Жалолидин Румий



Download 0,99 Mb.
bet55/70
Sana17.05.2023
Hajmi0,99 Mb.
#939731
TuriУчебное пособие
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   70
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON VA TURKIY XALQLAR ADABIYOTI o’quv-uslubiy majmua

Asosiy savollar:

1. Ch.Aytmatov – qissanavis.


2. Ch.Aytmatov romanlarida axloqiy – ma’naviy muammolar.


Mavzuga oid asosiy tayanch tushuncha va iboralar:

Ilk ijodi, ocherk, hikoya, qissalari, romanlari, ijodida mif va afsonalar.




Mavzuga oid muammolar:



  1. Chingiz Aytmatov qissalariga xos bo’lgan xususiyatlar nimalardan iborat deb o’ylaysiz?

  2. «Asrga tatigulik kun» romani Ch.Aytmatovni jahon miqiyosidagi shuhratiga yangi shuhrat qo’shdi. Sizningcha, yozuvchi asarda butun insoniyatni to’lqinlantirayotgan qanday muammolarni ko’tarib chiqdi?



1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:

Yozuvchining hayot yo’li, ilk ijodi to’g’risida tushuncha berish va qissalarini tahlil qilish.




Indentiv o’quv maqsadlari:

1. Ch.Aytmatovning hayot yo’li va ilk ijodi haqida so’zlaydi.


2. Qissa janrining adib ijodida tutgan o’rnini tushuntiradi.
3. Yozuvchining "Jamila", "Somon yo’li", "Sarvqomat dilbarim", "Oq
kema", "Birinchi muallim" kabi qissalarini tahlil qiladi.
1 - asosiy savolning bayoni:

Chingiz Aytmatov 1928 yil 12 dekabrda Qirg’izistonning Talas vodiysidagi Shakar qishlog’ida dunyoga kelgan. U avval rus so’ng qirg’iz maktabida ta’lim oldi. 1942 yili Shakar qishloq kengashining kotibi, keyinchalik traktor brigadasining hisobchisi bo’ldi. Urushdan keyin zooveterinariya texnikumini tugatgach, qirg’iziston qishloq xo’jaligi institutida o’qidi. O’qishni bitirib, 1956 yilgacha zootexnik bo’lib ishladi.


Chingiz Aytmatov 1956-1958 yillarda Moskvada Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi oliy adabiyotchilar kursida ta’lim oldi.
Adib ijodining boshlanishi uning talabalik yillariga to’g’ri keladi. Dastlab uning "Gazetachi Dzyudo", "Hoshim", "Sepoyachi", "Oq yomg’ir", "Raqiblar" kabi ilk hikoyalari bosildi.
1958 yili yozilgan "Jamila" qissasi Ch.Aytmatov nomini butun Jahonga tanitdi. Qissa 1959 yilda rus va fransuz tillarida chop etildi. Uni fransuz tiliga tarjima qilgan Lui Aragon "Muhabbat haqida yozilgan jahondagi eng go’zal qissa" deb atadi.
Qissada inson erki va huquqi masalasi ko’tarilgan bo’lib, bu muammo Jamila va Doniyor obrazlari orqali ochib berilgan.
"Sarvqomat dilbarim", "Bo’tako’z", "Birinchi muallim", "Somon yo’li" (1963), "Alvido Gulsari" (1966), "Oq kema"("Ertakdan so’ng"-1970), "Erta qaytgan turnalar"(1975) kabi qissalarning har biri yozuvchining erkin iste’dodini kun sayin kamol topayotganligini namoyish qildi.
"Somon yo’li" asarining bosh qahramoni To’lg’anoy hayotning og’ir qiyinchiliklarini boshdan o’tkazgan. Urushdan eri va uch o’g’li qaytib kelmagan, kelini Aliman hayotdan bevaqt ko’z yumgan. Taqdirning beshafqatligini qarang! Lekin yozuvchi tasavvuricha taqdir batamom beshafqat bo’lishi mumkin emas. Chunki hayot shunday. Kelinidan To’lg’anoyga yodgor bo’lib nabira qoladi. Uning hayotida hayotning davomi, To’lg’anoy avlodlari kasbkorining abadiyati mujassam. Ch.Aytmatov qissalarini o’qigan o’quvchining ko’z o’ngida o’z taqdiri, bosib o’tgan hayot yo’li, saviyasi, tushunchasi va tashqi qiyofasi bilan sira bir-biriga o’xshamaydigan lirik timsollar gavdalanadi.
Ch.Aytmatov-xarakter yaratishga usta yozuvchi. Chunki u hayotni sezgirlik bilan kuzatadi, kishilarning insoniy fazilatlarini yorqin chizib berishga xizmat qiladigan hayotiy ziddiyatlarni tanlaydi. Adib Jamila, Saida, Oltin, Asallarning ham, Doniyor, Duyshen, Ilyos va Abubakirlarning ham kimligini yaqqol gavdalantirib beradi.
Ch.Aytmatov o’z asarlarini ham Qirg’iz, ham rus tillarida yozadi. U rus tilidan Qirg’iz tiliga, Qirg’iz tilidan rus tiliga tarjima qilish jarayonida o’z badiiy mahoratini tobora mustahkamlashtirib bormoqda.



Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish