Jаmiyatning ijtimоiy hаyoti


JAMIYATNING SIYOSIY HAYOTI



Download 180,69 Kb.
bet2/4
Sana30.04.2022
Hajmi180,69 Kb.
#599879
1   2   3   4
Bog'liq
DULABAYEVA GULSHAN

JAMIYATNING SIYOSIY HAYOTI

Reja:
1. Jamiyatning siyosiy hayoti va siyosiy tizimi


2. Davlatning jamiyat siyosiy hayotidagi funksiyalari
3.Jamiyat siyosiy hayoti va siyosiy tizimida siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlarining o‘rni
4.Jamiyatni modernizasiyalash va ijtimoiy demokratik taraqqiyot

Tayanch tushunchalar


Jamiyatning siyosiy hayoti, siyosat, siyosiy institut, siyosiy tizim, avtoritar, totalitar, demokratiya, davlat, siyosiy partiya, jamoat tashkilotlari, siyosiy modernizatsiya.


Jamiyatning siyosiy hayoti va siyosiy tizimi. Jamiyat siyosiy hayoti – bu davlat hokimiyati, uning funksiyalari, institutlari, amalga oshirish usullariga taalluqli bo‘lgan jamiyat sotsial hayotining o‘ziga xos tomondir. U turli sinflar, ijtimoiy guruhlar, partiyalar va boshqa ijtimoiy tashkilotlarning faoliyati va manfaatlarini o‘z ichiga oladi. Siyosiy hayot ko‘p o‘lchovli, jo‘shqin hamda sotsial makon va zamonda keskin o‘zgarib turuvchi siyosiy munosabatlar, institutlar va odamlarning siyosiy ongini rivojlanishi bilan bog‘liq murakkab jarayondir.


Bu makon va zamonda turli tashkilotlar, ittifoqlar, qarama-qarshi guruhlar kabi xilma-xil siyosiy kuchlar qatnashadi. Ularning sotsial muammolarini hal etish doirasida o‘zaro ta’siri siyosiy hayotni mazmuni, shakli va murakkabliklarini belgilab beradi.
Inson o‘z siyosiy huquqlarini siyosiy hayotda ishtirok etishning vazifali shakllaridan foydalanib amalga oshiradi. Jamiyat qanchalik demokratik bo‘lsa shaxsning siyosiy hayotdagi ishtiroki shunda xilma-xil bo‘ladi.
Siyosiy munosabatlar – bu jamiyatning siyosiy hayoti va uning siyosiy jarayonlarida uzluksiz harakatda bo‘lgan siyosat sub’etlari va ularning ob’ektiga qiladigan ta’sirini ifoda qiluvchi harakatlarning umumiy ifodasi yoki ularning birligidir.
Davlatning jamiyat ichida va xalqaro maydondagi siyosiy yo‘li bir sinfning, ijtimoiy guruhning, millatning va qatlamning manfaatlarini ifoda etish va ximoya qilishdir. Natijada bir sinf, ijtimoiy guruh hokimiyatga egalik qiladi. Ular o‘rtasida o‘ziga xos alohida munosabatlar ya’ni siyosiy munosabatlar, davlat hokimiyati masalalari bilan bog‘liq faoliyat paydo bo‘ladi. Jumladan, SHvetsariyaning qayta ishlash sanoati ishchilari kasaba uyushmalari orqali ayrim tadbirkorlar bilan muzokara olib borib mehnatga soatbay xaq to‘lashning juda katta xajmiga erishganlarida bu iqtisodiy munosabat hisoblanadi. Agar kasaba uyushmalari ishchilar nomidan davlat oldida bu to‘lovchi mamlakatdagi hamma qayta ishlash korxonalariga joriy etish tashabbusi bilan chiqsa, davlat hokimiyatidan foydalanib uni qonunlashtirilsa bu endi siyosiy munosabatlar sohasiga kiradi.
Demak, siyosiy munosabatlar ijtimoiy hayotining barcha sohalarini qamrab oladi, negaki barcha sohalar ijtimoiy boshqaruv va hokimiyat bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi.
Jamiyat siyosiy hayotini aks ettiruvchi tushunchalardan asosiysi, bu – “siyosat” tushunchasidir. Ohirgi o‘n yilliklarda siyosat ko‘proq ijtimoiy sub’ektning boshqa sub’ekt yoki ob’ektlarga nisbatan ongli harakat yo‘nalishi sifatida belgilanmoqda.
Siyosat – xalqaro maydonda keng tarqalgan sermazmun tushunchalardan biri. Hozirda siyosatni aniqlashning o‘nlab bir-biridan farqli bo‘lsada hanuzgacha fanda xilma-xil tasniflari mavjud. Ushbu kategoriyaning umum e’tirof etilgan ta’rifi yo‘q.
Siyosat (grekcha politika) davlat va ijtimoiy ishlar, odamlar, ijtimoiy guruhlar, sinflar, partiyalar, millatlar va davlatlar o‘rtasidagi xukumatli munosabatlar bilan bog‘langan faoliyat sohasidir.
M.Veber ushbu tushunchani aniqlashga urinar ekan, siyosat mustaqil boshqarishga asoslangan faoliyatining barcha turlarini o‘z ichiga olishini ko‘rsatib o‘tadi. Davlatning ichki va tashqi siyosati, banklarning valyuta siyosati, kasaba uyushmalari siyosati, madaniy siyosat, byudjet va korporatsiyalar siyosati haqida shunday gapiriladi. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
Siyosiy hokimiyat sohasi haqida gap ketganda siyosat so‘zi tor ma’noli mohiyatni nazarda tutadi. Ta’kidlash lozimki “Siyosat” so‘zining kelib chiqishi hokimiyatli sohaga qaratilgan: politika grekcha so‘zni anglatib davlatni boshqarish san’ati, davlat va ijtimoiy ishlar ma’nosini anglatadi.
SHuning uchun ham M.Veber siyosatni xoh davlatlar o‘rtasida bo‘lmasin, xoh davlat ichidagi guruhlar o‘rtasida bo‘lmasin hokimiyatni taqsimlashga ta’sir ko‘rsatish sifatida tasniflaydi..
Boshqacha aytganda, siyosat inson faoliyatining o‘ziga xos formasi bo‘lib, uning chegarasida odamlar o‘zlarining hayotiy muammolarini siyosiy hokimiyat mexanizmi yordamida hal etadilar. Siyosat sub’ekti bo‘lib alohida siyosiy etakchilar va oddiy fuqarolar, shuningdek siyosiy elita, partiyalar, tashkilotlar, institutlar, davlat va xalqaro tashkilotlar bo‘lishi mumkin.
Hozirgi zamon jamiyatida muammolarni hal etishda siyosatni etakchi rol o‘ynashi haqida mutafakkirlar o‘zlarining asarlarida bir necha bor ta’kidlaganlar. Fransuz filosofi, sotsiolog va politologi Raymon Aronning ta’kidlashicha, siyosat insoniy faoliyatning boshqa turidan shu jumladan iqtisodiyotdan ustunligi shu bilan izohlanadiki, siyosat inson mavjudligining mazmun mohiyatini tashkil etadi.
SHunday qilib siyosat insoniyat yashashi uchun zarur bo‘lgan muammolarni hal etishda asosiy rolni o‘ynadi. SHuning uchun ham bu tushuncha qanday ilmiy mazmunni o‘z ichiga olishini aniqlash zarur.
Siyosatning normativ yoki mazmuniy o‘lchovi uning maqsad va vazifalariga bog‘liq. Hozirgi zamon demokratik davlatlarida siyosiy fikrlar xilma-xilligi sharoitida siyosiy partiyalar ko‘pincha qarama-qarshi maqsadlarni qo‘zlaydi, qaysiki ixtilofli qarama-qarshi, qo‘pqirrali holatga olib keladi.
Siyosat – bu mavjud bo‘lgan san’atdir – degan so‘zni qachonlardir Bismark payqagan va bu ibora tezda dunyo bo‘ylab qanot bog‘lagan. Haqiqatdan ham siyosat qilishi mumkin bo‘lmagan xolatda san’at siyosatni o‘rnini to‘ldiradi: siyosiy kelishuv san’ati, ustamonlik san’ati deganda o‘z ifodasini topadi.
Amaliyotdagi siyosatchi o‘ylab qo‘yilgan siyosiy yo‘lni hayotga joriy etish uchun nozik sezgi va yuqori maxoratga ega bo‘lish zarur.
Ilmiy adabiyotlarda siyosatning turli jihatlari va uning tarkibiy qismlari ajratiladi. Siyosiy taqsimotining keng bo‘lingan ko‘rinishlari – bu undagi shaklning mazmun va jarayonning chegaralanganligidir.
“Jamiyatning siyosiy tizimi” iborasi siyosiy fanning muhim tushunchasi sifatida XX asrning ikkinchi yarmida qaror topdi. Bu siyosiy jarayonlarda quyidagi sifatiy yangiliklar paydo bo‘lishi bilan bog‘liq: aynan XX asrda davlat siyosiy hukmronlikda o‘zining monopol ahamiyatini (ya’ni yakkahokimlikni) yo‘qotdi va partiyalar, jamoat tashkilotlari, institutsiyalar (tashkiliy hodisalar) va ijtimoiy munosabatlarga muhim ta’sir ko‘rsatuvchi shu kabi tashkilotlar qatori siyosiy tizim elementlarining biriga aylanib qoldi. Aynan ana shu institutsiyalar davlatning fuqarolik jamiyati bilan aloqasini o‘rnatishga va demokratik xarakterdagi hokimiyat vujudga keltirishga imkon berdi. Ijtimoiy hayotning siyosiy jarayonlarga ta’sirining ana shunday kengayishi "jamiyatning siyosiy tizimi" degan umumlashgan yangi tushunchaning paydo bo‘lishiga olib keldi. SHuning uchun hozirgi siyosiy jarayonlarni o‘rganishda nafaqat davlat va davlat hokimiyati organlari tizimini, shu bilan birga siyosiy jarayonlarda qatnashuvchi va siyosiy qarorlar qabul qilinishida ishtirok etuvchi barcha ijtimoiy-siyosiy institutsiyalarni ko‘rib chiqish kerak.
T.Parsons o‘zining ijtimoiy tizimlar nazariyasida jamiyatdagi ma’naviy, iqtisodiy va siyosiy tizimlarni ajratib ko‘rsatdi. Uning fikricha, iqtisodiy tizim jamiyatning tovarlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qilsa, ma’naviy tizim ijtimoiy me’yorlar yordamida jamiyat hayotini tartibga solishga xizmat qiladi. Siyosiy tizim esa, T.Parsonsning fikricha, jamiyatni umumiy maqsadlar sari safarbar etishga, birlashtirishga xizmat qiladi.
Amerikalik olimlar Devid Iston va Gabriel Almond siyosiy tizim nazariyasining asoschilari hisoblanadi. D.Iston “Siyosiy tizim” (1953), “Siyosiy tahlil chegarasi” (1965), “Siyosiy hayotning tizimiy tahlili” (1965) asarlari bilan siyosiy tizim nazariyasiga asos soldi. Uning ta’biricha, siyosiy tizim o‘zini o‘zi boshqaruvchi va taraqqiy etuvchi yaxlitlik bo‘lib, tashqaridan keladigan impulslarga javob beradi. Bu tizim ko‘p bo‘laklardan iborat bo‘lib, muayyan chegaralarga ega. Siyosiy tizimning kirish joyi bor, unga tashqaridan impulslar — ya’ni talab va tayanch etib keladi. Tizimning chiqish joyidan siyosiy qarorlar o‘rin oladi va ular yordamida siyosiy harakatlar amalga oshiriladi.
Siyosiy fan taraqqiyoti davomida siyosiy tizimlar nazariyasi rivojlantirilib, D.Iston modelining ayrim kamchiliklari tuzatildi. D.Iston nazariyasiga ko‘ra, siyosiy tizim unga kelib tushadigan talablarga javoban faoliyat yuritadi. Umuman olganda, bu — to‘g‘ri, biroq masalaga bunday yondashish natijasida siyosiy tizimning mustaqilligi hisobga olinmaydi. Hukumat fuqarolarning manfaat va istaklariga bog‘liq bo‘lmagan ko‘pgina masalalarni ham hal qiladi. Bunday yondashuv asosida hukumatning urush boshlash (masalan, Afg‘onistonga sovet qo‘shinlarini kiritish), soliqlarni oshirish bilan bog‘liq qarorlarni tushuntirish qiyin. SHu bois, siyosiy fanda D.Iston modelini ichki kirish joylari bilan to‘ldirish g‘oyasi paydo bo‘ldi, bu kirish joyiga siyosiy elitadan impulslar kelishi ta’kidlandi.
Siyosiy tizim atrof-muhitdan muayyan chegaralar bilan ajratilgan, uning chegaralari ancha harakatchan. Siyosiy tizim chegaralari fuqarolarning siyosatdagi ixtiyoriy ishtiroki hisobiga kengayib boradi. Siyosiy tizim tarkibida institutsional, me’yoriy, kommunikativ, madaniy va funksional tizimlarni ajratish mumkin. Institutsional tizim siyosiy institutlardan tashkil topgan. O‘zida katta hajmdagi siyosiy hokimiyat to‘plagan asosiy siyosiy institut — davlatdir. Siyosiy tizimda siyosiy partiyalar, ijtimoiy-siyosiy harakatlar, jamoat tashkilotlari, jumladan, kasaba uyushmalari alohida o‘rin egallaydi. O‘z tabiatiga ko‘ra, siyosiy bo‘lmagan ijtimoiy institutlar — ommaviy axborot vositalari va diniy tashkilotlar ham siyosiy tizimda muhim o‘rin tutadi.
Me’yoriy tizim siyosiy hayotni tartibga soluvchi turli me’yorlar — huquqiy normalar, axloqiy me’yorlar, siyosiy an’analardan tashkil topgan. Kommunikativ tizim siyosiy tizim ichi va tashqarisidagi barcha aloqa shakllari, o‘zaro ta’sir va muloqotlarni (masalan, siyosiy partiyalar bilan hukumat munosabatlarini, siyosiy tizim bilan iqtisodiy tizimning o‘zaro ta’sirini, bir davlat siyosiy tizimi bilan boshqa davlat siyosiy tizimi o‘rtasidagi munosabatlarni) o‘ziga qamrab oladi. Madaniy tizim siyosiy qadriyatlar, milliy mentalitet, siyosiy xulq andozalari, mafkura va jamoatchilik fikridan iborat. Funksional tizim siyosiy hokimiyatni amalga oshirish usul va vositalarida namoyon bo‘ladi hamda “siyosiy tartibot” tushunchasida o‘zining umumlashgan ifodasini topadi.
G.Almond “Rivojlanayotgan hududlar siyosati” kitobida siyosiy tizimning kirish va chiqish joyi bilan bog‘liq vazifalarni farqlaydi. Bular: siyosiy ijtimoiylashuv, manfaatlarni ifoda etish (artikulyasiya), manfaatlarni talab va dasturlar shakliga keltirish (agregatsiya)dan iborat. Me’yorlar ishlab chiqish, qonunlar ijrosini amalga oshirish, ular ijrosini nazorat qilish kabi vazifalar esa siyosiy tizimning chiqish joyi bilan bog‘lanadi. Siyosiy tizim o‘z vazifalarini samarali bajarganidagina fuqarolar tomonidan uning qo‘llab-quvvatlanishi kuchayadi.
Siyosiy tizimlarning tabiatiga qator omillar ta’sir ko‘rsatadi: madaniyat, tarixiy an’analar, iqtisodiy rivojlanish, fuqarolik jamiyatining etukligi va hokazo. Siyosiy tizimning atrof-muhit bilan o‘zaro ta’sirida ushbu omillardan qaysi biri ustuvorlik qilishiga qarab siyosiy tizimlar turkumlarga ajratiladi. Tashqi muhit bilan o‘zaro munosabatlariga ko‘ra, ochiq siyosiy tizimlar va yopiq siyosiy tizimlar farqlanadi. Ochiq siyosiy tizimlar atrof-muhit, tashqi dunyo bilan keng aloqa qiladigan tizim bo‘lsa, yopiq siyosiy tizimlarning tashqi dunyo bilan muloqoti minimumga etkazilgan bo‘ladi.
YAna bir turkumlashga ko‘ra, siyosiy tizimlar an’anaviy va zamonaviy tizimlarga ajratiladi. An’anaviy siyosiy tizimlarda fuqarolik jamiyati rivojlanmagan va siyosiy rollar zaif taqsimlangan bo‘ladi. Zamonaviy siyosiy tizimlarda rivojlangan fuqarolik jamiyati mavjud, siyosiy rollar aniq taqsimlangan bo‘ladi. J.Blondel siyosiy tizimlarni besh kategoriyaga bo‘ladi. Liberal-demokratik siyosiy tizimlar siyosiy qarorlar qabul qilishda liberalizmga asoslanadigan bo‘lsa, radikal-avtoritar yoki kommunistik tizimlar ijtimoiy boyliklarni taqsimlashda tenglikka asoslanadi. An’anaviy siyosiy tizim oligarxiyaning hukmronligi va ijtimoiy adolatsizlikning himoya qilinishi bilan ajralib turadi. Populistik tizimlar avtoritar vositalar yordamida moddiy boyliklarni adolatli taqsimlashga intiladi va shu bois xalq tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Avtoritar-konservativ tizimlarda mavjud tengsizlikni saqlab qolishga harakat qilinadi va siyosiy ishtirokni kengaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Siyosiy madaniyatni e’tiborga olgan holda G.Almond siyosiy tizimlarning to‘rt turini farqlaydi: inglizcha-amerikacha, kontinental-Yevropacha, qisman sanoatlashgan va totalitar siyosiy tizimlar. Inglizcha-amerikacha siyosiy tizimda shaxs erkinligi, farovonlik, xavfsizlik va mulk kabi liberal qadriyatlar ustun turadi. Bu tizimda siyosiy rollar aniq taqsimlangan bo‘lib, manfaatlarni ifoda etuvchi ko‘p sonli institutlar tizimi rivojlangan. SHu bois bunday tizimlarda ehtiyojlarni qondirish darajasi yuqori bo‘lib, shuning hisobiga barqarorlik ta’minlanadi. Kontinental-Yevropacha siyosiy tizimda siyosiy madaniyat bo‘laklarga ajralgan bo‘lib, bir-biridan farq qiluvchi madaniy tizimlar mavjud bo‘ladi. Bunday siyosiy tizimlarda zamonaviy madaniyatlar bilan an’anaviy madaniyatlarning aralashmasini ko‘rish mumkin. Qisman sanoatlashgan siyosiy tizimda majburlash darajasi yuqoriroq. Bir-biridan keskin farq qiluvchi siyosiy yo‘nalishlar, oqimlarning mavjudligi va ularni kelishtirishdagi qiyinchiliklar zo‘rlash vositalaridan foydalanish zaruratini tug‘diradi. Bunday tizimlarda siyosiy tuzilmalar va ularning vazifalari aniq chegaralanmagan, shu bois ijroiya organlar qonun chiqaruvchi idoralarning vazifalarini o‘zlashtirib olishlari mumkin. Totalitar siyosiy tizimda tobelik siyosiy madaniyati ustunligi bois siyosiy qadriyatlar va siyosiy xulq andozalari hokimiyat egalari tomonidan, ya’ni “yuqori”dan tushiriladi. Bunday tizimda siyosiy havaskorlik va ixtiyoriy tashkilotlar tuzish taqiqlanadi. Siyosiy faollikning majburiy shakli ustun turadi. Hokimiyat egalari inson hayotining barcha jabhalarini nazorat qiladi.
Barqarorlik va o‘zgarishlarga moyilligi jihatidan konservativ hamda o‘zgaruvchan siyosiy tizimlar farqlanadi. Konservativ siyosiy tizim mavjud tartibni saqlaydigan va uni qo‘llab-quvvatlaydigan tizim bo‘lsa, o‘zgaruvchan siyosiy tizimlar ijtimoiy yangilanishga, o‘zgarishlarni amalga oshirishga, islohotlar o‘tkazishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. O‘zgaruvchan siyosiy tizimlarni ham ikkiga ajratish mumkin: reaksionsiyosiy tizimlar — siyosiy hayotning qo‘hna va o‘tmishdagi andozalariga qaytishga qaratilgan bo‘lsa, progressiv siyosiy tizimlar — yangi tipdagi jamiyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan. Siyosiy tizimlarning ko‘plab turlari mavjudligi siyosiy hayotning rang-barang va serqirra ekanligidan dalolat beradi. Alohida mamlakatlardagi mavjud siyosiy tizimni turli ko‘rsatkich va omillar yordamida tavsiflash, tahlil qilish, baholash mumkin.
Turli jamiyatlardagi siyosiy xayot shakllarining rivojlanganligiga ko‘ra quyidagi siyosiy tizimlar tiplari o‘zaro farqlanadi:
1. Demokratik siyosiy tizim.
2. Avtoritar siyosiy tizim.
3. Totalitar siyosiy tizim.
Xalq xokimiyatchiligi, demokratik maqsadlar va ideallarni amalga oshirish uchun real istiqboli ko‘proq barqaror bo‘lgan siyosiy tizim turi — demokratiyadir. Demokratik siyosiy tizimning asosiy xususiyatlari:
— fuqarolarning siyosatga keng jalb etilganligi, ular xuquqlari va erkinliklarining kafolatlanganligi, xayotdarajasining yuqoriligi, rivojlangan o‘rta tabaqaning muxim roli;
— xokimiyatni amalga oshirishda xokimiyat institutlari va shaxslarning keng ishtiroki, siyosiy qatnashuvning o‘zaro musobaqa, raxbarlikning esa ko‘ppartiyaviylik shaklida tashkil etilganligi;
— xalq xoxish-irodasining parlament shaklida ifoda etilishi, qonun chiqaruvchi organlarning saylovlar asosida shakllantirilganligi;
— demokratik siyosiy madaniyat;
— davlatni boshqarishda qatnashishda fuqarolar xuquqlarining tengligi;
— xukmron va muxolif siyosiy partiyalarning mavjudligi;
— partiyalarning legal kurashi sharoitida shakllanadigan umumdavlat vakillik organi — parlamentning mavjudligi;
— partiyalarning saylovlardagi legal kurashi natijasiga ko‘ra xukumatning shakllanishi.
Demokratik siyosiy tizimning asosiy mezoni boshqaruvning demokratik shaklda ekanligidir. Boshqaruvning demokratik shakliga salbiy baho beruvchi siyosatchilar va faylasuflar ham bo‘lgan. Buyuk Britaniyalik taniqli siyosatchi va davlat arbobi U.CHerchill qachonlardir shunday degan edi, ya’ni, demokratik davlat hali mukammallikdan yiroq, biroq insoniyat bundan yaxshiroq narsa o‘ylab topa olgani yo‘q.
Demokratiya faqatgina ko‘pchilikning hohish-irodasini ifoda etmasdan, balki xalq o‘zining saylanuvchilari orqali o‘z huquqlarini oqilona qonunchilik asosida qaror toptiradi hamda bunga halqning ham bo‘ysunishi nazarda tutiladi. Va yana ozchilik ham ovoz huquqiga ega bo‘lishi va bu huquq ko‘pchilik tomonidan tinglanishi lozim bo‘ladi. Amerikalik faylasuf Dyui shunday yozadi: “Boshqaruvning demokratik shaklini, umumxalq saylov huquqini, ko‘p ovoz to‘plash yo‘li bilan qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlarni yuzaga keltirgan o‘sha kuchlar boshqaruvni haqqoniy va do‘stona boshqariladigan jamiyatga aylantirishga ehtiyoj sezayotgan ijtimoiy-gumanitar ideallarning yuzaga kelishiga halaqit beradigan shart-sharoitlarni yaratdilar. “Inson munosabatlarining yangi asriga” kerakli institutsional ta’minot etishmaydi. Demokratik jamiyat hali ham tarqoq va ibtidoiy holatda turibdi”10. SHunday ekan, yuqorida sanab o‘tilgan demokratiya belgilari kompleks birlikda va etarli shart-sharoitlar yaratilgandagina davlat rejimi bo‘lib hizmat qiladi.
Demokratiyaning ijobiy va salbiy jihatlarini mufassal ko‘rib chiqib, rus faylasufi I.A.Gobozov shunday fikrni ilgari suradi, ya’ni “zamonaviy demokratiya o‘zi ovoza qilgan maqsad va prinsiplardan juda uzoq... Zamonaviy demokratiya tubdan qayta qurishga muhtoj”11. Haqiqiy siyosiy demokratiya qanday bo‘lishi kerak? Ayrim faylasuflar siyosiy demokratiya va uning qirralari haqidagi tasavvurni shunga yo‘naltiradilar: amaldorlarlarni umumhalq ovoz berish yo‘li bilan saylash, ular hokimiyatda qisqa vaqt bo‘lishligi va tez-tez saylov o‘tkazish. “Agar u yoki bu davlat amaldorini amalda hokimiyat tepasida turishi hamda ularning hizmatlari uchun qanday mukofot olishi fuqarolarga bog‘liq bo‘lganida, - deydi D.Dyui, - amaldorlarning shaxsiy manfaatlari umumhalq manfaatlariga muvofiq kelib, hech bo‘lmaganda, shaxsiy mehnatsevarligi bilan ajralib turar edi. Ko‘pchilikning ovozi bilan saylanayotgan amaldorlar, o‘zlarining bu amalga saylanishi aholining manfaatlarini qanchalik oqilona va adolatli himoya qilishiga bog‘liq ekanligini his qiladilar. Amal kursisida qisqa vaqt faoliyat ko‘rsatish va tez-tez o‘tkaziladigan saylovlar amaldorlarning doimiy hisobotini ta’minlaydi va saylov uchastkalarining ochilish kuni ular uchun sud kuni bo‘lib tuyuladi. Bunday kun olidagi qo‘rquv ularni doimiy o‘z-o‘zini nazorat qilishga majbur qiladi”12. Demokratik rejim strukturasi va uning eng yaxshi shakllari masalalari bizning zamonamizda rus faylasuflari tomonidan ham muhokama qilingan (masalan, V. F. Xalipov, I. A. Gobozov, V. I. SHamshurin ishlarida).
Avtoritar tipdagi siyosiy tizimlar esa siyosiy muxolifatga yo‘l qo‘ymaydigan, biroq, shaxs va jamiyatning nosiyosiy soxalardagi avtonomligini saqlab qoluvchi, bir shaxs yoki shaxslar guruxining cheklanmagan xokimiyati sifatida ajralib turadi. Bunday tizimlarning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
— xokimiyatni bir shaxs yoki kichik bir gurux qo‘lida to‘planganligi;
— xokimiyatning cheklanmaganligi, fuqarolar tomonidan nazorat qilina olmasligi, xokimiyat qonunlar asosida ish ko‘rishi mumkin, ammo bu qonunlar xokimiyat extiyojlariga ko‘ra qabul qilinadi;
— kuchga suyanish. Avtoritar tuzum xalq tomonidan quvvatlanishi, repressiyalar, zo‘rlik ishlatilmasligi mumkin. Ammo u etarli kuchga ega bo‘lib, istalgan vaqtda itoat va tartib o‘rnatish layoqatiga ega;
— xokimiyat va siyosat soxasida yakka xukmronlikning o‘rnatilishi, amalda muxolifat va raqobatga yo‘l qo‘ymaslik. Avtoritarizm sharoitida bir qancha partiyalar, kasaba uyushmalari va boshqa jamoat tashkilotlari mavjud bo‘lishi mumkin. Lekin ular xokimiyat nazoratida bo‘ladilar. Ba’zan muxolifatning yo‘qligi jamiyatning bunga tayyor emasligi, ijtimoiy extiyojning etilmaganligi bilan xam izoxlanadi;
— jamiyatning siyosatdan boshqa soxalariga kam aralashishi. Xokimiyat birinchi navbatda o‘z xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini o‘rnatish, mudofaa, tashqi siyosat bilan shug‘ullanadi. SHu bilan bir qatorda u bozorning o‘z-o‘zini tartibga solish mexanizmini buzmagan xolda iqtisodiy rivojlanish strategiyasiga ta’sir etishi, kuchli ijtimoiy siyosat olib borishi xam mumkin;
— siyosiy elitaning raqobatli saylovlar jarayonida emas, yuqoridan tayinlash yo‘li bilan shakllantirishi;
— muxolif matbuot, muxolif partiyalarning taqiqlanishi, fuqarolar demokratik xuquq va erkinliklarining tugatilganligi yoki cheklanganligi;
— davlat organlarida saylovning cheklanishi va parlamentning ikkinchi xarajali organga aylanib qolishi;
— xukmron partiyaning davlat apparati bilan qo‘shilib ketishi;
— avtoritar xokimiyat o‘zini cheklovchi mexanizmlarga ega.
Mulkchilikning turli shakllari mavjudligi, ijti­moiy soxada ijtimoiy bir xillikning yo‘qligi, sinf va qatlamlarning muxolifat sifatida yo‘q qilinmasligi, mafkura soxasida turli qarashlar va nuqtai nazarlarning cheklangan va yashirin xolda mavjud bo‘lishi, an’analar avtoritar siyosiy tizimning asosiy cheklovlaridir.
Totalitar turdagi siyosiy rejimlar davlatning jamiyat xayotining barcha soxalarida to‘la (total) nazorati o‘rnatilganligi bilan ajralib turadi yoki xarakterlanadi. Totalitar siyosiy rejimlarning asosiy xususiyatlari quyidagilardir:
— butun jamiyat xayotining mafkuraga bo‘ysundirilishi, xukmron mafkuraga absolyut xaqiqat maqomi berilishi. Mazmuniga ko‘ra totalitar mafkura inqilobiy bo‘lib, ishchilar sinfi yoki oriylar irqining ustunligi to‘g‘risidagi ijtimoiy afsonalarga tayanadi (kommunizm, fashizm, natsional-sotsializm);
— axborot manbalarining to‘laligicha xokimiyat qo‘lida to‘planishi. Ijtimoiy fikr yo‘qotilib, axolining siyosiy madaniyati siyosiy axborotlardan xabardorlik bilan almashinadi. Kishilar ongida yarashish mumkin bo‘lmagan dushman obrazini yaratish kuchaytiriladi, g‘oyaviy muxoliflar dushman sifatida baxolanadi;
— davlat mavqeining kuchayib, xar qanday shaxsiy xayotni bartaraf etishga intilish. Totalitarizmning asl maqsadi — fuqarolik jamiyatining xar qanday ko‘rinishlarini yo‘q qilishdir. Inson siyosatdan mutlaqo begonalashganligiga qaramay, siyosat sub’ekta sifatida baxolanaveradi;
— yagona xukmron partiyaning davlat apparati bilan qo‘shilib ketishi natijasida vujudga kelgan partiya nomenklaturasining jamiyatni boshqarishi;
— fuqarolar xuquq va erkinliklarining maksimal darajada kamsitilishi;
— ijtimoiy nazorat va zo‘rlik apparatining kuchayishi, markazlashgan iqtisodiyot, mulkchilikda davlat mulkining ustunligi;
— xokimiyatning barcha xarajalarda nomenklaturaning yopiq kanallari orqali shakllantirilishi;
— xokimiyat bo‘linishi prinsipining amalda bekor qilinganligi.
O‘zining shaxsiy sajribasida totalitarizmning u yoki bu aspektidagi siyosiy qarashlarni tahlil qilgan bir nechta olimlarning fikrlarini keltiramiz. I. A. Ilin, “Totalitar rejim haqida” (1949) asarida: “Bu shunday siyosiy tuzumki, fuqarolar hayotini cheksiz qamrab olib, ularning barcha faoliyatlarini zo‘rlik bilan boshqaradi va tartibga soladi. “Totus” so‘zi lotinchadan “yalpi”, “butunlay” degan ma’noni bildiradi. Totalitar davlat barcha jabhani qamrab olgan davlatdir. U shunga tayanadiki, fuqarolarning tashabbuskorligi kerak emas va hatto zararli, fuqarolarning erkinligi esa havfli va unga toqat qilib bo‘lmaydi. YAgona hokimiyat markazi mavjud. U hamma narsani oldindan bilishni, rejalashtirishni va boshqarishni hoxlaydi. Odatiy huquqiy bilimlardan ma’lum: barcha ta’qiqlanmagan narsalar – mumkin; totalitar rejimlar uchun boshqa hususiyat hos: nima mumkin bo‘lmasa – ta’qiqlangan. Odatiy davlat deydi: senda shaxsiy mnfaatlaring uchun shaxsiy manfaatlar sohasi bor, bunda sen erkinsan. Totalitar davlat aytadi: faqatgina davlat manfaati mavjud va sen unga bog‘liqsan. Odatiy davlat ruxsat beradi: o‘zing fikrla, erkin e’tiqod qil, o‘z ichki dunyoingni o‘zing hoxlagancha qur. Totalitar davlat talab qiladi: aytilganday fikrla, umuman e’tiqod qilma, o‘z ichki dunyoingni ko‘rsatma bo‘yicha qur. Umuman aytganda, bu erda (totalitar davlatda) boshqaruv har tomonlama qamrab oluvchi, inson har jihatdan qaram. Erkinlik jinoyat va jazoga loyiq sifatida baholanmoqda. Bulardan kelib chiqadiki, totalitarizmning mohiyati faqatgina davlat tuzilishining alohida shaklida emas (demokratik, respublika, avtoritar), boshqaruvning qamrovi tomonidan, bu qamrov hamma narsani o‘rab olishi bilan farq qiladi. Biroq bunday qamrab oluvchi boshqaruv faqatgina yakkahokimlik, yakkapartiyaviylik, ish o‘rinlari monopoliyasi, barcha joyga qo‘li etadigan taftish, o‘zaro chaqimchilik va tuxmat, shafqatsiz terrorga asoslangan ashaddiy diktatura holidagina namoyon bo‘ladi. Boshqaruvning bunday tashkil qilinishi davlat shakliga hoxlagan ko‘rinish: sovet, federativ, saylanuvchi, respublika yoki boshqacha tus berishi mumkin. Davlat shakli emas, balki barcha narsani: shaxar va qishloq erto‘lalarining har bir burchagigacha, shaxsiy qalb, ilmiy laboratoriya, bastakor fantaziyasi, shoirning ilxomi, kasalxona, kutubxona, gazetalar, baliqchining qayig‘i va cherkov ibodatxonasigacha qamrab olishni ta’minlagan tashkiliy boshqaruv shakli muhim. Bu degani, totalitar tuzum asosiy qonunlar bilan emas, balki partiya buyruqlari, ko‘rsatmalari va dasturlariga tayanib faoliyat ko‘rsatadi. Mavjud qonunlar ham butunlay partiya ko‘rsatmalariga bo‘ysunadi. CHunki davlat organlari partiya diktaturasi ko‘rsatmasi bilan faoliyat yuritadi. Hali “fuqarolar” mavjud ekan ular majburiyatlar sub’ekti, buyruqlar ob’ekti, boshqacha qilib aytganda ishchi mashinalar, qo‘rquv va tobe’likka majbur bo‘lgan sub’ektlar majmuasidir. Bu shunday tuzumki, na huquq sub’ektlari, na qonunlar, na huquqiy davlat bor. Bu erda fikrlash huquqi psixik mexanizmlar: qo‘rquv, ochlik, kamsitish, qiynoqlar bilan almashtirilgan. Ijodiy mehnat ham qullarcha majbur qilinayotgan psixofiziologik mexnat shakli bilan almashtirilgan. SHuning uchun totalitar rejim na huquqiy, na davlat rejimidir. U butunlay hayvoniy va quldorlik mexanizmlari, “tana-jon”, mehnat nazoratchilarining tahdidli buyruqbozliklari va ularga uqtirilgan majburiy ko‘rsatmalarga asoslanadi... Mana shular quldorlik diktaturasining ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan mohiyatidir...”13.
Nemis-amerika faylasufi va siyosatchisi Xanna Arendtning “Totalitarizm manbalari” (1951) kitobida an’anaviy despotizm va totalitarizmning farqli hihatlari, totalitar rejimlarning ijtimoiy sabablari o‘rganilib, ularning tub mohiyati ko‘rsatiladi. XX asrda totalitarizmga bevosita turtki bergan holatlardan biri, Arendt bo‘yicha, omma fenomenining yuzaga kelishidir. Omma umumiy manfaatlarni oqilona tushunmaydi, balki “salbiy o‘z-o‘zini anglash” (“dahshatli salbiy hamjihatlik”)ga asoslanadi. Sinflar o‘rtasidagi qo‘riqchi devorning qulashi, deb yozadi X.Arendt, barcha partiyalar ortida turgan mudrab yotgan ko‘pchilikni juda yirik, tashkillashmagan, biror tartibga ega bo‘lmagan, g‘azabnok ommaga aylantiradi. Ular muxoliflari keltirgan dallillarni inkor qilib o‘tirishga muhtoj emas va o‘z-o‘zidan o‘lim bilan tugaydigan metodlarni, qayta ishontirishdan ko‘ra terrorni ma’qul ko‘rishadi. X.Arendt yana shuni ta’kidlaydiki, totalitar inson atomlashtirilgan, begonalashtirilgan individ. Total mafkuraviy manipulyasiyalar va kuch ishlatish yo‘li bilan ijtimoiy jamoalarga jipslashtiriluvchi omma vakilidir. X.Arendt totalitarizmning ideal modeli sifatida natsistlar lagerini ko‘rsatadi. Unda insonda o‘zini tutishning normal sabablari buziladi. YAxshi va yomon o‘rtasidagi ahloqiy chegara yo‘qoladi, so‘ngra turli qiynoqlar natijasida normal psixik va psixofiziologik reaksiyalar buziladi. Demak, X.Arendt fikricha, siyosiy rejim jamiyatning ma’naviy-ahloqiy holatini belgilashda ham asosiy shart-sharoit hisoblanadi.
Fransuz faylasufi va sotsiologi R.K.Aron 1993 yilda rus tilida nashr etilgan “Demokratiya va totalitarizm” kitobida totalitarizmning boshqa belgilari bilan bir qatorda mafkuraviy terror jihatiga alohida to‘htaladi. “Har qanday faoliyatning davlat va mafkuraga bo‘ysunish sababi, - deb yozadi u, - kasbiy sohadagi har qanday hatoliklar mafkuraviy hatoliklarga aylanadi, natijada alohida insonning yo‘l qo‘ygan hatolariga siyosiy va mafkuraviy tus beriladi, ohir oqibatda bir yo‘la siyosiy va mafkuraviy terror amalga oshiriladi”14. Aron bo‘yicha bu hususiyat totalitarizmning siyosiy faoliyatga monopol bo‘lgan birgina partiya faoliyati bilan uzviy bog‘liq. Totalitarizmda uning barcha belgilari bir-biri bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. “Totalitarizmni aniqlashda, - deb yozadi Aron, - partiyaning mutlaq o‘rnini hamda davlatlashtirilgan xo‘jalik faoliyatini va mafkuraviy terrorni hisobga olish lozim. Biroq bu holat shunda tugallangan ko‘rinish oladiki, qachon bu hususiyatlar birlashsa va butunlay bo‘rtib chiqsa”15.
Totalitarizmning siyosiy rejim ko‘rinishidagi umumiy xarakteristikasini yuqorida ko‘rib o‘tdik. Bu rejim haqidagi aniq misollar P.V.Alekseev, A. V. Paninlarning “Falsafa” kitobida (P. V. Alekseev, A. V. Panin. “Filosofiya”. 2-e izd. M., 1999; 3-e izd. M., 2001) keltirilgan.
Biz bilamizki, XX asrda ko‘plab totalitar rejimlar yuzaga keldi: Italiyada B.Mussolini (1922-1943) diktaturasi, Germaniyada 30-40-yillardagi Gitler fashizmi, SSSR da 30-50-yillar boshlarida Stalin diktaturasi, Xitoyda “madaniy inqilob” deb nomlangan davrdagi mafkuraviy terror, Kambodjadagi Pol-Pot diktaturasi, CHilidagi Pinochet totalitarzmi va boshqalar.Totalitarizm ijtimoiy turg‘unlik va regressiya, fuqarolar passivligini paydo qilishini, davlat va partiya apparatini degradatsiyaga, ma’naviy aynishga olib borishini yuqorida qayd etilgan mamlakatlar tarixi yaqqol isbotladi.
O‘tish xolatidagi jamiyatlarda (totalitarizm yoki avtoritarizmdan demokratiyaga yoki aksincha) o‘tish davri siyosiy tizimlari shakllanadi. Bunday siyosiy tizimlar siyosiy institutlarning zaifligi bilan, oxlokratiya, ya’ni olomon xokimiyati xavfi namoyon bo‘lishi bilan, siyosiy xis-tuyg‘ularning jilovlanmaganligi bilan, ijtimoiy guruxlarning o‘z g‘oyaviy-siyosiy yo‘llarini yo‘qotganliklari (yo‘qotishlari) va boshqa xolatlar bilan ajralib turadi.
Ayrim siyosatshunoslar siyosiy tizimlarni ulardagi markazlashuv darajasi, xurfikrlilik, plyuralizm va siyosiy xayotning demokratlashganligi darajasiga ko‘ra sifatlab, quyidagi tiplarga ajratadilar:
1. Marksistik siyosiy tizimlar (siyosiy tizimlarni bir-biriga keskin qarama-qarshi qo‘yadi).
2. Demokratik siyosiy tizimlar (fuqarolarning xokimiyat ustidan nazoratini ta’minlovchi mexanizm mavjud bo‘ladi).
3. Modernizatsiyalashgan siyosiy tizimlar (rivojlangan fuqarolik jamiyati, xokimiyat asoslanganligining ratsional usuli mavjud bo‘ladi).
4. An’anaviy siyosiy tizimlar (siyosiy an’analarga sodiqlik, xokimiyatning monarxiya shakli va x.q).
5. O‘tish davri siyosiy tizimlari (bunday tizim negizida rivojlanmagan fuqarolik jamiyati, siyosiy rollarning zaif tabaqalashtirilganligi, xokimiyatning xarizmatik usulda asoslanganligi, siyosiy institutlarning zaif rivojlanganligi yotadi).
SHunday qilib, jamiyatning siyosiy tizimini muntazam ravishda takomillashtirib borish fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy sharti bo‘lib, murakkab va ko‘p qirrali bu mexanizmning samarali faoliyat ko‘rsatishidan jamiyat, undagi xar bir ijtimoiy gurux va individ manfaatdordir.
Siyosiy tizim va uning asosiy elementlari, siyosiy tizimlar tipologiyasi masalalari siyosat xodisasi bilan mantiqan bog‘liqdir. CHunki siyosiy tizim siyosiy faoliyatning barcha turlarini va soxalarini o‘z ichiga qamrab oladi.
Siyosiy tizim jamiyatda siyosat, xokimiyat va boshqaruvni shakllantirish xamda amalda ruyobga chiqarish bilan bog‘liq munosabatlar, xarakatlar, tashkilotlar yig‘indisidan iborat.
Siyosiy tizim jamiyatning boshqa tizimlaridan farq qiladi va bu farq quyidagilarda ifodalanadi:
1. Siyosiy tizim doirasida qabul qilinadigan qarorlar butun jamiyat uchun majburiydir.
2. Siyosiy tizim ijtimoiy muxit va avvalo jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmasi bilan uzviy bog‘liqdir.
3. Siyosiy tizim jamiyatning boshqa tizimlariga nisbatan mustaqildir.
Siyosiy tizim jamiyatning maqsad va vazifalarini aniqlovchi, uning imkoniyatlarini amalga oshirishga safarbar qiluvchi mexanizmdir.
Demak, siyosiy tizim deganda siyosiy xokimiyatni shakllantiruvchi va amalga oshiruvchi vositalari bo‘lgan davlat tashkilotlari va munosabatlar yig‘indisi tushuniladi.
Siyosiy tizim barqarorligini ta’minlash uchun siyosiy xayot ishtirokchilari manfaatlarini, ular o‘rtasida vujudga keladigan ziddiyatlarni xisobga olish zarur. Buning uchun esa jamiyatdagi mavjud ijtimoiy qatlamlar, guruxlar, kuchlar, shuningdek, tashkilotlar va xarakatlarning manfaatlarini muvofiqdashtirish lozim. Bu vazifani O‘zbekistondagi isloxotlar sharoitida siyosiy tizimning asosiy elementi xamda bosh isloxotchi bo‘lmish davlat bajarmoqda.
Demak siyosiy tizimning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
— jamiyatning maqsad va vazifalarini aniqlash;
— imkoniyatlarni safarbar qilish;
— jamiyat tizimi barcha elementlarini birlashtirish;
— legitimlikka, xaqiqiy siyosiy xayotning zarur darajasiga rasmiy-siyosiy va xuquqiy normalar orqali erishish.
Siyosiy rejim. Siyosiy tizim moxiyatini chuqurroq bilib olish uchun „siyosiy rejim” (siyosiy tartibot) tushunchasi mazmunini bilib olish juda muxim. Garchi, fransuz siyosatshunosi N. Dyuverje „siyosiy tizim” va „siyosiy rejim” tushunchalarini sinonimlar deb xisoblasa-da, bu ikki tushuncha o‘rtasida muayyan farq mavjud. CHunki siyosiy tizim tushunchasi kengroq va siyosiy rejim uning ayrim jixatlarini ochib beradigan bir ko‘rinishidir. “Siyosiy rejim” tushunchasi orqali xokimiyatga egalik qilishning u yoki bu shakli, davlat va siyosiy tizimning amal qilishi anglashiladi.
Siyosiy rejim belgilari sifatida siyosiy etakchilik uchun kurash tabiatini (ochiq, yopiq), xalqning siyosiy xayotga jalb etilganligini, xalqning siyosatdan chetlatilganligi yoki unga siyosatga ta’sir etish imkonining berilganligini, siyosiy raxbariyat qanday qadriyatlarga suyanishi (konservatizm, reformizm, revolyusionizm va xokazolar) ni sanab o‘tish mumkin. YUqoridagi belgilarga ko‘ra siyosiy rejimlar totalitar, avtoritar, demokratik rejimlarga bo‘linadi.
Amalda birorta siyosiy rejim sof xolda uchramaydi. SHuningdek, siyosiy rejimlar rivojlanish xususiyatiga ega bo‘lib, demokratiya avtoritarizm yoki totalitarizmga, avtoritarizm demokratiyaga o‘sib o‘tishi mumkin. Quyida totalitar va avtoritar rejimlar to‘g‘risida qisqacha muloxaza yuritamiz.
Totalitarizm (lot. „totalitas" — to‘liq, butunlik) — g‘oyalar, fikrlar, nuqtai nazar sifatida juda qadimiy ildizlarga ega. Aflotun, T. Mor, T. Kampanella, G. Babef, Sen-Simon, J. J. Russo davlatning totalitar modellariniishlab chiqishgan. Fixte, Gegel, Marks, Nitsshe, Lenin va boshqalar asarlarida bu g‘oyalar rivojlantirilganligi ma’lum. Mazmunidagi farqlarga qaramay, totalitar konsepsiyalar umumiy mantiqqa egalar. Avvalo, ularning asosida utopiyalarni siyosiylashtirish yotadi. Utopiyalar tugal ishlab chiqilgan yopiq siyosiy tizim bo‘lgani uchun ziddiyatlar, xarakatlar, o‘zgarishlarga o‘rin qoldirmaydi. SHuning uchun xam utopiyalar doimo totalitar ruxdadir. Totalitar utopiya absolyut xaqiqat bilan tenglashtiriladi va boshqa xar qanday qarashlar, nazariyalar dushman yoki xato deb baxolanadi. Pirovardida totalitarizm dogma sifatida o‘zining inqirozini xam o‘zi tayyorlaydi.
Avtoritarizm (lot. „auctoritas" to‘la xokimiyat) — ustunlik va irodani ko‘pchilikka o‘tkazishga asoslangan xar qanday ijtimoiy-siyosiy rejimdir. Avtoritarizmning shakllari absolyut monarxiya, diktatura, posttotalitar rejimlardir. Avtoritar raxbarlar qo‘rqitish, kirg‘in, zo‘rlikni qurol qilib olishlari xamda ommaning ishonchini qozonishga, qonunga suyanishga va boshqa vositalarga, xam murojaat qilishlari mumkin. Tarixdagi barcha avtoritar rejimlar xukmronlikning an’anaviy va xarizmatik turlariga asoslangandir. Totalitar rejim emirilgandan keyin tashkil topgan davlatlarning ko‘pchiligi avtoritar rejimlarga amal qiladi. Bir qator avtoritar davlatlar o‘zining samaradorligini amalda ko‘rsatdi. Avtoritar rejimning ijobiy tomoni sifatida ularda kuchli xokimiyat va erkin xo‘jalik yuritish, siyosiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sish uyg‘unligiga erishish mumkinligi ta’kidlanadi. Bu rejimning zaif tomon-larini esa siyosatning ayrim shaxs yoki gurux irodasiga to‘laligicha bog‘liqligi; fuqarolarning siyosiy xayotdan chetlanganligi; butun jamiyatning siyosiy o‘yinlar, avantyuralar qurboni bo‘lish potensial xavfining doimiy mavjudligi; o‘rta asrlardagidek podsho, raxbar, etakchining adolati, zakovatiga umid, bog‘liqlik tashkil etadi.
SHu bilan birga avtoritar rejimlarning bir qator ijobiy tomonlari xam borki, bu xususiyat ayniqsa, o‘tish davrini boshidan kechirayotgan jamiyatlarda o‘z samaradorligini amalda ko‘rsatadi. Avtoritar xokimiyat— kuchli xokimiyat, shuning uchun xam uning jamiyatda tartib, barqarorlikni ta’minlash qobiliyati birmuncha yuqoriroq. Bu xokimiyatturli kuchlar qarshiligini sindirib jamiyatda tarkibiy o‘zgarishlarni tez o‘tkaza oladi va butun imkoniyatlarni eng dolzarb muammolarni xal qilishga yo‘naltira oladi. Tub isloxotlar va o‘zgarishlar davrida ana shunday kuchli xokimiyatning mavjud bo‘lishi, albatta, afzalroqdir. Avtoritar tuzumlarning aksariyati moder­nizatsiya yo‘lidan boradi. Xozirgi vaqtda avtoritar rejimlar demokratiyaga yo‘naltirilganligi bilan xarakterlanadi. Bunday yo‘naltirilgan siyosiy rejimlar jamiyatda bozor munosabatlarini qaror toptirish, o‘rta qatlam nufuzini oshirish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, jamiyatni siyosiy xamda xar qanday plyuralizmga tayyorlash vazifasini bajaradi. Ularning faoliyat davri unchalik uzoq bo‘lmaydi. Jamiyatda shakllangan demokratik munosabatlar va shu yo‘nalishdagi kuchlar uning asta-sekinlik bilan siyosiy rejimning boshqa turi — demokratiyaga o‘tishini ta’minlaydi.
Davlatning jamiyat siyosiy hayotidagi funksiyalari. Davlat jamiyatning siyosiy hayotida muhim funksiyalarni amalga oshiruvchi asosiy ijtimoiy institut hisoblanadi. Uning jamiyat siyosiy hayotida qanday o‘rin tutishini aniqlashdan oldin uning mazmunini karib chiqish lozim.
Davlatning mohiyati hususida vulgar sotsiologik ta’riflarga qarshi V. S. Barulin shunday yozadi: davlat ma’lum munosabatlarda “barcha kishilar manfaatlarini ifodalovchi organ sifatida, barchaning o‘zaro munosabatlarini tartibga soladi, ular manfaatlarini uyg‘unlashtiradi, hamda, har bir insonning hayoti va faoliyati uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni, farovonlikni ta’minlaydi... Davlatning sinfiy tabiati – uning faoliyatining birgina sinf foydasiga bu sinf manfaatlarining ustunligi va davlatning faqatgina bir sinfga bog‘lanib qolmasligi, boshqa sinflarga mutlaq qarama-qarshi bo‘lmasligining ob’ektiv tendensiyasini ifodalaydi”16.
Jamiyat tarixida davlat oliy boshqaruvining ikki shakli – monarxiya va respublika vujudga kelgan. Boshqaruvning monarxiya shakli davlat rahbarligining meros tamoyili asosida almashinuvi bilan harakterlanadi. Monarx vakolatining hajmiga ko‘ra, bu boshqaruv shaklining mutlaq va konstitutsiyaviy ko‘rinishlari mavjud. Bularning bir-biridan farqi shundaki, mutlaq monarxiyada, monarx, mutlaq hokimiyatga ega. Konstitutsiyaviy monarxiyada monarxning vakolatlari cheklangan bo‘ladi. Hozirgi vaqtda, dunyoning qirqqa yaqin mamlakati monarxiya xisoblanadi va ularning ko‘pchiligi parlamentar monarxiyadir (Buyuk Britaniya, YAponiya, SHvetsiya, Norvegiya va h.k.)17.
Respublika boshqaruvning shunday shakliki, bunda davlat hokimiyatining yuqori boshqaruv organlari yo saylanadi, yoki umumilliy muassasalar tomonidan shakllantiriladi. Boshqaruvning respublika shaklining uchta turi farqlanadi – kuchli prezident hokimiyati, bunda davlat rahbarini saylash parlamentdan mustaqil ravishda umumxalq ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Prezident davlat boshlig‘i hisoblanib, hukumatni tayinlaydi va hukumat prezident oldida hisob beradi (masalan AQSH); parlamentar respublikada prezident parlament tomonidan saylanadi. Bosh vazir, davlat oliy hokimiyat rahbarlarining hal qiluvchi roli parlament tomonidan belgilanadi hamda hukumat parlament oldida mas’ul hisoblanadi (Italiya, Germaniya, SHveysariya va h.k..); yarimparlamentar respublika – davlat rahbari yoki prezident mustaqil ravishda umumiy ovoz berish yo‘li bilan saylanadi, kuchli prezident hokimiyati mavjud va hukumat parlament oldida mas’ul hisoblanadi (Fransiya, Portugaliya, Finlyandiya va h.k.). Bu erda boshqaruvning turli shakllari sifatida, davlat hokimiyati yuqori organlarining huquqiy holatlari va o‘zaro munosabatlari asos bo‘lib hizmat qiladi18.
Ma’lumki, har qanday davlat doimo faol yoki mo‘‘tadil ravishda faoliyat yuritadi. CHunki faoliyatsizlik davlatning tabiati va maqsadiga to‘g‘ri kelmaydi. SHundan kelib chiqib, har qanday davlatning mohiyati eng avvalo, uning faoliyatida, funksiyalarida namoyon bo‘ladi. Davlatning faoliyat soxalari xilma xil bo‘lganligini xisobga olib, uning faoliyatining bosh yo‘nalishlarini alohida ajratish zarurati kelib chiqqan. Ana shu bosh yo‘nalishlarda davlat mohiyati mujassam bo‘ladi, amalga oshiriladi va rivoj topadi hamda ular davlatning mavjud bo‘lish tarzini ifoda etadi. Biroq davlat funksiyalarida faqat uning mohiyati o‘z ifodasini topadi, deb o‘ylash hato bo‘lar edi. Bunda muayyan davrdagi o‘ziga xos jixatlari, siyosiy hokimiyatni amalga oshirish hamda davlatga uyushgan jamiyatni boshqarishning alohida hususiyatidan kelib chiqadigan maqsad va vazifalarini aslo yoddan chiqarib bo‘lmaydi.19 SHu bilan birga davlatning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishishi va bu boradagi vazifalarni bajarishi bevosita uning faoliyati ya’ni funksiyalari bilan bog‘liqdir.
Funksiya – vakolat doirasidan kelib chiquvchi faoliyatdir. CHunki “funksiya” lotin tilidan olingan bo‘lib, “faoliyat” degan ma’noni anglatadi. U qo‘llanish vakolatiga ko‘ra proporsional ravishda o‘zgarib boradi. Davlat funksiyalarida uning mohiyati va ijtimoiy yo‘naltirilganligi, maqsad va vazifalari aks etadi. SHuni aytish kerakki, funksiya davlat tashkilotining ichida tadbiq qilinishi mumkin emas, ular jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etgan holda tadbiq qilinadi.
Davlat jamiyatning mahsuli sifatida yuzaga kelib, unga nisbatan boshqaruvchi tizimga, unda ro‘y beruvchi barcha eng muhim jarayonlarga ta’sir ko‘rsatuvchi kuchga aylandi.
Davlat hech qachon inert ko‘rinishda namoyon bo‘lmaydi, u doimo harakatda bo‘ladi. Bu faol harakat uning yashash tarzi hisoblanadi. Bu bevosita davlatning tabiati va mohiyatidan kelib chiqadi.
Davlatning funksiyalari - bu faoliyat yo‘nalishi, biroq yo‘nalishning aynan o‘zi emas. Funksiyalarni amalga oshirish faoliyati ma’lum tarixiy mazmun bilan to‘ldiriladi, binobarin, amalga oshirish jarayonida ularning o‘zaro nisbati (solishtirma vazni, har bir funksiyaning boshqa tizimdagi ahamiyati) orqali yuzaga keladi.20
Davlat faoliyati sohalari jamiyatda yuzaga keladigan munosabatlar kabi turli xil ko‘rinishda bo‘lgani sababli, davlat nazariyasi oldida uning sinfiy va umuminsoniy mohiyati hamda ijtimoiy ahamiyati aks etuvchi va konkretlashuvchi uning ichki va tashqi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash muammosi turadi. SHu bilan birga, davlatning funksiyalarida faqat uning mohiyati aks etadi, deb o‘ylash ham noto‘g‘ri bo‘ladi. CHunki siyosiy hukmronlik vaziyatida, davlatni boshqarish xususiyatidan kelib chiquvchi vazifa va funksiyalari paydo bo‘ladi. Asosiy yo‘nalishlarni ajratish bu umuman davlat faoliyatini (biroq uning organlari faoliyatini emas) “maydalash” demakdir. Bosh yo‘nalishlar – davlat faoliyatining ijtimoiy muhim tarmoqlari bo‘lib, ularni amalga oshirishga uning biror - bir alohida bo‘g‘inlari emas, balki barcha organlari jalb qilinadi. Aks holda jamiyatning mohiyati va ijtimoiy ahamiyati funksiyalarda o‘z aksini topmaydi, oxir- oqibatda esa, “davlatning funksiyasi” kategoriyasi o‘zining nazariy va amaliy ma’nosini yo‘qotib, mavhum (quruq muhokamaga asoslangan) bir tushunchaga aylanadi.
S.A.Komarov davlatning funksiyalarini nafaqat uning faoliyat yo‘nalishlari, balki jamiyatdagi jarayonlarga ta’sir ko‘rsatish mexanizmi sifatida talqin qilishni taklif etadi. U davlat jamiyat hayotining u yoki bu sohalarida ma’lum funksiyalarni bajara borib, bir vaqtning o‘zida, o‘tkazilayotgan islohotlar, turli o‘zgarishlar, ijtimoiy aloqalarni huquqiy tartibga solish vositasida jamiyatdagi jarayonlarning holatiga ta’sir ko‘rsatishiga ishora qiladi21.
Bundan kelib chiqadiki, davlatning jamiyatdagi jarayonlar rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatish mexanizmini davlatning funksiyalari tushunchasiga kiritish u qadar to‘g‘ri bo‘lmaydi, chunki bunda davlatning funksiyalari umuman uning mexanizmi faoliyatiga yaqinlashtirish hamda davlatning faoliyatini turli huquqiy ta’sir vositalari bilan almashtirishga urinish ko‘zga tashlanadi, holbuki, fanda davlatning funksiyalarini amalga oshirishning huquqiy shakllari degan mustaqil tushuncha mavjuddir.
Davlat funksiyalarining asosiy belgilari, ularning davlat mohiyati va ijtimoiy vazifalari bilan bevosita bog‘liqligi, ma’lum tarixiy bosqichlarda turlicha bo‘ladigan, davlatning oyoqqa turish, mustahkamlanish va rivojlanish jarayonida o‘zgarib boradigan vazifalarni davlat maqsadlarida hal qilishga yo‘naltirilganidan iborat bo‘lishi umumiy qabul qilingandir.
Uzoq davr mobaynida yuridik adabiyotlarda sinfiy yondashuv sun’iy ravishda ustunlik qildi, davlatning butun jamiyat manfaatlari yo‘lida faoliyat ko‘rsatish xususiyatiga kam e’tibor berildi. SHuni ishonch bilan aytish mumkinki, xar bir davlat umumijtimoiy faoliyatni amalga oshiradi, butun jamiyat, barcha sinflar, ijtimoiy guruhlar va aholi qatlamlari manfaatlarini ifoda etuvchi vakil sifatida qatnashadi.
Har bir jamiyatning tabiatidan kelib chiquvchi funksiyalarga davlat faoliyati bu jamiyat mavjudligining tabiiy shart-sharoitlarini qo‘llab-quvvatlashga doir barcha yo‘nalishlari kiradi va ular ham ichki, ham davlatlararo miqiyosda fan-texnika inqilobi sharoitida aynan shu funksiyalarning ahamiyati yanada oshib borayotir. Bunga misol tarzida ekologik muvozanatni saqlash zarurati; kasalliklar (shu jumladan, OITS)ga qarshi kurash; alohida mamlakatlarning manfaatlari doirasiga sig‘maydigan muammolarni hal qilishda xalqaro madaniy va ilmiy-texnik hamkorlik (koinotni o‘zlashtirish, jahon okeani resurslarini o‘rganish va ulardan foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, xalqaro standartlar va umumjahon radio kommunikatsiya aloqasini ishlab chiqish, transport vositalarini rivojlantirish va boshqalar).
Davlatning umumijtimoiy faoliyati davlat ichidagi munosabat va aloqalarning ma’lum darajadagi turg‘unligi, uning yaxlitligi va umumiy (iqtisodiy, madaniy, milliy va b.) manfaatlar negizida birlashishini ta’minlaydi. Umumijtimoiy funksiyalarning solishtirma vazni nechog‘lik katta bo‘lsa, davlatning ixtiloflarni bartaraf etish, jamiyatda murosaga kelishish, ijtimoiy aloqalarni barqarorlashtirish vositasi sifatida tutgan o‘rni shu qadar yuqori bo‘ladi. Davlatning bunday o‘rni uni o‘z amaliy faoliyatida kuch va zo‘rlik ishlatish usullaridan voz kechishga majbur qiladi. U ko‘proq umumdemokratik, taraqqiyparvar institut va g‘oyalarga, jumladan, huquqiy davlat g‘oyasi, ijtimoiy va siyosiy hayotda huquqning hukmronligi, inson huquqlariga rioya qilish, kam sonli millatlarni himoya qilish, aholining davlat va jamiyat hayotida ishtirokining turli shakllari, o‘z o‘zini boshqarish asoslarini qo‘llab-quvvatlash, matbuot erkinligi va oshkoralik, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoyalashni ta’minlash va shu kabilarga murojaat qila boshlaydi.
SHuni yana bir bor e’tirof etish kerakki, davlatning funksiyasi tushunchasi masalasida olimlar haligacha umumiy bir to‘xtamga kelmaganlar. Masalan, A. Saidov va U. Tadjixanovning fikricha, “davlatning funksiyalari uning mohiyati va jamiyatdagi vazifalarini ifoda etuvchi faoliyatning asosiy yo‘nalishlaridir”22. Z. M. Islomov funksiyalarga davlatning umumijtimoiy mohiyati va ijtimoiy burchidan kelib chiqadigan muayyan maqsadlarga erishish yo‘lidagi vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha davlat faoliyatining bosh (asosiy) yo‘nalishlari (tomonlari, ko‘rinishlari) sifatida ta’rif bergan23.
V. M. Korelskiy va V. D. Perevalovning fikricha, davlat funksiyalari deganda, “davlatning asosiy harakat yo‘nalishlarini, mazkur yo‘nalishlar uning mohiyati va ijtimoiy zarurligini, davlat tomonidan jamiyatni boshqarishda unga taalluqli vositalar va usullarga asoslangan maqsad va davlat vazifalarini”24 tushunish kerak.
N. I. Matuzov va A. V. Malkolarning fikricha, “davlat funksiyalari deganda, davlatning tashqi va ichki faoliyatiga xos bo‘lgan asosiy yo‘nalishlarni tushunish kerak; mazkur yo‘nalishlarda davlatning sinfiy va umuminsoniy mohiyati asoslanganligi aks etadi va konkretlashadi”25.
Ko‘rinib turibdiki, davlat funksiyasi masalasi bo‘yicha yondashuvlar turlicha, ammo ularni tahlil etib, quyidagi xulosaga kelish mumkin: davlatning funksiyalari rivojlanishning ma’lum bir pog‘onasida bo‘lgan davlatning umumijtimoiy mohiyati, ahamiyati hamda xalq va jamiyat oldidagi ijtimoiy burchidan kelib chiqadigan Uning muayyan maqsad va vazifalarga erishishga qaratilgan faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridir.
A. Saidov va U. Tadjixanovning fikricha, davlatning funksiyalarini ikki asosiy guruhga: ichki va tashqi funksiyalarga bo‘lish mumkin26. Ichki funksiyalarga “qonuniylik asosida fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, ularning teng huquqliligini, jamiyat manfaatlarini ta’minlash; mulkchilikning turli shakllarini teng himoyalash; monopolizmni istisno qiluvchi bozor iqtisodiyotining rivojlanishini ta’minlash; fuqarolarning mehnat sharoitlarini yaxshilash va muhofaza qilish; fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab ma’naviy qadriyatlarni muhofaza qilish”27 kabilar kiradi.
Tashqi funksiyalarga ushbu olimlar tinchlik va birgalikda tinch yashash uchun kurash, mamlakatni tashqaridan bo‘ladigan hujumdan mudofaa qilish, jahon hamjamiyati mamlakatlari bilan iqtisodiy, madaniy hamkorlik va siyosiy hamdo‘stlik, dunyo mamlakatlari bilan atrof tabiiy muhitni, insonlarning tinchligini muhofaza qilish bo‘yicha hamkorlikning turli shakllarini kiritadilar.
Davlat funksiyalarini tasniflashga Z. M. Islomov boshqacha yondashgan. Uning fikriga ko‘ra, funksiyalarni to‘rt asosiy guruhga bo‘lib o‘rganish lozim: a) faoliyat sohalari bo‘yicha; b) amal qilishining davomiyligi bo‘yicha; v) ijtimoiy ahamiyati bo‘yicha; g) amalga oshirishning huquqiy shakllari bo‘yicha28. O‘z navbatida, birinchi guruhga kiradigan funksiyalar ichki va tashqi funksiyalarga bo‘linadi. Ichki funksiyalar davlatning mamlakat ichkarisidagi vazifalarini amalga oshirishi bilan bog‘liq. Tashqi funksiyalar xalqaro miqyosdagi faoliyat bo‘lib, bunda davlat xalqaro huquqiy munosabatlarning sub’ekti sifatida maydonga chiqadi.
M. I. Baytin va I. N. Senyakinning fikricha, “davlat funksiyalari, ijtimoiy hayotning qaysi jabhasiga qaratilgani, qaysi vazifalarni bajarishda amal qilishiga ko‘ra, ichki (iqtisod, ekologiya, fan, madaniyat, ta’lim tizimini rivojlantirish va boshqalar bilan bog‘liq) hamda tashqi (davlatni himoyalash, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash) funksiyalarga bo‘linadi”29.
Davlatning ichki funksiyasi masalasiga keyingi paytda chop etilgan ayrim adabiyotlarda ham e’tibor berildi. Jumladan, ayrim olimlarning yozishlaricha, O‘zbekiston davlati quyidagi ichki funksiyalarni amalga oshiradi: iqtisodiy funksiya yoki iqtisodiyotda davlatning bosh islohotchi ekanligi, ijtimoiy sohada olib boradigan ishlari, ta’lim, fan, texnika, madaniyat va aholini g‘oyaviy (mafkuraviy) tarbiyalash sohasidagi, huquq-tartibotni qo‘riqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mulkchilikning barcha shakllarini og‘ishmay himoya qilish, huquqbuzarlikka va jinoyatchilikka qarshi kurashish, tabiat boyliklari hamda atrof muhitni muhofaza qilish va h.k.30
Davlat funksiyalarini tasniflashda deyarli barcha olimlar ichki va tashqi funksiyalar mavjudligini tan oladi. Lekin shuning bilan birga har bir muallif davlat funksiyalarini tasniflashda turli xil mezonlarni asos qilib oladi.
Ko‘pchilik olimlar, jumladan, S.A.Komarov, A.V.Malkolar davlat funksiyalarini quyidagicha tasniflash tarafdorlaridir:
Faoliyat sohalari bo‘yicha;
Amal qilish davomiyligi bo‘yicha;
Ijtimoiy ahamiyati bo‘yicha;
Amalga oshirishning huquqiy shakllari bo‘yicha.
YUqorida ko‘rsatib o‘tilgan davlat funksiyalarining tasnifi ham o‘z navbatida bir nechta guruhlarga bo‘linib ketadi.
Davlat funksiyalari faoliyat sohalari bo‘yicha ichki va tashqifunksiyalarga bo‘linadi.
Ichki funksiyalar davlatning ichki vazifalarini echishga yo‘naltirilgan faoliyat bo‘lib, davlatning jamiyatga ta’sirining faollik darajasini ko‘rsatadi.
Tashqi funksiyalar esa xalqaro-huquqiy munosabatlarning sub’ekti sifatida ishtirok etayotgan davlat, davlatlararo miqyosdagi vazifalarni xal qilish bilan bog‘liqdir.
Olimlar o‘rtasida davlatning funksiyalarini ichki va tashqiga ajratish yuzasidan bir xil fikr mavjud emas.
Jumladan, V.M.Sыrыx davlatning ichki funksiyasiga jamiyatda huquqiy tartibni o‘rnatish va muxofaza qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, xalq hokimiyatini ta’minlash, madaniy-tarbiyaviy, tabiatni muxofaza qilish kabi davlatning funksiyalarini kiritadi. Tashqi funksiyalarga esa himoya qilish, agressiv urushlarni olib borish, iqtisodiyot, madaniyat, maorif sohasida hamkorlik va boshqa funksiyalarini kiritadi.31
V.M.Korelskiy ichki funksiyaga himoyalash funksiyasi, hususiy mulk himoyasi, tartibni ta’minlash, tabiat va atrof muhitni muhofaza qilish, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa funksiyalarni kiritadi. Tashqi funksiyaga esa tashqaridan bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan himoya qilish, bosqinchilik urushlarini olib borish, diplomatik a’loqalarni ta’minlash kabilarni kiritadi.32
YUqoridagilardan kelib chiqqan holda davlatning asosiy ichki funksiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Iqtisodiy fuksiyasi
Ijtimoiy funksiyasi
Siyosiy funksiyasi
Huquq tartibotni ta’minlash funksiyasi
Tinchlik va totuvlikni ta’minlash funksiyasi
Ekologik funksiyasi va boshqa funksiyalar
Davlatning asosiy tashqi funksiyalariga quyidagilarni kiritish maqsadga muvofiq:
boshqa davlatlar bilan hamkorlik funksiyasi
mudofaa funksiyasi
Davlat funksiyalarini amal qilish davomiyligi bo‘yicha doimiy va muvaqqat (vaqtinchalik) ga bo‘linadi.
Doimiy funksiyalar davlat mavjudligining va rivojlanishining barcha bosqichlariga xos bo‘lgan funksiyalar (masalan iqtisodiy funksiya) kiritilsa, muvaqqat funksiyalarga esa davlat o‘z oldiga qo‘ygan muayyan maqsad va vazifalarni amalga oshirishi bilan o‘z axamiyatini yo‘qotadigan funksiyalar kiritiladi.
Ijtimoiy ahamiyatiga ko‘ra davlat funksiyalari asosiy va asosiy bo‘lmagan funksiyalarga bo‘linadi.
Davlat funksiyalarini bunday tasniflashni ya’ni asosiy va asosiy bo‘lmagan funksiyalarga bo‘lishni ko‘pchilik olimlar tanqidiy nuqti-nazardan baholaydilar. Jumladan, V.M.Sыrыx ham davlat funksiyalarini asosiy va asosiy bo‘lmagan funksiyalarga bo‘lib tasniflashni tanqidiy jihatdan baholash kerakligini e’tirof etadi. Uning fikricha, bunday yondashuv natijasida asosiy bo‘lmagan funksiyalar "davlat funksiyasi" tushunchasining zarur belgisidan mahrum bo‘ladi, chunki bu tushuncha deydi u, har qanday faoliyat turini emas, balki faqat asosiy faoliyat turini qamrab oladi. SHuning uchun yo davlat funksiyasi tushunchasini almashtirish, yo taklif qilingan tasniflashni nomuvofiq deb tan olish kerak bo‘ladi33 degan xulosaga keladi.
SHuni qayd etib o‘tish lozimki, davlatning asosiy va asosiy bo‘lmagan funksiyasi o‘zaro bir birlari bilan bog‘liq bo‘lib, davlatning asosiy bo‘lmagan funksiyasi davlatning asosiy funksiyasini amalga oshirishga yordam beradi.
Davlatning barcha organlari tomonidan o‘zaro hamkorlikda bajariladigan funksiyalar asosiy funksiyalar deyilsa, ayrim davlat organlarigagina xos bo‘lgan funksiyalar esa asosiy bo‘lmagan funksiyalar hisoblanadi.
Davlat funksiyalarini amalga oshirishning huquqiy shakllari bo‘yicha quyidagilarga bo‘lish mumkin:
huquq ijodkorligi
ijro etish
huquqni muhofaza qilish
Huquq ijodkorligi - bu normativ-huquqiy aktlarni tayyorlash va ularni qabul qilish bo‘lib, deyarli bu faoliyatsiz davlatning boshqa funksiyalarini amalga oshirib bo‘lmaydi.
Ijro etish faoliyatiga qonun va boshqa normativ aktlarning amalda qanchalik darajada o‘z ijrosini topishi yoki topmasligi bilan bog‘liq faktlarni kiritish mumkin.
Huquqni muhofaza qilish faoliyatiga tartibni saqlash, fuqarolarning huquq va erkinligini himoya qilish, qonun va qoidalarga rioya etilishini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha chora ko‘rish, yuridik ishlarni ko‘rib chiqish va ular yuzasidan qarorlarlar qabul qilish hamda javobgarlikka tortish kabilarni kiritish mumkin.
Bugungi kunda, davlat funksiyasini amalga oshirishning yangi turi - shartnomaviy shaklining roli oshib bormoqda Bu markazlashmagan davlat boshqaruvi hamda bozor iqtisodiyotining rivojlanishi bilan izohlanadi.34
Umuman olganda, davlat funksiyalarini amalga oshirishning shakl va uslublari ko‘p. YUqorida esa biz davlat funksiyalarini amalga oshirishning huquqiy shakllarini ko‘rib o‘tdik. Bundan tashqari dalat funksiyalarini amalga oshirishning huquqiy bo‘lmagan shakllari ham mavjud.
Huquqiy bo‘lmagan shakllari davlat funksiyalarini amalga oshirishda tashkiliy-tayyorgarlik ishlarining asosiy qismini qamrab oladi. Bunday faoliyat ham zarur ham huquqiy bo‘lib, u huquqiy ahamiyatli faoliyatlar bilan bog‘liq emas hamda huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.35
Bundan tashqari, davlat o‘zining himoya qilish funksiyasini amalga oshirish jarayonida davlat ishontirish va majburlash usullarini qo‘llaydi, iqtisodiy funksiyani amalga oshirish uchun bir qator iqtisodiy usullarni qo‘llashga to‘g‘ri keladi. Bular: prognoz qilish, rejalashtirish, imtiyozli kreditlashtirish, moliyalashtirish, davlat subsidiyalari, istemolchilarni himoyalash va boshqalarni kiritish mumkin.
Jamiyat siyosiy hayoti va siyosiy tizimida siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlarining o‘rni. Jamiyat siyosiy hayoti va siyosiy tizimida muhim o‘ringa ega bo‘lgan siyosiy institutlardan biri, bu – siyosiy partiyalardir. Ciyosiy partiyalar fuqarolik jamiyatining eng muhim institutlaridan biridir. Siyosiy partiyalar fuqarolik jamiyatining siyosiy tizim bilan o‘zaro aloqalarining doimiyligini ta’minlaydi. Davlat hokimiyatining jamiyatga bog‘liqligi va uning jamiyat tomonidan nazorat qilinishi ko‘p hollarda siyosiy partiyalar vositasida amalga oshiriladi.
Hozirgi davrdagi siyosiy partiyalarning ilk o‘tmishdoshlari yangi davrga kelib shakllandi. XIX asrga kelib G‘arbiy Yevropa va SHimoliy Amerika mamlakatlaridagi siyosiy partiyalar siyosiy vakillik instituti xarakterini kasb eta boshladilar. Partiyalar paydo bo‘lishining muhim sabablaridan biri — davlat hokimiyatini shakllantirishda adolat tamoyillariga amal qilish, shuningdek jamiyatni demokratlashtirishga bo‘lgan talabning oshib borishidir.
Xozirgi zamon jamiyatlarining siyosiy hayoti murakkab, ziddiyatli va serqirrali bo‘lib, unda ko‘p sonli ishtirokchilar, ya’ni siyosat sub’ektlari ishtirok etadi. Bu ishtirokchilar orasida eng ko‘zga ko‘rinarli o‘rinlardan birini siyosiy partiyalar egallaydi. Bugungi rivojlangan dunyoda siyosiy partiya mavjud bo‘lmagan davlat borligini tasavvur qilish mushkul, deyarli barcha davlatlarda ikki yoki ko‘ppartiyaviy tizim mavjud. Sivilizatsiyaning eng muxim yutukdaridan bo‘lmish siyosiy partiyalar ijtimoiy hayotdagi demokratiya va barqarorlikni ta’minlashda asosiy omillardan biri bo‘lib, u ijtimoiy tashkilotlar orasida eng siyosiylashgan tashkilotdir.
XIX asr oxiri — XX asr birinchi yarmida davlat arboblari va taniqli mashhur olimlar siyosiy partiyalarni jamiyat hamda davlat boshqaruvi uchun muhim bo‘lgan demokratik institut sifatida talqin eta boshladilar. Jamiyat va davlat hokimiyatining turli jabhalari hamda darajalarida demokratik qadriyatlarning qaror topib borishi bilan siyosiy partiyalarga bo‘lgan zaruriyat ham kuchayib bordi.
G‘arb siyosatshunos olimlarining talqinicha, “partiyalar (lot., “pars” (“partire”) — “qism” yoki “guruh”)36, bu — rasmiy institutlashgan va davlat hokimiyati organlari va boshqaruvi ustidan nazorat qilish uchun funksional jihatlardan ixtisoslashgan tashkilotdir. Siyosiy partiyalarni tadqiq etgan mashhur siyosatshunos olim J. Sartori partiyalarga doir quyidagi aniqlikni kiritgan edi: “Saylovlarda ishtirok etuvchi va uning natijasida o‘z nomzodlarini davlat korxonalariga o‘tkaza olishga qobil bo‘lgan har qanday siyosiy guruh partiyadir”37.
XX asrning so‘nggi davriga kelib AQSH olimlari — J.Lapalambara va J. Anderson “Boshqaruv va siyosat ensiklopediyasi” nomli asarida siyosiy partiyaga quyidacha ta’rif berganlar: “Partiya rasmiy maqom kasb etish va rasmiy tashkilot bo‘lish bilan bog‘liq, markazni periferiya bilan bog‘lovchi va davlat organlariga o‘z nomzodlarini (erkin yoki noerkin) saylovlar vositasida o‘tkazishga qobil bo‘lgan har qanday guruhdir”38.
G‘arb siyosatshunos olimlari siyosiy partiyalarning mazkur belgi va funksional jihatlari asosidagi siyosiy maqomini quyidagicha ta’riflaydilar: “Siyosiy partiya — (1) rasmiy va tashkiliy tuzilmaga ega, (2) hokimiyat ustidan rasmiy nazoratni amalga oshirish uchun kurashning maxsus funksiyasini amalga oshiruvchi, (3) mafkuraviy doktrina belgisi asosida birlashgan, umummilliy manfaatlarni ifodalashga da’vogarlik qiluvchi, (4) huquqiy maqomga ega bo‘lgan va (5) saylov jarayonlariga jalb etilgan nodavlat institut turi va guruhiy birlashmadir”39.
O‘zbekiston Respublikasi “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi Qonunining1-moddasida “siyosiy partiya” tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Siyosiy partiya O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko‘ngilli birlashmasidir”.
Darhaqiqat, siyosiy partiyalarning tarixi bir necha yuz yilliklar bilan o‘lchanadi hamda ularning shakllanishi ancha uzoq va murakkab jarayonni o‘z ichiga oladi. Hozirgi ko‘rinishdagi partiyalar va ularning zamonaviy mohiyati Yevropadagi burjua inqiloblari natijasida yuzaga kelgan bo‘lsa-da, mazmunan partiyaga monand guruhlar, uyushmalar insoniyat tarixining qadimgi davrlarida ham ma’lum bo‘lgan.
Dastlabki partiyalar Qadimgi Gretsiyada hududiy bo‘linish asosida tashkil toptan bo‘lib, Aflotun, Aristotel va boshqa faylasuflar tomonidan salbiy baholangan edi. Xususan, Aristotel Kadimgi Gretsiyadagi uch asosiy siyosiy partiya - dengiz sohilida, tekislikda va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar o‘rtasidagi mavjud kurash, o‘zaro raqobat haqida yozib, bu partiyalar ijtimoiyyaxlitlik va davlat birligiga raxna solishi mumkin, deya qayd etgan edi.
Qadimgi Rimda “partiya” tushunchasi asosan u yoki bu imperator (masalan, Sezar yoki Sulla) siyosatini qo‘llab-quvvatlovchi guruhni ifodalash uchun ishlatilganligi tarixdan ma’lum.
O‘rta asrlardati siyosiy partiyalar jamiyatda ziddiyatlar kuchayganda, feodallar va boshqa sinflar o‘rtasida yuzaga kelgan ijtimoiy kelishmovchiliklar sharoitida vujudga kelgan.
Zamonaviy ma’nodagi siyosiy partiyalar ma’lum bir ijtimoiy guruhning manfaatlarini uyushgan va izchil tarzda ifoda eta oladigan vakillik sifatida XVII-XVIIIasrlardagi ingliz va fransuz burjua inqiloblar davrida shakllandi.
Sanoat inqilobi natijasi o‘larok, kapitalistik bozor munosabatlarining tezkor rivoji Yevropa jamiyatlarining kuchli tabaqalanishiga olib keldi. Ijtimoiy muammolarni siyosiy yo‘l bilan, ya’ni hokimiyat orqali hal etish hayotiy masalata aylandi. SHu tarzda siyosiy partiyalarning roli xam ortib bordi.
M. Veber taklif etgan siyosiy partiyalarning shakllanish tarixiga oid klassifikatsiyasiga ko‘ra, siyosiy partiyalar dastlab zodagonlarning siyosiy to‘garaklari tarzida paydo bo‘lib, keyinchalik siyosiy klublarga, so‘ngra esa ommaviy partiyalarga aylanganlar. Masalan, Angliyada 1831 yilda tuzilgan “CHarlton klab” konservatorlar partiyasiga, 1836 yilda tuzilgan “Reform klab” klubi esa liberal partiyaga asos bo‘ldi.
SHakllanayotgan ayrim siyosiy klublar parlamentlar bilan uzviy bog‘liq edi. Jumladan, Fransiya milliy majlisi deputatlarining bir qismi bo‘lgan yakobinchilar 1791 yilda butun Fransiya buyicha 448 ta provinsial guruxlarga ega edilar.
SHu tarika Fransiyada XVIII asrga kelib siyosiy partiyalar uzil-kesil shakllandi. Bu paytda Fransiya ijtimoiy hayotida faol ishtirok etgan yakobinchilar, jirondistlar, eberistlar, anarxistlar hozirgi zamonda keng tarqalgan o‘ng, so‘l, markaz va hokazo partiyalarga asos soldilar. Ular keyinchalik utopik (xayoliy)kommunistik va sotsialisik partiyalarga asos bo‘lishdi (SH. Fure, Sen-Simon va boshqalar).
AKSHda siyosiy partiyalar XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida kongress (ya’ni, parlament) fraksiyalari (federalchilar va respublikachilar) shaklida paydo bo‘lib, ikki partiyaviylik asosidagi partiyaviy tizimni vujudga keltirdi. Bu tizim keyinchalik AKSHda burjua demokratiyasining asosini tashkil kildi.
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, siyosiy partiyalarga
birlashish jamiyatning faqat zodagon qatlamlarigagina xos xususiyat
bo‘lmay qoldi. CHunki bu davrda ko‘p sonli oddiy fuqarolarni o‘z
saflariga birlashtira olgan ommaviy partiyalar xam tashkil topdiki, bunday ommaviy partiyalarning dastlabkilariga 1861 yilda
tashkil topgan Angliya liberal partiyasini xamda 1863 yilda
tuzilgan birinchi ommaviy ishchi partiyasi bo‘lgan Umumgerman
Ishchilar Soyuzini kiritishimiz mumkin. Paydo bulayotgan siyosiy
Download 180,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish