«kredit liniyasini ochmasdan»
degan alohida ssuda hisob varag‗idan kredit berish bir martalik ssuda
berish yo‗li bilan amalga oshiriladi. Bir marta ssuda berish to‗g‗risidagi
qaror mavjud qoidalarda ko‗zda tutilgan hujjatlar paketi asosida bank
tomonidan har bir ssuda bo‗yicha alohida qabul qilinadi. Kredit liniyasi
ochilmasdan turib kreditlanayotgan bo‗lsa, ularning obyekti tovar
moddiy qimmatliklar uchun to‗lovlar, akkreditiv ochish va boshqa
hisob-kitoblarni amalga oshirish hisoblanadi. Bunda har bir to‗lov
maqsadli bajarish nuqtayi nazaridan tekshiriladi va kredit shartnomasi
tuziladi.
Kreditga bo‗lgan talab bank tomonidan xo‗jalik yurituvchi subyekt
bilan birgalikda kredit shartnomasi va paketdagi boshqa hujjatlardan
kelib chiqqan holda belgilanadi.
Kredit liniyasi ochilmaydigan qarz hisob varag‗i bo‗yicha
kreditlanganda, qarzning butun summasi ma‘lum kunda o‗tkaziladi va
shu paytdan boshlab qarzning to‗la hajmi asosida foizlar hisoblana
boshlaydi. Kredit:
• majburiyatlarni qaytarish muddati kelishiga qarab qarz oluv-
chining hisob-kitob varag‗idan ssudalar bo‗yicha qarzlarni undirib olish
yo‗li bilan;
• qarz oluvchining hisob-kitob varag‗idagi pul mablag‗larining
bo‗sh qoldiqlarini to‗lov topshiriqnomasi asosida ssuda hisob varag‗iga
o‗tkazish yo‗li bilan muddatidan ilgari;
• bank tomonidan kafolat, kafilliklar bo‗yicha olingan majbu-
riyatlardan, shuningdek, garov huquqini amalga oshirishdan tushgan
mablag‗lardan foydalanish yo‗li bilan to‗lanadi.
Xo‗jalik yurituvchi subyektlarga
«kredit liniyasini ochish»
yo‗li
bilan kredit berish, kreditlashning oldindan belgilangan miqdori
doirasida alohida ssuda hisob varag‗idan amalga oshiriladi. Mazkur
hisob varag‗iga qarz olishning tovar moddiy boyliklar, asosiy faoliyatiga
tegishli ishlarni bajarish va xizmatlar ko‗rsatish uchun pul hisob-kitob
hujjatlari bo‗yicha haq to‗lanadi. Kredit liniyasi ochilganda esa kredit
summasi to‗lov turi, vaqtiga qarab, to‗lov hujjatlariga ko‗ra ma‘lum
muddat oralig‗ida bo‗lib-bo‗lib o‗tkazib boriladi. Bunda qarz foizi
faqatgina qarzdor hisobiga to‗langan summa bo‗yicha hisoblab boriladi,
ssudani
rasmiylashtirish
shartnomalarini
har
gal
bank
bilan
muvofiqlashtirishga ehtiyoj qolmaydi.
419
4. Asosiy summani qaytarish yoki uning foizini to‗lash muddati 90
kun va undan ortiq muddatga kechiktirilgan holda (qaytarish muddati bir
yildan ko‗p bo‗lgan foizli aktivlar bo‗yicha).
Aktivlarga foiz ―o‗stirmaslik‖ maqomini bergan paytdan boshlab,
banklar quyidagilarni amalga oshirishlari lozim:
1.
Foizli daromadlarni balans hisob varaqlarida hisoblash
to‗xtatiladi.
2. Barcha hisoblangan, lekin olinmagan foizli daromadlar balans
hisob varaqlaridan ko‗zda tutilmagan holatlar hisob varaqlariga
o‗tkazilishi lozim va aktivga «o‗stirmaslik» maqomi berilgandan so‗ng
keyingi foizlar hisoblanishi ko‗zda tutilmagan holatlar hisob varaqlarida
amalga oshiriladi.
3. Ushbu aktivlar bo‗yicha barcha keyingi to‗lovlar, birinchi
navbatda, hisoblangan, lekin olinmagan foizli daromadlarni, keyin esa
kreditning asosiy summasini qoplashga yo‗naltiriladi.
Muddati o‗tgan foizlarni kapitalizatsiyalash orqali asosiy qarz
summasiga qo‗shib hisoblashga yo‗l qo‗yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |