«Oq koloniyalar». Buyuk Britaniya o‘z mustamlakachilik
siyosatida «oq koloniyalar»ga katta e’tibor berdi. Amerika,
Afrika va Avstraliyaga Buyuk Britaniya va qisman Yevropadagi
ingliz tojiga bo ‘ysunuvchi boshqa mamlakatlardan ko‘chib
borgan kishilar o‘zlashtirgan hududlar «Oq koloniyalar» deb
atalardi.
Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya ana shunday mus-
tamlakalar edi. Ayni paytda bu mustamlakalar o ‘zini-o‘zi
boshqarish uchun kurash olib bordilar. Bu kurash, ayniqsa,
Kanadada shiddatli tus oldi. Natijada Buyuk Britaniya 1867-
yilda Kanadaga dominion maqomini berishga majbur bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |