kotirovkalash
deb ataladi. Jahon amaliyotida kotirov-
kalashning 2 xil usuli mavjud:
1) to‗g‗ri kotirovkalash. Agar xorijiy valyuta birligining bahosi
milliy valyutada ko‗rsatilsa, ya‘ni xorijiy valyutaning bir birligiga to‗g‗ri
keladigan milliy valyuta miqdori ko‗rsatilsa - bu
to„g„ri kotirovkalash
deb ataladi. Masalan, 2015-yilning 30-sentyabrida 1 AQSh dollariga
nisbatan o‗zbek so‗mining kursi 2400,00 so‗mni, 1 Rossiya rubliga nis-
batan 50,00 so‗mni tashkil etdi. Bu to‗g‗ri kotirovka bo‗lib bunday koti-
rovkalash hozirgi vaqtda jahondagi ko‗pchilik mamlakatlarda qo‗llanilib
kelinmoqda.
2)
egri (teskari) kotirovkalash
. Bunda bir birlik milliy valyuta-
ning xorijiy valyutalardagi miqdori o‗rnatiladi, ya‘ni bir birlik milliy
valyutaning xorijiy valyutadagi bahosi ko‗rsatiladi.
Agarda ikki valyuta o‗rtasidagi nisbat qandaydir uchinchi valyutaga
nisbatan olingan kurslarida aniqlansa, bunday nisbatni
«kross-kurs»
deb
ataladi.
Jahon amaliyotida oxirgi yillargacha uchinchi valyuta sifatida
AQSh dollari qo‗llanilgan, ya‘ni barcha valyutalar jahon ayirboshlashida
aynan shu valyutaga nisbatan kotirovka qilingan. Lekin oxirgi yillarda
Yevroning muomalaga kiritilishi, xalqaro munosabatlarda keng
qo‗llanilishi kross-kursni aniqlashda valyuta sifatida Yevro ham kengroq
qo‗llanilishiga imkon yaratdi.
Kross-kursdan foydalanish ba‘zi hollarda ancha murakkab va risk-
lidir.
Oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirishda valyuta bozorida quyidagi
valyuta kurslarining ko‗rinishlaridan foydalaniladi;
«Spot-kurs»
bu naqd (kassa) bitimlarining kursidir. Spot-kurs - bu
bir mamlakat pul birligining shartnoma tuzilgan vaqtda o‗rnatilgan baho
bo‗yicha boshqa mamlakatlar pul birliklarida ifodalangan bahosidir.
191
olib kelgan va O‗zbekiston Respublikasiga olib kirishda bojxona
tomonidan ro‗yxatga olingan yoxud hisob varaq egasi uchun vakolatli
bank nomiga qiymati ko‗rsatilib, xat jildda (paketda) yuborilgan,
shuningdek, ilgari vakolatli banklarning tegishli ma‘lumotnomasi
asosida hisob varalardan berilgan naqd chet el valyutasi, O‗zbekiston
Respublikasiga olib kirishda bojxona deklaratsiyasini to‗ldirish talab
qilinmaydigan va bojxona tomonidan ro‗yxatga olinmaydigan naqd chet
el valyutasi, hisob varaq egasi nomiga chet eldan pochta jo‗natmalari
orqali yuborilgan naqd chet el valyutasi, xorijiy valyutadagi foizlar,
amaldagi qonunchilik va O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
me‘yoriy hujjatlariga muvofiq o‗tkazilgan yoki naqd pulda olingan
boshqa summalar hisoblab yozilishi mumkin.
Norezident - jismoniy shaxslarning hisob varaqlaridagi mablag‗lar
hisob varaq egasining ko‗rsatmasiga ko‗ra hisob varaq egasining
O‗zbekiston Respublikasi boshqa banklarida ochilgan hisob varaqlariga,
shuningdek, bankda qabul qilingan shaklda (bank o‗tkazmasi, chek va
h.k.) xorijga o‗tkazilishi, naqd chet el valyutasida (chet el valyutasidagi
to‗lov hujjatlarida to‗langan), shu jumladan, me‘yoriy hujjatlar bilan
belgilangan summa miqdorida xorijga olib chiqib ketish, xarid kursi
bo‗yicha
respublika
hududida
so‗mda
to‗lanishi
yoki
o‗tkazilishi, amaldagi qonunchilik va O‗zbekiston Respublikasi
Markaziy bankining me‘yoriy hujjatlarida ko‗zda tutilgan boshqa
maqsadlarda ishlatilishi mumkin.
Vakolatli banklar bajaradigan operatsilari uchun mijozlardan
komission haq undiradilar.
Banklar aholidan valyutani talab qilib olguncha, muddatli, depozit
va boshqa jamg‗armalarga qabul qilishlari mumkin. Qo‗yilmalar
mahalliy va xorijiy fuqarolardan qabul qilinadi. Jarg‗armalarning turini,
ular bo‗yicha minimal qo‗yilma miqdorini, daromad darajasini, to‗lash
shartlarini bank mustaqil o‗zi belgilaydi.
Bu operatsiyalar bo‗yicha shartlarni bank o‗zining strategiyasidan
kelib chiqqan holda belgilaydi va odatda qo‗yilmalar bo‗yicha foizlar
qo‗yilma miqdori va muddatiga bog‗liq bo‗ladi.
Qo‗yilmalar bo‗yicha daromadlar soliqdan ozod etiladi va odatda
chet el valyutasida yoki so‗mda to‗lanadi, muddatli omonatni
muddatidan oldin olinsa foiz kam miqdorda to‗lanadi yoki umuman
to‗lanmasligi mumkin.
Muddatli depozitlar bo‗yicha daromadlar quyidagi formula orqali
aniqlanadi:
190
Do'stlaringiz bilan baham: |