin-qizlar soni va salmog‘i sekin-asta erkaklarga nisbatan oshib boradi. Buning uchun ma’lum sabablar bor. O‘rta yoshlarda erkaklarning ko‘p qismi og‘ir (ba’zan sog‘lik uchun zararli bo‘lgan) mehnat bilan mashg‘ul bo‘ladi. Erkaklar orasida travmatizm natijasida o‘lish yuqori, ular odatda zararli bo‘lgan alkogolizm, chekish kabi odatlarga beriluvchan bo‘ladilar. SHuningdek, ko‘plab erkaklar hayotini urushlar olib ketadi.
YAponiyadek yirik davlatda keyingi ellik yil mobaynida erkaklarning kamayib borayotganligi ma’lum bo‘ldi. Ichki ishlar va kommunikatsiya vazirligi nashr etgan statistik ma’lumotlarda qayd etilishicha, ayni paytda YAponiyada 62,2 million erkak hamda 63,5 million ayol yashamoqda. "Iomuri" gazetasida yozilishicha, YAponiya aholisi 2003 yilgi ko‘rsatkichga qaraganda, 0,05 foizga ko‘paygan bo‘lsa, erkaklar 0,1 foizga kamayib ketgan. Ikkinchi jahon urushi davrida ham xuddi shunday ahvol yuz bergan edi4.
Ko‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlar (ayniqsa Osiyodagi mamlakatlar) aholisining jinsiy tarkibida erkaklar ko‘pchiligini tashkil etadi. Buning asosiy sababi shundaki, rivojlanayotgan (hozircha qoloq, agrar) mamlakatlarda xotin-qizlar huquqsiz, og‘ir qishloq xo‘jalik mehnati bilan shug‘ullanadi, erta turmushga chiqadi va ko‘p bola tug‘ish orqasidan sog‘ligi yomonlashadi va oqibat natijasida xotin-qizlar o‘rtasida o‘lish erkaklarga nisbatan yuqori bo‘ladi. Bunga ana shu mamlakatlarning ko‘pchiligida hukmron bo‘lgan dinlarning (islom, iduaizm) xotin-qizlarni kamsitishga qaratilgan dogmalarga, ham ta’sir qilmoqda. Ana shu dogmalarga ko‘ra oilada qiz tug‘ilishi ko‘p xollarda baxtsizlik deb hisoblanadi. Qiz bolalalar sog‘ligi va tarbiyasiga deyarli e’tibor berilmaydi va hakozo.Bu esa qiz bolalar o‘rtasida o‘limning ko‘proq bo‘lishiga olib keladigan sabablardan biridir.
Demak jamiyatning taraqqiyot darajasi, mavjud shart-sharoitlar, qadriyatlar tizimi ikki jins o‘rtasidagi miqdor nisbatining turlicha bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ikkinchi tomondan, har ikki jins qatlami o‘z spetsifik xususiyatlari bilan jamiyat taraqqiyotiga o‘ziga hos ta’sirga ega.
Insoniyat tarixining ilk davrlarida ayollar ijtimoiy taraqqiyotning asosiy sub’ekti sifatida e’tirof etilganlar va bu matriarxat nomi bilan atalgan. Keyinchalik, dehqonchilik va chorvachilik yuzaga kelishi bilan erkaklar mavqei oshdi, patriarxat davri boshlandi. Ikki jins o‘rtasidagi ijtimoiy tengsizlik “jamiyat (yoki jamoa) ravnaqi uchun qaysi jins vakili ko‘proq ta’sir kuchiga ega?” degan savoldan kelib chiqadi. Ikki jinsning biologik xususiyatlari va buni ishlab chiqarish jarayonidagi o‘rnidan kelib chiqib jamiyat tarixida ustunlik u yoki bu tomonga o‘tib turgan.
Masalaning bunday materialistik talqiniga ko‘ra, foydali mehnat turi va mehnat samaradorligi bunda asosiy mezon sifatida olinadi. Terib-termachilik davrida mehnat ko‘p kuch talab qilmaganligi bois ustunlik jismoniy kuch bilan emas balki biologik shartlangan funksiyalar bilan belgilangan. Masalan, ilk jamoalarning tabiat oldida ojizligi va yashab qolish imkoniyatlarining o‘ta keskinligi avlod davomiyligini ta’minlashni muhim vazifa sifatida kun tartibiga qo‘yilishiga olib kelgan. Ayol jinsi farzandni dunyoga keltiradi, tarbiyalaydi, avlodlar davomiyligini ta’minlaydi. SHu sababli bu tabiiy funksiya bu jinsning ijtimoiy mavqei yuqori bo‘lishiga olib kelgan. Buni qadimgi davrga oid topilgan ilk haykalchalarning homilador ayol qiyofasida ishlanganligi yoki ilk diniy e’tiqodlarda ayol qiyofasidagi ilohalar va ma’budalar timsoli misolida ham tushunish mumkin.
YOki olov bilan bog‘liq hodisani olaylik. Olov insoniyat taraqqiyotining muhim kashfiyoti hisoblanadi (olovni sun’iy yoqish nazarda tutilmoqda). Ammo ilk davrlarda olov o‘chib qolmaslik uchun doimiy holatda yoqib turilishi zarur bo‘lgan. Tabiiyki ayollar farzand tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lganligi sababli manzilgohda qolishlari va olovni doimiy yonib turishini ta’minlashga mas’ul bo‘lganlar. Bu funksiya ham ustunlik ular tomonda bo‘lishiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatgan. Keyinchalik chaqmoqtoshlarning ixtiro qilinishi va keng yoyilishi bilan bu mashg‘ulotning ahamiyati pasaygan. Natijada oziq-ovqat muammosi olov muammosidan oldingi planga ko‘tarilgan. Erga ishlov berish va sanoat davrlarida mehnat samaradorligi jismoniy imkoniyat bilan bog‘liq edi. Bu esa erkak jinsiga katta ustunlik berdi. Urushlarning jamiyat hayotida hayot-mamot masalasiga aylanishi va bunda erkak jinsi katta imkoniyatga egaligi ham jarayonni tezlashtirgan.
XX asrning o‘rtalariga kelib postindustrial jarayonlar jadallashdi. Ishlab chiqarish avtomatlashtirildi. Kompyuter texnologiyalari mexnatni engillashtirdi va aqliy mehnatning, hizmat ko‘rsatish sohasining ahamiyati beqiyos darajada ortib ketishiga olib keldi. Mehnatning ofis shakli vujudga keldi. Bolalar tarbiyasi bilan maxsus shug‘ullanuvchi institutlar tashkil etildi. Bu jarayonlar mehnat samaradorligi va mehnat turlari bo‘yicha har ikki jins vakiliga teng imkoniyatlar yaratdi, shu sababli hozirda ayollarning ijtimoiy mavqei quyi pog‘onadan o‘rin olishiga hech qanday asos qolmaganligi xususida gender chaqiriqlari kuchaymoqda. SHuningdek, barkamol avlodni tarbiyalash maqsadi hozirgi davrning asosiy xususiyati bo‘lib qolmoqda va bunda ayollarning o‘rni katta bo‘lganligi bois ularga har tomonlama shart-sharoitlar yaratish, ularning jamiyatdagi ishtirokidan unumli foydalanish bo‘yicha qator dasturlar ishlab chiqilmoqda.
Jahon taraqqiyotining xozirgi davrida barcha odamlarga teng huquq va imkoniyatlar beruvchi gender tengligiga erishish taraqqiyotning eng muhim bo‘g‘ini deb qaralmoqda – bu bilan ayol yoki erkak qashshoqlikdan uzoqlashadi va o‘zining turmush tarzini ko‘taradi.
Iqtisodiy taraqqiyot uchun gender tengligi darajasini oshirish shu bilan belgilanadiki, gender muvozanati bir tomondan mamlakat iqtisodiy o‘sish imkoniyatlarini oshirsa, ikkinchi tomondan odilona iqtisodiy taqsimotga va farovon yashashga olib keladi. “Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi Konvensiya”da belgilanishicha “mamlakatning to‘la taraqqiyoti, butun jahon farovonligi yo‘lidagi harakatlar xotin-qizlarning erkaklar bilan teng huquqli ishtirokini talab qiladi”5.
O‘zbekiston ijtimoiy demografik jixatdan nihoyatda murakkab tuzilishga egadir. 51 foizi xotin-qizlar, 9,6 million aholi 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirladan iborat.
Jamiyatning yoshga ko‘ra tarkibi— aholining yosh guruhlari, avlodlar bo‘yicha tavsifidir. Bu demografik, sotsial va iqtisodiy tahlil uchun asos bo‘ladi. SHajara hayotiy siklning ancha keng tasnifini berishi mumkin. Hayot sikllarini davriylashtirish turli mualliflarda turlicha asosga ega. Demograf olim B.S.Urlanis tasnif asosiga individning ijtimoiy foydali mehnatdagi ishtirokini qo‘yadi:
nikohgacha davr (go‘daklik davri — 3 yoshgacha, bog‘cha yoshi — 3—6, maktab yoshi — 7—15);
ishchilik davri (yoshlik davri — 16—24, yigitlik davri — 25—44, o‘rta yosh davri — 45—59);
ishchilikdan keyingi davr (keksa kishilar — 55—64, keksalik davri 65—74, qartaygan davr — 75—85, qarilik davri — 85 yosh va undan yuqori).
Amerikalik tadqiqotchi I.Alan sotsiologik va psixologik sharhlarni o‘z ichiga olgan hayot sikli bosqichlari ta’rifini taklif etadi. Polshalik sotsiologlar inson yoshini ma’lumot darajasi va mehnat yiliga nisbatan taqsimlaydilar. Jamiyatning yoshga ko‘ra tarkibimehnat zahiralari miqdori, ish o‘rinlariga bo‘lgan talab va zarur ijtimoiy infratuzilma haqida tasavvur beradi, shuningdek, mazkur muammolar bo‘yicha istiqbolni rejalashtirishning boshlang‘ich nuqtasi bo‘lib xizmat qiladi. Jamiyatningyoshga ko‘ra tarkibining uch turi farqlanadi: ijobiy, bunda bolalar soni katta yoshlilar guruhi sonidan ortiq bo‘ladi, salbiy, avvalgisining teskarisi va muqim. Har ikki guruh mutanosib bo‘ladi. “YOsh sifati”ning boshqa ko‘rsatkichi o‘rta yasharlik hisoblanadi. Bunda yosh guruhlari bo‘yicha aholini taqsimlash asosida o‘rtacha arifmetik qiymat hisoblanadi. SHunga o‘xshash ma’lumotni o‘rtacha va eng ko‘p uchraydigan yosh bo‘yicha ta’riflab beradi.
YOshi 65 va undan yuqori bo‘lganlar miqdori 7% ni tashkil etgan jamiyat, BMT tasnifiga ko‘ra keksa hisoblanadi. Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda tug‘ilish darajasining pastligi, shuningdek, keksa kishilarning o‘limi darajasi quyiligiga ko‘ra mazkur toifaga kiradi. 65 yoshdan yuqori kishilar ulushi 4%dan past bo‘lgan jamiyat aholisi yuqoridagi tasnifga ko‘ra yosh hisoblanadi. Bunday tasnif asosan rivojlanayotgan mamlakatlarga to‘g‘ri keladi. Aholi ko‘chib ketishi jamiyatning yoshga ko‘ra tarkibini sezilarli o‘zgartiradi, chunki asosan yoshlar ketib qoladi, keksalar qoladi. Buning natijasida ketib qolganlar joyida aholining “keksayishi”, tug‘ilishning juda pasayib ketishi tabiiydir. Buning aksi o‘laroq ko‘chib kelganlar tufayli mazkur hududda aholining “yosharishi” yuz beradi, tug‘ilish ko‘payadi va demografik vaziyat yaxshilanadi.
Urushlar butun demografik tuzilishga kuchli salbiy ta’sir etadi, bunda buzilish tomonga bo‘lgan o‘zgarishlarning halokatli oqibati o‘nlab yillar keyin ham erkaklar va ayollar o‘rtasidagi notenglikka, tug‘ilishning pasayishiga, nikoh tizimi kuchsizlanishiga ta’sirini o‘tkazadi. Erkaklar va ayollar umrining davomiyligidagi farq tufayli butun dunyo mamlakatlarida, xususan O‘zbekistonda ham keksa erkaklarning ulushi ayollarnikiga nisbatan past.
Aholining yosh tarkibiga uning tabiiy ko‘payishi, migratsiya va urushlar katta ta’sir ko‘rsatadi. Aholining yosh guruhlari nisbatiga qarab, dunyo mamlakatlarini ikkita asosiy tipga bo‘lish mumkin.
Birinchi tipga tug‘ilish yuqori, o‘lim ancha ko‘p va o‘rtacha umr ko‘rish muddati katta bo‘lmagan mamlakatlar (Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining rivojlanayotgan mamlakatlari) kiradi. Bu tip mamlakatlari aholisining tarkibida yosh bolalar salmog‘ining yuqori va aksincha, katta yoshdagilar xamda qariyalar kam bo‘lishi bilan xarakterlidir. Ikkinchi tipga tug‘ilish mu’tadil yoki past va o‘rtacha umr ko‘rish muddati ancha yuqori bo‘lgan mamlakatlar (Yevropa va SHimoliy Amerika mamlakatlari) kiradi. Bu mamlakatlar aholisida tug‘ilishning kamligi sababli yosh bolalar salmog‘i kamayib ketgan va katta yoshdagilar salmog‘i ortiqdir. SHuning uchun bunday mamlakatlarda “millatning qarishi” jarayoni ancha sezilarli bo‘ladi.
Umuman butun planetamiz axolisidan turli yosh guruhlarning salmog‘i quyidagicha:
14 yoshgacha bo‘lganlar barcha aholining 34 % ini, 15-19 yoshlar 58 %, 60 va undan katta yoshdagilar 8 %ni tashkil etadi. Ammo turli yosh guruhlarining salmog‘i ayrim qit’alar va mamlakatlarda turlicha. Masalan: 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar salmog‘i Afrikada eng ko‘p -42 %, Osiyoda 38 %, Yevropada eng kam - 25 %ga teng.
YOshlar ijtimoiy guruhi hozirgi zamon jamiyatining ijtimoiy hayotida murakkab ko‘rinishga ega tabaqa va qatlam sifatida o‘zini namoyon etmoqda. Sotsiologiyada yoshlar odatga ko‘ra quyidagi ijtimoiy psixologik guruhlarga ajratiladi: a) mehnatkashlar qatoriga qo‘shila boshlagan o‘rta maktab bitiruvchilari; b) xo‘jalikning turli jabhalarida ishlayotgan 16 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan yoshlar; v) 20 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lganlar; g) 25 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan — yosh intellegensiya, ya’ni ziyolilar guruhlaridir6.
YOshlar ijtimoiy guruhi hozirgi zamon jamiyatining ijtimoiy hayotida murakkab ko‘rinishga ega tabaqa va qatlam sifatida o‘zini namoyon etmoqda. Sotsiologiyada yoshlar odatga ko‘ra quyidagi ijtimoiy psixologik guruhlarga ajratiladi: a) mehnatkashlar qatoriga qo‘shila boshlagan o‘rta maktab bitiruvchilari; b) xo‘jalikning turli jabhalarida ishlayotgan 16 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan yoshlar; v) 20 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lganlar; g) 25 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan — yosh intellegensiya, ya’ni ziyolilar guruhlaridir7.
Bizning mamlakatimizda istiqbolli islohotlar doirasi, xususan, ijtimoiy sohadagi aniq yo‘naltirilgan rejalarni amalga oshirishda yoshlar manfaati ustuvor etib belgilandi. Davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bunday ishlar haqida to‘xtalar ekan, Prezident Islom Karimov: “Mamlakatimiz aholisining qariyb yarmini tashkil qiladigan yoshlarimizning hayotini, manfaatlarini ta’minlash – bu ularning ta’lim va tarbiya olishi, zarur kasb-hunarlarni egallashi bo‘ladimi, ish o‘rniga ega bo‘lish, o‘z qobiliyati va salohiyatini yuzaga chiqarish uchun imkoniyat yaratish bo‘ladimi, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, oyoqqa turishiga ko‘mak berish bo‘ladimi, bu masalalar barchasi biz uchun eng muhim ustivor vazifa bo‘lib qolaveradi”8 — deb ta’kidlashi bejiz emas. Negaki, O‘zbekistonda shakllantirilayotgan fuqarolik jamiyatini barpo etishda jamiyatning boshqa barcha qatlamlari bilan birga aholini 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar qatlami ham muhim rol o‘ynaydi.
Jamiyatning sinfiy va ijtimoiy tarkibi. Jamiyatning ijtimoiy-sinfiy strukturasiga kelsak, u sinflar, qatlamlar, tabaqalar, stratlardan iboratdir. Sinflar deganda odamlarning katta guruhlari tushuniladi, ular quyidagi sifatlari bilan farq qiladi: a) ijtimoiy ishlab chiqarish tizimidagi ma’lum o‘rni; b) ishlab chiqarish vositalariga munosabati; v) mehnat taqsimoti tizimidagi roli; g) foyda olish usuli; d) ijtimoiy boylikdagi ulushi bilan. Lekin bir qator guruhlar ham borki, ular sinflarga xos xususiyatlarga ega emas (ziyolilar, byurokratiya, lyumpenlar va boshqalar), shunga qaramay ular baribir ijtimoiy strukturaning elementi hisoblanadilar.
Ijtimoiy sinflar — nisbatan barqaror katta ijtimoiy qatlam, guruhlar (masalan, dehqonlar, ishchilar, burjuaziya, o‘rta sinf). “Sinf”, “sinfiy kurash” to‘g‘risidagi qarashlarning paydo bo‘lishi nisbatan uzoq o‘tmishga ega. Lekin, sinf konsepsiyasi XIXasrda Yevropada keng yoyilgan (K.A. Sen-Simon, O. Terri, F. Gizo va b.). K. Marks va F. Engels sinflar mavjudligini muayyan ishlab chiqarish usuli, mehnat taqsimoti va xususiy mulk bilan bog‘ladi, sinflar kurashini tarixni harakatlantiruvchi kuch deb hisobladi. Ular jamiyatni mulkdorlar (ekspluatatorlar) va yo‘qsillar (ekspluatatsiya qilinuvchilar) sinfiga ajratib tushuntirgan. Bu ikki sinf o‘rtasida doimo kurash bo‘ladi deb hisoblab, jamiyat tarixiga sinflar kurashi tarixi sifatida qaragan. Ular, sinflarning mavjudligini jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichi bilan bog‘lab, sinfiy kurash proletariat diktaturasiga olib keladi, uning maqsadi sinfsiz jamiyat qurishdan iborat, deb tushuntirishgan. Marks jamiyatni sinfiy pozitsiyadan turib ko‘rib chiqadi va birinchi marta yirik ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida jamiyat sinflarga – xo‘jayinlar va qullarga, ekspluatatorlar va ekspluatatsiya qilinuvchilarga bo‘linganligini tasdiqlaydi. Ishlab chiqarishning asosiy vositalariga xususiy mulkchilikning paydo bo‘lishi va rivojlanishi jamiyatning antagonistik ijtimoiy sinflarga bo‘linib ketish jarayonini chuqurlashtirdi. Marksning ta’riflashicha, ijtimoiy sinflar – bu odamlarning ijtimoiy guruhi bo‘lib, ular o‘zlarining ijtimoiy ishlab chiqarishidagi o‘rinlariga qarab hamda o‘zlari ega bo‘lgan ijtimoiy boylikdan ulush olish usullariga va miqdorlariga qarab farqlanadilar.
Marks qiymatni yaratuvchi sifatida faqat bitta ijtimoiy faktorni – xodimlarning mehnatini ko‘rgan. Binobarin, ijtimoiy sinflar o‘rtasidagi munosabatlar xodimlarning, bo‘ysinuvchi sinf vakillarining haqi to‘lanmagan mehnati bir qismining kapital o‘zlashtirish shaklini oladi. Keyinchalik kapitalni to‘plash va ijtimoiy sinflarniqutblashuvi jarayoni yuz beradi. Qutblashish jarayoni antagonistik ijtimoiy sinflarning qarama-qarshiligini kuchaytirib yuboradi va Marksning fikricha, rivojlanish mantiqi so‘zsiz ijtimoiy inqilobga va mulkiy munosabatlarning o‘zgarishiga olib keladi. Marks insoniyat uyg‘un rivojlanishining sharti ishlab chiqarish vositalariga ijtimoiy mulkchilikni o‘rnatish bilan sinfsiz jamiyatni yaratishdadir, deb biladi, bu esa , uning fikricha, insonni inson ekspluatatsiya qilishiga barham berish uchun asos yaratadi.
Jamiyat tarixini bunday tushunish, ijtimoiy sinflarga bunday yondashuv tarixda urushlarga, inqilobiy to‘ntarishlarga, jamiyatning ichdan bo‘linib ketishiga, guruhlarning bir-biriga yovuzlarcha munosabatda bo‘lishiga olib keldi. Ijtimoiy taraqqiyot bu ta’limotning ilmiy asosi yo‘qligini, ma’rifiy rivojlanishga zid ekanligini ko‘rsatdi.
Hozirda jamiyatni sinflarga va boshqa ijtimoiy guruxlarga bo‘lishning turli mezonlari ilgari surilmoqda. O‘zbekistonda sinfni ikkiga bo‘libo‘rganishga barham berildi. Mulkning xilma-xilligi yoki xilma-xil shakl-lardagi mulk e’tirof etildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida “har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli...”(36-modda), “...Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir...” (53-modda) deb belgilab qo‘yilgan. Bu ijtimoiy sinf tushunchasini yangicha tushunish va unga yangicha yondoshishdir. O‘zbekistonda fukarolarga mulkdor bo‘lish huquqining berilishi jamiyatni qarama-qarshi sinflarga bo‘lish va bo‘lib o‘rganish g‘oyasini ham inkor etadi. “O‘rta mulkdorlar sinfi”, “o‘rta mulkdorlar katlami”, “mulkdorlar sinfi” degan tushunchalar sinflarni an’anaviy tushunishdan tubdan farq qiladi. O‘zbekistonda qurilayotgan demokratik, fuqarolik jamiyati fuqarolar o‘rtasida ijtimoiy hamjiqatlik g‘oyasiga tayanadi. Jamiyatda hammaga bir xil imkoniyat yaratiladi, lekin undan har kim o‘z qobiliyati, qiziqishiga ko‘ra foydalanadi. Bu tabiiy jarayon bo‘lib, kishilarning mulkdorlik darajasi hamda jamiyatda mulkdorlar qatlamining shakllanishida o‘z ifodasini topadi.
2008 yildan buyon davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida tahlilchilar o‘rta sinfning jamiyatdagi o‘rni va uning ijtimoiy mas’uliyati masalasiga ko‘proq e’tibor qarata boshlaganlari bejiz emas. CHunki ishlab chiqarish sur’atining keskin pasayishi, ishsizlik muammosining eng dolzarb masalaga aylangani xususiy sektorga turli preferensiyalar berish tizimini takomillashtirish barobarida bu qatlam imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanish lozim, degan qat’iy talabni ham kun tartibiga qo‘ydi9.
Avvalo o‘rta sinf, bu – tadbirkorlar, fermerlar, xususiy sektor vakillari, moddiy va intellektual mulk egalaridir.
Jamiyat ijtimoiy strukturasida intelligensiya (ziyolilar) qatlamining alohida o‘rni bor va hozirda bu qatlam ijtimoiy taraqqiyotning faol sub’ekti sifatida maydonga chiqmoqda. Intelligensiya hamma zamonlarda ham xalqning dono rahnamosi, taraqqiyot sari etakchisi va yo‘lboshchisi bo‘lib kelgan. Insoniyat tarixida chuqur iz qoldirgan ulug‘ allomalar, harbiy sarkardalar, siyosat, sanoat, din arboblari xalq orasidan etishib chiqqan ilg‘or intelligensiyaning peshqadam vakillari edilar.
Intelligensiya xalqqa, jamiyatga g‘oya beruvchi, odamlarni ilg‘or g‘oya atrofida jipslashtiruvchi, xalqni bunyodkorlik ishlariga safarbar etuvchi sotsial qatlamdir. Insoniyat tarixi jamiyat hayotida intelligensiya roli va ahamiyatining muttasil ravishda ortib borishi tarixidan iboratdir.
Turli tarixiy davrlarda jamiyatning ma’naviy-intellektual hayotida goh din, goh fan, goh sanoat, goh siyosat arboblari etakchi mavqeni egallab kelganlar. Dehqonchilik ishlab chiqarishiga asoslanuvchi agrar jamiyatlarda intelligensiya alohida sotsial qatlam, jamiyatni harakatlantiruvchi kuch sifatida ajralib chiqmagan edi. Sanoat ishlab chiqarishiga asoslanuvchi industrial jamiyatda, bozor munosabatlari to‘la rivojlangan bir sharoitda intelligensiya alohida sotsial qatlam sifatida ajralib chiqa boshladi, fan jamiyat taraqqiyotini tezlashtiruvchi ijtimoiy farovonlik va mo‘l-ko‘lchilikni ta’minlash vositasiga aylandi; demokratik davlat intelligensiyani har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga, fan taraqqiyoti uchun xomiylik qilishga alohida e’tibor bera boshladi.
O‘zbekiston ijtimoiy tarkibidagi o‘zgarishlar. O‘zbekiston Respublikasida keyingi yillarda jamiyat institutlarida yuz berayotgan o‘zgarishlar uning ijtimoiy tuzilishiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Mulkchilik va hokimiyat munosabatlari o‘zgardi va o‘zgarib bormoqda, sotsial tabaqalanish mexanizmi qayta qurilmoqda, elitani jadal almashtirish jarayoni ro‘y bermoqda. Ijtimoiy hayot sahnasiga yangi sotsial guruhlar chiqib kelmoqda, ma’lum bir qatlamlar o‘z ijtimoiy maqomini o‘zgartirmoqda. Jamiyatning qutblanishi jarayoni yuz bermoqda. Moliyaviy resurslarning aylanishi va miqyoslari o‘smoqda, yanada murakkablashmoqda.
Barcha yuqorida aytilganlarni xisobga olgan holda, guruhiy manfaatlar tizimi, xulq-atvor, ijtimoiy hamkorlik usullari o‘zgarmoqda. Bular, birinchi qarashda tarqoq hodisalarga o‘xshasa-da, jamiyat ijtimoiy o‘zgarishi jarayonining har-xil tomoni hisoblanadi. SHuning uchun ularni nafaqat alohida, balki bir-biriga bog‘liqligini hisobga olgan holda o‘rganish muhimdir.
Jamiyatni, avvalo ichki harakatlantiruvchi kuchlar ta’siri ostida o‘zgarib borayotgan bir butun ijtimoiy tizim sifatida bayon etish asosiy ilmiy vazifa hisoblanadi.
G‘arb davlatlari olimlari jamiyatning ijtimoiy tuzilishi asosiy ob’ekt sifatida qarovchi ko‘plab nazariyalar ishlab chiqdilar. Ko‘pchilik etakchi konsepsiyalar shu sohaga taalluqli bo‘lib, ular individ yoki guruhning xulq-atvorini ularning ijtimoiy tuzilishdagi o‘rni nuqtai-nazaridan tushuntiradi. SHunga mos ravishda, ushbu konsepsiyalarning boshqa bir muhim xususiyati ijtimoiy tuzilishning uni tashkil etuvchi elementlarga nisbatan belgilovchi rolini tan olish hisoblanadi.
Ushbu yo‘nalishdagi zamonaviy konsepsiyalar uchun, shuningdek tarkibni (strukturani) qandaydir qotib qolgan bir qurilma deb emas, balki doimiy rivojlanuvchi bir butun sifatida tushunish xarakterlidir. Bunda uni tashkil etuvchi elementlarning o‘zaro aloqadorligi o‘zgarishlar manbai deb tan olinadi.
Ijtimoiy tarkib konsepsiyalari ko‘plab variantlarga ega bo‘lib, ulardan ayniqsa ikki asosiy model ajratib ko‘rsatiladi:
-taqsimotchilik;
-tarmoqlilik.
Taqsimotchilik modeli ijtimoiy tarkibni turlicha o‘rganuvchi belgilarga (yosh, kasb, ma’lumot, daromad va b.) ega bo‘lgan o‘zaro bog‘liq ijtimoiy vaziyatlar tizimi sifatida tasavvur etadi. Bunda individ va guruh xulq-atvorining tafovutlari va ko‘rinishlari ular tomonidan egallagan ijtimoiy vaziyat bilan, ya’ni jamiyatdagi o‘rni bilan tushuntiriladi. Bu tadqiqotchilarning diqqat markazida sotsial tabaqalanishning ijtimoiy harakatchanlik va integrativ (umumlashuv) jihatlari (muammolari) masalalari turadi.
Tarmoqlilik modeli individ va guruhning xulq-atvorini ular kirgan ijtimoiy tarmoqning har-xil qurilmalari bilan tushuntiradi. Ijtimoiy tarmoqlar tizimining asosiy elementlari bo‘lib tezligi va zichligi bilan o‘zaro farqlanuvchi aloqalarning tugunlari va bo‘limlari olinadi.
Ushbu modellar bilan bir qatorda, ijtimoiy tuzilishning muhim konsepsiyalaridan biri ijtimoiy tabaqalashuv (stratifikatsiya) konsepsiyasi hisoblanadi. Ijtimoiy tabaqalashuvni o‘rganishga zamonaviy yondashuvning asoslari Maks Veber tomonidan yaratilgan bo‘lib, u jamiyatning sotsial tarkibini ko‘p o‘lchamli tizim sifatida qaraydi, bunda mulkchilik va sinflar munosabatlari bilan birgalikda, status (maqom – bu shaxsning yoshi, jinsi, kelib chiqishi, kasbi, oilaviy ahvoliga mos ravishda jamiyatda egallagan o‘rnidir. Tug‘ma xususiyat(millat, ijtimoiy kelib chiqish va b.) lar ajratib ko‘rsatiladi. Bunda sotsial maqomni shaxsiy maqomdan farqlash, ya’ni odam biror-bir boshlang‘ich guruhda o‘zining ijtimoiy mavjudot sifatida qanday baholanishiga bog‘liq holda egallaydigan o‘rnini farqlash muhimdir.
Ijtimoiy tizimning eng muhim tavsifi bo‘lib, birinchidan, ijtimoiy tarkib, ya’ni guruhda uning rivojlanishini belgilovchi tarkib, vaziyat va munosabatlar va ikkinchidan, jamiyatning stratifikatsiyasi (tabaqalashuvi) yoki aytib o‘tilgan guruhlarning sotsial maqomlarining ierarxik shkalasidagi joylashuvi xizmat qiladi. Ijtimoiy guruhlarning va shunga mos ravishda jamiyat ijtimoiy stratifikatsiyasining ham asosiy me’yorlari quyidagilar hisoblanadi:
Hukmronlik va boshqaruvchilik vazifalari hajmida ifodalanuvchi siyosiy salohiyat;
Mulkchilik, olinadigan daromadlar va turmush darajasi miqyoslarida namoyon bo‘luvchi iqtisodiy salohiyat;
Xodimlarning ma’lumoti, malakasi va mahoratini turmush tarzi va sifati xususiyatlarini aks ettiruvchi sotsiomadaniy salohiyat;
YUqorida aytib o‘tilgan belgilarning mujassamlashgan ifodasi hisoblanuvchi ijtimoiy obro‘-e’tibor.
Barcha ushbu me’yorlar ma’lum darajada o‘zaro bog‘liqdir, biroq, shu bilan birga, stratifikatsion (tabaqaviy) makonning nisbatan mustaqil tomonlarini tashkil etadi.
O‘zbekiston posttotalitarizmdan siyosiy plyuralizm (ko‘p fikrlilik) va demokratiyaga hamda davlat ma’muriy taqsimotchiligi iqtisodiyotidan sotsial yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish bosqichida turibdi. SHunga muvofiq holda, ijtimoiy tabaqalashuv me’yorlari ham o‘tish xarakteriga ega bo‘ladi, ularning o‘zgarish jarayonlari anchayin murakkab, chunki eski ijtimoiy munosabatlarni sindirish yangilarini shakllantirishdan ilgarilab ketmoqda. Ushbu sohada yuz berayotgan siljishlarni tushunish uchun O‘zbekiston Respublikasida o‘zgarishlar jarayoni boshlangan “qayta qurishgacha” bo‘lgan jamiyatdagi va hozirgi jamiyatdagi tabaqalashuvlarning asosiy belgilarini taqqoslash foydali bo‘ladi.
Sovet jamiyatining tabaqalashuvida hal qiluvchi rolni, ijtimoiy guruhlarning partiya-davlat ierarxiyasidagi o‘rni bilan belgilanuvchi siyosiy kapital o‘ynadi. Individlar va guruhlarning hokimiyat va boshqaruv tizimidagi o‘rni nafaqat ularning ixtiyorida bo‘lgan taqsimotchilik huquqi, qarorlar qabul qilish darajasini, balki ijtimoiy aloqalar darajasini ham, norasmiy imkoniyatlar miqyosini ham oldindan belgilab qo‘ygan edi. Siyosiy tizimning barqarorligi siyosiy elitaning – “nomenklaturaning” tarkibi va ahvolidagi barqarorlikni, shuningdek uning yopiqligi va u tomonidan boshqarilayotgan guruhdan begonalashuvini ham ta’minlagan edi. Hozirgi vaziyat demokratlashtirish, davlat hokimiyatining jiddiy susayishi bilan xarakterlanadi. Nomenklatura tamoyili bo‘yicha hukmron qatlam tabaqalashuvini qayta ishlab chiqish mexanizmi emirilgan. Hokimiyat organlari tizimi isloh qilingan, jiddiy qayta qurilgan – ulardan ayrimlari tugatilgan, boshqalari endigina tashkil etilgan, uchinchilari o‘z funksiyalarini tubdan o‘zgartirgan. Jiddiy o‘zgarishlar natijasida mamlakat yuqori davlat mansablarining sifat jihatdan yangi tizimiga ega bo‘ldi. Ushbu amallarni egallab turganlarning shaxsiy tarkibi ham yangilandi, ularning ko‘pchilik qismi faoliyatning ilgari yopiq bo‘lgan yuqori qatlami boshqa sotsial guruhlardan chiqqanlar uchun ochildi. Iqtisodiyotni boshqarishda, mulkni xususiylashtirishda, moddiy va moliyaviy resurslarga egalik qilishda ijtimoiy guruhlar roli birinchi o‘ringa chiqib bormoqda.
Iqtisodiy tabaqalashuvga kelganda esa, O‘zbekiston Respublikasida jamiyatning tabaqalashuvining omillari, me’yorlari va qonuniyatlari to‘g‘risidagi zamonaviy tasavvurlar ijtimoiy maqomi va shuningdek ijtimoiy o‘zgarish jarayonlaridagi o‘rniga ko‘ra farqlanuvchi qatlamlar va guruhlarni ajratishga imkon beradi. Biz qabul qilgan gipotezaga (farazga) ko‘ra jamiyat to‘rt ijtimoiy qatlamdan iborat bo‘ladi: yuqori, o‘rta, tayanch va quyi qatlamlar. YUqori qatlam deganda, avvalo, islohotlarning asosiy sub’ekti rolida chiquvchi, amalda boshqaruvchi qatlam tushuniladi. Unga elita va shunga yaqin guruhlar kirib, ular davlat boshqaruvi tizimida, iqtisodiy va kuch ishlatish tarkiblarida eng muhim o‘rinlarni egallaydilar. Ushbu qatlamni shakllantiruvchi elita va unga yaqin guruhlar ko‘pincha turli manfaatlarga ega bo‘ladi va har xil maqsadlarni ko‘zlaydi. Ammo ularning barchasini hokimiyatda turganlik va o‘zgarishlar jarayoniga, ayniqsa uning “yuqoridan” islohotlar bilan tashkil etuvchi tomonlariga to‘g‘ridan–to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatish imkoniyati belgisi birlashtiradi.
Ikkinchi qatlam o‘rta deyilishi, birinchidan, uning ijtimoiy ko‘rsatkichdagi (shkalada) o‘rni hisobga olingan va, ikkinchidan, u shakllanayotgan o‘rta qatlamning kurtagi hisoblanadi. To‘g‘ri, uning ko‘pchilik ko‘rsatkichlari hozircha postindustrial jamiyat talablariga javob beruvchi shaxsiy mustaqillikni ta’minlovchi kapitalga ham, mahorat darajasiga ham, yuqori ijtimoiy obro‘ga ham ega emas. Buning ustiga, ushbu qatlam hozircha, ijtimoiy barqarorlikning kafolati bo‘lib xizmat qilishi uchun, ancha kam sonli hisoblanadi. Biroq O‘zbekistonda to‘laqonli o‘rta va yirik bo‘lmagan korxonalar menejerlari, amaldorlar, katta ofitserlarning (zobitlarning) o‘rta bo‘g‘ini, eng malakali va qobiliyatli mutaxassislar va ishchilar asosidagina shakllanishi mumkin.
O‘zgarishlar jarayonida o‘rta qatlam tomonidan bajariladigan rol uning O‘zbekiston sharoitlari uchun yuqori bo‘lgan kasbiy-malakaviy salohiyati, o‘zgaruvchan sharoitlarga moslashish qobiliyati, eskirgan ijtimoiy institutlarni yangilashda faol va manfaatli ishtiroki, nisbatan qulay moliyaviy ahvoli, islohotlarni davom ettirishdan umumiy manfaatdorligi bilan belgilanadi.
Hozirgi vaqtda ushbu qatlam, o‘zining quvvati kamligiga qaramasdan, asta-sekin, asosan uning harakatlari bilan amalga oshirilayotgan islohotlarning ijtimoiy tayanchi va bosh harakatlantiruvchi kuchiga aylanmoqda. Agarda yuqori qatlam jamiyatning maqsad-muddaosi va irodasini namoyon etsa, o‘rta qatlam esa quvvatiy asosni va ommaviy kundalik ijtimoiy o‘zgaruvchilik faoliyatining yo‘lga qo‘yuvchisi bo‘lib xizmat qiladi. Keyingi tayanch ijtimoiy qatlam esa juda salmoqli bo‘lib, jamiyatning deyarli 2/3 qismini qamrab oladi. Uning vakillari o‘rtacha kasbiy-malakaviy sifatlarga va cheklangan mehnat salohiyatiga egalar. Hozirgi sharoitlarda uning asosiy intilishi voqelikni o‘z maanfaatlariga mos ravishda o‘zgarishiga emas, balki boshqalarning tashabbuslari bo‘yicha, ko‘pincha esa – yashash yo‘llarini axtarishda yuz berayotgan o‘zgarishlarga moslashib borishga yo‘naltirilgandir. SHunga qaramasdan, tayanch qatlamning moslashuv shakllari va usullari o‘zgartirishlar jarayonining borishiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayrim hollarda u, “yuqoridagilar” loyihalashtirganidan ko‘ra, muassasaviy o‘zgarishlarning ijtimoiy yo‘nalganligini sekinlashtirishi, boshqa bir holda – o‘zgartirish ham mumkin. Ushbu qatlamga ziyolilarning (mutaxassislarning) asosiy qismi, yarim ziyolilar (mutaxasislarning yordamchilari), texnik xodimlardan iborat xizmatchilar, savdo va xizmat ko‘rsatishdagi ommaviy kasb xodimlari, shuningdek dehqonlarning katta qismi kiradi. Ushbu guruhlarning ijtimoiy maqomi, mentaliteti, manfaatlari va xulq-atvori turlicha bo‘lsada, o‘zgartirishlar jarayonida ularning roli o‘xshashdir. Bu birinchi navbatda, yashash maqsadida o‘zgaruvchan sharoitlarga moslashish, erishilgan maqomni imkoniyat darajasida saqlab qolish, yaqinlarini qo‘llab quvvatlash, bolalarni oyoqqa turg‘azib olish kabilardir.
Jamiyatning asosiy, sotsiallashgan qismi bo‘lgan quyi qatlamning tuzilishi va vazifalari unchalik ravshan emas. Zamonaviy o‘zgartirishlar jarayoni doirasida ushbu qatlam, yangiliklarning faol ishtirokchisiga qaraganda, ko‘proq jabrlanuvchisi, qurboni sifatida chiqadi. Uning vakillarining farq qilib turuvchi belgilari bo‘lib faoliyat salohiyatining past darajasi va o‘tish davrining murakkab ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlariga moslashishga qobiliyatsizlik xizmat qiladi. Umuman olganda, ushbu qatlam qariyalar, kam ma’lumotlilar, unchalik sog‘lom va kuchli bo‘lmagan kishilardan, buning ustiga etarli darajada nafaqaga ishlab bo‘lmaganlardan yoki kasbga, ko‘pincha esa doimiy mashg‘ulotga ega bo‘lmaganlardan, ishsizlardan iborat bo‘ladi. Jamiyat a’zolarining ushbu qismi ijtimoiy himoya, yordam va ko‘makka muhtojdirlar. Tajribaviy yo‘l bilan ushbu qatlamni juda kam shaxsiy va oilaviy daromadi, ma’lumoti pastligi, malakasiz mehnat bilan bandligi yoki doimiy ishining yo‘qligi belgilari asosida birxillashtirish mumkin. Quyi qatlam soni va tarkibining o‘zgarishi islohotlar ijtimoiy oqibatlarining muhim ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi.
Jamiyatning ijtimoiy qatlamlari turlicha faoliyat – ko‘nikish salohiyatiga ega bo‘ladi, ya’ni yangi ijtimoiy institutlarning shakllanishiga kirishish qobiliyati, ularni rivojlantirish va mustahkamlashdagi ishtiroki, ulardan o‘z manfaatida foydalanishi, o‘zgaruvchan voqelikka faol moslashishi va natijada o‘z maqomini yaxshilashi yoki, hech bo‘lmaganda, saqlab qolishi turlichadir. Ushbu qatlamlarning o‘zgartirishlar jarayonidagi sifat jihatidan turlicha rollarga egaliklari shundan kelib chiqadi.
Jadal sotsial-innovatsion faoliyatga va samarali moslashuvchan xulq atvorga qobiliyatlilik sotsial-demografik salohiyat bilan jiddiy bog‘liq bo‘ladi.
Har xil ijtimoiy qatlamlarning vakillari bir-biridan o‘zi yashash joyi tiplari bilan tubdan farqlanadilar. Ma’lumki, yirik shaharlar o‘zining boy ma’lumotlar muhiti bilan o‘z aholisiga ijtimoiylashuv, o‘zini namoyon etish va o‘zgaruvchan sharoitlarga moslashishlari uchun, chekka qishloqlarga qaraganda, yaxshiroq imkoniyatlarni ta’minlaydi. Ushbu jihatdan ayniqsa Toshkent shahri ajralib turadi. O‘rta qatlam yuqori qatlamdan maxsus ma’lumotli kishilar ulushi bo‘yicha ancha orqada qolgan, chunki uning tarkibiga, mutaxassislar bilan birga, tadbirkorlar va malakali ishchilar ham kiradi. Biroq bunda yuqori va quyi malakaviy baholash nisbati ancha qulaydir. Ehtimol, bu erda nafaqat daraja, balki nufuzli poytaxt oliygohlarida olingan bilimning yaxshi sifatliligi, oliy ta’limdan keyingi tayyorgarlik, ilmiy unvon va darajalar borligi ham ta’sir ko‘rsatadi. Bularning barchasi eng ko‘p darajada o‘rta qatlamga xosdir. Tayanch qatlamda maxsus ma’lumotga ega kishilar ½ qismigagina yaqin, biroq ularning asosiy qismining ma’lumoti o‘rta darajada.
Tahlillar ko‘rsatadiki, jamiyatning ijtimoiy qatlamlari yangi sharoitlarga moslashish va sotsial-yangilashlar faoliyatida qatnashish uchun g‘oyatda turli-tuman ijtimoiy-demografik shart-sharoitlarga ega bo‘ladilar. Muhim hisoblanuvchi mulkiy tengsizlik boshqa ko‘plab sotsial: gender, yosh, urbanistik, yashash joyi, tarmoq, kasbiy, boshqaruvchilik va boshqa sohalardagi tengsizliklarning ifodasiga aylandi. O‘z navbatida daromadlar darajasi ijtimoiy maqomning iste’mol tipi va turmush tarzi, biznes bilan shug‘ullanish imkoniyati, foydali ijtimoiy aloqalarni o‘rnatish, xizmat bo‘yicha ko‘tarilish, bolalarga sifatli ma’lumot berish va boshqa shu kabi tomonlariga jiddiy ta’sir etadi. Buning ta’sirida daromadlardagi farqlar hozirgi O‘zbekistonda sotsial tabaqalashuvning asosini yaratadi. Ilgari yaxshi ta’minlangan kishilar quyi tabaqalarga tushib qolganda ham yuqori darajaga da’vogarchilikni saqlab qoladilar, boyib ketgan kambag‘allar esa daromadlarga nisbatan ancha o‘rtacha talablarni qo‘yadilar. Ushbu taxminlardan qay biri haqiqatga yaqinligini aniqlash uchun qarab chiqilayotgan qatlamlar iqtisodiy talablarining mo‘tadil qondirilish darajasini baholashga urinib ko‘ramiz.
Bu maqsadda ikkita ko‘rsatkichdan foydalaniladi: a) oilaning amaldagi daromadining etarli darajasi to‘g‘risidagi farazlarga munosabati va b) xodimlarning amaldagi pul daromadlarining eng kam zaruriy ish haqiga munosabati. Amaldagisi bilan taqqoslagandan ko‘ra yuqoriroq daromadlarga da’vogarlik qilish – tabiiy, odatiy va ijobiy xodisadir. Qoida tariqasida bunday da’volar odamlarni mehnat faoliyatiga, malakasini oshirishga, biznesda qatnashishga undab boradi. Bunda asosiy masala me’yorda bo‘ladi: agarda amaldagi ish haqi va odamning fikricha “normal hayotni” ta’minlovchi daromad o‘rtasidagi farq ma’lum bir chegaradan o‘tsa, amaliy mehnatni faollashtirishga bo‘lgan rag‘bat befarqlik, undan begonalashuv, norozilik kuchayishi bilan almashadi, shuningdek mehnat me’yorlarining buzilishiga va o‘z talablarini qondirishda jinoiy usullardan foydalanishga o‘tiladi.
Sotsial hayotning asosini, harakatlantiruvchi kuchini iqtisodiy, ijtimoiy, demografik, mintaqaviy va boshqa omillarning o‘zaro hamkorligi tashkil etadi. Aynan ushbu hamkorlik aholi iqtisodiy tabaqalashuvining turli xildagi manzarasini doimo yaratgan va yaratib kelmoqda.
Bozor islohotlari sharoitida sotsial guruhlarning iqtisodiy salohiyati o‘zida uch tarkibiy qismni birlashtiradi:
daromad keltiruvchi kapitalga ega bo‘lish;
ijtimoiy mahsulotning taqsimlanishi, siljishi, ko‘chib yurish va ayirboshlanishi jarayonlariga aloqadorlik;
shaxsiy daromad va iste’mol darajasi.
Bunda, vujudga kelayotgan bozoriy munosabatlar sharoitida asosiy rol birinchi tarkibiy qismga tegishli bo‘ladi. Bu shu bilan izohlanadiki, nodavlat mulkning turli-tuman ko‘rinishlari (yakka tartibdagi, guruhiy, kooperativ, ulushli, aralash, uyushmaviy va b.) faol shakllanmoqda. Turli tipdagi (moliyaviy, savdo,sanoat, intellektual) kapitallar vujudga kelmoqda.
Sotsial jihatdan birmuncha aniq darajada xususiy kapital egalari ajralib chiqdilar. Ular orasida jamiyatning turli qatlamlariga taalluqli bo‘lgan juda yirik, o‘rta va kichik mulkdorlar bor. SHaxsiy xo‘jalikka ega bo‘lgan va asta-sekin amalda mulkdorlarga aylanayotgan (erni sotishdan tashqari) dehqonlar alohida o‘ringa egadir. Iqtisodiy salohiyatning ikkinchi tarkibiy qismi ilgari ustuvor bo‘lib, hozirda o‘z o‘rnini birinchisiga bermoqda. CHunki, o‘rta mulkdorning iqtisodiy maqomi malakali menejernikidan yuqori turadi. Buning ustiga, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining chuqurlashib borishi bilan moddiy va moliyaviy resurslar manfaatdor xo‘jayinlarga ega bo‘lmoqda, bu ularning talon-taroj bo‘lish imkoniyatini qisqartirmoqda. Afsuski, turli iqtisodiy, kasbiy va mansabdor guruhlarning taqsimot mexanizmiga aloqadorlik darajasini o‘lchash ancha murakkabdir. Ko‘pincha ushbu belgi bo‘yicha avval ko‘rilgan guruhlarning o‘zi ajratiladi: davlat va aralash korxonalar rahbarlari, shu jumladan, hissadorlik jamiyati rahbarlari, savdo sohasining mas’ul xodimlari va mutaxassislari, moddiy-texnika ta’minoti xizmatchilari, shuningdek, tijoratchilar, maklerlar, dillerlar kabi biznes professionallari. O‘z kapitaliga moddiy boyliklarni taqsimlashda qatnashish imkoniga ega bo‘lmagan fuqarolar ulushi keyingi yillarda biroz kamaydi, biroq ular avvalgidek jamiyatning eng ko‘pchilik qismini tashkil etmoqda. Bu odamlarning iqtisodiy salohiyati yollanma mehnt bo‘yicha daromad darajasi bilan aniqlanadi, ularning ahvolidagi asosiy o‘zgarishlar, birinchidan, avvalgidan ko‘ra ancha keskin mulkiy qutblanish va, ikkinchidan, mehnat va daromad o‘rtasidagi bog‘liqlikning deyarli to‘liq yo‘qolganligidan iboratdir.
Ijtimoiy tabaqalashuvning bosh mezoni kasbiy tabaqalashuv hisoblanib, bu mehnatning murakkablik darajasi bilan aniqlanadi. Boshqa bir qancha muhim bo‘lgan mezon olinadigan daromad va moddiy farovonlik, ya’ni iqtisodiy tabaqalashuv hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida o‘tish davridagi sotsial tabaqalashuvni soddaroq tahlil qilish maqsadida kasbiy tabaqalashuvning uch asosiy guruhini ko‘rib chiqamiz:
birinchi tabaqaga asosan oddiy va bir xilda takrorlanuvchi harakatlar va ish turlaridan iborat mehnat sohasida band bo‘lganlar kiradi (masalan, konveyer oldidagi ishchilar, sotuvchilar, yordamchi ishchilar va b.); yangilikka intiluvchan, ijodiy xarakterdagi mehnat xodimlari (olimlar, siyosatchilar, ishlab chiqarish tashkilotlarining bir qismi va b.);
ikkinchi tabaqa – ma’lum usullar va harakatlar asosidagi ko‘proq murakkab intellektual mehnat sohasi xodimlari (injener, o‘qituvchi, vrach, menejer va b.);
uchinchi tabaqa – noan’anaviy yondoshuv asosidagi yangilikka intiluvchan, ijodiy xarakterdagi mehnat xodimlari (olimlar, siyosatchilar, ishlab chiqarish tashkilotchilarining bir qismi va b.).
Umuman olganda, jamiyat a’zolarining bir-birlariga munosabatlarini, jamiyat kelajagiga ta’sirini, mavjud yoki kelajakdagi ishlab chiqarish va boshqa sohalar rivojiga ta’siri va boshqa ko‘plab masalalarni echishda aholini turli belgilari bo‘yicha tasniflashtirish katta ahamiyatga ega. Bunda har bir kishi turli tasniflashda turli guruhlarga kiritilishi mumkin. Masalan, jins bo‘yicha kishilar ikki guruhga – erkaklar va ayollarga ajratiladi. YOshiga ko‘ra esa bir necha guruhlar farqlanishi mumkin: bolalar, katta yoshdagilar va qariyalar (bularning har biri yanada kichikroq guruhlarga turkumlashtirilishi mumkin). YAshash joyiga ko‘ra – qishloqda yoki shaharda yashovchilar. Ma’lumotiga ko‘ra – oliy, o‘rta maxsus, o‘rta, to‘liqsiz o‘rta, boshlang‘ich ma’lumotlilar. Diniy e’tiqodiga ko‘ra – dindorlar va dinga ishonmaydiganlar. Siyosiy e’tiqodiga ko‘ra – muayyan bir partiya a’zolari va partiyasizlar. Bu ro‘yxatni davom ettirishimiz mumkin. Ammo shundan ham ko‘rinib turibdiki, kishilar murakkab hilqat bo‘lmish "hazrati insondir", ularni qanchalik o‘rgansak shuncha oz. Bu borada oldimizda hali ochilmagan qo‘riq turibdi. Bu borada qanchalik ko‘p ilmiy ma’lumot va bilimlarga ega bo‘lsak, shunchalik hatti-xarakatimiz asosliroq bo‘la boradi. Biz o‘zimizni va atrofimizdagi kishilarni qanchalik yaxshi bilsak, bunda har bir kishining qaytarilmas hilqat ekanligini, cheksiz ummondagi kichik zarracha bo‘lmish Er sharining bizdan keyingi avlodlarga ham qolishi zarurligini anglasak hamda o‘zaro munosabatlarimizni shunga muvofiq tashkil etsak, o‘ylaymizki, mavjud muammolar o‘z echimini albatta topadi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub demokratik islohotlar ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat barpo etishga qaratilgan. Buni ijtimoiy sohadagi islohotlarni amalga oshirish orqali ta’minlash mumkin. CHunki, har qanday jamiyatning rivojlanganlik darajasi ijtimoiy masalalarning qay darajada hal etilayotganiga bog‘liq. Ijtimoiy masalalar mamlakat taraqqiyotining muhim omili sifatida iqtisodiy rivojlanishga ta’sir etadi. SHuning uchun ham har qanday jamiyatning ijtimoiy islohotlarni davomli amalga oshirib borishi hayotiy ehtiyojdir.
Bozor islohotlari muayoyan ijtimoiy muammolarni keltirib, chiqaradi, bu bir siyosiy-iqtisodiy tizimdan ikkinchisiga o‘tishda ham namoyon bo‘ladi.
Mamlakatni modernizatsiyalash va iqtisodiyotning erkinlashtirilishi pul muomalasi barqarorligini ta’minlash, iste’mol narxlarining keskin o‘sishiga bar-ham berish, aholini ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan choralarni aniq belgilash, ayniqsa, kishilar uchun qaror topgan turmush tarzining buzilishi, ijtimoiy fe’l-atvor, boqimandalik kayfiyatining o‘zgarishi kabi ijtimoiy muammolar ko‘lami yuzaga keladi.
Ijtimoiy sohani isloh qilish quyidagilarga qaratiladi:
— ijtimoiy ziddiyatlarnint keskinligini kamaytirish;
— odamlarning yangi turmush sharoitlariga moslashishini osonlashtirish;
— davlat ijtimoiy iste’mol fondlarini tashkil etish va ulardan jamiyatning har bir a’zosi foydalanishini kafolatlaydigan qonunlar qabul qilish;
— davlatning markazlashgan ijtimoiy sug‘urta fondini tashkil etish;
— ko‘rsatilgan xizmatlar va samarali mehnatlar uchun davlat tomonidan beriladigan imtiyozlar;
— ijtimoiy, ahamiyatga ega bo‘lgan xizmatlar narxlaridagi farqlarni byudjet hisobidan qoplash;
— ijtimoiy sohaning eng muhim tarmoqlari (ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va madaniyat) moddiy bazasini qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlash;
— mehnat jamoasi tomonidan xodimlarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirishga doir shart-sharoitlar yaratish.
Jamiyatning ijtimoiy hayoti ijtimoiy ishlab chiqarishda mehnat taqsimoti va ixtisoslashish muqarrar tarzda ijtimoiy tabaqalanishga turtki beradi, o‘ziga xos vazifalarnigina bajaradigan, jamiyatda ma’lum mavqega ega bo‘lgan va o‘z manfaatlarini ilgari suradigan nisbatan mustaqil ijtimoiy birliklar va guruhlar vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. SHuni ta’kidlash lozimki, ijtimoiy tabaqalanish va odamlar o‘rtasidagi tengsizlik jamiyatning tabiiy holatidir. “Oltin asr”, umumiy va to‘la tenglik haqidagi orzu mutlaqo noilmiy bo‘lgani bois uni ro‘yobga chiqarish mumkin emas. SHuningdek, u zararlidir, chunki odamlarni to‘g‘ri yo‘ldan ozdiradi, ijtimoiy munosabatlarga keskin tus beradi. Tarixdan ma’lumki, umumiy tenglik haqidagi shiorlar hech qachon ro‘yobga chiqmagan: bir tengsizlik o‘rnida boshqa tengsizlik paydo bo‘lgan. Oilada, urug‘ yoki qabilada ustun mavqega erishish uchun, o‘z shaxsiy obro‘si – kuchi, mardligi yoki mahorati tan olinishi uchun kurash ijtimoiy hayotning dastlabki bosqichlaridayoq yuzaga kelgan. Ta’bir joiz bo‘lsa, tengsizlik shaxs va pirovard natijada – jamiyat rivojlanishining muhim omilidir.
Ijtimoiy tengsizlik vujudga kelishi va jamiyatning rivojlanishida mulk instituti alohida rol o‘ynagan. Mazkur institut vujudga kelishi bilan odamlarning mulkiy tengsizlik bilan bog‘liq tabaqalanishi kuchaygan. Alohida kasbiy faoliyat sifatida aqliy mehnat bilan shug‘ullanadigan kishilar paydo bo‘lgan. Mazkur jarayonlar mehnat taqsimotini faollashtirgan. Ayrim guruhlarning alohida ajralib chiqishiga, boshqalarining turli hamjamiyatlarga birlashishiga turtki bergan. Har qanday jamiyatning ijtimoiy tuzilishi mazkur jamiyat tarixining ma’lum davridagi muayyan-tarixiy ijtimoiy birliklar va guruhlarning o‘zaro munosabatlari, hamda mazkur munosabatlarni tartibga soluvchi maxsus institutlar va muassasalar majmui bilan tavsiflanadi.
Ijtimoiy sohadagi islohotlar ijtimoiy ta’minot va kafolatlarning maqsadli, adresli tartibda amalga oshishini ta’minlash va boqimandalik kayfiyatlarini yo‘qotish, ijtimoiy sohada ham nodavlat tibbiy xizmati, ta’lim, nafaqa bilan ta’minlash xizmatlarini joriy etish, sog‘liqni saqlash, ta’lim berish tizimlarida tijorat munosabatlarini qaror toptirish va raqobat muhitini yaratishni o‘z ichiga oladi.
Ta’lim sohasidagi islohotlar
O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lidagi sa’y-harakati davlat va jamiyatning barcha sohalardagi, shu jumladan, ta’lim tizimi faoliyatidagi chuqur islohotlar bilan bog‘liq. Xalq ta’limini qayta tuzishning samaradorligi faqat ajdodlarning turli faoliyat sohasidagi tajribalarini to‘plovchi va jamiyatning yanada rivojlanishi uchun puxta zamin hozirlovchi muassasa sifatida tan olinishi bilangina emas, balki ular samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur resurslarni bun-yod etish bilan ham belgilanadi.
Xalq ta’limi muassasalarining tashkiliy-boshqaruv asoslarini o‘zgartirish maktab iqtisodini qayta qurish bilan yonma-yon ketmoqda. Moliya-kredit vositasi amal qilinishining o‘ziga xos tomonlarini tadqiq etish ta’lim muassasalari iqtisodini tashkil etish sifatini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu respublikani mutaxassislar bilan ta’minlash va moliyalashtirish hajmiga bog‘liq bo‘lib, birinchidan, davlat iqtisodining ahvoli, ikkinchidan, ta’lim siyosati bilan belgilanadi.
U yangi avlodda insoniyat rivojining barcha bosqichlarida to‘plangan tajribani mustahkamlash va madaniyat, fan-texnikani, umuman, jamiyatni yanada rivojlantirish uchun da’vat etilgan. U o‘ziga xos qonuniyatlarga muvofiq faoliyat yuritadi va bevosita ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy sharoitlar ta’siri ostida rivojlanadi.
Bugungi kunda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi yosh avlodga uzluksiz ta’lim berish va uni tarbiyalash jarayonini yaxlit qamrab oladigan yagona ta’lim majmui hisoblanadi. Bunda ta’lim tizimining har bir bo‘g‘ini alohida o‘rin va mas’uliyatga ega. Dasturni to‘liq amalga oshirish, qo‘yilgan vazifalarga erishish ana shu bo‘g‘inlarning holati va rivojlanish darajasiga, ularning o‘zaro uyg‘unligiga bog‘liq.
Ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar quyidagi bosqichlarda amalga oshirilmoqda:
Birinchi bosqich – o‘tish davri bo‘lib, 1997-2001 yillarni o‘z ichiga oladi. Bu davr mavjud kadrlar tayyorlash tizimi salohiyatini saqlab qolish, ta’lim tizimi faoliyatini tubdan yaxshilashga qaratilgan me’yoriy-huquqiy, ilmiy-uslubiy, moddiy-moliyaviy shart-sharoitlarni yaratish davri bo‘ldi. Bu bosqichda bajarilishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat bo‘ldi:
— zamon talablariga javob beruvchi pedagogik kadrlar tayyorlash;
— ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o‘qitiladigan fanlardan o‘quv standartlarini yaratish;
— mazmunan va shaklan yangi o‘quv dasturlari ustida ishlash;
— 9 yillik ta’lim bazasida 3 yillik akademik va kasb-hunar ta’lim tizimini joriy qilish;
— soha xodimlarining ijtimoiy himoyasini kafolatlash va boshqalar.
Ikkinchi bosqich – 2001-2004 yillarni o‘z ichiga olib, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini keng miqyosda to‘liq amalga oshirish davri bo‘ldi.
Uchinchi bosqich – 2005 yil va undan keyingi yillarni o‘z ichiga oladi. Bu davrda to‘plangan tajribani tahlil qilish va umumlashtirish asosida o‘zgaruvchan ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarni e’tiborga olgan holda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish lozim edi. Bu davrga kelib shunday holat aniqlandiki, butun tizimning eng muhim boshlang‘ich bosqichi bo‘lgan maktab ta’limining ortda qolayotgani yaxlit uzluksiz ta’lim zanjirida eng zaif bo‘g‘in bo‘lib qolmoqda. Buning asosiy sababi maktablar moddiy bazasining zaifligi bo‘lib, ularning 40 % ga yaqini tipovoy bo‘lmagan moslashtirilgan binolarda joylashgan, jami 9727 maktabning 684 tasi avariya holatida. Ko‘pgina maktablar markazlashtirilgan isitish tizimiga ega emas, ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlanmagan. O‘quvchilarning 28 %dan ko‘prog‘i ikki-uch smenada o‘qitiladi. Maktablarning o‘quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlanish darajasi 29 %ni, zamonaviy kompyuter texnikasi bilan ta’minlanishi esa 15 %ga yaqinni tashkil qiladi. Maktablarning faqat yarmigina sport zallariga ega, ularning sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlanishi esa 23 %dan oshmaydi. Ayniqsa, qishloq joylaridagi maktablarning moddiy bazasi qoniqarsiz ahvolda.
O‘qituvchilar, eng avvalo, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mehnatini rag‘batlantirish borasida tarkib topgan tizim maktab ta’limida hamon zaif bo‘g‘in bo‘lib qolmoqda, bunda pedagoglar iste’dodi, kasb mahorati ularning mehnatiga haq to‘lash chog‘ida belgilovchi mezonga aylanmayapti.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirishning muhim sharti sifatida maktab ta’limining orqada qolishiga barham berish hamda maktablarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va uzluksiz ta’limning yagona tizimini shakllantirish bilan bog‘liq mavjud jiddiy muammolarni bartaraf etish maqsadida 2004 yil 21 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy Dasturi to‘g‘risida”gi PF-3431-sonli Farmoni qabul qilindi. Farmonning qabul qilinishigacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 19 fevraldagi F-1910-sonli Farmoyishi bilan Maxsus komissiya va ishchi guruhlari tuzildi. Maxsus Komissiya va ishchi guruhlari respublikaning barcha mintaqalarida ish olib borib, respublikada joylashgan barcha umumiy ta’lim maktablarini birma-bir to‘liq ro‘yxatdan o‘tkazdilar, ularning moddiy-texnika bazasining hozirgi holatini tanqidiy ko‘z bilan qarab, batafsil o‘rganib chiqdilar. O‘tkazilgan tahlillar asosida haqiqiy holati o‘rganib chiqilgan barcha maktablar belgilangan tartibda pasport-lashtirildi, maktablarni qayta tiklash borasidagi ishlarning mezonlari ishlab chiqildi hamda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlarning aniq yo‘nalishlari belgilab olindi.
Ta’lim inson omiliga qaratilgan investitsiyalardir. Jamiyat, davlat, umuman, bunday investitsiyadan manfaatdor, chunki ta’lim darajasini oshirish iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi, mehnat unumdorligini oshiradi, ijtimoiy muammolarni bartaraf etadi.
Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimi o‘zining izchilligi bilan farzandlarimizning yorqin kelajagini ta’minlashda ishonchli kafolat bo‘lib qolmoqda. Bu tizimda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining o‘rni alohida. CHunki, bu tizim o‘zining yangi ijtimoiy muhitni vujudga keltirishi bilan tavsiflanayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan respublikamiz mehnat bozoriga malakali kadrlar tayyorlab bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 14 dekabrdagi R-2892-sonli farmoyishiga muvofiq, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (O‘MKXT) sohasida hududlarni geografik, demografik va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarini hisobga olgan holda 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey (AL) va kasb-hunar kolleji (KHK)larga to‘liq qamrab olish, bitiruvchilarni ishga joylashishi va oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishining majburiy nazorat tizimini joriy etish, joylardagi mahalliy hokimiyat organlarining foydalanishga topshirilayotgan AL va KHKlarning qurilishi va rekonstruksiyasini amalga oshirishdagi ishlarda mas’uliyatini oshirish, ta’lim-tarbiya ishlari, kerakli kasblarni egallash hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida yosh avlodni tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlar sifati va samaradorligini oshirish kabi vazifalar ustuvor yo‘nalishlar qilib belgilangan. Bugungi kunda O‘MKHT tizimida jami 1335 ta ta’lim muassasasi bo‘lib, 1208 tasi KHKlar va 127 tasi ALlardir. Unda 1304304 nafar o‘quvchi 9-sinf negizida ta’lim olmoqda. Tizimda 91397 nafar o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda, ulardan 93 nafari fan doktori, 1026 nafari fan nomzodi.
O‘MKHT tizimi kasb berish bilan shug‘ullanar ekan, kasblar sohasidagi o‘zgarishlar faoliyatimizga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bugungi kunda respublikamiz ijtimoiy ishlab chiqarishida 1300 dan ortiq kasblar mavjud. O‘MKHT tizimida hozirda jami 340 ta yo‘nalishdan amalda 268tasi bo‘yicha, 895 ta kasbdan 707 tasi bo‘yicha ta’lim berilmoqda. Bu mavjud kasblarning qariyb 70 foizini tashkil etmoqda.
Hukumatimiz tomonidan 2005 yil 26 noyabrda qabul qilingan “2006-2010 yillarda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari hamda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini sifatli tayyorlash va ular mehnatidan samarali foydalanishning hududiy dasturi” O‘MKHT tizimi bitiruvchilarini ishga joylashishida jamiyatimizning barcha a’zolarining kuchini birlashtirish va yosh xodimlarni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan. Bunda mahalliy hokimlik rahbarlariga chin ma’noda jamiyatni birlashtirib turuvchi va yo‘naltiruvchi, farzandlarimiz kelajagi, demakki, jamiyatimiz kelajagini ta’minlovchi bo‘lish vazifasi yuklatilgan.
KHK va ALlar faoliyatini tashkil etishda amalga oshiriladigan bir qator asosiy vazifalar mavjud. Bular quyidagilardan iborat:
— ish o‘rinlarini tashkil etishda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo‘limi hamda KHKlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
— KHK va ALlarda Vasiylik kengashini tashkil etish va rivojlantirish;
— KHK va ALlar faoliyatida ijtimoiy hamkorlikni tashkil etish va boshqarish;
— 9-sinf bitiruvchilarini KHK va ALlarga qabul qilishda hududiy xalq ta’limi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
— KHK va ALlarni oqilona joylashtirish, tayyorlov yo‘nalishlarini hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining aniq dasturi asosida belgilash;
— o‘quv jarayonidagi uzilishlar (o‘qish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlar, issiqlik va elektr ta’minoti)ni bartaraf etish.
Sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar. Ijtimoiy rivojlanishning barqarorligini ta’minlash, avvalambor, aholi turmush darajasini oshirish bevosita aholi istiqomat qiladigan hududlarda tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish va uning faoliyatiga bog‘liqdir. Vaholanki, odamlarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish va mustahkamlash, ularning umrini va faoliyat davrini uzaytirish, tibbiy xizmat sifatini yaxshilash – davlat o‘tkazayotgan ijtimoiy siyosatning muhim jihatidir.
Mavjud tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi umumiy shifokorlar amaliyoti tomoniga yo‘nalishini o‘zgartiradi. Qishloq shifokor punktlariga o‘qitilgan va qayta o‘qitilgan umumiy amaliyot shifokorlari va universal hamshiralar ishga olinadi. SHu tariqa respublikadagi tumanlarning qishloq joylarida ikki darajadagi sog‘liqni saqlash muassasalaridan iborat tarmoq tashkil etilgan.
1 — aholini barcha birlamchi xizmatlar bilan ta’minlash uchun mas’ul qishloq vrachlik punktlari;
2 — mintaqa aholisini asosiy statsionar xizmatlar bilan ta’minlash uchun mas’ul markaziy tuman kasalxonalari.
Sog‘liqni saqlash muassasalari tizimini tibbiy texnika bilan jihozlash, shunga muvofiq malakali xodimlarni tayyorlash davlat byudjetidan ajratish mushkul bo‘lgan xarajatlarni talab qiladi. SHuning uchun ham hukumat Xalqaro taraqqiyot va rekonstruksiya banki (XTRB)ga murojaat qildi, natijada 1999 yildan boshlab «Salomatlik» loyihasi amalga oshirila boshlandi.
Loyiha dastlab O‘zbekistonning uch viloyatida - Navoiy, Sirdaryo va Farg‘onada amalga oshirilishidan boshlandi. Hukumatning aynan shu viloyatlarni tanlashiga sabab - bular bir-biridan hudud kattaligi va aholi zichligi, iqtisodiy ko‘rsatkichlar va sog‘liq ko‘rsatkichlariga ko‘ra farqlanadi. Bu tajribani keyinchalik boshqa viloyatlarga joriy qilishda O‘zbekistondagi turli sharoitlarni inobatga olishga to‘g‘ri keldi.
«Salomatlik» loyihasi va Zdrav/Plyus dasturining asosiy maqsadi - hukumatning xizmat ko‘rsatishga ajratiladigan umumiy xarajatlarini sezilarli darajada oshirmay turish, sog‘liqni saqlashning birlamchi darajasini kuchaytirish; qishloq tibbiyot muassasalari bosh-qaruvi va moliyalanish tizimini isloh qilish; sog‘liqni saqlash xodimlarini umumiy amaliyot sohasida o‘qitish kabilar hisobiga qishloq aholisi salomatligining ahvolini yaxshilash.
Birlamchi darajani kuchaytirish shuni anglatadiki, XTRB tomonidan beriladigan qarz hisobiga asosiy diagnostika, terapevtika va laboratoriya asbob-uskunalari, tibbiy jihozlar va transport, kompyuter texnikasini keltirish, o‘qitish va texnik yordam moliyalandi.
«Salomatlik» loyihasining muhim tarkibiy qismi umumiy amaliyot shifokorlari va hamshiralarini tayyorlashdan iborat. Loyiha doirasida o‘qituvchilar va shifokorlarni o‘qitishning bir yillik dasturini, shuningdek, qishloq vrachlik punktlarining shifokor va hamshiralari uchun ishdan uzilmagan holda qisqa muddatli malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga tatbiq qilish nazarda tutilgan. Ushbu komponentni amalga oshirishda Zdrav/Plyus dasturi ham faol qatnashmoqda, uning doirasida qisqa muddatli klinik o‘qitish o‘tkazilmoqda.
«Salomatlik» loyihasining asosiy vazifalaridan biri — qishloq joylarida birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini (TSYO) boshqarish va moliyalash tizimini yaxshilash. Ushbu komponent Zdrav/Plyus dasturi mutaxassislarining harakatlari bilan amalga oshirilmoqda, u loyihada muhim o‘rin egallaydi va quyidagilarni nazarda tutadi: qishloq tibbiy muassasalariga mustaqil yuridik shaxs maqomini berish; muassasalarda yangi lavozim - ma’mur (moliya menejeri) lavozimini tayyorlash va kiritish; tibbiy muassasalarini moliyalashda aholi jon boshiga hisoblash prinsipiga asoslangan yangi mexanizmlarni, shuningdek, xodimlar mehnatini rag‘batlantirishning yangi usullarini ishlab chiqish va joriy etish; tibbiy va iqtisodiy masalalar bo‘yicha yangi axborot tizimlarini joriy etish.
Sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar asosan quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
Sog‘lom avlodni voyaga etkazish zarurati. Respublikada aholining taxminan yarmini 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil qiladi. Tug‘ilishning nisbatan yuqori sur’ati, ayniqsa, avvalgi yillarda, bolalar va onalar o‘limi borasida ko‘pgina muammolarning yuzaga kelishi, ko‘p tug‘adigan ayollar va ko‘p bolali oilalar farzandlari orasida kamqonlik kasalligining tarqalishi, shuningdek, bolalar va ayollarning ko‘plab kasallanishi sabab, bepul tibbiy yordamga ehtiyoj sezildi.
Sog‘liqni saqlash tizimi «Sog‘lom ota-ona — sog‘lom farzand» qabilidagi sog‘lom avlodni shakllantirish zanjiriga qaratilgan bo‘lishi lozim. Bu o‘rinda nisbatan kam xarj usullar, masalan, aholi orasida ayollarning turmush qurish va farzand ko‘rishi uchun eng ma’qul yosh, farzand ko‘rish orasidagi tanaffus, qarindosh-urug‘lar orasida turmush qurilganda genetik kasalliklarning nasldan-naslga o‘tishi ehtimoli va hokazolar to‘g‘risidagi bilimlarni mustahkamlash borasida katta natijalarga erishish mumkin. Albatta, bunda profilaktik sog‘liqni saqlash, kasalliklarni tekshirish va barvaqt aniqlash tizimi, ona va bolaning tug‘ilgunga qadar skrining tizimini joriy qilish ham muhim ahamiyat kasb etmog‘i lozim.
Sil kasalligining tarqalishiga qarshi kurashish zarurati. YUzaga kelgan vaziyatni inobatga olib, respublikada aholini sil kasalligidan muhofaza qilish va silga qarshi yordamni takomillashtirishga, kasallikning oldini olish, uni barvaqt aniqlash va tibbiy yordam ko‘rsatishning hamma bosqichlarida sil kasalligiga chalingan bemorlarni samarali, bepul davolashga qaratilgan dastur ishlab chiqilgan.
Giyohvandlik tarqalishining oldini olish, narkotik moddalarning noqonuniy aylanuviga qarshi kurashish, giyohvand bemorlarni davolash tizimini yaratish zarurati. 1999 yilda respublikada «Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida» Qonun qabul qilindi, bu bilan narkotik vositalar aylanuvi bilan bog‘liq asosiy faoliyat turlariga davlat monopoliyasi joriy qilindi, narkotik vositalar va prekursorlarnn pecpublikaga olib kirish va tashqariga olib chiqish, saqlash, berish, sotish, taqsimlash, olish, tashish va jo‘natish kabilarning xususiyatlari belgilandi. Undan tashqari, alkogolizm va giyohvandlikka uchragan bemorlarni davolash uchun davolash-profilaktika muassasalarining yanada kengaytirilishi to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi.
Odamlar yashashi uchun qulay atrof-muhit sharoitlarini yaratish za­rurati. Bunda toza ichimlik suvi manbalaridan foydalanish imkoniyati ham, erning sho‘rlanishi va cho‘llanishga aylanishiga qarshi kurash ham, havoni zararli moddalar bilan bulg‘ash, tuproq va suv havzalarini sanoat chiqindilari bilan ifloslantirishga chek qo‘yish kabilar ham nazarda tutiladi.
Sog‘liqni saqlash tizimini kam xarajat, lekin kasalliklarning oldini olish va davolash sohasida ko‘proq samara beradigan birlamchi bo‘g‘in. profilaktik sog‘liqni saqlash, ommaviy jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish foydasiga tarkibiy jihatdan qayta tuzish zarurati. SHifokorlar va kasalxona o‘rinlarining haddan tashqari ko‘pligi eski tizimdan meros qolgan asosiy kamchiliklardan biridir, bunga ham statsionar, ham ambulatoriya-poliklinika orqali xizmat ko‘rsatish tizimida bosqichma-bosqich, kelishilgan o‘zgarishlar kiritish yo‘li bilan barham berish lozim.
Sog‘liqni saqlash tizimi tomonidan ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini sezilarli darajada yaxshilash zarurati. Tibbiyot muassasalari tarmog‘ining joylashishi nuqtai nazaridan tibbiy xizmatdan keng foydalanish imkoniyatining mavjudligiga qaramay, bu xizmatlar sifati har doim ham talabga javob beravermaydi. Ko‘pgina ambulator va kasalxona muassasalarida, ayniqsa qishlok joylarda, etuk mutaxassislar va zamonaviy diagnostika uskunalarining kamchiligi kuzatilmoqda. Bu kasalliklarni vaqtida va to‘g‘ri aniqlashga, demakki, davolashni to‘g‘ri olib borishga ham imkon bermaydi.
Sog‘liqni saqlash tizimi byudjetini mustahkamlash, qo‘shimcha moliyalash manbalarini jalb qilish. Mamlakatda byudjet tashkilotlarida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish maqsadida ularni moliyalashning yangi tartibi kiritilmoqda. Ushbu tartibga binoan, davlat byudjetidan mablag‘lar muassasa faoliyatining ixtisosiga qarab ishlab chiqilgan me’yorlarga muvofiq ravishda yiriklashtirilgan xarajat moddalari bo‘yicha ajratiladi.
Moliyalash manbalari muassasa faoliyatining ixtisosi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish hisobiga, vaqtincha foydalanilmayotgan xonalar va boshqa davlat mulkini o‘zga tashkilotlarga ijaraga berish, yuridik va alohida shaxs-lar tomonidan ko‘rsatiladigan homiylik yordami hisobiga kengaytirildi. Byudjet tashkilotlariga tejalgan mablag‘lar, xizmat ko‘rsatishdan tushgan daromad, o‘zga tashkilotlarga ijaraga joy borishdan olingan mablag‘ning 50 foizi va hokazolar hisoblanadi. Rivojlanish jamg‘armalarini shakllantirish huquqi berilgan. Biroq tibbiyot muassasalarining moliyaviy mablag‘ga bo‘lgan ehtiyojini qoplash uchun bu choralar etarli emas.
Sog‘liqni saqlash tizimida o‘tkazilayotgan islohotlar mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan. Ularning asosiy maqsadi - sog‘liqni saqlashda rivojlanishning ekstensiv tarzidan intensiv modeliga o‘tish hisobiga aholi sog‘lig‘ini yaxshilashdir.



Download 180,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish