Postindustrial jamiyat nazariyasi Amerikalik sotsiolog Daniyel Bell fikriga ko'ra, postindustrial jamiyat quyidagi beshta belgi orqali tavsiflanadi:
tovarlar ishlab chiqarish tarmoqlaridan xizmatlar ko'rsatishga o'tish;
bandlar tarkibida malakali mutaxassislar ulushining ortib borishi;
nazariy bilimlarning yetakchiligi;
texnik-iqtisodiy muhitning texnologiyalar ustidan nazorat o'rnatishga yo'nal-tirilishi;
yangi «intellektual texnologiyalar» bilan bog'liq qarorlar qabul qilish jarayonining ta'minlanishi.
Yagona sivilizatsiya nazariyasi. Yagona sivilizatsiya nazariyasi jahon mam-lakatlarini yagona jamiyatga birlashtiruvchi, ular o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni kuchaytirib, chegaralarni yo'qotuvchi, tobora kuchayib borayotgan kuchga e'tibor qaratadi.
Sivilizatsiyalar to'qnashuvi nazariyasi amerikalik professor S. Xattington-ga tegishli bo'lib, unga muvofiq siyosiy va madaniy dunyo qiyofasi «sovuq urush-dan» keyin yanada ko'p qutbli bo'ladi va quyidagi sakkiz sivilizatsiyalardan tashkil topadi: G'arb, Islom, Induizm, Xitoy, Yapon, Pravoslav, Afrika va Lotin ame-rikasi.
Globallashuv jarayoni zamonaviy jahon iqtisodiyotining muhim tendensiyalaridan hisoblanadi. Chunki ushbu jarayon jahon iqtisodiyotida ro'y berayotgan boshqa ten-densiyalar kuchsiz namoyon bo'layotgan mamlakatlar iqtisodiyotida ham kuzatil-moqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarning aksariyat qismi transmilliylashish, integ-ratsiyalashish va industriallashish jarayonlariga kam jalb etilgan. Shu bilan bir vaqt-da ushbu mamlakatlar jahon tovarlar, xizmatlar, kapital (asosan iqtisodiy yordam ko'rinishida), ishchi kuchi (eksportyorlar sifatida) va texnologiyalar bozorining faol ishtirokchilari sanaladi.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi — bu jahon iqtisodiyotining tovarlar, xizmatlar, kapital, ishchi kuchi va texnologiyalarning yagona bozoriga aylanish jarayo-nidir. Ushbu jarayon jahon iqtisodiyoti shakllana boshlagan davrdan boshlangan.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi quyidagi yo'nalishlar bo'yicha rivojlana-di (1.4.1-rasm):
tovarlar, xizmatlar, texnologiyalar, intellektual mulk obyektlari xalqaro savdosi;
ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati;
xalqaro moliyaviy operatsiyalar. „
Jahon iqtisodiyotining globallashuv darajasini quyidagi ko'rsatkichlar yorda-mida ifodalash mumkin:
xalqaro tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmi, uning o'sish sur'atlari;
to'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalar hajmi va dinamikasi;
kapitalning xalqaro markazlashuv hajmi va dinamikasi;
yirik, murakkab kompleks xalqaro investitsiya loyihalarining shu turdagi loyiha-larning umumiy miqyosiga nisbatan hajmi va dinamikasining o'zgarishi;
patentlar, litsenziyalar, nou-xau bilan bog'liq xalqaro operatsiyalar miqyosi;
bank va boshqa kredit muassasalari xalqaro operatsiyalarining hajmi, dinamikasi;
xalqaro fond bozorlari hajmi va dinamikasi;
valyuta bozorlari hajmi va dinamikasi.
Jahon iqtisodiyotining globallashuv jarayoni quyidagi omillar ta'sirida rivojla-nadi
iqtisodiy — xalqaro ishlab chiqarish va jahon savdosining globallashuvi;
ijtimoiy — dunyo mamlakatlarida odatlarning birxillashishi, milliy an'analar-ning kuchsizlanishi;
siyosiy — davlat chegaralarining «shaffofligi», bir qutbli dunyoning shakllanishi;
texnologik — transport va axborot uzatish vositalarining rivojlanishi;
xalqaro — xalqaro iqtisodiy tashkilotlar rolining kuchayishi, xalqaro standart-larning joriy etilishi.
Globallashuv jarayoni iqtisodiy faoliyatning liberallashuvini — xalqaro savdo, xorijiy investitsiyalar, xalqaro moliya operatsiyalariga qo'yiladigan cheklovlar-ni qisqartirish yoki bartaraf etishni taqozo etadi. Shu bilan bog'liq holda globallashuv va liberallashuv bitta jarayonning ikki tomoni hisoblanadi, ular o'rtasidagi qarama-qarshilik ushbu jarayon ichidagi qarama-qarshilikni aks ettiradi. Globallashuv jarayoni ichida turli iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy kuchlar, turli xo'jalik sohalari, sanoat va moliya guruhlari, tarmoqlar va mamlakatlarning manfaatlari to'qnash keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |