Bag`rikenglik tushunchasi 1. Bag`rikenglik— bizning dunyomizdagi turli boy madaniyatlarni, o`zini ifodalashning va insonning alohidaligini namoyon qilishning xilma-xil usullarini hurmat qilish, qabul qilish va to`g`ri tushunishni anglatadi. Uni bilim, samimiyat, ochiq muloqot hamda hur fikr, vijdon va e`tiqod vujudga keltiradi. Bag`rikenglik turli-tumanlikdagi birlikdir. Bu faqat ma`naviy burchgina emas, balki siyosiy va huquqiy ehtiyoj hamdir. Bag`rikenglik tinchlikka erishishni musharraf qilguvchi va urush madaniyatsizligidan tinchlik madaniyatiga eltuvchidir. 2. Bag`rikenglik yon berish, andisha yoki xushomad emas. Bag`rikenglik eng avvalo insonning universal huquqlari va asosiy erkinliklarini tan olish asosida shakllangan faol munosabatdir. Har qanday vaziyatda ham bag`rikenglik ana shu asosiy qadriyatlarga tajovuzlarning bahonasi bo`lib xizmat qilmaydi. Bag`rikenglikni alohida shaxslar, guruhlar va davlatlar namoyon qilishi lozim. 3. Bag`rikenglik inson huquqularini qaror toptirish, plyuralizm (shu jumladan, madaniy plyuralizm), demokratiya ,va huquqning tantanasi uchun ko`maklashish majburiyatidir. Bag`rikenglik aqida bozlikdan, haqiqatni mutlaqlashtirishdan voz kechishni anglatuvchi va inson huquqlari sohasidagi xalqaro-huquqiy hujjatlarda o`rnatilgan qoidalarni tasdiqlovchi tushunchadir. 4. Bag`rikenglikni namoyon qilish inson huquqlariga ehtirom bilan hamohang, u ijtimoiy adolatsizlikka nisbatan sabr-toqatli munosabatda bo`lishni, o`z imon-e`tiqodidan voz kechish yoxud boshqalarning e`tiqodiga yon berishni anglatmaydi. U shuni anglatadiki, har kim o`z e`tiqodiga amal qilishda erkindir va har kim bu huquqqa boshqalar ham ega ekanligini tan olmog`i lozim. U yana shuni anglatadiki, odamlar o`z tabiatiga ko`ra tashqi ko`rinishi, qiyofasi, o`zini tutishi, nutqi, xulqi va qadriyatlari jihatidan farqlanishi e`tirofga loyiqligi barobarida, ular dunyoda yashashga va o`zlarining ana shu individualligini saqlab qolishga haqlidirlar. U yana shuni anglatadiki, bir kishining qarashlari boshqalarga majburan singdirilishi mumkin emas. - • Milliy g’oya bu faqat birgina millatning emas,
- balki jamiyat taraqqiyotiga, ravnaqiga umumiy
- maqsad yo’lida baholi qudrat hissa
- qo’shayotgan mamlakat fuqarolarining millati,
- irqi, diniy e’tiqodidan qat’iy nazar barchaning
- maqsad va manfaatlarini ifoda etadi.
- Inson yaralibdiki, yaxshilik sari intilishga, yaxshi amallari bilan insonlar ko'nglidan joy olishga harakat qiladi. Albatta, ba'zida esa xotirjamlik va saxovatni ham sog'inib qoladi. Ko'p narsalarni o'rganadi. Muhimi, o'rganishlari ichida asosiysi ilm bo'lib qoladi. Ma'rifatli, saodatli bo'lib, jaholatga qarshi o'z ilmi bilan kurashganlar oramizda minglab topilishi mumkin. Ilmsiz taraqqiyot bo'lmaydi – jaholat saodatmand etmaydi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ta'kidlaganidek, “Jaholatga qarshi – ma'rifat”ni qurol qilgan ajdodlarimizdan bizgacha etib kelgan boy ma'naviy meros o'ziga xos najot qal'asi, himoya qo'rg'oni vazifasini o'taydi. Shu bois ushbu ulug'vor qadriyat barcha olimu fuzalolar tomonidan ulug'langan, muqaddas va mo''tabar kitoblarda yuksak ne'mat sifatida e'tirof etilgan. Bu jihatdan, Imom G'azzoliy, Maxdumi A'zam singari allomalarimiz ilmiy merosi, ayniqsa, Buxoroyi sharifning ulug' pirlaridan meros bo'lib qolgan boy ma'naviy xazina – pand-o'gitlar beqiyos ahamiyatga ega.
- Ularning hayot yo'lidagi erishgan har bir yaxshiligi, ilmi hamda intilishi ma'rifat sababdir. Ya'ni, yomonlik va jaholatga qarshi ma'rifat bilan javob berganidir. Ular hayotiga nazar tashlasak, barchasi biz uchun ibrat. Barchisi ma'rifat uchun kurashganlardir. Barchasi butun umrini ilm targ'ibiga baxshida etgan ulug' allomalardir.
- Shunday allomalardan biri Abu Homid G'azzoliy o'zining uzoq yillik ilmiy izlanishlari va kuzatishlari natijasida yuzaga kelgan “Ihyou ulumid-din” asarida ilmga “mutlaq fazilat” ya'ni, hech qanday kuch mahv eta olmaydigan qudrat deya yuksak baho beriladi. Allomaning fikricha, insonlarning butun saodati uchun ikki narsa shart: birinchisi – ilm, ikkinchisi – amal. Mutafakkir ta'kidlashicha, insonning baxtli bo'lishi uchun ilmning o'zigina etmaydi, balki kishi ilmi yordamida tana va ruhini tarbiya qilishga burchlidir.
- Ulug' alloma Maxdumi A'zam ta'limotida ham ilm va amal birligi targ'ibi etakchi o'rin egallaydi. Ayniqsa, olim “ulusi nafe'”, ya'ni el-ulusga foydasi tegadigan ilmni o'rganish, kasb-hunar egallash va uni shogirdlarga o'rgatish ilmli insonning burchi ekanini uqtiradi. Maxdumi A'zam fikricha, jism va nafs halol mehnat tufayli poklanadi, halol mehnat ruh va jismdagi barcha illatlardan qutulishning yagona yo'lidir. Halol mehnat qilgan inson ikki dunyo saodatiga erishadi, el-ulus orasida hurmat qozonadi. Aksincha, o'zini dono yoxud dindor sanab, el-ulusdan ajralish, o'ziga o'zgacha olam yaratib, o'sha yolg'on olamga mahliyo bo'lib umr o'tkazish – gumrohlikdan o'zga narsa emas.
- Ezgu fazilatlarni naqshbandiya ta'limoti pirlarining odobu axloqida, ular bitib qoldirgan go'zal nasihatlarda takror-takror ko'ramiz. Xojagon tariqatining sarhalqasi hazrat Abduxoliq G'ijduvoniy ham o'z ruboiylaridan birida aytadilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |