Jamiyat hayotida tadbirkorlikni o’rni



Download 37,29 Kb.
Sana11.07.2022
Hajmi37,29 Kb.
#776332
Bog'liq
Namangan viloyatida qishloq xo\'jaliklarini o\'rni


Jamiyat hayotida tadbirkorlikni o’rni.
Tadbirkorlik bugungi rivojlangan O’zbekiston Respublikasi fuqorolari ko’p ishlatadigan jumlaga aylanib ulgurdi. Respublikamizda so’ngi yillarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanmoqchi bolgan insonlar uchun har qachongidan ham ko’p etibor qaratilmoqda. O’zbekiston tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish uchun chinakkam imkoniyat yaratib,bugungi kunda ushbu sohada ko’plab yutuqlarga erishilmoqda.
Tadbirkorlik yoki biznes (ingl. business — "bandlik"), deb har qanday qonuniy tijorat faoliyatiga aytiladi. Tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi shaxs tadbirkor, deyiladi. Xususiy tadbirkorlik kapitalistik iqtisodiyot negizidir. Sotsialistik iqtisodiyotlarda tadbirkorlik bilan hukumat, jamiyat yoki ishchilar kasaba uyushmalari shugʻullanadi.
Tadbirkorlik xoʻjalik yuritish koʻlamiga qarab, yirik, oʻrta va kichik turlarga boʻlinadi. Yirik tadbirkorlik ishlab chiqarishda 500 dan ortiq kishi band boʻlgan, oʻrta tadbirkorlik esa 20 — 500 kishi band boʻlgan korxona (firma)lar, kichik tadbirkorlik 10 — 20 va undan kam kishi ishlaydigan korxonalarni qamraydi. Yirik va oʻrta tadbirkorlikka, asosan, yirik ishlab-chiqarish, koʻp sonli tovarlar chiqaradigan, mexanizatsiyalashgan hamda avtomatlashgan sohalar kiradi. Kichik tadbirkorlik qishloq xoʻjaligi, aholiga xizmat koʻrsatish sohalarida keng tarqalgan. Kichik tadbirkorlik sharoitga tez moslasha olishi bilan boshqalaridan farqlanadi va shu bois u keng tarqalgan.1
Jahondagi rivojlangan mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida asosiy omil vazifasini tadbirkorlik faoliyaiti tashkil etadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishi etib belgilangan. So‘nggi besh yilda bu sohani rivojlantirishga qaratilgan 2 mingga yaqin qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi.
Ularga asosan, 114 ta litsenziya va ruxsatnoma bekor qilindi, 33 ta faoliyat turi xabardor qilish tartibiga o‘tkazildi. Ruxsatnomalarni rasmiylashtirish tartiblari soddalashtirilib, muddatlari o‘rtacha 2 baravarga qisqartirildi. Ortiqcha tekshirishlar, naqd pul, valyuta va xomashyo bo‘yicha ko‘plab cheklovlarga barham berildi.
Bunday qulaylik va imkoniyatlar natijasida yangi sub’ektlar keskin ko‘payib, avvaldan ishlayotganlari faoliyatini kengaytirmoqda. Oxirgi besh yilda tadbirkorlar soni qariyb 3 baravar oshdi. Ko‘p ishbilarmonlar o‘z biznesini butun mamlakat miqyosida kengaytirib, minglab ish o‘rinlari yaratib, nufuzli yirik kompaniyalarga aylandi. Ichki va tashqi bozorda o‘z nufuzi va brendiga ega tadbirkorlar sinfi shakllana boshladi.2
Prezidentimiz Sh Mirziyoyevning 2021-yil 20-avgustda tadbirkorlar bilan muloqoti jarayonida tadbirkorlik va kichik biznesni rivoji uchun to’siq bo’layotgan, tadbirkorlarni qiynayotgan muommolarni yechimi sifatida 7 ta yo’nalisni ko’rsatib o’tdi. Hususan birinchi yo’nalish- biznesni moliyalashtirish, ikkinchisi-soliq tizimini takomillashtirish hamda tadbirkorga soliq yukini kamaytirish, uchinchisi-yer ajratish,to’rtinchisi-infratuzilma, beshinchisi- ekspartyor korxonalarni qo’llab-quvvatlash, oltinchisi – transport-logistika, yettinchisi – sohadagi tartib-taomillarni soddalashtirish masalalariga bag’ishlandi va davlatimiz rahbari har bir yo‘nalish bo‘yicha dolzarb vazifalarni ko‘rsatib, yangi tashabbuslarni ilgari surdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.04.2021 yildagi PQ-5087-sonli qarori tadbirkoelik faoliyatini yanada rivojlantirish uchun ulkan imkoniyatlar eshigini ochdi. Unga kora: Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmagan miqdordagi foiz stavkasi bilan kichik tadbirkorlik subyektlariga milliy valyutada beriladigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya, uning belgilangan miqdorlarini saqlab qolgan holda, taqdim etiladi;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan fuqarolarga tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun kredit miqdorining 75 foizigacha, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravaridan ortiq bo‘lmagan tijorat banklari kreditlari bo‘yicha kafillik beriladi; tadbirkorlik subyektlariga bank kreditlari bo‘yicha kompensatsiya va kafilliklar kredit shartnomalari sonidan qat’i nazar beriladi. Bunda, kompensatsiyalar taqdim etilayotgan kreditlarning umumiy summasi 10 mlrd so‘mdan, kafilliklarning umumiy summasi esa 8 mlrd so‘mdan, biroq umumiy kredit summasining 50 foizidan oshmasligi ko’rsatib o’tildi.3

1 OʻzME. birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

2 O’zbekiston Respublikasi prezidenti Sh Mirziyoyev Tadbirkorlar bilan uchrashuvi Toshkent 2021

3 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2021-yil 21-aprel, PQ-5087-son


Download 37,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish