Jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy ishlab chiqarish jarayonlarida jismoniy tarbiyaning mohiyati.(2 soat)



Download 89,77 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi89,77 Kb.
#97303
Bog'liq
4-maruza

Jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy ishlab chiqarish jarayonlarida jismoniy tarbiyaning mohiyati.(2 soat)

Reja:

  • 1. Ishlab chiqarish va ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya jamoalari
  • 2. O’zbekiston respublikasi maktab o’quvchilarining «yoshlik» sport uyushmasi
  • 3. Sport turlari bo’yicha federatsiyalarning jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishdagi faoliyatlari

O’zbekistonda mehnat jamoalari haqida Nizomlar ish­lab chiqilib, qonunlar qabul qilingan va amalda qo’llanilmoqda.

Kasaba uyushmalari federatsiyasi Markaziy kengashining «O’zbekiston» sport jamiyati namunaviy Nizomida jismoniy tarbiya jamoalarining tashkil qilinish tartiblari, uning boshqaruvchilik va boshqa rahbar tashkilotlar bilan munosabati, jamoalar kengashi va uning vazifalari,huquqlari bayon etiladi.Jismoniy tarbiya jamoalarida tashkiliy, o’quv mashg’ulotlari, ommaviy jismoniy tarbiya va sport, uni targ’ib qilish ishlari, «Salomatlik», «Sog’lom avlod uchun» dasturlari, «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari asosida boshlang’ich jamoalarda olib boriladi.Jismoniy tarbiya va sport harakatining boshlang’ich tashkiloti jismoniy tarbiya jamoalarn hisoblanadi



KORXONALARNING SPORT KLUBI

Jismoniy tarbiya jamoasini tashkil etishning yuqori va takomillashgan shakli sport klubidir. Respublika kasaba uyushmalari federatsiyasining 1991 yil qaroriga asosan, korxona sport klubi ommaviy-sog’lomlashtirish va sport ishlari bo’yicha yuqori ko’rsatkichlarga erishgan jis­moniy tarbiya jamoalaridagina tashkil etiladi.

Bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holdava respublika hukumatining qarorlariga binoan o’zini-o’zi boshqarish va moliyaviy ta’minlash bo’yicha yirik ishlab chiqarish korxonalari, sport inshootlari, aholi istiqomat joylarida mustaqil sport klublar tashkil etilmokda. Ularning o’z sharoitlari asosida Nizom va ustavlari mavjud. SHu asosida ular o’z faoliyatlarini a’zolik badallari, pullik xizmatlar, tijorat, homiylik kabi omillar hisobiga yuritadilar. Bularga misol tariqasida Toshkent traktor zavodi (TTZ), Navoiyazot, «Navbahor», «Paxtakor» kabi sport va futbol klublarini ko’rsatish mumkin. Bunday ish usullari va ilg’or tajribalar viloyatlarning markazlarida tennis, boks, shaxmat, ot sporti, sharkona yakka kurashlar va boshqa sport turlari bo’yicha tashkil etilmokda.

Xalq milliy o’yinlari markazi

1989-1991 yillar milliy qadariyatlarni o’rganish, ularni imkoniyat darajasida qayta tiklash amalga oshirilishi bilan e’tiborga sazovordir. Ayniqsa, Mustaqillik yillarida milliy qadriyatlarning tarkibidan o’rin olgan xalq milliy o’yinlariga e’tibor kuchaydi. SHu sababdan respublika hukumatining qaroriga asosan, 1991 yil boshida Xalq milliy o’yinlari respublika Assotsiatsiyasi uyushma ma’nosida tashkil etildi. Uning asosiy vazifasi xalq orasida keng qo’llanilib kelinayotgan milliy o’yinlarni o’rganish, ularning tarbiyaviy jihatlarini targ’ibot qilish va ommaviy tadbirlar o’tkazib borishdan iborat qilib belgilandi. SHu bilan birga, xalq milliy o’yinlarini Markaziy Osiyo va undan ham kengrok mintaqalarda musobaqa tarzida o’tkazishni yo’lga qo’yish belgilandi. SHunga asosan, 1991 yilning aprelida Qozog’istonda o’tkazilgan Xalq milliy o’yinlari anjumani va sport musobaqalarida yurtimiz vakillari ilk bor ishtirok etdilar.

Xalq milliy o’yinlari Assotsiatsiyasining bevosita tashabbusi va Davlat sport qo’mitasi hamda sport vazirligi rahbarligida 1991 yil 25 aprelda Jizzax viloyatining Forish tumanida ilk bor halq milliy o’yinlari musobaqasi o’tkazildi va u har yili bahorda /aprel-may/o’tkazila boshlandi.Bu musobaqa keyinchalik «Alpomish o’yinlari festi­vali» /Termiz-1998, Farrona-2000/ nomini oldi. Xalq milliy o’yinlaridan "Ko’kari", "Poyga", «Buron», «Mindi», «Tukkiz tosh» musobaqalar dasturga kiritildi. 1999 yildan boshlab (Jizzax) har ikki yilda bir marta (2001 yilda SHaxrisabz) Tumaris o’yinlari respublika festivali o’tkazilmoqda.

Sport turlari bo’yicha federatsiyalarning jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishdagi faoliyatlari

Qaysi sport turi bo’lmasin, musobaqalarni tashkil qilish va o’tkazish faoliyatlari asosan sport federatsiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda musobaqa Nizomi, hakamlik ishlari asosiy o’rinda turadi. SHu tufayli mamlakatimizda 30 dan ortiq, sport turlari bo’yicha federatsiyalar tashkil etilgan. Xar bir federatsiyaning o’z Nizomi mavjud. Nizomlarda federatsiyalarning tarkibiytuzilishi, rahbar va xay’atini saylash, ish mazmuni vazifalari, moddiy mablag’lar kabi jihatlar aks ettirilgan.



Federatsiyalarning eng muhim vazifalariga musobaqa qoidalarini ishlab chiqish yoki o’zgartirishlar kiritish, musobaqalarning Nizomini tayyorlash, xakamlarning malakalarini oshirish, murabbiylarning faoliyatlarini o’rganish kabi talablar kiradi.

O’zbekiston sharoitida futbol, tennis, boks, shaxmat, kurash, sharqona yakkakurashlar va boshqa bir qator sport federatsiyalari o’z mustaqilligiga ega va o’z maqomlari bo’yicha faoliyat ko’rsatadi. Ular tashkiliy ishlar bo’yicha sport jamiyatlari bilan hamkorlik qiladi va Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasiga hisobot beradi.
Download 89,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish