Jamiyat hayoti va demokratik islohotlar



Download 26,97 Kb.
bet1/4
Sana28.06.2021
Hajmi26,97 Kb.
#103754
  1   2   3   4
Bog'liq
15-Mavzu. O’zbekiston mustaqil demokratik taraqqiyotida saylov tizimi va siyosiy partiyalar faoliyati



15-Mavzu. O’zbekiston mustaqil demokratik taraqqiyotida saylov tizimi va siyosiy partiyalar faoliyati

REJA:



  1. Jamiyat hayotida siyosiy partiya va harakatlarning tutgan о‘rni.

  2. Jamiyat hayoti va demokratik islohotlar.

  3. Milliy istiqlol g’oyasining O’zbekistonda demokratik jamiyat qurishdagi o’rni va ahamiyati


O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi bilan mamlakatimiz tarixida yangi davr boshlandi. Bugungi kunda respublikamizda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati qurish bilan bog’liq ustuvor vazifalar belgilab olindi. Shu bois, demokratik jamiyat barpo etish va bu jarayonda milliy istiqlol g’oyasining ahamiyatini, ularning o’zaro aloqadorlikdagi ijtimoiy mohiyatini ilmiy tadqiq etish dolzarb masalalardan biriga aylandi. Zero, «Hech kimga sir emas - biz qurayotgan yangi jamiyat, hayotimizga tobora kirib kelayotgan yangilanish jarayonlari, islohotlarning taqdiri va kelajagi, avvalo, xalqimizning bu o’zgarishlarni qo’llab-quvvatlashiga, joylarda bu borada odamlarimizning faolligi, ularning dunyoqarashi, ongu tafakkurining yuksalishiga bog’liq»1. Shunday ekan, bugungi kunda jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya qilish va isloh etish jarayonida ijtimoiy hayotda sodir bo’layotgan o’zgarishlarga milliy mafkuramizda aks etgan g’oyalar ta’sirining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish va tadqiq qilish katta amaliy ahamiyatga egadir.

Jamiyat hayotida kechayotgan demokratik islohotlar jadal sur’atlar bilan rivojlanishida, muhim bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishda mamlakatimizda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish kabi maqsadlar sari intilish kuzatilayotgan ekan, demokratiyaning taqdiri ham, kuchli fuqarolik jamiyatining qaror topishi ham fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokiga bog’liq bo’lib qolmoqda. Ushbu jarayonda fuqarolarning ishtiroki, ularning ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash kabi masalalarni hal qilishda milliy istiqlol g’oyasining roli alohida ahamiyatga molikdir. Darhaqiqat, 1-prezident I. Karimov jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishni amalga oshirishda aholining ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ishtirokini kengaytirish haqida quyidagilarni ta’kidlaydi: «Bizning asosiy uzoq muddatli va strategik vazifamiz avvalgicha qoladi - bu demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurish jarayonlari va bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash yo’lidan og’ishmay, izchil va qat’iyat bilan borishdir»2.

Bu O’zbekistonda demokratik jamiyatni shakllantirish jarayonida erishilgan ijobiy natijalar milliy istiqlol g’oyasining hayotiy, ilmiy va amaliy ahamiyatga ega ekanligining yorqin ifodasidir.

Chunonchi, demokratik jamiyatning shakllanishi mavjud ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning barqarorligi va ular rivojlanishining asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda bu jarayonning izchil, tizimli va ob’ektiv amalga oshirilishida davlat hamda jamoat tashkilotlari, siyosiy partiyalar, harakatlarning pirovard maqsadlarini ifodalaydigan mafkuraviy jarayonlar ham muayyan o’rin egallaydi.

3Mamlakatimiz ijtimoiy hayotidagi demokratik jarayonlarda milliy istiqlol g’oyasining salohiyati o’z ifodasini topadi. Shuning uchun ham milliy g’oyaning O’zbekistonda demokratik jamiyat qurishdagi o’rni va ahamiyatini, uning o’ziga xos jihatlarini tadqiq etish yurtimizda shakllanayotgan demokratik jamiyatning ustuvor yo’nalishlari, tendentsiyalari va tamoyillarini aniqlash, ularni rivojlantirish va takomillashtirishning aniq yo’llarini belgilash imkonini beradi. Bu esa:


Download 26,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish