Жалолидин Румий



Download 0,99 Mb.
bet60/70
Sana17.05.2023
Hajmi0,99 Mb.
#939731
TuriУчебное пособие
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   70
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON VA TURKIY XALQLAR ADABIYOTI o’quv-uslubiy majmua

Muhokama uchun savollar:



  1. XVIII asr turkman xalqining hayotini aks ettirishga intilgan dostonning nomini ayting?

  2. Turkman mumtoz adabiyotining asoschisi kim?



2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi.

Turkman adabiyotining nasr, nazm va dramaturgiya taraqqiyoti xususida talabalarga tushuncha berish.


Identiv o’quv maqsadlari:





  1. Turkman adabiyotining urushdan keyingi yillardagi taraqqiyoti to’g’risida so’z yuritadi.

  2. Nasriy yo’nalishda barakali ijod qilgan yozuvchilar va ularning asarlari xususida so’zlaydi.

  3. Zamonaviy va tarixiy mavzularda yozilgan asarlar haqida fikr bildiradi.



2-asosiy savolning bayoni:
Turkman adabiyotida bir qancha salmoqdor badiiy mukammal asarlar yuzaga keldi. B.Kerboboevning «Dadil qadam», «Nebidtog’»; O. Kavshutovning «Kopetdog’ yon bag’irlarida» romanlari; Beki Setakovning «O’g’ilning sovg’asi», «Zamondoshlar»; X. Ismoilovning «Ikki otaning o’g’li» qissalari paydo bo’ldi. B. Kerboboevning «Dadil qadam» asari keng ko’lamli tarixiy romandir. B. Kerboboev «Oysulton» va «Nebitdog’» asarlarida zamonaviy mavzuga murojaat qiladi. Har ikki asarda ham mehnatsevarlik insonning olijanob fazilati ekanligi ko’rsatiladi. Turkman adabiyotida nasr, nazm va dramaturgiya yanada yuksala borib, u zamonaviy va tarixiy mavzularda yozilgan yangi-yangi asarlar bilan boyidi. Bu asarlar orasida B. Kerboboevning «Tomchida quyosh jilosi», «Davr o’g’loni», X. Deryaevning «Qismat», «Bo’ron», B.Seyitakovning «Shoir», «Badirkent», O.Otajonovning «Bizning tanishlar», Q.Qurbonsoxatovning «To’yli mergan», Q.Qulievning «Yovuz kunlar», «Qora karvon», «Amir elchisi», «Bo’ysinmas Jazoir» romanlari, Ch. Jumageldievning «Bahs», «Olovsiz tutun», «Qalin» qissalari, B.Seytakovning «Iz solig’i» drama va komediyalari, shoirlardan Ch. Ashirov, O. Otajonov, I. Nuriev, B. Xudoynazarovlarning doston va she’riy to’plamlari turli- tuman dolzarb masalalarni o’rtaga tashlab hal etganliklari bilan ajralib turadi. O’zbek -turkman xalqlarining do’stlik va «qardoshlik tarixi Amuday uzun» (G’ayratiy). Bu qardoshlik ularning adabiyoti va og’zaki ijodiyotida chuqur iz qoldirgan. Original bo’yoq va badiiy vositalar bilan sayqal topgan «Layli va Majnun», «Yusuf va Zulayho» dostonlarining muallifi Nurmuhammad G’arib Andalibni haqli ravishda turkmanlar ham, o’zbeklar ham o’z shoirlari deb hisoblaydilar. Chunki uning ijodi har ikki xalq adabiyotida ham bir xil muhim mavqega ega.
Turkman kitobxonlari hozirgi vaqtda Oybekning «Navoiy» va «Qutluq qon», A. Muxtorning «Opa-singillar», J. Sharipovning «Xorazm», Sh. Rashidov, T.Boboevlarning she’riy asarlarini o’z ona tillarida o’qimoqdalar.
Turkman mumtoz adabiyotining otasi, zabardast lirik shoir va mutafakkir Maxtumquli Firog’iy Turkman Cho’li Eronining Oqto’qay qishlog’ida shoir Davlatmamed Ozodiy oilasida tug’ildi. U bir necha vaqtlar Hojigavshon qishlog’ida yashadi. Avval qishloq maktabida. keyinchalik Buxoro, Xiva madrasalarida tahsil oldi. Shu yillarda turkman, o’zbek va fors-tojik mumtoz adiblari ijodini tinmay mutolaa qildi. Maxtumqulining ijodi mumtoz adiblarga ergashib, lirik she’rlar yozishdan boshlandi. Sharq mumtoz she’riyatini, ayniqsa, Alisher Navoiy ijodini yaxshi o’rgangan Maxtumquli sekin-asta o’zi ham o’ynoqi, ravon g’azallar ijod qilishga kirishdi. Maxtumquli o’zining eng yaxshi she’riy asarlarida xalq hayotining real lavhalariini chizdi. U ezilgan mehnatkash ommaning zulm va zo’ravonlikka qarshi noroziligini ifodalovchi «Zamonlar», «Axtaradi», «Ko’pning hayoti» singari she’rlarini yozdi. Maxtumquli tarqoq turkman qabilalarining birlashuvini, mustahkam adolatli davlat tuzilishini orzu qildi. Maxtumquli she’riyatida vatanparvarlik g’oyalari kuchlidir. U Eron shohlari, Buxoro amirlari va Xiva xonlari zulmi ostida, o’z vatanini chet el bosqinchilaridan ozod qilish haqida ko’p o’yladi. Shuning uchun o’zining «Chaqiriq», «Baxt qushi» singari she’rlarida ommani dushmandan o’ch olishga rag’batlantirdi.
Maxtumquli she’riyatiida pand-nasixat kuchli. Uning she’rlarida odob va axloq to’g’risida bayon etilgan fikrlar shubhasiz o’z zamonasi uchun katta ahamiyatga ega edi.
Maxtumquli g’azallari o’zbek xalqi orasida ko’pdan beri keng tarqalgan. Xalq uning she’rlarini havas bilan sevib aytadi.
Maxtumqulining she’rlar to’plami o’zbek tilida bir necha marta nashr ettirildi.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish