Jahon xo'jaligining mohiyati, vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari Jahon xo'jaligining rivojlanishi to'g'risidagi ilmiy konsepsiyalar


Xalqaro mehnat taqsimotining mohiyati, mamlakatlarning XMT da qatnashishlariga ta'sir qiluvchi omillar va uning rivojlanish ko'rsatkichlari



Download 349,5 Kb.
bet5/7
Sana26.02.2022
Hajmi349,5 Kb.
#472488
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jahon Iqtisod m1

3. Xalqaro mehnat taqsimotining mohiyati, mamlakatlarning XMT da qatnashishlariga ta'sir qiluvchi omillar va uning rivojlanish ko'rsatkichlari.

Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mohiyatini ochib beruvchi muhim tushunchalardan biri xalqaro mehnat taqsimoti (XMT) hisoblanadi. Dunyo mamlakatlari u yoki bu darajada XMT ga jalb etilgan bo'lib, XMT ning chuqurlashuvi fan-texnika taraqqiyoti ta'sirida rivojlanayotgan ishlab chiqarish kuchlariga bevosita bog'liq. XMT da qatnashish mamlakatlarga qo'shimcha iqtisodiy samara beradi va o'z ehtiyojlarini kam xarajatlar bilan to'liqroq qondirish imkonini yaratadi.


Xalqaro mehnat taqsimoti mohiyati ishlab chiqarish jarayonining mehnat faoliyati turli shakllarining ixtisoslashuvi va ularning kooperatsiyalashuvida, o'zaro hamkorligida namoyon bo'ladi. Mehnat taqsimotini ajratish jarayoni sifatida emas, balki jahon miqyosida mehnatni birlashtirish yo'li sifatida ham ko'rish mumkin.
Xalqaro mehnat taqsimoti davlatlar o'rtasida mehnatning ij'timoiy-hududiy taqsimotining darajasi hisoblanadi. U alohida bir davlatlar ishlab chiqarishlarining ixtisoslashuviga asoslanadi.
Har qanday mamlakatning xalqaro almashuv jarayonida xalqaro mehnat taq­simotining ustunliklarini amalga oshirishi — birinchidan, eksport qilinayotgan tovar va xizmatlarning tashqi va ichki bozor narxlaridagi farqni ajratish; ikkinchi- dan, arzonroq bo'lgan importdan foydalanib, milliy ishlab chiqarishdan voz kech- gan holda ichki xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi.
XMT kapitalizmning manufaktura davrida paydo bo'lgan bo'lib (XVII — XVIII asrlar), sanoat to'ntarishigacha tabiiy ravishda (tabiiy-iqlimiy, geografik sharoitlar, xomashyo zaxiralari va energiya manbalari — XVIII asrning oxiri XIX asrning birinchi yarmi) kechgan. Keyinchalik mamlakatlarning boshqa iqtisodiy omillar — mehnat, kapital, tadbirkorlik qobiliyati, bilim-ko'nikmalar bilan turli darajada ta'minlanganligi sababli ixtisoslashuv chuqurlashdi. Hozirda ushbu omillar mamlakatlar tomonidan jahon bozori uchun qaysi tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishni belgilab beradi.
XMT nazariyasi burjuaziya siyosiy iqtisodi klassiklari A. Smit va D. Rikardolar asarlarida asoslandi va rivojlantirildi. A. Smit XMT ni tahlil qilar ekan, «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari» kitobida (1776-y.) savdo va tadbirkorlik erkinligining zarurligini isbotlaydi. Uning fikricha, savdo erkinligini turli yo'llar bilan cheklash alohida mintaqalar va davlatlar o'rtasida mehnat taqsimotining chuqurlashuviga xalaqit beradi.
Klassiklarning xalqaro mehnat taqsimoti to'g'risidagi ilmiy qarashlaridagi aso- siy yutuqlari, deb ishlab chiqarishning nisbiy xarajatlari nazariyasi tan olingan. Ush­bu nazariya xalqaro savdo haqidagi iqtisodiy ta'limotning «klassik» asosi hisob- lanadi.
Ishlab chiqarishning nisbiy xarajatlari nazariyasi asosida mamlakatlar o'rtasi­da ishlab chiqarish sharoitlarida farq mavjudligi haqidagi g'oya yotadi. Bunga ko'ra har qanday mamlakatda turli xil tabiiy va iqlimiy sharoitlarda barcha turdagi tovar- larni ishlab chiqarishni tashkil etish mumkin, deb hisoblanadi.
Xalqaro mehnat taqsimotining mohiyati ishlab chiqarish jarayoni, mehnat faoliyati shakllarining ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi, o'zaro hamkorligi- da namoyon bo'ladi. Mehnat taqsimoti faqat ajratish jarayoni sifatida emas, balki jahon miqyosida mehnatni birlashtirish yo'li sifatida chiqadi.
Xalqaro mehnat taqsimoti mamlakatlar o'rtasida mehnatning ijtimoiy-hududiy taqsimoti darajasi hisoblanadi. U alohida mamlakatlarning tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga ixtisoslashuviga asoslanadi.
XMT jahon xo'jaligida kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish jarayonlarini amal- ga oshirishda borgan sari muhim rol o'ynamoqda. XMT quyidagi vazifalarni bajar- moqda:

  • ushbu jarayonlarning o'zaro aloqasini ta'minlaydi;

  • xalqaro tarmoq va mintaqaviy-tarmoq nisbatlarini shakllantiradi.

Mamlakatlarning XMT da qatnashishlariga nima turtki bo'ladi?
XMT rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:

    1. Mamlakat ichki bozorining hajmi. Rivojlangan bozorlarga ega yirik mamlakat- larda zaruriy ishlab chiqarish omillari va iste'mol tovarlarini topish imkoniyati yuqori bo'ladi. Demak, bu mamlakatlarning xalqaro ixtisoslashuv va tovar ayir- boshlashda qatnashish ehtiyoji kam bo'ladi. Shu bilan birga rivojlangan bozor talabi importni kengaytirishni talab etadi. Bu — eksportga yo'naltirilgan ixti- soslashuvni kengaytirish evaziga qoplanadi.

    2. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi. Mamlakat iqtisodiy salohiyati qancha- lik kam bo'lsa, uning XMT da qatnashish zaruriyati shunchalik yuqori bo'ladi.

    3. Mamlakatning tabiiy resurslar bilan ta'minlanganligi. Mamlakatning yuqori darajada monoresurslar bilan ta'minlanganligi (masalan, neft), jumladan, foyda- li qazilma boyliklari bilan kam darajada ta'minlanganligi ham uning XMT da faol qatnashish zaruriyatini keltirib chiqaradi.

    4. Mamlakat iqtisodiyoti tarkibida yetakchi sanoat tarmoqlarining ulushi (ener- getika, qazib olish sanoati, metallurgiya va b.). Asosiy tarmoqlar ulushi qan- cha yuqori bo'lsa, odatda, mamlakat XMT tizimiga shuncha kam jalb etilgan.

XMT ning rivojlanish jarayonidagi asosiy xususiyat — ushbu jarayonning har bir ishtirokchisi o'zining XMT dagi ishtirokidan iqtisodiy foyda, naf qidirishi va topishidir.
XMT ning rivojlanish tendensiyalari iqtisodchilarning kelajakda bu jarayon yanada chuqurlashib boradi, deb xulosa chiqarishlari uchun asos bo'ladi. Uning aso- sida tovarlar va xizmatlar ayirboshlashning miqyosi jadal sur'atlar bilan o'sib boradi.
Har qanday davlat xalqaro ayirboshlov jarayonida XMT ning ustunliklaridan foydalanar ekan: birinchidan, eksport qilinayotgan tovar va xizmatlarning tashqi va ichki bozor narxlari o'rtasidagi farqdan yutishi; ikkinchidan, ichki xarajatlar¬ni kamaytirish maqsadida arzonroq bo'lgan importdan foydalanish evaziga milliy ishlab chiqarishdan voz kechishi mumkin.
Sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatda ishlab chiqarish tashqi iste'mol- chilarga, ichki talab esa importga yo'naltirilgan bo'ladi, deb taxmin qilinmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarda ichki bozorning nisbatan tez, ammo ekstensiv tarz- da kengayishi kutilmoqda.


Download 349,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish