Ulardan birinchisi
- «oltin tanga
andozasi» tizimi - qonuniy jihatdan asosiy pul shakli rolini bajaruvchi oltinga
asoslangan. Milliy birliklarning kursi oltinga qattiq bog`langan bo`lib, valyutalar
bir-biriga oltin bilan ta`minlanganligi orqali, qattiq kurs bo`yicha taqqoslangan.
Valyuta kurslarining e`lon qilingan nisbatlardan og`ishi + 1% dan ortmagan va
«oltin nuqtalar» chegarasida bo`lgan.
Ikkinchi tizim
- bu «oltin deviz andozasi» (Brettonvud valyuta tizimi)
bo`lib, u AQSH dollariga nisbatan valyutaning qattiq kursini o`rnatish
(og`ishishlar chegarasi + 1 % oraliqda) orqali amal qilgan. AQSH dollarining
kursi oltinga nisbatan qattiq o`rnatilib, dollar shu kurs bo`yicha oltinga
konvertirlangan. Tizimning o`zi esa, «oltin deviz andozasi» degan nom oldi.
Genuya tizimini, oltin tanga va oltin deviz andozalari o`rtasidagi oraliq tizim
deyish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |