Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/389
Sana26.02.2022
Hajmi5,53 Mb.
#466878
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   389
Bog'liq
Q8DNctbLglU8uFzK6jgQBUcpOO0Y8oIEtJwGVlbR

Tijorat banklariga kredit berish
. Markaziy bank iqtisodiyotning 
ustuvor tarmoqlarini bevosita kreditlamasada, u tijorat banklarining 
kredit zaxiralariga bozor usullari orqali samarali ta‘sir ko‗rsatish im-
koniyatiga ega bo‗ladi. Buning uchun pul bozorining turli bo‗g‗inlarida 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki operatsiyalaridan, shu 
jumladan, valyuta interventsiyasidan, ikkilamchi bozorda davlat qim-
matli qog‗ozlari bilan bo‗ladigan operatsiyalaridan, kredit kimoshdi sav-
dolaridan foydalanadi. Markaziy bank o‗zi belgilagan shartlarga binoan 
oltin, chet el valyutasi, xalqaro zaxiralar toifasiga kiruvchi valyuta boy-
liklari, davlatning qarz majburiyatlari va hukumat kafolatlagan boshqa 
qarz vositalari, Markaziy bankda depozitga o‗tkazilgan va uning 
depozitariysi uchun maqbul bo‗lgan, xarid qilinishi va sotilishiga ruxsat 
berilgan aktivlar, to‗lanishiga banklar kafolat bergan tijorat veksellarini 
garovga olgan holda tijorat banklariga uch oygacha bo‗lgan muddatda 
kredit berishi mumkin. 
Tijorat banklariga kredit berishning eng ko‗p tarqalgan bu turi 
banklarni qayta moliyaviy ta‘minlash deb yuritiladi va u «O‗zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki to‗g‗risida»gi qonunning 30-moddasiga 
asosan amalga oshiriladi.
O„zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat 
banklariga ta‟minotsiz kreditlarni berish 
O‗zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki boshqaruvining 2017-yil 17-iyundagi 13/1-son qaroriga 


38
asosan tasdiqlangan ―
O„zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
tomonidan tijorat banklariga ta‟minotsiz kreditlarni berish tartibi 
to„g„risida”gi nizom bo„yicha 
amalga oshiriladi. Ushbu nizomga 
asosan
ta‟minotsiz kredit
— tijorat banklari lahzali likvidlilik 
koeffitsiyenti bo‗yicha Markaziy bank tomonidan belgilangan minimal 
talabdan past bo‗lgan yoki keyingi bank ish kunida past bo‗lishi 
kutilayotgan banklarga, ularning likvidligini qo‗llab-quvvatlash va 
to‗lovlarning uzluksizligini ta‘minlash maqsadida ajratiladigan - 
ta‘minot talab etilmaydigan kredit hisoblanadi. Bu jarayonda kredit 
munosabatlarining subyektlari sifatida Markaziy bank va tijorat banklari 
ishtirok etadi. Bunda Markaziy bank kreditor va Markaziy bankka 
ta‘minotsiz kredit olish yuzasidan murojaat qilgan bank - qarz oluvchi 
bank deb yurutiladi. 
Ta‘minotsiz kreditni olish masalasi Tijorat banki kengashi 
tomonidan ko‗rib chiqilishi lozim. Qarz oluvchi bank bank kengashini 
ta‘minotsiz kredit olish to‗g‗risida xabardor qilgandan so‗ng ta‘minotsiz 
kredit olish to‗g‗risida ariza bilan Markaziy bankka murojaat qiladi. 
Tijorat banki ta‘minotsiz kredit olish to‗g‗risidagi arizaga qo‗shimcha 
ravishda quyidagi hujjatlarni ilova qilishi lozim: 
lahzali likvidlilik koeffitsiyenti bo‗yicha Markaziy bank 
tomonidan belgilangan minimal talabdan past ekanligi yoki keyingi bank 
ish kunida past bo‗lishi kutilayotganligi to‗g‗risidagi ma‘lumot; 
moliyaviy ahvoli, shu jumladan, likvidlilik holatini yaxshilash 
bo‗yicha aniq chora-tadbirlar rejasi. 
Qarz oluvchi bank moliyaviy ahvolini, likvidlilik holatini 
yaxshilash bo‗yicha chora-tadbirlar rejasi quyidagilarni o‗z ichiga olishi 
lozim: 
a) kredit portfelini sog‗lomlashtirish, xususan, avval berilgan 
kreditlarni (aktivlarni) o‗z vaqtida to‗liq undirilishini ta‘minlash va 
muammoli kreditlar (aktivlar) qoldig‗ini keskin qisqartirish borasidagi 
tadbirlar; 
b) 
aktivlar 
va 
passivlarning 
muddatlari 
o‗rtasidagi 
nomutanosiblikni keskin qisqartirish borasida ko‗riladigan qat‘iy 
choralar; 
d) bankning moliyaviy faoliyati xususiyatidan kelib chiqqan 
holda boshqa zarur chora-tadbirlar. 
Markaziy bank tomonidan ta‘minotsiz kredit ajratilishi uchun
qarz oluvchi bank quyidagi talablarga javob berishi lozim: 
43
va jismoniy shaxslarga kreditlar beradi hamda boshqa qator xizmatlarni 
ko‗rsatadilar. 
Bank shunday korxonaki, unda xomashyo bo‗lib depozit va boshqa 
pul qo‗yilmalari hisoblansa, oxirgi tovar – bu berilgan ssudalar. Depozit 
va qo‗yilmalar jalb qilingan qarz pul mablag‗lari, berilgan ssudalar esa 
joylashtirilgan mablag‗lar hisoblanadi. 
Jismoniy shaxslar va turli mulkchilik shaklidagi korxona, 
tashkilotlardan pul mablag‗larini jalb qilish uchun banklar qarzga jalb 
qilingan mablag‗larning muddati va hajmiga qarab ularga ma‘lum 
summani foizlar shaklida to‗lash kerak. Bo‗lmasa, mablag‗ qo‗yuvchilar 
yoki boshqa bankni tanlaydilar yoki pul saqlashning boshqa shakllariga 
o‗tadilar, masalan, oltin yoki valyuta sotib olish, boshqa moliyaviy 
vositachilar xizmatlaridan foydalanish v.b. Pul saqlash shaklini 
tanlashda mablag‗ qo‗yuvchini ikkita muhim omil - moliyaviy 
vositachilarning ishonchli ekanligi va daromad olish darajasi (qarzga 
to‗lanadigan foizlar) ko‗proq qiziqtiradi. 
Boshqa tomondan, bank ssuda berganda uning summasiga qarab 
foiz shaklida to‗lov undiradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat bankla-
rining bozor munosabatlari subyektlari bilan aloqasi yanada kengayadi 
va chuqurlashadi. Bank bu holda barcha mablag‗lar harakatini boshqarib 
boradi. 
Bu ikki foiz stavkalari o‗rtasida farq - bank daromadining asosiy 
manbasi bo‗lib, iqtisodiy adabiyotlarda u ―marja‖ nomi bilan yuritiladi. 
Shunday qilib, marja – jalb qilingan mablag‗lar uchun to‗lanadigan 
va joylashtirilgan kreditlar bo‗yicha olinadigan foiz stavkalari 
o‗rtasidagi farqdir.
Bankning asosiy faoliyati vositachilik bilan bog‗liq bo‗lib, pul 
mablag‗larni qarz beruvchidan qarz oluvchilarga o‗tkazish bilan bog‗liq 
bo‗lgan operatsiyalarni bajarishdan iborat. Banklar bilan bir qatorda pul 
mablag‗lari harakatini boshqa moliyaviy va kredit tashkilotlari, 
investitsion fondlar, sug‗urta kompaniyalari ham amalga oshiradilar. 
Biroq bankning moliyaviy risklarning subyekti sifatida yuqorida 
keltirilgan boshqa subyektlar faoliyatidan farq qiladigan ikkita o‗ziga 

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish