Madaniyatning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni.
Madaniyat inson hayotida muhim vazifalarni bajaradi.Ular orasida quyidagilarni aloxida ta’kidlab ko‘rsatish mumkin.
Madaniyat, avvalo, ijtimoiy vazifalarni, ya’ni shaxsni, odamni inson qilib shakllantirish va tarbiyalash vazifasini bajaradi. Madaniyat xar bir shaxsning insoniyat yaratgan bilimlarni, ma’naviy qadriyatlarni, tartib-o‘oidalarni o‘zlashtirib olish, tarbiyalash, jamiyatning to‘la huquqli a’zosi sifatida faoliyat yuritish o‘obiliyatini shakllantirish vazifasini bajaradi.
Kommunikativ funktsiya (aloqa almashuv)- mohiyatni aniqlashda bilimlar, fikrlar, ma’naviy kuchlarni almashlash. Ijtimoiy hayot doimiy ravishda energiya, axborot, o‘zaro amaliy hamkorlikni taqozo qiladi,negaki, faqat turli tiprning munosabati (an’anaviy, funktsional-ahamiyatli, shaxslararo, ishlab chiqaruvchi, ma’rifiy-madaniy) jamiyatning tuzum sifatida mavjudligini va uning keyingi taraqqiyotini ta’minlashga qodir.
Normativiylik funktsiya (mezon-me’yoriy)- kishilar hulqini tartibga solish, ularning kuchini bir me’yorda va jamiyatni bir butunlikda saqlash maqsadida muvofiqlashtirish. Me’yor-qoida qandaydir harakat yoki qandaydir predmetlar, narsalarni yaratish sohasida aniq ko‘rsatmadir. Ongli ravishda o‘rnatilgan yoki ko‘p asrlik an’analarga tayanuvchi majburiy, taqiqlovchi me’yorlar mavjud (huquqiy, axloqiy me’yorlar), biroq ularning mazmuni bor jamiyatni barbod qilmaslik uchun kishilar faoliyatini tartibga solish, aniq chegaralar bilan belgilash.
Ruhiy yoki «loyihaviy» mo‘’tadillik funktsiya; bayramlar, diniy marosimlar, o‘yin, tomosha jarayonlarida ruhiy zo‘riqishlarni bartaraf qilish. qoniqarsiz istaklar, ro‘yobga chiqmaydigan niyatlar, amalda taqiqlanuvchi janjallar mavjudligi ruhiy zo‘riqishlar paydo bo‘lishiga olib kelib, nafaqat ma’lum bir shaxs salomatligiga zarar yetkazadi, balki, ommaviylik kasb etib, jamiyat harakatini izdan chiqarishi mumkin. Shuning uchun madaniyatda keraksiz xissiyotdan xalos bo‘lish mexanizmi ishlab chiqilgan. Madaniyat axborotlarni o‘zlashtirish, bilish, tushunish vazifasini bajaradi. Madaniyat inson uchun dunyoni bilish, dunyo to‘g‘risida turli ma’lumotlar, axborotlar olish, ularni avloddan avlodga o‘tib borishini ta’minlaydi.
Madaniyat tartibga soluvchi vazifani xam bajaradi, ya’ni kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni belgilangan tartib-o‘oidalar, axloqiy-xuquqiy normalar asosida tartibga solishga xizmat qiladi. Madaniyat kishilar o‘rtasida o‘zaro fikr almashuv bilan bo²liq bo‘lgan, aloqa uchun xizmat qiladigan vazifani bajaradi. Bu borada til asosiy vosita rolini o‘ynaydi. Gap shundaki, madaniyatning bir qator soxalari – fan, san’at, texnika va boshqalarning o‘ziga xos tili bo‘lib, ularni bilmasdan turib madaniyatni to‘laligicha bilib bo‘lmaydi.
Shuningdek qashshoqlar, kambag‘allar, o‘rta tabaqalar, yuo‘ori tabao‘alar, jamiyatdagi elita o‘atlamlari madaniyati degan tushunchalar ham ishlatiladi.
Masalan, ayrim tadqiqotchilar kambag‘al tabao‘alar madaniyati shaxsiy gigienadan tortib bilim darajasigacha bo‘lgan sohalarda past saviyada namoyon bo‘ladi, deb tushuntiradilar. Jamiyatni umumiy madaniyat asosida birlashtirishga intiluvchi ommaviy madaniyat mavjudligi haqida fikr bildiruvchilar ham bor.
Yoshlar orasida modaga berilgan xotin-o‘izlar, ayrim muzikaga («pop», «rok») berilgan yoki alohida jargon bilan gaplashishni xush ko‘radigan subkulturalar haqida ham fikrlar mavjud. Shahar madaniyati, qishloq madaniyati, kasb madaniyati, ular o‘rtasidagi faro‘lar haqida ham gapiriladi. Bularning hammasi madaniyatning murakkab tarkibiy tizimdan iborat ekanligini ko‘rsatadi.
Madaniyatshunoslik fanida shaxs kamolati muhim masaladir. Shaxsning barkamol inson bo‘lib yetishishida tarixiy, ijtimoiy-madaniy muhitning ta’siri katta. Inson ma’lum ijtimoiy-madaniy muhitda dunyoga keladi, go‘daklik chog‘idayoo‘ shaxs ijtiomiy-madaniy muhitni tayyor holda topadi. Mavjud ijtimoiy-madaniy muhit ta’sirida shaxs ijtimoiy shaxsga aylanadi. Shaxsning ijtimoiylashuvi madaniy-ijtimoiy muhit yaratgan va rioya o‘ilinadigan qadriyatlarni, urf-odatlarni, axloo‘-odobni, moddiy va ma’naviy boyliklarni, g‘oyaviy andozalarni o‘zlashtirish, o‘abul qilish oro‘ali sodir bo‘ladi, shaxs inson sifatida shakllanadi. Shu bilan birga shaxsda o‘tkinchi ehtiyojlarni – yurist, io‘tisodchi, injener, vrach, pedagog, san’atkor bo‘lish, boy bo‘lish, amaldor bo‘lish, shon-shuxrat o‘ozonish, turli unvonlar olish va bosho‘a ehtiyojlarni o‘ondirish kabi istaklar ham paydo bo‘ladi. Buning uchun ta’lim muassasalarida o‘unt bilan qo‘yib, dunyo va jamiyat, ularning taraqqiyot o‘onunlari to‘g‘risidagi umumiy bilimlarni egallash, maxsus kasbiy fanlarni o‘rganish, izlanish, hayotiy tajriba orttirish, intellektual salohiyatga ega bo‘lish zarur bo‘ladi.
Madaniyat kishining nafaqat ijtimoiylashuvini, shuningdek jamiyat bilan integratsiyalashuvini ta’minlaydi. Madaniyat insonga barkamollikka erishishga, ijodiy kuchlarini namoyon etishga ko‘maklashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |