Jamiyat taraqqiyotida axboriy



Download 75,8 Kb.
Sana16.01.2022
Hajmi75,8 Kb.
#373913

JAMIYAT TARAQQIYOTIDA AXBORIY

MADANIYAT, AXBOROT RESURSLARINING O’RNI

Kompyuter texnologiyalarining jadal rivojlanishi tufayli odamlar dunyoning

istalgan nuqtasida turli xil ma'lumotlarga ega bo'lishadi, ma'lumot almashadilar va

real vaqtda muloqot qilishadi. Axborot oqimlarida erkin yo'nalish uchun har qanday

profilning zamonaviy mutaxassisi kompyuter, telekommunikatsiya va boshqa aloqa

vositalaridan foydalangan holda ma'lumotlarni qabul qilishi, qayta ishlashi va

ishlatishi kerak. Ammo buning uchun siz mavjud bo'lgan juda ko'p miqdordagi

ma'lumot orqali navigatsiya qoidalarini bilishingiz va ma'lum bir madaniy

madaniyatga ega bo'lishingiz kerak.



1. Axborotlashgan jamiyat taraqqiyoti.

Yangi axborot texnologiyalarining yaratilishi va ularning jamiyat turli

jabhalariga kirib borishi informatikaning yangi sohasi - ijtimoiy informatika

fanining ajralib chiqishiga sabab bo’ldi. Ijtimoiy informatika quyidagi masalalarni

o’rganadi:

 Axborotlashgan jamiyat taraqqiyotining qonuniyatlari va muammolari;

 Axborot resurslari jamiyat rivojining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy

faktorlari sifatida;

 Axborotlashgan jamiyatda shaxs;

 Axborot madaniyati;

 Axborot xavfsizligi;



Axborotlashgan jamiyat termini Yaponiyada paydo bo’ldi . Mutaxassislar

ushbu termin yuqori sifatli axborot mo’l-ko’l bo’lgan va uni saqlash, taqsimlash va

foydalanish uchun barcha vositalarga ega bo’lgan jamiyatni ifodalaydi, deb e’tirof

etadilar. Axborotlar manfaatdor kishilarga tez va oson hamda qulay shaklda etkazib

beriladi.Axborot xizmatlari uchun narxlar shu darajada past bo’lishi kerakki,

jamiyatning har bir a’zosi undan ehtiyojiga qarab foydalansin.

Arademik V.A. Izvozchikov axborotlashgan jamiyat xususiyatlarini ifoda etuvchi

quyidagi ta’rifni taklif etgan:



“Axborotlashgan jamiyat deb, jamiyatning barcha sohalari hamda

a’zolari hayoti va faoliyatida kompyuter, telematika va boshqa vositalar aqliy

mehnat qurollari sifatida ishlatiluvchi , kutubxonalardan foydalanish, katta

tezlik va aniqlikda axborotlarni qayta ishlash, real va prognozlashtirilgan

hodisalarni modellashtirish, , ishlab chiqarishni boshqarish, ta’limni

avtomatlashtirish va boshqa vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega bo’lgan

jamiyatga_aytiladi.

Bunday jamiyatda:

Hohlagan kishi , gurux yoki ixtiyoriy korxona-tashkilot o’z faoliyati uchun zarur

bo’ladigan axborot resurslaridan foydalana jlishi;



 Zamonaviy axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining taqdim etilishi;

 Ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy rivojlanish masalalarini echish uchun

zarur bo’lgan axborot resurslarini doimiy yangilash va to’ldirish imkoniyatini

beruvchi rivojlangan axborot infrastrukturasiga ega bo’lish.

Axborotlashgan jamiyat darajasiga eng yaqin kelgan davlatlarga AQSh,

Yaponiya, G’arbiy Evropa davlatlari kiradi.



1.1. Insoniyatning axborotlashgan jamiyat sari bosib o’tgan yo’li.

Axborot hamisha jamiyat hayotida ham, alohida shaxs hayotida ham muhim

o’rin egallagan. Insoniyat tarixida axborotlarni yig’ish, saqlash va uzatish

vositalarining pivojlanish jarayoni bir tekis kechmagan va bir necha bor axborot

sohasida “Informatsion inqilob” deb ataluvchi global ahamiyat kasb etuvchi

hodisalar yuz bergan.

Birinchi information inqilob yozuvning kashf etilishi bilan bog’liq. Yozuv insoniyatga bilimlarni to’plash va uni avlodlarga uzatish imkonini berdi.O’z

yozuviga ega bo’lgan sivilizatsiyalar boshqalariga nisbatan uqori iqtisodiq va

madaniy darajaga erishganligi ma’lum. Bunga misol qilib, Qadimgi Misr, Ikki daryo

oralog’i davlatlari,Xitoy kabilarni keltirish mumkin.Bu borada piktografik va

ieroglifik yozuvdan alfavitli yozuvga o’tish alohida ahamiyatga ega bo’ldi.

Ikkinchi information inqilob (XVI asr o’rtalari) – kitob bosishning ixtiro

qilinishi bilan bog’liq.Bu hodisa axborotlarni caqlabgina qolmay, ularni ommaga

yoyish imkoniyatini yaratdi.Savodxonlik alohoda tabaqalar doirasidan chiqib,

ommaviy tusga kirdi.Bular ilmiy texnika rivojlanish jarayonini tezlashtirdi. Kitoblar

bilimlarning alohida mamlakat chegarasidan chiqib, umuminsoniy sivilizatsiya

yaratilish jarayonoga turtki bo’ldi.



Uchinchi information iqilob ( XIX asr oxiri) aloqa vositalarining taraqqiyoti

bilan bog’liq. Telegraf , telefon va radio ma’lumotlarni turli masofalarga operativ

uzatish va qabul qilish imkonini berdi.Insoniyat taraqqiyotining aynan shu bosqichi “globallashuv” jarayonining debochasi bo’lib qoldi. Axborot uzatish vositslarining taraqqiyoti tezkor va ishonchli aloqa vositalariga muxtoj bo’lgan fan va texnikaning gurkirab rivojlanishiga olib keldi.

To’rtinchi information inqilob ( XX asrning 70–yillari) mikroprotsessorli texnika va xususan, personalkompyuterlarning paydo bo’lishi bilan bog’liq.Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, axborot revolyutsiyasiga ХХasr o’rtalarida kompyuterlarning paydo bo’lishi emas, mikroprotsessorli tizimlarning keng tarqalishi sabab bo’ldi. Ushbu jarayon axborotlarni saqlash va izlash tizimlarini radikal o’zgartirib, kompyuterli telekommunukatsiyalarning paydo bo’lishi va rivojlanishiga olib keldi. Aynan to’rtinchi information inqilob “Axborotlashgan jamiyat” rivogiga asos soldi.

Axborot katta oqimlarining vujudga kelishi vujudga kelishiga:

 Bilimlarning turli sohalari bo’yicha davriy nashrlarning ko’payib borishi;

masalan, ХХ asr boshlarida ilmiy xodim uchun fizika sohasida chop etiladigan 10 tagacha oylik jurnal bilan tanishib borish etarli hisoblangan bo’lsa, asr oxiriga kelib, bu ro’rsatkich 100 ga etdi.

 Ilmiy va amaliy faoliyat natijalari e’lon qilinadigan kitob, xujjatlar, hisobotlar,

dissertatsiyalar va boshqalar miqdorining katta tezlik bilan ko’payib borishi.

sabab bo’ldi.Yuqorida ta’kidlab o’tilgan XX asr o’rtalaridagi ushbu holatni

“Informatsion portlash” deb ham atashadi. Mutaxassislar fikriga ko’ra, 1900 –

yilgasha bilimlarning to’planishi va rivojlanishi juda sekinlik bilan brogan bo’lsa,

1900 yildan keyin har 50 yilda 2 baravarga, 1950 yildan keyin har 10 yilda 2

baravarga, 1970 yildan boshlab, har 5 yilda , XX asr oxiridan boshlab har yili 2

baravarga ortib bormoqda. Axborot inqirozi bir qancha salbiy holatlarni keltirib

chiqardi. Ular orasida insonning chegaralangan qabul qilish va qayta ishlash

imkoniyatlari bilan doimiy ko’payib boruvchi axborot oqimlari o’rtasidagi qarama-qarshilik; foydali axborotlarni o’zlashtirishga halal beruvchi ulkan ortiqcha axborot massasining mavjudligi; axborot tarqalishiga xalaqit beruvchi iqtisodiy, siyosiy va boshqa to’siqlarning mustahkamlanishi muammolarini ajratish mumkin.

Axborotlashgan jamiyat vazifalaridan biri – inqiroz oqibatlarini yumshatishdan iborat.



1.2. Axborotlashtirish.



O’zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrdagi “Axborotlashtirish

to’g’risida”gi Qonuni 15-moddasida Milliy axborot tizimiga davlat organlarining

axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, shuningdek yuridik hamda

jismoniy shaxslarning axborot tizimlari kiradi.

Milliy axborot tizimi uning tarkibiga kiruvchi axborot tizimlarining xalqaro axborot

tizimlari bilan bir-biriga mosligini hisobga olgan holda yaratiladi.

Hozirgi davrda fan va texnikada ko’p qullaniladigan tushunchalardan biritizimdir.

Axborot tizimini ishlab chiqarishdan maqsad – tashkiliy loyihalashtirish, texnologik

va hakozo jihatlarini hisobga olgan holda tizim faoliyatining samaradorligini

oshirishdir.

O’zbekiston Respublikasining axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati

axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish

hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda,

milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan. Ta’kidlash joizki, milliy axborot

tizimiga davlat organlari, shuningdek, yuridik hamda jismoniy shaxslar, tarmoq va

hududiy axborot tizimlari kiradi. Axborot tizimi esa axborotni to’plash, saqlash,

izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy

jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa

vositalaridir. Axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar

banki, ma’lumotlar bazasi axborot resurslarini tashkil etadi.



O’zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to’g’risida”gi qonuni

(11.12.2003 yil) 19-moddasida ko’rsatilganidek, axborot resurslari va axborot

tizimlarini muhofaza qilish avvalambor, shaxs, jamiyat va davlatning axborot

xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Mazkur qonunning 20-

moddasida: “Axborot resurslari va axborot tizimlari, agar ular bilan g’ayriqonuniy munosabatda bo’lish natijasida axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdorlariga, egalariga yohud boshqa yuridik hamda

jismoniy shaxslarga zarar yetkazilishi mumkin bo’lsa, muhofaza qilinishi kerak.

Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar davlat sirlari hamda maxfiy sirlar

to’g’risidagi axborotni o’z ichiga olgan axborot resurslari va axborot

tizimlarining muhofaza qilinishini ta’minlashi shart”, deb alohida ko’rsatilgan.

1. Hisоblаsh tехnikаsi vоsitаlаrini jаmiyat fаоliyatining bаrchа

tаrmоqlаrigа tаdbiq qilish.



2. Jаmiyat а’zоlаrini hisоblаsh tехnikаsi vоsitаlаridаn sаmаrаli

fоydаlаnishgа o’rgаtish.



3. Jаmiyat а’zоlаrining turli xil ehtiyojlаrini qоndirishdа ахbоrоt

rеsurslаridаn to’lа vа sаmаrаli fоydаlаnishlаrini tа’minlаsh.

Jamiyatni axborotlashtirishda axborot zaxiralari muhim rol o’ynaydi. Uni

talqin etish va muhokama qilish axborotlashgan jamiyatga o’tish davri haqida gap

borgan davrdan davom etib keladi. Bu masala bo’yicha ko’plab nashrlar e’lon

qilingan, ularda turli fikrlar, tushunchalar o’z aksini topgan.

Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni ma’lumotlarning ulkan oqimida

axborotlarni ko’rib chiqish, tahlil etish va oqilona foydalanishni ko'zda tutadi.

Axborotlarni tanlash ancha mehnat talab qiladigan, ya’ni qimmat turadigan

jarayondir.

Hozirgi kunda axborot resurslari murakkab va ko'pqirrali obyekt sifatida

namoyon bo’lib, uni quyidagi parametrlar bilan izohlash mumkin:

· axborotlarning mazmuni;



10

· axborotga bo’lgan mulkchilik shakli: jamoatchilik mulki, davlat mulki, jamoa

tashkilotlari mulki, yuridik shaxs mulki, jismoniy shaxs mulki;

· axborotlarga kirish imkoniyatlari: ochiq, yopiq, maxfiy, tijorat siri, xizmat siri,

kasbiy sir;

· axborotlarni taqdim etish shakllari: matn hujjatlari, obzorlar, tarkiblashtirilgan

ma’lumotlar – ma’lumotlar ombori, ma’lumotlar banki.

1.3. Axborot sohasida globallashuv.



11

Bugungi kunda noana’naviy tahdidlar xalqaro moja rolarning qiyofasini

butunlay o’zgartirmoqda va informatsion-psixologik xurujlar sezilarli xavf-xatar

tug’dirmoqda. Ular armiyamizning negiziga putur yetkazish, avvalo uning

ma’naviy-ahloqiy asoslariga ta’sir o’tkazishga urinish va shuningdek, zamonaviy

internet texnologiyalaridan foydalanish orqali bizning bunyodkorlik ruhidagi boy

madaniyatimiz, ma’naviy qadriyat va an’analarimizga mutlaqo zid bo’lgan

buzg’unchi g’oya va tushunchalarni yoshlarimiz ongu tafakkuriga singdirishga

qaratilgani bilan ayniqsa xatarlidir.

I. A. Karimov.

Axborot omili yadroviy poligonlardan ham dahshatli omilga aylanib

borayotir. Agar mazkur omilga alohida e’tibor berilmas ekan, u borgan sari

kuchayib boradi. Natijada, ayrim kuchlar qo‘lida asosiy “qurol”ga aylanadi. Bu

esa nafaqat davlatlar yoki mintaqalarda keskin vaziyat vujudga kelishiga sabab

bo‘ladi, balki xalqaro miqyosda ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Xalqaro

munosabatlar tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlar natijasida milliy xavfsizlik,

mintaqaviy xavfsizlik va xalqaro xavfsizlik kabi tushunchalar mohiyatini

tushinishga, ularning o‘zaro bog‘liqligini anglashga e’tibor ortib bormoqda.

Bugungi dunyoning axborot xavfsizlik holati “Xavfsizlik”ka bo‘lgan zamonaviy

yondashuvlarni ishlab chiqishga va milliy, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikka

nisbatan konseptual qarashlarni rivojlantirishga undamoqda.

12

Bugungi kunda, Insoniyat qo‘lida mavjud bo‘lgan qurol-yarog‘lar Yer kurrasini

bir necha bor yakson qilishga yetadi. Buni hammamiz yaxshi anglaymiz. Lekin

hozirgi zamondagi eng katta xavf – insonlar ning qalbi va ongini egallash

uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir. Endilikda yadro

maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar ko‘p narsani hal

qiladi.



Kurashning bu turida eng samarali qurol – axborot. Shu bois, axborotni o‘z

maqsadlariga xizmat qildirishga intilish keskin tus olmoqda. Axborot, uni uzatish,

qayta ishlash va yig‘ish bosqichlari o‘ziga xos xususiyatga ega ekanligi bilan ham

ahamiyatlidir. Ya’ni, insonning oddiy, kundalik ehtiyojlarini qondirishga

qaratilgan xatti-harakatlarining asosini ham, dunyo mamlakat larining insoniyat

taqdiriga dahldor bo‘lgan qarorlarining manbaini ham axborot tashkil etadi. Bu esa

o‘z navbatida g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

Axborot xurujlarining tez-tez uyushtirilayotgani aslida “urush”ga munosabatni

o‘zgarganidan, qurolning yangi turi kashf qilinganidan darak beradi. Axborot bilan

qurollangan bunday xurujlar davlatlar tomonidan o‘z manfaatlari doirasini

kengaytirish maqsadida uyushtirilar ekan, bunday vaziyat mavjud bo‘lmaydi.

Hozirda turli usullarda olib borilayotgan mafkuraviy targ‘ibot va tashviqotlarning

asl maqsadi - inson qalbi va ongi uchun kurashga qaratilgan. Bu kurash

natijasiga ko‘ra uchta asosiy bosqichdan iborat.

Birinchisi –muayyan axborot inson tomonidan qabul qilinmaydi.

Ikkinchisi –axborot inson ongida ma’lumot sifatida saqlanib qolishi va u bundan

boshqa bir masala yuzasidan qarorlar qabul qilishda solishtiruvchi manba sifatida

foydalanish mumkin.

Uchinchisi – axborot fikr yoki g‘oya sifatida inson qalbini egallashi, ma’naviy-ruhiy

holatining uzviy qismiga aylanishi hamda bu uning amaliy faoliyati asosini

tashkil qiluvchi omil bo‘lib qolishi mumkin.

Axborot sohasida dunyo miqyosida yuz berayotgan globallashuvning

ijobiy va salbiy jihatlari juda ko‘p. Ushbu jarayonni o‘rganar ekanmiz, avvalo,

globallashuv nima, degan savolga javob topishga harakat qilamiz.

13

Global, fransuzcha – global, ya’ni, umumiy, lotincha – globus, ya’ni, shar

degan ma’nolarni anglatadi. Uni keng ma’noda, birinch idan, butun yer sharini

qamrab oluvchi, ikkinchidan, har tomonlama, to‘liq, yalpi, universal deb tushunish

mumkin. Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, globallashuv –

kishilik jamiyatidagi mahalliy ahamiyatga molik axborot, madaniy, iqtisodiy,

geosiyosiy makonlarning bir tizimga birlashuvi jarayonidir. Yer sharining turg‘un

transport yo‘llari bilan birlashtirilishi, axborot texnologiyalari rivojlanishi

natijasida axborotning bir zumda butun dunyoga tarqalishi globallashuvning

o‘ziga xos ko‘rinishlari, deyish mumkin.Globallashuv jarayonining ijobiy va

salbiy jihatlari anchagina. Zero, davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi hamkorlik

aloqalarini rivojlantirishda bu jarayon g‘oyat muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa,

zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalari, ilm-fan yutuqlaridan

hammaning birdek bahramand bo‘lishi, yangiliklar va boshqa muhim axborotlar

tezlik bilan tarqalishi ijobiy holdir. Turli muammolarni hal etish, aytaylik, tabiiy

ofatlarni bartaraf qilish, og‘ir ahvolga tushib qolganida mamlakatlarning bir-

biriga o‘zaro yordam ko‘rsatish imkoniyatlari globallashuv

jarayonida yanada yuqori darajaga ko‘ta rilishi tabiiy holga aylangan. Insoniyatning

shunday mo’jizakor yutuqlaridan ham ba’zi buzg‘unchilar salbiy maqsadlarda

foydalanayotganlari taassufli holdir.

“Ayni paytda hayot haqiqati shuni ko’rsatadiki, har qanday taraqqiyot

mahsulidan ikki xil maqsadda ezgulik va yovuzlik yo‘lida foydalanish mumkin.

Agarki bashariyat tarixini, uning tafakkur rivojini tarkibiy ravishda ko‘zdan

kechiradigan bo‘lsak, hayotda insonni kamolotga, yuksak marralarga chorlaydigan

ezgu g‘oya va ta’limotlar bilan yovuz va zararli g‘oyalar o‘rtasida azaldan kurash

mavjud bo‘lib kelganini va bu kurash bugun ham davom etayotganini ko‘ramiz.



Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig‘iz,

shu qadar tezkorki, endi ilgarigidek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi,

uning bizga aloqasi yo‘q, deb beparvo qarab bo‘lmaydi. Ana shunday kayfiyatga

berilgan xalq yoki millat taraqqiyotdan yuz yillar orqada qolib ketishi hech

gap emas”.

14

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat

qurilishi akademiyasi professori Abdullajon Begmatov qayd etishicha, ayrim

mutaxassislar globallashuvni turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati,

ma’naviyati, odamlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va bog‘liqlikning kuchayishi deb

ta’riflaydilar. U fransuz tadqiqotchisi B.Bandining globallashuv jarayoni

haqidagi quyidagi fikrlarini keltiradi:

Globallashuv – muttasil davom etadigan tarixiy jarayon;

Globallashuv – jahonning gomogenlashuvi va universallashuvi jarayoni;

Globallashuv – milliy chegaralarning “yuvilib ketish” jarayoni.

Bu ta’riflarda keltirilgan globallashuv jahonda yuz berayotgan turli jarayonlar bilan

bog‘liqdir.

Shu o‘rinda muallif globallashuvning mamlakatlar iqtisodiy siyosati

va ma’naviyatiga o‘tkazishi mumkin bo‘lgan ijobiy va salbiy ta’siri haqida so‘z

yuritar ekan, Hindistonning mashhur davlat arbobi Mahatma Gandining

quyidagi so‘zlarini ta’kidlaydi: “Men uyimning darvoza va eshiklarini doim

mahkam berkitib o‘tira olmayman, chunki uyimga toza havo kirib turishi kerak. Shu

bilan birga ochilgan eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo‘lib

uyimni ag‘dar-to‘ntar qilib tashlashi, o‘zimni esa yiqitib yuborishini ham

istamayman”. Globallashuv tarafdorlari globalistlar, deb ataladi. Ular orasida

davlat arboblari, siyosatdonlar, sanoatchi va biznesmenlar ko‘proq uchraydi.

Globallashuv muxoliflari esa aksilglobalistlar nomini olgan bo‘lib, ular orasida

ko‘proq so‘l kuchlar, kasaba uyushmalari va yoshlar tashkilotining vakillari bor.

MDH hududida aksilglobalistlar Rossiya Federatsiyasi hududida faol harakat olib

bormoqdalar. Bu yerda ular turli anjumanlar, seminarlar o‘tkazish uchun to‘planib

turadilar.



XX asr o‘rtalarida globalla shuvning institutsionallashuvi, ya’ni

tashkillashuvi kuchaygandan keyin bu jarayonning o‘zi ham keskin tezlashdi va

kuchaydi. Institutsionallashuvning kuchayganini Butunjahon savdo tashkiloti,

Xalqaro Valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, Yevropa taraqqiyoti va tiklanish banki

ulkan tashkilotlarning vujudga kelgani misolida ham ko‘rish mumkin.Tahlil shuni

15

ko‘rsatadiki, globalizm tarafdorlari ham, dushmanlari ham asosiy e’tiborni

iqtisodiyot sohasiga qaratishadi. Globallashuvning ma’naviyatga ta’siri va ma’naviy

globallashuv masalalari sotsiologiya, falsafa kabi fanlarda o‘z aksini topishi zarur.

Binobarin, qandaydir yot g‘oyalar, oqimlar va mafkuralar ma’naviyatimizga

vayronkor ta’sir o‘tkazishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Chetdan o‘tkaziladigan har

qanday mafkuraviy ta’sirga qarshi himoya choralari ko‘rishdan avval qanday

ta’sirlar ijobiy ma’no kasb etadi-yu, qaysilari ortiqcha ekanligini aniqlab olish

zarur.

O‘rta Osiyo xalqlari madaniyati va ma’naviyati ham Sharq va G‘arbni

tutashtirgan karvon yo‘llarida joylashgani sababli ham Sharq, ham G‘arb

madaniyatidan bahramand bo‘lgan. Muhimi shundaki, xalqimiz G‘arb va Sharq

ma’naviyatidan bahramand bo‘lib ularning ijobiy tomonlarini o‘zlashtiribgina

qolmay, ularga ijodiy yondashib yangi cho‘qqilarga ko‘tarildi. Bu fikrning

tasdig‘ini ma’naviyatning tarkibiy qismlari bo‘lgan ilmiy bilimlar, diniy e’tiqod,

san’at durdonalari misolida ham ko‘rish

mumkin.



Ayrim mutaxassislar globallashuvni aniq voqeliklarga tayangan holda

izohlaydilar. Undan kelib chiqadigan xulosalarni izohlash mumkin:



1. G‘oyalar va madaniyat sohasidagi globallashuv.Yagona axborot makonida

ilg‘or va insonparvar g‘oyalar o‘zaro yaqinlashib boraveradi. Madaniyat

sohasida ham umumbashariy g‘oyalar globallashib borayotgani kuzatilmoqda.

Bu borada O‘zbekiston dunyo taraqqiyotiga xizmat qilayotgan hamda milliy

madaniyatimizga mos keladigan madaniy boyliklarga alohida e’tibor bilan

qaraydi. Ya’ni, turli rivojlangan davlatlar bilan madaniy aloqalarini muttasil

rivojlantirib boraveradi.

2. Axborot va kommunikatsiya sohasi dagi globallashuv.

Dunyo allaqachon yagona axborot makoniga aylangan. Buning qator

ijobiy jihatlari borligini inkor etmagan holda ayrim salbiy jihatlaridan ham ko‘z

yumib bo‘lmaydi. Ya’ni, jamiyat xavfsizligi va barqarorligiga tahdid soluvchi

misli ko‘rilmagan yangi-yangi xavflar paydo bo‘lmoqda. Ko‘pincha ayrim



16

axborot vositalari uyushgan jinoyatchilar, terrorchilar qo‘lida juda xavfli qurolga

aylanib qolmoqda. “Buning tasdig‘ini yon-atrofimizda, dunyoning turli mintaqa

va hududlarida yuz berayotgan voqealar, ayrim siyosiy kuchlarning soxta g‘oya va

mafkuralarni oldinga surish orqali o‘zlari ko‘z tikkan mamlakatlarni ta’sir

doirasiga olish va o‘ziga tobe qilish, xalqaro maydonda ikki xil standartlarni ishga

solib, kerak bo‘lsa, kuch ishlatib, uzoqni ko‘zlag an strategik maqsadlarini

zo‘ravonlik bilan amalga oshirishga qaratilgan urinishlari misolida kuzatish

mumkin. Takror-takror aytishga to‘g‘ri keladi – bunday kuchlar o‘z maqsadlariga

yetish uchun shunday makkor usul va

zamonaviy axborot texnologiyalarini ishlatmoqdaki, ularning tazyiqlariga dosh

berish, bunday xurujlarning niqobi va sir-asrorini ochib tashlash, asl niyatlarini

anglash – bu o‘ta og‘ir va mushkul vazifa bo‘lib, uni ado etish har kimning ham

qo‘lidan kelmaydi”.



Axborot sohasidagi globallashuv jarayonida eng muhimi, ana shunday axborot

xurujlariga qarshi avvalo yoshlarda yetarli darajada mafkuraviy immunitetni

oshirib borish faqat ijobiy samara berishi mumkin.

3. Iqtisodiy globallashuv.

Texnologiyalarning taraqqiy etishi jahon iqtisodiy tizimining yagona kompleks

sifatida faoliyat olib borish imkoniyatlarini kengayishi uchun shart-sharoit yaratdi.

Bu globallashuvning ham o‘ziga yarasha ijobiy jihati bilan bir qatorda salbiy

tomonlari ham yo‘q emas. 2008 yilda butun dunyoni tashvishga slogan jahon

moliyaviy inqirozi deyarli biror mamlakatni chetlab o‘tmadi.



4. Geosiyosiy globallashuv.

“Geosiyosiy” so‘zining lug‘aviy ma’nosini – geografik siyosiy, deb talqin

etish mumkin. Ya’ni , biror mamlakatning o‘rni, chegaralari, iqlimi va boshqa

geografik omillarining davlat tashqi siyosatiga (geografik-siyosiy strategiyasi va

h.k.ga) muayyan ta’sirini ifodalash uchun ishlatiladi.



Geosiyosiyga oid ilmiy qarashlarga davlatning geografik joylashuvi (makoni)

bilan uning ichki va tashqi siyosati o‘rtasidagi uyg‘unlik prinsipi asos qilib olinadi.

Mutaxassislar fikricha, geosiyosiy va geoiqtisodiy omillar yig‘indisi

17

globallashuvning qat’iy, ashaddiy muxoliflarini vujudga keltirmoqda. Ayrim

rivojlangan mamlakatlar globallashuv jarayonining asosiy harakatlantiruvchi kuchi,

“ menejeri ” bo‘lishga intilmoqda.



Globallashuv jarayonida dunyo miqyosida paydo bo‘lgan xavf-xatarlardan aslo

ko‘z yumib bo‘lmaydi. Bu muammolar quyidagicha:

1. Xalqaro terrorizm. Mintaqada xalqaro terrorizmning faollashuvi ham ichki , ham

tashqi omillar bilan bog‘liq.

2. Diniy ekstremizm. Yurtimiz osoyishtaligiga rahna soladigan diniy ekstremizm

ildizlarini aniqlash, uni moddiy va boshqa jihatlardan doimo qo‘llab-

quvvatlaydigan manbalarini topish.

3. Xalqaro narkobiznes. Terrorizm va diniyekstremizm bilan

muntazam hamkorlik qilishdan manfaatdor bo‘lgan narkobiznes

avvalo ularni mablag‘ bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Shu o‘rinda narkoagressiya



– giyohvandlik moddalari va narkobiznesga qaram bo‘lib qolgan jamiyatlarni

vujudga keltirish maqsadida izchil harakatlar tushunchasi shundan kelib chiqadi.



Globallashuv jarayonida jamiyatimizga bunday illatlar goh oshkora, goh

pinhona tarzda kirib kelishini unutmaslik lozim. Ma’naviy olam o‘zaro ta’sirlar

jarayonida rivojlanadi. Buni yurtimiz istiqlolga erishganidan buyon madaniy,

ma’naviy hayotimizdam yuz bergan o‘zgarishlar misolida ham ko‘rish mumkin.

Globallashuv jarayonida milliy ma’naviyatga qarshi turli tahdidlardan himoya qilish

uchun eng samarali vosita – milliy istiqlol g‘oyasi, yoshlar ongi va qalbida

mafkuraviy immunitetni tobora oshirib borishdir. Hozirgi paytda jahonda 20 ga

yaqin davlatda yadro quroli ishlab chiqarish harakatlari davom etayotgan bo‘lsa,

120 ga yaqin “axborot xuruji” uyushtirilayotgani tashvishli holdir. Bu axboriy

tajovuzlar millat ruhiga, insoniyat taraqqiyotiga so‘zsiz salbiy ta’sir ko‘rsatishi

turgan gap. Axborot sohasidagi globallashuvning ijobiy jihatlari bilan bir qatorda

mamlakat milliy xavfsizligiga, milliy qadriyatlarga, millat ruhiyatiga tahdid

solish xavfi ham borligini doimo yodda tutish va unga qarshi yoshlar qalbida

mafkuraviy immunitetni oshirib borish hayotiy zaruratga aylangan .



18

Globallashuv aslida yaxshilikka xizmat qilsa – da, yuzaga kelyotgan

ko’ngilsizliklar «axborot xuruj» lari unga soya solmoqda . Natijada globallashuv

deganda ko’ngillarda g’ashlik paydo bo’lib, u go’yo yengib bo’lmas tog’dek

tuyuladi. Yuzaga kelayotgan tartibsizliklarga yuksak ma’naviyat bilan qarshi

chiqishimiz lozim.

2. Jamiyat taraqqiyotida axboriy madaniyat.

Zamonaviy jamiyat hayotida ta'limning o'rni asosan axborot jamiyati

tushunchalarida, axborot sivilizatsiyasini shakllantirish va ta'limni

axborotlashtirishda o'z aksini topgan bilim va ma'lumotlarning rolining oshishi bilan

belgilanadi. Kompyuter texnologiyalarini keng joriy etish natijasida kelib

chiqayotgan jamiyatda yuz berayotgan innovatsion o'zgarishlar sharoitida Rossiyada

va chet ellarda zamonaviy ta'limni rivojlantirishning eng dolzarb vazifalaridan biri

bu axborotlashtirish va axborot jamiyatida ta'limni rivojlantirishning global

tendentsiyalarini amalga oshirishdir.



19

Kompyuter texnologiyalarining jadal rivojlanishi tufayli odamlar dunyoning

istalgan nuqtasida turli xil ma'lumotlarga ega bo'lishadi, ma'lumot almashishadi, real

vaqtda muloqot qilishadi. Axborot oqimlarida erkin yo'nalish uchun har qanday

profilning zamonaviy mutaxassisi kompyuter, telekommunikatsiya va boshqa aloqa

vositalaridan foydalangan holda ma'lumotlarni qabul qilishi, qayta ishlashi va

ishlatishi kerak. Ammo buning uchun siz mavjud bo'lgan juda ko'p miqdordagi

ma'lumot orqali navigatsiya qoidalarini bilishingiz va ma'lum bir madaniy

madaniyatga ega bo'lishingiz kerak.

2.1. Axborot madaniyati tushunchasi.

Axborot madaniyati - bu insonning axborot hayotiga erkin kirish imkoniyatini

yaratadigan yangi aloqa turi; global va mahalliy darajadagi barcha darajalarda

axborot hayotiga chiqish va kirish erkinligi, chunki axborot hayotining milliy, davlat

ichidagi turi milliy ilm-fan kabi barqaror emas; insonni muntazam axborotlar va

intellektual ishlardan ozod qilish natijasida shakllanadigan fikrlashning yangi turi,

uni belgilaydigan xususiyatlar qatorida ikkinchisining o'zini o'zi rivojlantirish va

o'zini o'zi tarbiyalashga yo'nalishi bugungi kunda aniq namoyon bo'ldi.

"Axborot madaniyati" tushunchasida etakchi so'z "madaniyat" bo'lib, u eng

katta semantik yukni o'z ichiga oladi. Eng taniqli rus madaniyatshunoslarining

tadqiqotlari madaniyatni yagona mavzu va asosiy ob'ekti inson bo'lgan faoliyatning

20

natijasi, jarayoni, usuli, munosabati, normasi, tizimini anglatadigan murakkab

tushuncha sifatida aniqlashga imkon beradi.

Axborot madaniyati bu:

Insonning axborot mavjudligiga erkin kirish imkoniyatini yaratadigan yangi

aloqa turi;



Axborot hayotining global va mahalliy darajadagi barcha darajalarida chiqish

erkinligi va erkinligi, chunki axborot hayotining milliy, davlat ichidagi turi milliy



ilm-fan kabi barqaror emas;

Odamni muntazam axborotlar va intellektual ishlardan ozod qilish natijasida

shakllangan tafakkurning yangi turi, uni belgilaydigan xususiyatlar muhiti,

ikkinchisining o'zini o'zi rivojlantirish va o'zini o'zi tarbiyalashga yo'nalishi

allaqachon aniq namoyon bo'ldi.



Shaxsning axborot madaniyati - bu shaxsning tizimli xarakteristikasi

sifatida shaxsiyatning asosiy madaniyatining ajralmas qismi bo'lib, unga axborot

bilan ishlashning barcha turlarida samarali qatnashish imkoniyatini beradi: olish,

to'plash, kodlash va qayta ishlash, shu asosda sifat jihatidan yangi ma'lumotlar

yaratish, uni o'tkazish, amaliy foydalanish.

Axborot madaniyatining ajralmas qismi bu yangi axborot texnologiyalarini

bilish va uni odatdagi operatsiyalarni avtomatlashtirish uchun ham, g'ayrioddiy

ijodiy yondashuvni talab qiladigan g'ayrioddiy vaziyatlarda ham qo'llash

qobiliyatidir.



Binobarin, axborot madaniyati - bu insonning axborot hayotiga erkin kirish

imkoniyatini yaratadigan yangi aloqa turi; global va mahalliy darajadagi barcha

darajalarda axborot hayotiga chiqish va kirish erkinligi, chunki axborot hayotining

milliy, davlat ichidagi turi milliy ilm-fan kabi barqaror emas; insonni muntazam

axborotlar va intellektual ishlardan ozod qilish natijasida shakllanadigan

fikrlashning yangi turi, uni belgilaydigan xususiyatlar qatorida ikkinchisining o'zini

o'zi rivojlantirish va o'zini o'zi tarbiyalashga yo'nalishi bugungi kunda aniq namoyon

bo'ldi.



21

2.2. Axborot madaniyatining tarkibiy qismlari



Axborot madaniyati axborot jarayonlari va munosabatlar mohiyatini

tushunishda savodxonlik va malakani o'z ichiga oladi; gumanistik yo'naltirilgan

axborot-semantik soha (intilishlar, qiziqishlar, dunyoqarash, qadriyat yo'nalishlari);

rivojlangan axborot aksi, shuningdek, axborot xatti-harakatlari va ijtimoiy va

axborot faoliyatidagi ijodkorlik.

Insoniyatning axborot madaniyatining muhim elementlaridan biri bu axborot

resurslarini bilishdir (iloji bo'lsa, ularga erkin kirish huquqini qo'lga kiriting).

Mamlakatimizda ko'plab tashkilotlar ma'lumot to'plash, qayta ishlash, saqlash va

tarqatish bilan shug'ullanadilar: kutubxonalar, statistika markazlari, axborot

xizmatlari, ommaviy axborot vositalari.

22

Birinchi marta "axborot savodxonligi" tushunchasi 1977 yilda Qo'shma

Shtatlarda joriy qilingan va oliy ta'limni isloh qilish milliy dasturida ishlatilgan.

Amerika kutubxonalari assotsiatsiyasi axborotni biladigan odamni ma'lumotni

aniqlay oladigan, joylashtiradigan, baholay oladigan va undan eng samarali

foydalana oladigan odam deb atagan (E. A. Medvedeva, p. 59).

A. P. Ershov kompyuter savodxonligini "kompyuter yordamida

muammolarni hal qilish ko'nikmalariga ega bo'lish, harakatlarni rejalashtirish va

ularning oqibatlarini oldindan bilish qobiliyati, informatika fanining asosiy

g'oyalarini anglash, jamiyat hayotidagi axborot texnologiyalarining rolini anglash"

deb tushunadi.

Axborot kompetensiyasi (M. A. Sovuq) - bu tegishli faoliyat sohasida

samarali qarorlar qabul qilishga imkon beradigan predmetga xos bilimlarni tashkil

etishning maxsus turi.

Kompetentsiya nafaqat professional madaniyatning tarkibiy qismi, balki

umumiy, oldindan professional ham bo'lishi mumkin. Kasbiy axborot

kompetentsiyasi va umumiy vakolat o'rtasidagi farq echilishi kerak bo'lgan vazifalar

va muammolar doirasi, shuningdek ularni hal etish darajasida.



N. X. Nasyrova ishida axborot kompetensiyasiga quyidagi ta'rif berilgan. Bu:

 Texnik, dasturiy ta'minot va axborot sohasida bilim, ko'nikma va malakalarni

egallashga turtki, ehtiyoj va qiziqish;



 Zamonaviy axborot jamiyati tizimini aks ettiruvchi ijtimoiy, tabiiy va texnik

bilimlar to'plami;



 Qidiruv kognitiv faoliyatining informatsion asosini tashkil etadigan bilimlar;

 Izlash kognitiv faoliyatining operatsion asosini belgilovchi usullar va

harakatlar;



 Dasturiy ta'minot va texnik resurslar sohasida qidirish tajribasi;

 "Shaxs - kompyuter" munosabatlarining tajribasi.

Oliy ta'lim o'qituvchisining axborot-pedagogik kompetensiyasi uning

umumiy pedagogik madaniyatining tarkibiy qismi, uning kasbiy mahoratining va

oliy ta'lim sohasida jahon standartlariga muvofiqligining eng muhim ko'rsatkichidir.

23

Jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, aynan o'sha mamlakatlar, birinchi navbatda AQSh,

Germaniya, Yaponiya, Frantsiya o'zlarining intellektual kadrlarini tayyorlashni

birinchi o'ringa qo'yishgan, mudofaa, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy, huquqiy va

madaniy sohalarda eng katta yutuqlarga erishgan (Tyt, 1994]).

Professional, uslubiy va umumiy madaniy bilimlar va amaliy ko'nikmalarning

kompleks to'plamiga asoslangan holda turli xil ma'lumotlarni olish va uzatish

usullari, ta'limdagi zamonaviy axborot texnologiyalariga egalik qilishni nazarda

tutadigan axborot-pedagogik kompetentsiya yanada kengroq kontseptsiyaning

majburiy tarkibiy qismiga aylanishi kerak - zamonaviy universitet o'qituvchisi.

o'qitiladigan fanning mazmunidan qat'iy nazar. Bizning fikrimizcha, bu yuqori

darajadagi diplom mutaxassisidan har qanday ishlab chiqarish yoki jamoat

sohasidagi tinglovchiga - o'qituvchi, muhandis, menejer, shifokor va hk. Ma'lumot

uzatish zanjiridagi birinchi bo'g'in.

Axborot pedagogikasi nazariy va uslubiy asosni yaratadi. Demak, aksariyat

axborot madaniyati tadqiqotchilari o'zlarining e'tiborlarini iste'molchilarda tegishli

axborot madaniyatini tarbiyalashga qaratdilar (M. G. Voxryshev, V. A. Fokeev, L.

K. Lobodenko va boshqalar) Demak, L. K. Lobodenkoning fikriga ko'ra axborot

madaniyati. , bir qator qo'shimcha komponentlarni o'z ichiga olishi kerak:

 Axborotni iste'mol qilish madaniyati (ongli ravishda tanlangan axborot

turmush tarzi, axborot etakchisi);



 Axborotni tanlash madaniyati (jamiyatning axborot muhitining tizimli

ko'rinishi; axborot muhitini tahlil qilish qobiliyati);



 Qidiruv madaniyati (kutubxonalar va ONTI tomonidan taqdim etiladigan

axborot xizmatlari doirasini bilish, SBA va boshqa qidiruv manbalaridan

foydalanish qobiliyati; optimal qidiruv algoritmlariga ega bo'lish);

 Axborotni qayta ishlash madaniyati (analitik va sintetik faoliyat);

 Axborotni assimilyatsiya qilish va undan foydalanish madaniyati (nashr

faoliyati, ilmiy tadbirlarda qatnashish, fan va texnika yutuqlaridan amaliyotda

foydalanish);

 Bibliografik ma'lumotni yaratish madaniyati;

24

 Kompyuter va ofis jihozlaridan foydalanish madaniyati;

 Axborot uzatish madaniyati (axborot-kommunikatsiya faoliyati);

 Axborotni tarqatish madaniyati (IP-ni bilish, axborotdan foydalanuvchilarni

bibliografik ta'minlash usullari va usullarini bilish).



"Pedagogik kibernetika" tushunchasi ta'lim jarayonini, pedagogik tizimlarni

maqbul boshqarish fani sifatida, kibernetik yondashuv va kompyuter

texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan o'qitish texnologiyasi fani sifatida (G.

G. Vorobiev va boshqalar) axborot madaniyatini rivojlantirishni eng muhim

vazifalar deb biladi.

Axborot madaniyati tushunchasi odamlar hayotining axborot tomonlari bilan

bog'liq madaniyatning bir tomonini tavsiflaydi. Axborot madaniyati inson o'z

faoliyatining maqsadiga erishish uchun qo'ygan muammolarini hal qilishda axborot

texnologiyalaridan foydalanadi deb taxmin qiladi.



Dunyoning zamonaviy rasmini tushunish sifatida (V. A. Izvozchikov);

Axborot va odamlar bilan ishlash qobiliyati va qobiliyati sifatida (V. N. Soloviev);

Dunyoning tizimli axborot rasmini tushunish sifatida (T. Yu. Kitaevskaya) va

boshqalar.



25

2.3. Axborot madaniyatini shakllantirish muammolari.

O'qituvchining axborot madaniyatini shakllantirish o'ziga xos xususiyatlarga

ega:


 Tashabbuskorlik, o'z muammolariga echim topish qobiliyati (I. P. Osintsova);

 Ishlab chiqarishga minimal moslashgandan so'ng, kutubxona ishining har

qanday sohasidagi barcha vazifalarni bajarish qobiliyati (A. Ya. Chernyak);



 Intellektual, texnologik, iqtisodiy, ekologik, axloqiy, siyosiy, ijtimoiy-

psixologik, estetik, uyushgan o'qish, tashkiliy fazilatlar;



 Axborot holatini mustaqil ravishda tahlil qilish qobiliyati (G. S. Galiullina);

 Axborot oqimidagi yo'nalish, hujjatlarni optimal saqlash va ulardan

foydalanishni tashkil etish qobiliyati (I. A. Meizis);



 Operator mahorati, jarayonlarni modellashtirish qobiliyati, psixologik

moslashuv (L. N. Fedorova);



 Pedagogika fanlari sohasida erishilgan yangi yutuqlar to'g'risidagi

ma'lumotlarni bilish (I.A.Meyjis);



26

 Muammolarni hal qilish qobiliyati, etakchilik qobiliyati, tadqiqot ishlariga

moyilligi (M.G. Voxrysheva);



 Tashabbuskorlik, ijodiy yondashuv, intellektual salohiyat, yuqori psixomotor

fazilatlar, axloqiy tamoyil, bilimlilik, ijodiy tushunchalarga qobiliyat, qat'iy

tahlillardan kam emas;

 Psixologik moslashuvchanlik, stressga chidamlilik, o'z-o'zini bilish, o'zini o'zi

tashkil etish, o'zini o'zi boshqarish va o'zini o'zi to'g'irlash qobiliyatlari.



Bir qator tadqiqotchilar axborot madaniyati rivojlanishining qarama-qarshi

xususiyatlarini hisobga olib, inson o'zi yaratgan ma'lumotga "monster" ga to'liq

bog'liq bo'lish ehtimoli xavfi mavjud (N.I. Vitiska va boshqalar). Ularning fikriga

ko'ra, loyqa ma'lumotlarni qayta ishlashga asoslangan intellektual axborot

tizimlarini qurish alohida ahamiyatga ega bo'lib, ular boshqaruv qarorlarini qabul

qilish bilan bog'liq mutaxassislarning mulohazalarini sifat jihatidan etarlicha

modellashtirishga imkon beradi.

Axborot madaniyati muammosini tadqiq qilishda bir qator umumiy masalalar

aniqlandi: uning asosiy tushunchalari va turlari; axborotlashtirishning huquqiy va

axloqiy jihatlari, shaxsning axborot madaniyatini shakllantirishning psixologik va

pedagogik muammolari; uni pedagogik jarayonda ilgari surishning psixologik

mexanizmlari; axborot texnologiyalarining o'rni, madaniyat rivojidagi global

axborot tarmoqlarining o'rni va ta'siri, madaniyat, san'at, ta'lim sohasidagi

Rossiyaning axborot resurslarining holati. Shunday qilib, bir qator mualliflar (Yu.

S. Zubov va N. A. Slyadneva) tarixiy ongda inson faoliyatini o'zgartiradigan

materialning roli hanuzgacha hukmronlik qilmoqda degan pozitsiyani ko'rib

chiqmoqdalar.



Axborotni o'zgartiruvchi faoliyat odatda ma'naviy madaniyat tarixi sifatida

qaraladi va texnologik va ijtimoiy tarixga bo'ysunadi. Biroq, mualliflarning fikriga

ko'ra, axborotni ishlab chiqarish usuli inson faoliyati asosida yotadi va asosan

madaniyat turlarini belgilaydi. Shuning uchun zamonaviy axborot ta'limi va o'qitish

texnologiyalarini rivojlantirish juda muhimdir.

27

Tadqiqotchilarning yana bir guruhi (Z. E. Vorobyova va A. I. Muxachev)

yaqin kelajakda barcha tizimlarda yuzaga keladigan energiya-axborot o'zaro ta'sirini

o'rganishga bag'ishlangan yagona fan shakllanishini taklif qilishmoqda.

Fanlararo tadqiqotlarning kontseptsiyalari va toifalarini aniqlash va aniqlashtirish

zarurati kelib chiqadi, bu esa o'z navbatida ta'lim tuzilmasi va mutaxassislar

madaniyatining sifat tarkibiy qismlarini jiddiy qayta ko'rib chiqishni talab qiladi.

Ushbu jarayonda etakchi o'rin ta'lim tizimiga shaxsning axborot madaniyatini

oshirishning eng muhim omili va butun dunyo miqyosidagi va mintaqaviy darajada,

ya'ni butun bilim sanoatining eng yirik tarmog'i sifatida kiradi, ya'ni. mutaxassisning

axborot madaniyatining mintaqaviy jihatini yoritib berish. Tadqiqotchilar

odamlarning ma'lumot olishning turli xil imkoniyatlariga bo'linishi bilan bog'liq

holda yuzaga keladigan shaxsning (M.G. Voxrysheva, V.M. Petrov, A.S. Chachko

va boshqalar) axborot madaniyatining axloqiy jihatlariga katta qiziqish

bildirmoqdalar: qiyinligi sababli pullik va bepul ma'lumotni ajratish bilan, ijtimoiy

munosabatlarning maxsus ierarxiyasi paydo bo'lishi va turli xil ijtimoiy

guruhlarning axborot hissasidagi farq bilan asl va mualliflik huquqlarini saqlab

qolish.

Axborot madaniyatining pedagogika bilan chegaradosh muammolari - bu

axborot faoliyatidagi aloqa tamoyillari, shaxsning axborot madaniyati tipologiyasi,

uning 21-asrda rivojlanish prognozlari, virtual haqiqatdagi shaxsning o'zini o'zi

identifikatsiyalashning o'ziga xos xususiyatlari (A.A.). jamiyatning axborot

rivojlanishi va shaxsiy ma'lumot xatti-harakatlari sohasidagi mutaxassislarni

tayyorlashning zarur darajasini ta'minlash (N. L. Nikitina, E. L. Kudrina, N. I.

Gendina va boshqalar). O'quv dasturlarini qurishning blok-modulli printsipi taklif

qilinmoqda, bu esa ta'limning asosiy mohiyatini ta'minlagan holda, o'quvchilar

toifasiga qarab kursni o'zgaruvchan qilishga imkon beradi.

28

3. Zamonaviy jamiyat axborot resurslari.

Resurs bu – qaysidir vositalarning manbasi yoki zahirasidir. Har qandar

jamiyat, davlat, firma yoki jismoniy shaxs o’z hayotiy faoliyati uchun zarur bo’lgan

ma’lum resurslarga ega bo’ladi. An’anaviy resurslarga xom ashyo (tabiiy) resurslar,

energetic resurslar, mehnat resurslari, moliyaviy resurslar kabi material resurslar

kiradi.Bularga qo’shimcha ravishda zamonaviy jamiyatning muhim resurs turi bu –

axborot resurslaridir. Vaqt o’tishi bilan axborot resurslarining ahamiyati ortib

boradi;buning tasdig’i sifatida zamonaviy jamiyatning hozirgi bosqichida axborot

resurslari narxi material resurslaridan past bo’lmagan tovar ekanligi faktini

keltirishimiz mumkin.”Axborot resurslari” tushunchasiga turli ta’riflar berilgan

bo’lib, “Axborot, axborotlashtirish va axborot xavfsizligi to’g’risidagi

29

gonunda keltirilgan ta’rifga asosan:”Axborot resurslari – axborot tizimlaridagi

xujjatlar va xujjat massivlaridan iborat.

Jamiyatning axborot resurslari boshqa material resurslari kabi strategik

ahamiyatga egadir.Ammo axborot resurslari va boshqa turdagi resurslar o’rtasida

juda muhim farq mavjud: axborot resursidan boshqa har qanday resurs

foydalanilgandan keyin yo’qoladi (yoqilg’ini yoqish, sarflangan mablag’ va b.),

axborot resursi esa kamaymaydi, aksincha ortib boradi.Undan ko’p marta

foydalanish, cheksiz marta nusxa ko’chirish mumkin.Axborot resurslarini

klassifikatsiya qilishga qanchalik urinmaylik, bu klassifikatsiya to’liq bo’la olmaydi.

Klassifikatsiya asosiga quyidagilarni qo’yish mumkin:tarmoqlar printsipi(fan,

sanoat, ijtimoiy soha va hokazo asosida) ;taqdim etilish shakli bo’yicha (axborot

tashuvchi turi, formallashganlik darajasi, qo’shimcha izoxlanganligi va hokazo

xususiyatlar bo’yicha) va boshqa prinsiplar. Har bir sinf bo’yicha yana qo’shimcha

ichki tiplashtirishni bajarish mumkin.Masalan, Internet resurslarini vazifasi va

taqdim etilish shakli bo’yicha : servis axboroti, bibliografik axborot,

telekonferensiyalar materiallari, dasturiy ta’minot, video va hokazo turlarga bo’lish



mumkin.

Milliy axborot resurslari axborot resurslari sohasidagi eng yirik kategoriya

bo’lib hisoblanadi.Ushbu tushuncha XX asr 80- yillarida vujudga kelgan bo’lib,

rivojlangan mamlakatlardagi axborot massasi, axborotni uzatish va qayta ishlash

vositalarining rivojlanish darajasi ushbu ko’rsatkich bilan o’lchanadigan

bo’ldi.Milliy axborot resurslari klassifikatsiyasini quyidagi shaklda amalga oshirish

mumkin:

 Rivojlangan davlatlarda axborot resurslarining ulkan massasi kutubxonalarda

jamlangan.

 Arxivlar mamalakat tarixi va madaniyati bilan bog’liq bo’lgan ko’p asrlik

axborotlarni saqlaydi. Bu turdagi axborotlarning to’planish tezligi ko’pincha

ularni qayta ishlash tezligidan katta bo’ladi.

30

 Ilmiy-texnikaviy axborot ko’p sonli maxsus nashrlar, patent xizmatlari va

hokozolarni saqlaydi.

 Xuquqiy axborot qonun xujjatlari, kodekslar, normative aktlar va hokazolarni

o’zida saqlaydi.

Har qanday bozor kabi axborot bozorida ham xaridorlar va sotuvchilar mavjud

bo’ladi.Axborot egalari yoki axborot ishlab chiqaruvchilarga quyidagilarni kiritish

mumkin:

 Berilganlar bazalarini yaratuvchi va saqlovchi markazlar;

 Aoqa va telekommuniktsiya vositalari;

 Maishiy xizmatlar;

 Axborotlar bilan savdo qiluvchi tijorat firmalari

 Konsultativ firmalar;

 Birjalar;

 Jismoniy shaxslar.

Axborot iste’molchilari – jismoniy shaxslar, tashkilotlar, xukumat organlari va

xokazo. Axborot xizmatlari – axborot bozoridagi alohida Tovar turi bo’lib

hisoblanadi. Masalan, kutubxona xizmatchilari tomonidan mijozlar buyurtmsi

bo’yicha konkret mavzudagi adabiyot yoki boshqa turdagi materialni to’plash kabi

xizmatlar. Axborot xizmatlarini faqat kutubxonalargina ko’rsatmaydilar.Ko’pgina

davlatlarda turli bilin sohalari bo’yicha ilmiy-texnikaviy axborotlarni qayta

ishlovchi institutlar mavjud bo’lib, to’plangan ma’lumotlar bo’yicha obzorlar,

referatlar, ma’lumotnomalar tayyorlaydilar.Biznes sohasidagi axborot xizmatlariga

ma’lum mavzu bo’yicha axborotlarni taqdim etish, konkret masala bo’yicha

maslahat berish va boshqalatr kiradi.Kommunukatsiya sohasida aloqa operatorlari,

Internet provayderlar xizmat ko’rsatadi.

Axborot xizmatlari sohasining rivojlanish darajasi jamiyat axborotlashuvi

darajasini belgilaydi.Axborot tovarlari va xizmatlari bozori bir necha rivojlanish

bosqichlarini o’tadi. Bozorning shakllanish bosqichi XX asrning 50- yillariga to’g’ri

keladi. 80- yillarga kelib gullab-yashnash bosqichiga o’tdi.Jaxon axborot tovarlari



31

va xizmatlari bozorida AQSh, Yaponiya, Angliya, Fransiya va boshqa G’arbiy

Evropa davlatlari asosiy rol o’ynaydi.

1-Rasm. Milliy axborot resurslarining 2-

Rasm. Oliy O’quv yurti



tarkibi

Axborot resurslarining tarkibi





32

Xulosa


Axborot madaniyati mohiyatini ko'rib chiqishda tadqiqotchilarning ilm-

fandagi axborot jarayonlari haqidagi fikrlarini inobatga olish zarur. Shunday qilib,

pedagogik fanni axborot paradigmasida ma'lumotlarni to'plash, qayta ishlash va

saqlash tizimi sifatida ko'rib chiqishda, axborot modellari tobora muhim ahamiyat

kasb etmoqda:

 Muayyan qoidalarga muvofiq tartibga solingan va qaror qabul qilish uchun

muhim bo'lgan boshqarish ob'ekti va tashqi muhit to'g'risida ma'lumotni

etkazib beradigan signallar to'plami;

 Ob'ektni boshqarish jarayonida aylanayotgan axborot oqimlari sxemasi

(ko'pincha, oldinga va orqaga axborot havolalarini kiritish bilan grafikalar,

sxemalar, rejalar shaklida);

 Axborotni uzatish va namoyish qilish hamda boshqarish tizimining o'zida

tashqi muhitni boshqarish, boshqarish, tadqiq qilish ob'ekti to'g'risidagi

ma'lumotlarni olib o'tish va namoyish qilish orqali hosil qilingan maxsus

qoidalarga muvofiq buyurtma qilingan signallar tizimi;

Tushunchalar to'plami va ularning axborot sohasidagi semantik aloqalari, agar

kontseptsiyaning o'zi tabiiy tilda ob'ekt, jarayon, hodisa yoki tizimning axborot

modeli bo'lsa.

O'qituvchining axborot madaniyati asoslariga axborot bilan mustaqil ishlash

kiradi. Shunday qilib, axborot manbalari bilan ishlash shuni ko'rsatadiki:



33

 Kerakli ma'lumotlarni qidirish (axborot oqimlari va kommunikatsiyalarga

yo'nalish, elektron kutubxonalarning ma'lumotnoma apparatlaridan

foydalanish qobiliyati, ma'lumotlarning birlamchi va ikkilamchi tanlovini

o'tkazish va boshqalar);

 Elektron kutubxonalarda bibliografiya asoslarini bilish (bibliografik ma'lumot

manbalaridan - kataloglar, kartotekalardan foydalanish, ilmiy yordamchi va

tavsiya etuvchi, tarmoq va tarmoqlararo, joriy, retrospektiv va istiqbolli

bibliografiya: hujjatlarni bibliografik tavsiflash, bibliografik ro'yxatlarni

tuzish va boshqalar). ;

 Axborot manbai bilan ishlash qobiliyati (turli xil o'qish texnikalarini bilish,

shuningdek materialni sinoptik, mavhum, mavhum bayon qilish texnikasi va

boshqalar);

 Adabiyotning har xil turlari va turlari bilan ishlash (ma'lumotnoma, o'quv,

uslubiy, ilmiy, ilmiy-ommabop, badiiy adabiyotlar, kitoblar, davriy nashrlar);

 Texnik vositalardan (xususan, kompyuterlardan) o'quv, ilmiy va amaliy

maqsadlarda foydalanish.

Qabul qilingan ma'lumotlarni tahlil qilish va sintez qilish;

Asosiy narsani ikkinchi darajali to'plamdan ajratish qobiliyati;

Axborotni qayta ishlash (tushunish);

Axborot birliklarini saqlash;

Xotirani yanada tiklash;

Qabul qilingan ma'lumotni o'zingizning bilimingizga aylantirish;

Yangi ma'lumotlar va yangi bilimlarni yaratish jarayoni (evristik) va boshqalar.

Axborot madaniyati ma'lum bir faoliyat turiga (kibernetika, informatika, axborot

nazariyasi, matematik, ma'lumotlar bazasini loyihalash nazariyasi va boshqa bir

qator yo'nalishlarga) rivojlanishiga hissa qo'shadigan fanlarning bilimlarini

o'zlashtiradi.

O'qituvchining axborot madaniyatining ayrim jihatlariga oid qarashlarning xilma-

xilligi asosida xulosa qilishimiz mumkinki, aksariyat nuqtai nazardan ikkita



pozitsiya eng aniq ko'rinadi: 1) axborot madaniyatini tahlil qilishda sub'ekt sifatida
Download 75,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish