Krixgof qonuni. Har qanday jismning muayyan temperaturadagi to‘la nur chiqarish va nur yutish qobiliyatlarining nisbati o‘zgarmas kattalik bo‘lib, u ayni temperaturadagi absolyut qora jismning to‘la nur chiqarish qobiliyatiga teng.
(11.1)
Bu Krixgofning integral qonunidir.
RT - absolyut qora jismning nur chiqarish qobiliyati. Krixgofning differensial qonunini quyidagicha yozish mumkin.
(11.2)
Ixtiyoriy jismning nur chiqarish va nur yutish qobiliyatlarining nisbati bu jismning tabiatiga bog‘liq bo‘lmay, barcha jismlar uchun to‘lqin uzunligi va temperaturaning universal funksiyasidir, u absolyut qora jismning nur chiqarish qobiliyatiga tengdir. Yuqoridagi ifodalardan:
Demak ixtiyoriy jismning nur chiqarish qobiliyati shu jismning nur yutish qobiliyati bilan absolyut qora jismning nur chiqarish qobiliyatining ko‘paytmasiga tengdir.
Vin qonuni
XIX asrning 90 yillari oxiriga kelib absolyut qora jism nurlanishining spektral taqsimoti ustida puxta eksperimental o‘lchashlar bajarildi. Ular shuni ko‘rsatadiki, T haroratning har bir qiymatida r(л,T) bog‘lanish aniq maksimumga ega (14.2-rasm). Temperaturaning o‘zgarishi bilan maksimum qiymat qisqa to‘lqinlar sohasi tomon siljiydi. Bunda maksimumga mos tushadigan to‘lqin uzunligi m bilan T temperaturaning ko‘paytmasi doimiy bo‘lib qoladi.
Bu munosabat oldinroq Vin tomonidan termodinamikadan olingan bo‘lib, u Vinning siljish qonunini deb ifodalanadi: absolyut qora jism nurlanishi energiyasi maksimumiga to‘g‘ri keladigan (m to‘lqin uzunligi, T absolyut haroratga teskari proporsionaldir. (10.3) – ифода b - Vin doimiysi, Vin doimiysining son qiymati:
Fotosamara yorug‘lik ta’sirida jismdan elektronlarning ajralib chiqishidir. Bu hodisa 1887 yili G. Gers tomonidan kuzatildi. Fotosamara hodisasi bo‘yicha miqdoriy tekshirishlar A. G. Stoletov tomonidan amalga oshirildi. A. G. Stoletov tajribani rasmda keltirilgan qurilma yordamida olib bordi. Ikki metall elektroddan biri plastinka shaklida, ikkinchisi esa to‘rsimon shaklda yasalgan bo‘lib, galvanometr zanjiriga ulangan. Qurilma qorongilikka joylashtirilganda zanjir buylab elektr toki kuzatilmaydi. Ammo katod vazifasini o‘tayotgan plastinkani yoritilishi bilanoq zanjirda tok paydo bo‘ladi. Anod vazifasini o‘tayotgan plastinka yoritilsa, zanjirda elektr toki vujudga kelmaydi. Demak, yorug‘lik ta’sirida katod sirtidan manfiy zaryadli zarralar chiqadi va ular anod tomon harakatlanib, zanjirda elektr tokini hosil qiladi. Bu tok fototok deb ataladi. Yorug‘lik ta’sirida jismdan elektronning ajralib chiqishiga fotosamara deb ataladi. Fotosamara bo‘yicha miqdoriy tekshirishlarni rus fizigi A.G. Stoletov bajardi. Stoletov tajribasining qurilmasi sxemasi 13.2-rasmda tasvirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |