Jamiyat va tabiat o'zaro ta'sirining hozirgi davrda xususiyatlari va atrof muhitni muhofaza qilish muammosining dolzarbligi Reja



Download 102,61 Kb.
bet3/9
Sana14.07.2022
Hajmi102,61 Kb.
#801566
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Jamiyat va tabiat o\'zaro ta\'sirining hozirgi davrda xususiyatlari va atrof muhitni muhofaza qilish muammosining dolzarbligi

1. Ibtidoiy jamoa davri  – jamiyatning geotizimlar tabiiy holatini buzmaydigan hayot tarzi. Odam paydo bo‘lgandan boshlangan. Bu davrning xususiyatlari: dastlab tayyor tabiat ne’matlaridan termachilik bilan kun ko‘rilgan; tosh qurollari ixtiro qilinib, ovchilik va baliqchilik bilan shug‘ullanilgan; olov kashf qilingan; dastlabki uy hayvoni, ya’ni it xonakilashtirilgan; inson tabiatga butkul qaram bo‘lib, tabiatning bir bo‘lagi sifatida hayot kechirgan; tabiatni o‘ziga moslashtirlmagan; geotizimlar to‘la qayta tiklanish imkoniga ega bo‘lgan va h.k. Ibtidoiy odamni iqlimi qulay, biologik resurslarga boy (yirik hayvonlar, mevalar) joylar ko‘proq qiziqtirgan. Bu bosqichda inson tabiatni o‘zgartirmagan, balki unga moslashgan. Inson xo‘jalik faoliyati juda sodda bo‘lib, tabiiy muhitning o‘zgarishiga sababchi bo‘lmagan. Mevali o‘simliklarni asrash va me’yorida terish, hayvonlarni me’yorida ovlash qoidalari u davrda yozuv bo‘lmaganligi sababli og‘zaki tarzda o‘rnatilgan. 
2. Qishloq xo‘jaligi inqilobi davri – jamiyatning geotizimlarni kichik hududlarda, kam buzilishiga sababchi bo‘ladigan hayot tarzi. Bundan 6–8 ming yil ilgari boshlangan. Ushbu davrda odam ovchilik va baliqchilikdan dehqonchilikka o‘tgan. Tabiiy landshaftlarning kuch- siz o‘zgarishi ro‘y bera boshlagan. Bu davrning xususiyatlari: neolit davrida «Qishloq xo‘jaligi inqilobi» natijasida dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullana boshlangan; mug‘onalik – insonning tabiatga ta’sir ko‘rsatishi va uni o‘zgartirishi mumkinligi haqidagi qarash paydo bo‘lgan. Mehnat qurollari ancha takomillashib borishi natijasida inson tabiat bilan muvozanatni buza boshlagan, ayrim ov hayvonlari va o‘simliklar miqdor jihatdan kamaygan; xo‘jalik sohalarining dastlabki ko‘rinishlari paydo bo‘lgan va rivojlangan; aholi o‘troq hayot kechira boshlagan va dastlabki shaharlar paydo bo‘lgan. Bunday aholi to‘plangan joylarda fatsiya yoki urochishe miqyosida ekologik muvozanat buzilib, turli geoekologik muammolar tarkib topishiga olib kelgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston hududida er.av. II asrda dastlabki ariqlar, eramizning IV–VI asrlarida esa kanallar qurilgan. IX–XIII asrlarda sug‘orishning turli usullari va yirik gidrotexnik inshootlar qurilib, shu davr mobaynida jami 3,5–3,8 mln gektar yer sug‘orilgan. 
Bu davrda insonning tabiatga bo‘lgan ta’siri kuchaya borgan, hunarmandchilik rivojlangan, xo‘jalikda tabiiy resurslardan keng qo‘llanila boshlangan. Dehqonchilik va chorvachilik yanada rivojlangan, ammo ular, asosan, qo‘l kuchiga asoslangani uchun ekologik muvozanatga ta’sir etmagan. Demak, bu davrda tabiatga ta’sir, asosan, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish maqsadida bo‘lgan. Nisbatan uzoq davom etgan bosqich bo‘lib, tabiatga kuchsiz, ba’zi tabiat komponentlariga kuchliroq ta’sir ko‘rsatilgan. Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan qonunlar yozma ravishda o‘rnatilgan va amal qilingan, diniy manbalarga asoslanib, hukmdorlar turli davrlarda har xil ekologik qonunlar va farmoyishlar chiqarganlar.

Download 102,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish