Jahon valyuta tizimining asosiy maqsadi - eksport va import uchun to`lovlarni, tovar, kapital, xizmatlar va boshqa faoliyat turlarini amalga oshirishda xalqaro hisob-kitoblarni tashkil etish orqali samarali vositachilik qilish, shuningdek, xalqaro mehnat taqsimotini rivojlantirish uchun, mamlakatlar o`rtasidagi munosabatlarda qulay muhitni yaratishdan iborat.
Jahon valyuta tizimi yordamida iqtisodiy resurslarning bir mamlakatdan boshqasiga ko`chishi yoki aksincha, ushbu jarayon chegaralanishi, milliy iqtisodiyot mustaqilligi cheklanishi yoki kengayishi, iqtisodiy muammolarni (masalan, ishsizlik, inflyatsiya) bir mamlakatdan boshqasiga “ko`chib o`tishi” mumkin.
Jahon valyuta tizimi faoliyat yuritish va tartibga solishning alohida mexanizmlariga ega va jahon xo`jaligining global maqsadlarini ko`zlasada, u milliy pul va hududiy valyuta tizimlari bilan chambarchas bog`langan.
Jahon valyuta tizimi xalqaro pul munosabatlari tashkil topishining tarixiy shakli bo`lib, u davlatlararo shartnomalar orqali mustahkamlangan.
Jahon, hududiy va milliy valyuta tizimlari doirasida, quyidagi moliyaviy operatsiyalar amalga oshiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |