Jamiyatning falsafiy tahlili reja: 1



Download 160,5 Kb.
bet34/40
Sana29.12.2021
Hajmi160,5 Kb.
#84755
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40
Bog'liq
Jamiyatning falsafiy tahlili

Madaniyat sub'ektiindivid (shaxs), ijtimoiy guruh yoki jamiyat. Madaniyat inson imkoniyatlarini, uning qobiliyatlari, bilim va ko‘nikmalarini ro‘yobga chiqarish sifatidagina shakllanadi va amal qiladi. U insonning ijtimoiy fazilatlari, aqli, irodasi, intilishlari, boshqa kishilarga va o‘z-o‘ziga, tabiat va jamiyatga bo‘lgan munosabatining yaxlit tavsifini aks ettiradi. Madaniyat – insonning ruhlantirilgan faoliyati; u insonning bilish qobiliyati, bilimi, estetik didi, irodasi, barkamollik va go‘zallik idealiga muvofiq bo‘lgan ijod qilish qobiliyatining rivojlanish darajasini tavsiflaydi. Ammo madaniyatli odamning bosh negizi axloqiylik hisoblanadi.

Madaniyat sub'ekti ayrim individ yoki ijtimoiy guruh bo‘lgani bois gruppaviy va individual madaniyatning turli-tuman shakllari farqlanadi. Gruppaviy madaniyat deganda milliy madaniyat, manzilgoh (kichik, katta shahar yoki megapolis, qishloq, shaharcha) madaniyati; sinf, kasbiy guruh va hokazolar madaniyati tushuniladi. Gruppaviy madaniyat muayyan omillar ta'sirida o‘zgaradi, uning yangi shakllari vujudga keladi. Masalan, hozirgi zamon jamiyatida ommaviy madaniyat va elitar madaniyat alohida o‘rin egallaydi.



Elitar madaniyat shaxsiy asosni izlash va qaror topdirish sifatida amal qiladi. U jiddiy, murakkab, o‘ziga xos bo‘lib, novatorlik xususiyatini kasb etadi. Uning mahsuloti jamiyatning novatorlarcha izlanishlarni tushunish va baholashga qodir bo‘lgan intellektual elitasi uchun mo‘ljallangan. Ommaviy madaniyat vujudga kelishiga ommaviy axborot vositalari – gazetalar, ommabop jurnallar, radio, ovoz yozish, kinematograf, televidenie, magnitli va videomagnitli yozish vositalarining rivojlanishi zamin hozirladi.

Individual madaniyat – insonning ijtimoiyligi mezoni. Inson qanday bo‘lsa, uning madaniyati ham shunday bo‘ladi. U madaniyat darajasi, uning mavjudligi yoki mavjud emasligi tushunchalari bilan tavsiflanadi. Individual madaniyat u yoki bu darajada tizimli xususiyat kasb etishi mumkin, shuningdek u ko‘p sonli tasodifiy tarqoq omillar ta'sirida shakllanishi ham mumkin. Inson – nafaqat madaniyat mahsuli, balki uning bunyodkori hamdir. U jamiyatning oliy qadriyatlarini o‘zlashtirgani va ro‘yobga chiqargani, ularni o‘zining ichki ma'naviy boyligiga aylantirgani uchungina madaniyatli hisoblanadi. Inson haqida uning madaniyat haqidagi fikrlariga qarab emas, balki u mazkur tasavvurlarni qanday amalga oshirishiga qarab xulosa chiqarish mumkin. Madaniyat inson faoliyatida amalga oshirilgan, gavdalantirilgan individual va ijtimoiy ong, ideallar va didlar, axloqiy va siyosiy mo‘ljallardir. Shu sababli madaniyatning muhim elementi madaniy faoliyat hisoblanadi.


Download 160,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish