Jamiyatda millatlararo totuvlik,diniy bag`rikenglikva ijtimoiy barqarorlik muhitini qaror toptirish zarurati


“Insonlarning eng qadri ozi – ilmi ozidir”. Darhaqiqat, i



Download 0,53 Mb.
bet5/5
Sana08.07.2022
Hajmi0,53 Mb.
#756094
1   2   3   4   5
Bog'liq
Jamiyatda millatlararo totuvlik,diniy bag`rikenglikva ijtimoiy barqarorlik muhitini qaror

“Insonlarning eng qadri ozi – ilmi ozidir”. Darhaqiqat, ilmsizlik, jaholat insoniyatni tubanlikka, halokatga olib borishi muqarrar. Kishi jaholatdan qutilish maqsadida ilm talab qilishi uchun albatta yosh bo'lishi shart emas, balki qaysi yoshda bo'lishidan qat'iy nazar, ilmli bo'lishga harakat qilishi kerak. Ilmsizlik va jaholat – jamiyatimizning eng katta dushmani, ayni paytda jamiyat uchun – katta ofat ekan, uni faqat ma'rifat urug'i bilan engish mumkin. Buning uchun esa barchamiz irodali bo'lib, ilm olib, maqsad sari intilmog'imiz lozim. Zero, jaholatga qarshi kurashda ma'rifat bilan javob beriladi.
  • Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlikni, jamiyatda fuqarolar totuvligini mustahkamlash, barcha fuqarolarga millati va diniy e’tiqodidan qat’i nazar, teng huquq va imkoniyatlar yaratish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash O‘zbekistonda davlat siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan.
  • Bugungi kunda respublikamizda faol “xalq diplomatiyasi” asosida chet eldagi vatandoshlarimiz bilan muntazam va o‘zaro foydali munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlarni va madaniy-ma’rifiy aloqalarni mustahkamlash orqali o‘z faoliyatini O‘zbekistonda yashab kelayotgan barcha millat va etnik diasporalarning tarixi, madaniyati, ma’naviy qadriyatlari, milliy an’analari va urf-odatlarini saqlash hamda har tomonlama rivojlantirish tamoyillariga asosan olib borayotgan Respublika baynalmilal madaniyat markazi, 138 ta milliy madaniy markazlar, O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi, shuningdek, 34 ta do‘stlik jamiyatlari muvafaqqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda.
  • Fuqarolar totuvligi barqarorligini, turli millatlar vakillari o‘rtasidagi tinchlik va hamjihatlikni ta’minlashga, vatandoshlarimiz ongida ko‘p millatli yagona oila tuyg‘usini mustahkamlashga, milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirishga, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirishga, mamlakatimizning jamiyat turli sohalaridagi yutuqlari mazmun va mohiyati targ‘ibоtiga, shuningdek, ushbu yo‘nalishda bajarilayotgan ishlarni va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni samarali muvofiqlashtirishga yo‘naltirilgan davlat siyosatini bosqichma-bosqich ro‘yobga chiqarish maqsadida:
  • 1. Respublika baynalmilal madaniyat markazi (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) va do‘stlik jamiyatlarining Markaz negizida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasini (bundan buyon matnda Qo‘mita deb yuritiladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
  • 2. Quyidagilar Qo‘mitaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
  • jamiyatda millatlararo hamjihatlik va bag‘rikenglikni ta’minlashga qaratilgan davlat siyosatini izchil amalga oshirish, do‘stlik va ko‘p millatli yagona oila tuyg‘usi muhitini mustahkamlash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash;
  • do‘stona xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy mamlakatlarning fuqarolik hamjamiyatlari, shu jumladan chet ellarda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan do‘stlikni mustahkamlash borasidagi ishlarni samarali muvofiqlashtirish;
  • davlat organlarining respublika hududida joylashgan milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari bilan o‘zaro aloqasi va hamkorligini ta’minlash;
  • mamlakatimizda yashovchi turli millat va elatlar vakillarining o‘ziga xos milliy an’analari, urf-odatlari va rasm-rusumlarini asrab-avaylash va rivojlantirishga ko‘maklashish;
  • xorijiy mamlakatlarda davlatimizning tinchliksevar siyosati, demokratik huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurish borasida O‘zbekistonning maqsad va vazifalarini, shuningdek, bugungi kunda mamlakat hayotining barcha sohalarida erishilayotgan muvaffaqiyatlarni keng targ‘ib qilish;
  • millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirish va uyg‘unlashtirishga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilishda ko‘maklashish va bevosita qatnashish.
  • 3. Qo‘mita tashkil etilganligi munosabati bilan O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari kengashining ta’sischilari tomonidan ushbu Kengashni tugatish haqidagi qaror qabul qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
  • 4. Belgilansinki:
  • Qo‘mita millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlovchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;
  • Qo‘mita barcha huquqlar, majburiyatlar va tuzilgan shartnomalar, shu jumladan, xalqaro majburiyatlar va shartnomalar bo‘yicha Markazning huquqiy vorisi hisoblanadi;
  • Qo‘mitaga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi;
  • Qo‘mita raisining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
  • Qo‘mita raisi maqomi, maishiy ta’minoti, tibbiy va transport xizmatidan foydalanish borasidagi shart-sharoitlariga ko‘ra – vazirning birinchi o‘rinbosariga, uning o‘rinbosarlari – vazir o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi;
  • joylarda millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosarlari zimmasiga yuklanadi.
  • 5. Belgilab qo‘yilsinki, Qo‘mita O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan, yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi tarkibiga kiradi
  • 6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari, jismoniy va yuridik shaxslarning grantlari va homiylik mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Qo‘mita faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
  • 7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xorijiy mamlakatlarda faoliyat olib borayotgan turdosh tashkilotlar, o‘zbek madaniy markazlari va jamiyatlari haqida ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritishda, shuningdek, xorijiy mamlakatlarda faoliyat olib borayotgan tegishli tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishda va rivojlantirishda Qo‘mitaga amaliy yordam ko‘rsatsin.
  • 8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasini tasdiqlash uchun kiritsin.
  • Jamiyatda bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyatini yuksaltirish, millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlikni, fuqarolar totuvligini ta’minlash, shuningdek, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona, teng huquqli va o‘zaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlash O‘zbekiston davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
  • Bular Konstitutsiyamizda mustahkamlangan fuqarolarning irqi, millati, tili, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, qonun oldida tengligi tamoyillari hamda turli millat va elatlar vakillarining tili, urf-odatlari va an’analarini hurmat qilish, ularni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga asoslanadi.
  • Jamiyatda do‘stlik va ahillik, tinchlik va barqarorlik muhitini mustahkamlash ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, gumanitar va ma’naviy sohalarda islohotlarni izchil amalga oshirish, xalqaro maydonda mamlakatimiz nufuzini yanada oshirishning muhim omili va zarur sharti hisoblanadi.
  • Bugun O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila bo‘lib yashamoqda. Ular barcha soha va tarmoqlarda fidokorona mehnat qilib, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlat qurishga va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga katta hissa qo‘shmoqdalar. Mustaqillik yillarida milliy madaniy markazlarning 120 dan ortiq faoli davlat mukofotlariga sazovor bo‘ldi, orden va medallar bilan taqdirlandi, jumladan, 14 nafariga «O‘zbekiston Qahramoni» yuksak unvoni berildi.
  • Respublika baynalmilal madaniyat markazi, 138 milliy madaniy markaz, O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi, shuningdek, 34 do‘stlik jamiyati faoliyati O‘zbekistondagi barcha millatlar va elatlarning tarixi, madaniyati, ma’naviy qadriyatlari, an’ana hamda urf-odatlarini asrash va har tomonlama rivojlantirish, millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirish, jamiyat va davlatni barqaror rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi.
  • Ular «xalq diplomatiyasi» mexanizmidan faol foydalangan holda tinch va farovon hayotni asrash, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlar va madaniy-ma’rifiy aloqalarni rivojlantirish, chet eldagi hamyurtlar bilan yaqin va o‘zaro manfaatli munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Bugungi kunda mamlakatimiz ta’lim muassasalarida o‘qish 7 tilda olib borilmoqda. Tele-radio ko‘rsatuv va eshittirishlar 12 tilda efirga uzatilmoqda, gazeta va jurnallar 10 dan ortiq tilda chop etilmoqda.
  • 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining qabul qilinishi va amalga oshirilishi, biz yashayotgan bugungi davrning o‘zi davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakat atrofida xavfsizlik, barqarorlik va yaqin qo‘shnichilik muhitini yaratishga qaratilgan puxta o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy siyosatni yuritish, shuningdek, aholi, ayniqsa, yoshlar ongida insonparvarlik qadriyatlarini, turli millat vakillari o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikni yanada mustahkamlash, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishni taqozo etmoqda.
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni jamiyatda barqarorlik, tinchlik va totuvlikni ta’minlash, fuqarolar ongida katta, ko‘p millatli yagona oilaga mansublik tuyg‘usini mustahkamlash, milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirishga qaratilgan.
  • Xususan, Respublika baynalmilal madaniyat markazi va O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi negizida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining tashkil etilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
  • Mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, qabul qilinayotgan farmon va qonunlarda inson sha’ni, e’tiqod erkinligi, huquq va erkinliklari eng oliy mezon sifatida qaraladi.
  • Jumladan, Bosh Qomusimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ustuvor maqsadi har bir fuqaroning huquq va erkinliklari, kafolatlarini ta’minlashga qaratilgan.
  • Konstitutsiya – vijdon va e’tiqod erkinligini o‘zida mujassam etgan, yurtimizda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tengligini ta’minlovchi, mamlakat taraqqiyotini yorqin namoyon etuvchi asosiy hujjat, baxtimiz qomusi, xalqimizning oru nomusi, diniy bag‘rikengligimiz ifodasi hisoblanadi. Chunki uning har bir moddasi, har bir bo‘limida xalqaro huquq me’yorlari ham, milliy bag‘rikenglik tamoyillari ham aks etib turadi.
  • Quvonarlisi, Bosh Qomusimizning 18-moddasida ham bu mustahkam asos qilib belgilab qo‘yilgan: “O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar”.
  • Shu ma’noda, yurtimizda millatlararo ahillik va konfessiyalararo totuvlikni mustahkamlash, ma’naviy-axloqiy tarbiyani kuchaytirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu barcha sohada olib borilayotgan keng ko‘lamli yangilanishlar, xalqimiz turmush darajasini yanada yuksaltirish yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatlarning muhim asosi bo‘lib xizmat qilayotir. O‘zbekiston esa bu borada tizimli islohotlar olib bormoqda.
  • Fuqarolar totuvligi barqarorligi, turli millatlar vakillari o‘rtasidagi tinchlik va hamjihatlikni ta’minlash, vatandoshlarimiz ongida ko‘p millatli yagona oila tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi faoliyat yuritmoqda. Mazkur qo‘mita davlatimiz rahbarining 2017 yil 19 maydagi “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq tashkil etilgan edi.
  • Shu bilan birga, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasidagi beshinchi yo‘nalish xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik masalalariga bag‘ishlanganini eslab o‘tish joiz.
  • Joriy yilning 5 iyulida esa davlatimiz rahbari tomonidan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni imzolandi. E’tirof etish kerak, xalqimizga xos bo‘lgan ma’rifatparvarlik, tolerantlik, bag‘rikenglik, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlar va qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish, jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash borasidagi yana bir muhim qadamlardan biri bo‘ldi deyish mumkin.
  • O‘zbekistonning millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik sohasidagi islohotlari nafaqat mamlakatimiz ichki siyosati, balki tashqi siyosatida ham o‘z aksini topayotir. Prezidentimiz 2017 yil 19 sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida jahon hamjamiyati oldida turgan dolzarb masalalarga to‘xtalib, jumladan, “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish bo‘yicha takliflarini ilgari surgan edilar.
  • 2018 yil 12 dekabrda BMT Bosh Assambleyasi 73-sessiyasi 51-yig‘ilishida “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasi 193 ta a’zo mamlakatlar tomonidan yakdillik bilan qabul qilindi. Prezidentimizning bu tashabbusi zamirida bashariyatni tinchlik va taraqqiyot sari yetaklovchi ezgu istak mujassam.
  • Islohotlar davom etib, yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi nutqida “O‘zbekiston – ulkan imkoniyat va boyliklarga ega mamlakat. Lekin bizning eng katta boyligimiz – turli millat va elatlar, diniy konfessiyalar vakillari o‘rtasidagi tinchlik va barqarorlik, o‘zaro hurmat va hamjihatlikdir”, deb ta’kidlab o‘tgan edilar.
  • Darhaqiqat, yangi davrga qadam qo‘ygan O‘zbekistonning bosh maqsadi – jamiyatda hamjihatlik va barqarorlik, inson huquq va erkinliklarining samarali himoya qilinishini ta’minlashdan iborat.
  • Ayni paytda yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat, 16 ta diniy konfessiya tinch-totuv, hamjihatlik yashab kelmoqda. Ularning huquq va erkinligi, ta’minlash, ta’lim olish, kasb-hunar egallashi, millatiga xos an’ana hamda qadriyatlarini hurmat qilish, rivojlantirishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Har yili respublikamiz bo‘ylab “16 noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni” keng miqyosda nishonlanadi. Jamiyatimizda do‘stlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida turli tadbirlar, konferensiyalar, davra suhbatlari, konsert dasturlaridan iborat “Bag‘rikenglik haftaligi” o‘tkazilishi an’anaga tusiga kirgan. Joriy yilda ham mazkur haftalik ko‘tarinki ruhda o‘tkazilganini barchamiz ko‘rdik va eshitdik.
  • Muxtasar aytganda, yurtimizda yashayotgan barcha millat va elatlar vakillari yaxlit holda O‘zbekiston xalqini tashkil etadi. Mustaqil O‘zbekistonning bosh hujjati negizida esa millatlararo totuvlik va diniy qadriyatlar sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar, erishilgan muvaffaqiyatlar mujassam. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yurtimizning har bir fuqarosining vijdon va e’tiqod erkinligini ta’minlab kelayotir. Zero, yuksak taraqqiyotga millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik, tinchlik-osoyishtalikni yanada mustahkamlash orqaligina yetish mumkin.
  • Millatlararo totuvlik tinchlik va osoyishtalikning mustahkam asosidir
  • YuNESKO Bosh konferensiyasining 1995 yil 16 noyabrda bo‘lib o‘tgan 28-sessiyasida Bag‘rikenglik tamoyillari to‘g‘risidagi Deklaratsiya qabul qilingan edi. Shundan buyon mazkur sana “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” sifatida nishonlab kelinadi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad dunyo xalqlarini bag‘rikenglikka, tinchlikni asrab-avaylashga hamda ijtimoiy-iqtisodiy farovonlikka erishishga chorlashdir.
  • “O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar”.
  •  
  • (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasidan).
  • Shu ma’noda, mamlakatimizda istiqlol yillarida millatlararo ahillik va konfessiyalararo totuvlikni mustahkamlash, ma’naviy-axloqiy tarbiyani kuchaytirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu barcha sohada olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalqimiz turmush darajasini yanada yuksaltirish yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatlarning muhim asosi bo‘lib xizmat qilayotir.
  • Bugun yurtimizda 130 dan ortiq millat va elatlar vakillari bir oila farzandlaridek, teng huquqlilik hamda o‘zaro hamjihatlik sharoitida yashab, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar. Ularning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ta’lim olishlari, o‘z qiziqish hamda layoqatlari bo‘yicha kasb-hunar egallashlari, madaniyatlari, urf-odatlari, an’analarini saqlash va rivojlantirishlari uchun zarur imkoniyatlar yaratib berilgan. Bunday yuksak darajadagi e’tibor natijasida ko‘p millatli xalqimizning boy tarixiy-madaniy merosi qayta tiklandi, qadr topdi. Barcha millat vakillarining davlat boshqaruvi, iqtisodiy, ijtimoiy hamda madaniy jarayonlarda keng va erkin ishtirok etishi kafolatlandi.
  • Hozirgi paytda 138 milliy madaniy markaz, shuningdek, 34 do‘stlik jamiyati faoliyati O‘zbekistondagi barcha millat hamda elatlarning tarixi, madaniyati, ma’naviy qadriyatlari, an’ana va urf-odatlarini asrash hamda har tomonlama rivojlantirish, millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirish, jamiyat va davlatni barqaror rivojlantirishda muhim o‘rin tutayotir.
  • Ular “xalq diplomatiyasi” mexanizmidan faol foydalangan holda, tinch hamda farovon hayotni asrash, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlar va madaniy-ma’rifiy aloqalarni rivojlantirish, chet eldagi hamyurtlarimiz bilan yaqin hamda o‘zaro manfaatli munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga salmoqli hissa qo‘shayapti. Mamlakatimiz ta’lim muassasalarida o‘qish 7 tilda olib borilmoqda. Teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar 12 tilda efirga uzatilayotir, gazeta hamda jurnallar 10 dan ortiq tillarda chop qilinayapti.
  • Aytish kerakki, mazkur yo‘nalishdagi islohotlar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida butunlay yangicha ma’no-mazmun kasb etib bormoqda. Chunonchi, 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat etib belgilangan. Bugun shu asosda aholi, ayniqsa, yoshlar ongida insonparvarlik qadriyatlarini, turli millatlar vakillari o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikni, yaqin qo‘shnilarimiz bilan do‘stona aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan ezgu ishlar olib borilayotir.
  • Davlatimiz rahbarining joriy yil yanvar oyida respublikamizdagi milliy madaniy markazlar faollari bilan uchrashib, ular bilan dildan muloqot qilgani, takliflari hamda fikr-mulohazalarini eshitgani ham bag‘rikenglikning yuksak namunasi bo‘ldi. Qolaversa, Yurtboshimizning 2017 yil 19 maydagi “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, Respublika baynalmilal madaniyat markazi hamda O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi negizida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tashkil etildi.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish